O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Zohirova Shaxrizoda Bolalar adabiyoti
Kavsar Turdiyeva
Kavsar Turdiyeva (1958-yilda tug`ilgan) Toshkent davlat universiteti va Sankt-Peterburg davlat universitetida o`qigan. 1994-yilda "Hozirgi zamon bolalar sheriyatida manaviyat muammolari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shoiraning "Varrak", "O`ynayapman, o`ylayapman", "Qush bo`lib uchgan ona", "Raqamlar bo`ylab sayohat", "Quvnoq alifbo bo`ylab sayohat" kabi kitoblari chop etilgan. Kavsar Turdiyeva ijodida ona tili va ona tili faniga oid sherlarning rangbarang namunasini uchratishimiz mumkin. Xususan shoiraning Ona tilim sherida ona tilining naqadar go`zal va mano mazmunga boy ekanligi aytib o`tilgan. Bu barmoq vaznida yozilgan bo`lib, 4+3 shaklida turoqlangan. Ona tilim sherida ona tilimiz onalarning allasiga, opa-singillarning yallasiga, momolarning hikoyalarida namoyon bo`lishi sherda juda chiroyli tasvirlangan. Shoiraning Tillar ko`pdir dunyoda sherida esa tillar haqidagi tarif shunday boshlanadi: Tillar ko`pdir dunyoda, Bir- biridan ziyoda. Kulib bizlarga qarab, Arabcha sozlar arab. Kavsar Turdiyeva ijodida nafaqat ona tilimizga muhabbat, balki o’zbek tilining nazariy qirralarini poetik talqin etishi muhim ahamiyatga ega. Shoiraning alifbodan boshlab, ozbek tilining soz turkumlari, gap bolaklari, kelishik 279 qoshimchalarigacha lirik ifoda etishi diqqatga sazovor. Aynan shu jihat shoiraning oziga xos yonalishini belgilaydi desak, yanglishmagan bolamiz. Ilmiy tushuncha, nazariy malumotlarni badiiy so`z 8 yordamida obrazlantirib, mustaqil sujet, kompozitsion butunlikda lirik ifodalaydi. Masalan, uning Ot sherida ot soz turkumi shunday tariflanadi : Bosh so`z turkumi , otdir u Barchaga ham yoddir u. Atoqli , Turdosh bo`lar, Bazan harfi bosh bolar. Haqiqatan, mustaqil va yordamchi soz turkumlari ichida birinchi bo`lib Ot so`z turkumini o`rgnamiz. Kavsar Turdiyeva ijodidagi ushbu sher o`quvchiga aniq va tushnarli tarzida ot so`z turkumini ifodalash uchun ikki guruhga bo`linishi takidlangan. Yoki: Yigirib turli ipak, Kiygandek turfa ko’ylak. Goyo bir - bir kelishib, Kelgach olti Kelishik. Shoiraning ushbu she’rida nafaqat atoqli va turdosh ot balki, kelishiklarga ham murojaat qilishini ko`rish mumkin. Sherda kelishiklar badiiy sanatning tashxis sanati asosida aytib o`tilgan. Ot go`yoki nurlanar, Kelishikda turlanar. So`ng o`zgarib bir onda, Tuslanadi shaxs-sonda. She’rda so`zlar kelishik qo`shimchalarini olib turlansa, shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanishi nazariy jihatdan haqiqatligi ayonlashadi. Kavsar Turdiyeva yana bir sherida o`z va ko`chma manoda ishlatiladigan so`zlarni ajratishni poetik ifodalaydi: Ovqat achchiqdir, yema! Menga achchiq so`z dema. Kelib qoldi kumush qish, Men qo`ydirdim oltin tish. 9 Bundan biz qaysi so`z birikmasi o`z ma’nosida, qaysi so`z birikmasi ko`chma ma’noda ekanligini yaqqol ko`rish mumkin. Yani ushbu misrada achchiq ovqat oz manosida va achchiq soz kochma manoda ekanligini oquvchilar qiynalmasdan topa oladilar. Keyingi misradagi kumush qish hamda oltin tish shunga misol bo`la oladi. Ushbu misradagi Kumush qish so`z birikmasi ko`chim manoning metafora asosida qollanilgan. Alifbe- she’rlar turkumi nafaqat boshlang`ich sinf o`quvchilarining savod chiqarishlari uchun, balki harfiy san’at asosidagi badiiy ijodga daxldorligi bilan e’tiborni tortadi. Istiqlol yillarida alifbe sherlarning yanada rang-barang namunalari yaratildi. Alifbe-she’rlar odatda, deb yozadi adabiyotshunoslar, yangi alifbo qabul qilinishiga bevosita aloqadordir” Darhaqiqat, lotin yozuviga asoslangan yangi alifboni yosh avlodga teran singdirish, shu bilan birga katta avlodning ham bu jarayonga o`rgatishda she’riy alifbolarning ahamiyati katta. Xususan, alifboni badiiy ijodning turli kompozitsion shakl va usullarida, janriy xilma-xillikda ifoda etish bu maqsadning ijobiy ko`rinishlaridir. Jumladan, o`zbek bolalar sheriyatida Kavsar Turdiyeva ijodi aynan lotin yozuviga asoslangan alifbe-sherlarga boydir. Shoiraning ko`pgina sherlari o`quvchiga alifboni nafaqat nazariy jihatlarini, balki uning mumtoz adabiyotimizga xos ananalar, sheriy sanatlar vositasida anglatishga xizmat qiladi. Muallifning Kasblar she’rga aylandi, alifbega joylandi she’rida alfavit tartibidagi harflar saf tortib, o`zi bilan boshlanuvchi kasblar haqida so`z yuritadi. Har biri 10-14 misralik sherda aniq bir kasb-hunar haqida so`z boradi, ular o`zaro mustaqil sujetga ega bo`lsa-da, barchasi yo bo`lsammi so`zidan boshlangani, mantiqiy bog`lqligiga ko`ra yaxlit sherdir. Alifbe sher orqali o`quvchilar o`ttizdan ortiq kasb-hunar haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Rost, sherda kichkintoy bolalarning tasavvuriga hali sig`maydigan kasblar haqida ham fikr yuritiladi. Masalan, elchi, g`avvos, lug`atshunos kabi. Ammo shoira o`zining zamondosh o`quvchilarini yangi voqelik, 10 chet tillarini 1-sinfdan o`rgatilishi va xalqimizning iqtidorli farzandlari tafakkuriga mos fikr yuritishni ko`zlaydi. Bunda shoira tajnisli so`zlardan ham foydalangan: Yo bo`lsammi yozuvchi, Hikoyalar yozuvchi. Roman, qissam yozilsa, Kitoblarim bosilsa. Taniqli bo`lsam behad Darrov so`rashsa dastxat. Intervyular olishsa, Tinglab qoyil qolishsa. Menga berganlar savol Javobimga qolsa lol. Bu istiqlol davri alifbo-sherlarining yorqin namunasi ekanligi bilan ham etiborli. Unda davrning nafasi ufurib turishidan tashqari, mazmun mohiyatida XXI asrning intellektual salohiyati aks etgan. Masalan, jurnalist bo`lishni orzu qilgan yosh lirik qahramon xabar yozib, elektron pochta orqali tashlashni reja qiladi, uchuvchilik haqida oy`laganda Marokash va Anqaradan bemalol Vataniga uchib kelishni xohlaydi. Shu kabi yuksak orzular qanotiga shaylangan lirik qahramon cho`ponlik, nonvoylik, kulolchilik, zargarlik kabi ota-bobolarining kasbini ham unutmay, ular to`g`risida o`rinli mulohaza yuritadi. Natijada, bunday alifbe sherlar faqat jajji o`quvchilarni emas, balki o`smirlarning kasb tanlashga bo`lgan qiziqishlarini uyg`ota olishi bilan ham ahamiyat kasb etadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling