13-mashq. Quyidagi tarjimayi hol matnida tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘yib, daftaringizga ko‘chiring.
Tarjimayi hol
Men, Salimova Mohidil Jaloliddinovna, 1986-yil 10-sentabr... Toshkent shahri..., xizmatchi oila... tug‘il... Otam- Bahriddinov Jaloliddin, Respublika Kardiologiya markazida shifokor, onam – Faxriddinova Saida Abdurasulovna 7-bolalar bog‘chasida tarbiyachi bo‘lib ishlaydilar.
1993-yil... 2004-yil... Toshkent shahri.. 177-o‘rta maktab… o‘qidim. 2004-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti... Ingliz filologiyasi fakulteti... o‘qish... kirdim 2008-yilda shu universitet... imtiyozli tugatib, ingliz filologiyasi o‘qituvchisi diplomi... oldi... 2008 yil... Turizm kolleji... o‘qituvchi… lavozimi... ishlayapman.
Jamoat ishlar... qatnashaman.
2006-yil... 1995-yil... “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, 2005-yil... "Adolat" Demokratik partiyasi a`zo...
Turmushga chiqqan... Bir nafar qizimiz bor.
Mening turar joyim: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 10-uy.
2021-yil 11-yanvar M.Salimova
Topshiriq
1. Sizga notanish bo‘lgan talabaning tarjimayi holini bilishni istasangiz kerakli savollar tuzing. Savollarni daftaringizga yozing.
2. Suhbatdoshingizning tug‘ilgan joyi, ma`lumotini bilishni istasangiz, qanday savollarni berasiz?
3. Zaruriy qismlar asosida o‘z tarjimayi holingizni yozing.
Topshiriq
1. Tushuntirish xati qay holatlarda yoziladi?
2. Tushuntirish xatining zaruriy qismlarini ayting.
1-mashq. Quyidagi barqarorlashgan iboralarni ko‘chirib oling, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Nosozligi tufayli, joriy etilganligi munosabati bilan, yaxshi tashkil etilmaganligi sababli, zaruriyat tufayli, yo‘qligi tufayli, vafot etganligi sababli, e`tiborsizlik sababli, ob-havo noqulayligi tufayli, betobligi tufayli, kasalligim sababli, o‘zgarganligi munosabati bilan.
2-mashq. Quyidagi tushuntirish xatini o‘qing. Hujjatda keltirilgan dalillar ishonarlimi?
Men, Erkin Alimov, rahbariyat meni tug‘ilgan kunim bilan tabriklamaganligi tufayli xafa bo‘ldim va 15-mart kuni ishga chiqmadim.
Do'stlaringiz bilan baham: |