O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/33
Sana25.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1720069
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Shamsiyeva Hurriyat “Sab’ai sayyor” dostonida fanlararo munosabat talqini” БМИ (1)

XULOSA 
 
Ta’lim jarayoni barcha davrlarda ham kishilik jamiyatining barcha erishgan 
yutuqlari, yangiliklari va kelgusi taraqqiyotining asosiy omili hisoblangan. Shuning 
uchun ham ta’lim jarayoni imkoniyati kengligi va o‘ta xushyorlik bilan amalga 
oshirilishi isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir. Aynan ta’limga oid shart-
sharoitlarni mukammalroq shakllantirish uchun bir qator izlanishlar muhimligi 
bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri sanaladi.
Bitiruv malakaviy ishimiz “Sab’ai sayyor”da fanlararo uyg‘unlik masalasiga 
bag‘ishlangan ekan, eng avvalo biz birinchi Uzluksiz ta’limda integratsiyaning
o‘rni va ahamiyati bobida integratsiya haqida nazariy ma’lumot va uni o‘qitish 
usullarining ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilishi hamda o‘quvchilarning 
bilimlarini oshirish imkoniyatlari yuzasidan dastur va darsliklar tahliliga 
e’tiborimizni qaratdik. Biz tanishgan ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 
Fanlararo uyg‘unlik masalasi ilmiy jihatdan jahon va o‘zbek olimlari tomonidan 
yetarlicha o‘rganilgan. Mana shu o‘rganilgan nazariy ma’lumotlar asosida o‘zbek 
adabiyotini o‘qitishning asosiy maqsadidan kelib chiqib, fanlararo uyg‘unlikning
ahamiyatini o‘quvchilarga tushuntirish, o‘quvchilarning olib borilayotgan 
mashg‘ulotlarda faollashtirish uchun ushbu mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha 
innovatsion usullarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish o‘zbek 
adabiyotini o‘qitish metodikasi fanining muhim vazifalaridan biri degan xulosaga 
keldik.
Dastur va darsliklar tahlili olib borilganda esa umumiy o‘rta ta’limda 
o‘quvchilar 7-sinfda Alisher Navoiyning “Sabai sayyor” dostoni haqidagi bilimlar 
bilan tanishishi aniqlandi. Darsliklarda ushbu mavzu bilan bog‘liq savol va 
topshiriqlar berilgan bo‘lib, ularni har bir o‘qituvchi o‘zining ijodiy yondashuvi 
yordamida boyitgan holda tashkillashtirishi mumkin. Ayniqsa, biz yuqorida alohida 
ta’kidlab ko‘rsatgan savol va topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘quvchi 
adabiyotimizning qiziqarli ekanligiga, o‘tilayotgan dars yoki mashg‘ulotda 
fanlararo uyg‘unlikning qay darajada muhim ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘ladi. 


Bundan tashqari, xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan bog‘liq yoki tilshunoslik kabi 
fanlar bilan bog‘liq bo‘lgan savol va topshiriqlarni bajarish davomida o‘quvchilar 
adabiyotimizdagi she’rlar yoki badiiy asarlar tahlilida boshqa fanlarning aloqasini 
ko‘rib, integratsiyaning juda katta ahamiyatga ega ekanligini bilib oladilar.
Ikkinchi bob “Sab’ai sayyor” dostonini o‘rganishda fanlararo 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling