O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1005480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zohirova Shaxrizoda Bolalar adabiyoti

 
 
 
 
 
 
 
 



Hamza Imomberdiyev va Kavsar Turdiyeva asarlari tahlili
 
Hamza Imonberdiyev (1954-1997) shu ma’noda o`zbek bolalar adabiyoti 
rivojiga hissa qo`shgan shoirlardan. U uzoq yillar "Tong yulduzi" gazetasida, 
so`ngra, 1986-yildan umrining so`nggi damlarigacha "Cho`lpon" bolalar 
nashriyotida faoliyat ko`rsatgan. Uning turli yillarda nashr qilingan "Quvnoqlar 
quvonchi", "Shokoladxo`rlar", "G`aroyib pufak", "Kulgi shaharchasi", "Oydagi 
tomosha", "Lofchilar aldoqchilar", "G`aroyibkent hangomalari", "Bir kunlik 
mojiza" singari sheriy va nasriy to`plamlari bolalar kitobxonligida shuhrat 
qozongan. Shoir sherlarida bolalarning xarakter-xususiyati, orzu-o`ylari aks 
etgan. Masalan, "Bir so`z" sherida Loladan astoydil ranjigan, unga birgina 
"shaddod" degan so`zi uchun "badbashara", "xumbosh" kabi yomon so`zlarni 
eshitganidan arazlab, boshqa o`rtoq topishga ahd qilgan bola timsoli gavdalanadi. 
"Urishqoqlar"da esa o`g`il bolalar ko`proq o`ynaydigan "urush-urush" o`yini 
manzarasi chizib berilgan. Ayniqsa, qo`lda yog`och-avtomat bilan kalishlardan 
esa granata o`rnida foydalanishlari, bir-birlarini poylab turib, "o`q" uzishlari 
bolalar tilidan mardona hikoya qilinadi. Paq-puq, otdim, yiqil, deb. Dushman tan 
olmas: O`qing Qiyshiq ketdi,nuqul deb. Hamma bola o`yinda "Jang" qiziydi 
tobora…
Faqatgina Nodir bu jangga qo`shilmay, raketa yasash bilan ovora bo`ladi. 
Chunki: 
Urishqoqlar ichida Yashab netaman, der u. Olis sayyoralarga Uchib 
ketaman, der u. Buni eshitib, qolgan bolalar o`zing bilan bizni ham ola ket, deb 
so`raydilar. Do`stlari rozi bo`ladi:
Chiqinglar, deb imlaydi. 
Biz kashf etgan sayyora
Urush nima bilmaydi! Bolalar garchi "urush-urush" o`ynasalar ham, aslida, 
urush nimaligini bilmaydigan sayyorani kashf etmoqchi. Uning salbiy oqibatlarini 
his qila olgan bolagina shunday fikrlaydi. Barcha bolalar tinchlikni sevishlari 
Nodirga ergashib ketmoqchi bo`lgan do`stlar niyatidan anglashiladi. Binobarin, 



H.Imonberdiyev yosh qahramoni tilidan, urushqoqlar o`yinini qoralaydi. Ular 
orasida yashashni xohlamaydi. Shu o`rinda shoirning "Alla" sheridagi quyidagi 
misralar ham etiborli: Ana, Bo`ri kelyapti! 
Uxlay qol, ovunchog`im.
Qo`y shunday deb qo`rqitib,
Uxlatar qo`zichog`in.
Vuy, anovi ilonni!
Uxla tez, bolajonim,
Chumchuq shunday qo`rqitib, 
Uxlatar polaponin.
Uxla, Olabo`jiyov
Ko`rsatgan qorasini. 
Odam shunday qo`rqitib,
Uxlatar bolasini.
Ona Burgut allalar: 
Uxla, kuchga to`lib o`s. 
Ushbu tog`-tosh, osmonning 
Hukmdori bo`lib o`s!
Pisand etmay xatarni 
Shundanmi polaponi,
Tushlarida charx urar
To`ldirib keng samoni.
Nazarimizda, ushbu kichik she’r ulkan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb 
etadi. Zero, o`zbek bolalar adabiyoti mustaqil O`zbekistonning kelajagini yaratuvchi 
yosh avlod tarbiyasiga masul ekan, farzandlarimizning erksevar, mard, komil 
insonlar bo`lib yetishuvi yo`lida doimo baland pardalarda yangramog`i kerak. Toki 
ijodkorlarimizning har bir asari yosh kitobxon qalbida ezgulik, insoniylikning bir 
niholi ildiz otishiga xizmat qilsin. Ushbu sher, dastavval, ana shu jihati bilan etiborga 



loyiq. Chunki, ona burgut polaponi qalbiga "ushbu tog`- tosh, osmonning hukmdori 
bo`lnb o`sish"ni go`dakligidan alla bilan singdirayotganligi sababli burgutcha hatto 
tushida ham keng samoni to`ldirib charx uradi. Xuddi shuningdek, mustaqil ona 
yurtimizning kelajagi bo`lmish farzandlarimiz ham bolalikdan o`zlarining shu aziz 
Vatan egalari, uning baxtsaodatini, porloq kelajagini yaratuvchilar ekanliklariga 
komil ishonch ruhida tarbiyalanmoqlari lozim. Umuman, H.Imonberdiyev 
she’rlarida fikr ustuvor, g`oya dolzarb, tasvir hayotiy. Uning qator ertak-
dostonlarida esa bahodirlik, mardlik motivlari kuylanadiki bu Sor burgutning o`z 
polaponini uchishga o`rgatishda baland qoyalardan pastga otib yuborishi orqali 
yanada yorqinroq aks etadi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling