8-mashq. Keltirilgan so‘zlardan foydalanib, kishining kasbi to‘g‘risida axborot bering.
Namuna: U iqtisodchi.
Hisobchi, duradgor, me`mor, chorvador, agronom, tarixchi, faylasuf, o‘qituvchi, muhandis, muxbir, jurnalist, to‘quvchi, filolog, yurist.
9-mashq. Keltirilgan so‘z birikmalaridan foydalanib, bajarayotgan jamoat ishlaringiz haqida ma`lumot bering. Daftaringizga yozing.
Namuna: Men guruh yetakchisiman.
Talabalar ilmiy jamiyati raisi, to‘garak raisi, tahririyat a`zosi, institut "Yosh yuristlar klubi" a`zosi, talabalar uyi kengashi a`zosi.
10-mashq. Qavs ichidagi so‘zlarga tegishli kelishik qo‘shimchalarini qo‘shing va daftaringizga yozing.
1. Men 1987-(yil) 10-martida tug‘ilganman. 1994-(yil) 2004-yilgacha Toshkent shahridagi 7-o‘rta (maktab) o‘qidim. 2. Ukam 5-(sinf) o‘qiydi. 3. 2005-(yil) (Toshkent davlat yuridik instituti) (o‘qish) kirdim. 4. Xizmatchi (oilasi) tug‘ildim. 5. Jamoat (ishlari) ham qatnashaman. 6. 2006-(yil) harbiy xizmatga chaqirildim.
11-mashq. Gaplarni to‘liq yozing.
Namuna: Otam institutda ishlaydi.
1. Men ... tug‘ilganman. 2. Otam ... ishlaydi. 3. Akam ... o‘qiydi. 4. ... o‘rta maktabni tamomladim. 5. ... o‘qishga kirdim. 6. ... a`zosiman. 7. Hozirgi vaqtda ... 8. Onam ... ishlaydi. 9. ... taqdirlandim (mukofotlandim).
12-mashq. Quyida berilgan matnni zaruriy qismlar asosida tartib bilan yozing.
Harbiy xizmatdan qaytgach, qurilish brigadasiga ishga kirdim. Tarjimayi hol. 1994-yildan 2004-yilgacha qishlog‘imizdagi 76-o‘rta maktabda o‘qidim. 2005-yilda harbiy xizmatga chaqirildim. Men, G‘aybullayev Do‘styor Almamatovich, 1987-yilning 5-martida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani "Moybuloq" qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ildim. Maktabda sinf devoriy gazetasi tahrir hay`ati a`zosi bo‘ldim. Otam – G‘aybullayev Almamat Eshonqulovich, fermer xo‘jaligi rahbari. 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutiga o‘qishga kirdim. Onam – Jo‘raqulova Maryam, maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Opam Faybullayeva Lola – Bolalar bog‘chasida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Bo‘ydoqman. Ukam Farrux- 5-sinf o‘quvchisi. 2008.15.09. D.G‘aybullayev. Mening turar joyim: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 5-uy.
Do'stlaringiz bilan baham: |