O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti


Dilshod Rajabov va Abusaid Ko’chimov asarlari tahlili


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1005480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zohirova Shaxrizoda Bolalar adabiyoti

Dilshod Rajabov va Abusaid Ko’chimov asarlari tahlili 
Dilshod Rajabov 
(1964-yilda tug`ilgan) o`zbek bolalar sheriyatining 
istedodli vakillaridan biri. U Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug`ilgan. 
1990-1993-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti 
aspiranturasida o`qib, "80-yillar o`zbek bolalar sheriyatida poetik mahoratning 
ayrim masalalari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1994- 
2004-yillarda O`zbekiston Davlat matbuot qo`mitasida, O`zbekiston yozuvchilar 
uyushmasi "Adabiyot jamg`armasi" nashriyotida, Respublika "Shahidlar xotirasi" 
xayriya jamg`armasida turli lavozimlarda ishlagan. 2005-yildan buyon 
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Muhofaza" 
jurnali, "Vaziyat" gazetasi birlashgan tahririyatida bosh muharrir o`rinbosari 
sifatida faoliyat yuritmoqda. Yuzdan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik 


11 
maqolalari chop etilgan. Bugungi Dilshod Rajab yosh kitobxonlarga "Otamning 
bog`i", "Daryo ko`ngil", "Jilvon o`g`loni", "Alifbo", "Sanoq", "Sukut sarhadi", 
"Tanish tovushlar", "O`n o`rtoq, sanab boq", "Poyezdning bolasi", "Baxshi bola 
yaxshi bola" singari o`ndan ortiq she’riy va nasriy kitoblari bilan yaxshi tanish.
 
Dilshod Rajab ijodining eng diqqatga sazovor jihati, avvalo, shoirning ona 
tiliga, tilimizning so`z boyliklariga etiborida namoyon bo`ladi. Fikr dalili sifatida 
"Panshaxaning sheri"ga murojaat qilaylik:
O`ylab so`yla, Birodar, Besh panja ham Barobar. To`rtlik shaklidagi ushbu 
she’r "Besh panja barobar emas" maqoli asosida yaratilgan bo`lib, bir qarashda
panshaxaning e’tirozida jon borga o`xshaydi, chunki uning besh panjasi ham 
barobar, uzunligi bir xil. Aslida esa, maqolning mohiyati, u, avvalo, insonga nisbatan 
qo`llanilishida namoyon bo`ladi. Biroq sherda barcha narsaga hayrat ko`zi bilan 
qaraydigan, har bir hikmatni o`z tajribasi asosida qayta yaratishga intiladigan 
sinchkov yosh bola nuqtayi nazaridan qaraydigan bo`lsak, bu yarim hazil, yarim chin 
sher ijodkorning o`ziga xos topilmasi ekanligiga iqror bo`lamiz. Chunki shoir ham 
olamga yosh kitobxonining hayratga to`la hamda sinchkov nigohi bilan nazar 
solayapti, yosh bola nazdidagi har bir sir-sinoatni ayni uning nuqtayi nazaridan qayta 
kashf etayapti. To`rtlikni yosh kitobxonga manzur qiladigan jihat esa hayot 
haqiqatini qanday talqin qilishdan kelib chiqadigan badiiy haqiqatni anglab yetishga 
borib taqalib, uning muvaffaqiyati ham shu bilan belgilanadi. "Bug`doyning taqdiri" 
she’ri go`yoki biz bilan siz har kuni ko`rib odatlanib qolgan oddiygina bug`doy 
yetishtirilishi jarayoni tasviridan iboratday tuyilsa-da, aslida, she’r mohiyatida, 
mubolag`asiz, ulkan hayot haqiqati turadi: 
Maysa edi, ona oftob
Boshidan nur to`kardi.
Yuvar edi yomg`irlar goh, 
Yellar silab o`tardi.


