Xulosa
Xulosa
qilib aytganda ona-Vatan,
ijtimoiy-hayotiy voqealar, zamona taloto`plari,
jamiyatda kechayotgan yaxshi-yomon o`zgarishlarlarni
yuqorida ismlari sanab
o’tilgan yozuvchi va shoirlar o`ziga
xos uslubda, ohangda bolalarbop ifoda etadi.
Ijodkorning o`z ovozi, tahliliy mushohadalarga boy publitsistikasi, esse va ertaklari
istiqlol davri bolalar adabiyotini yangi tamoyillar bilan boyitishga hissa qo`sha oldi.
Uning sherlarida hurfikrlilik yarq etib ko`zga
tashlanadi,
lirik qahramonlari
haqiqatga tik boqadi. Uning asarlarida Vatan oldidagi burch va masuliyat eng oliy
insoniy tuyg`u ekanligi anglashilib turadi. Xuddi
shu qirralar davr bolalar
adabiyotining yetakchi xususiyatlari hamdir.