12 
O`sib kamol topdi durkun,
Rosa pishib yetildi.
Sinovlardan o`tkazmoq-chun 
Bir kun olib ketildi.
Avval, avval bilmoq lozim 
Chidam-u bardoshini.
Yuritdilar boshidan zil
Tegirmonning toshini.
Endi uning pokligin ham 
Bir tekshirish kerak-da.
Mayin, oppoq un bo`lsa-da,
O`tkazdilar elakdan.
Suv quydilar, mushtladilar, 
Ming bir ko`yga soldilar.
Qizib turgan tandirga ham
Bir kiritib oldilar.
Non bo`lgach, u, sabr qilib
Bor sinov-otashlarga,
E`zoz qilib, ko`zga surtib,
Ko`tardilar boshlarga.
She’rni o`qir ekansiz, "inson hayotda o`zining munosib o`rniga ega bo`lish 
uchun qanchadan qancha sinovlarga mardlarcha bardosh berishi, hayotdagi 
qiyinchiliklarni sabr-toqat bilan yengib chiqishi kerak?" - degan ritorik so`roq 
beixtiyor xayolingizga kelishi shubhasiz. Chunki bug`doy maysaligidan voyaga 
yetgunicha sherda tasvirlangan jarayonlar, yani pishib yetilgandan keyin boshidan 
tegirmonning zil toshi yurgizilishi (un tortish jarayoni), hosil bo`lgan unning elakdan 
o`tkazilishi (tozalash jarayoni), unga suv quyib mushtlanishi (xamir qorish jarayoni), 
qizib turgan tandirga kiritilishi (non yopish jarayoni) va nihoyat, u sabr-toqat bilan 


13 
barcha sinovlarga bardosh berib, pishib yetilgan nonga aylanishi natijasida 
ezozlanib, ko`zga surtilib, boshga ko`tarilishi - bularning barchasi - jonlantirish 
sanati va ijodkor badiiy mahoratining qip-qizarib, singib pishgan non singari ardoqli 
mahsuli. Bir qarashda, yarim hazil - yarim chin bo`lib ko`rinadigan ushbu sher yosh 
kitobxon uchun ibratning go`zal va takrorlanmas namunasi. Zero, aslini olganda, har 
bir hazilning tagida ham uncha-muncha yuzaki qarashlarga ko`rinavermaydigan 
haqiqat uchqunlari bor. Shoir esa biz bilan siz uchun shunchaki oddiygina 
tuyiladigan kichik narsadan ulkan badiiy haqiqatni ko`ra olishi va uni go`zal badiiyat 
qobig`ida tasvirlab, siz-u bizga manzur qila olishi bilan ham ijodkordir. Dilshod 
Rajabning "Eng buyuk boylik", "Toshning boshi", "T" to`g`risida ertak", 
"O`g`rining qismati" ertaklari o`zbek adabiy ertakchiligiga munosib hissa bo`lib 
qo`shiladi. Uning ertaklaridan biri "Toshning boshi" "T" to`g`risida ertak" bo`lib, 
tovush va harflarning qudratini tushuntirishga xizmat qiladi. Toshdagi "T" harfining 
jonlantirilishi yosh kitobxonni qiziqtirishi tabiiy: 
Ertakda tavze, ya’ni tovush takroridan o`rinli foydalanilgan: 
Tosh qotibdi shunda tosh, Tunda ajalning o`zi. Turar tishi g`ijirlab, Tikib arofat 
ko`zin. Dilshod Rajab o`z she’rlarida o`xshatish, sifatlash, jonlantirish, anafora, 
tavze, takror kabi badiiy san’atlardan foydalanib, she’rlarining ohangdorligini, 
mazmundorligini oshiradi. Shoir asarlari badiyati bilan ham ajralib turadi. Uning 
sherlarida Vatan obrazi asosiy o`rin tutadi. Shoir majoziy obrazlar yordamida 
bolalarga to`g`ri talim berib, ularning barkamol avlod bo`lib yetishuviga munosib 
hissa qo`shmoqda. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling