O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana14.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1005480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zohirova Shaxrizoda Bolalar adabiyoti

Abusaid Ko’chimov 
Abdusaid Ko`chimov (1951-yili tug`ilgan) Samarqandning Urgut tumanida 
tugilgan. Toshkent Davlat pedagogika institutining o`zbek tili va adabiyoti 
fakultetini tugatgan. Ilk kitobi "Kashfiyotchi bolalar" 1978-yilda chop etildi. 
Shundan so`ng uning "Mening O`zbekistonim"(1979) "Mening yulduzim"(1984), 


14 
"Umid daraxtlari" (1992), "Chanoq"(1985), "Ikki bahor"(1990), "Qiyofa"(1996) 
kabi sheriy va nasriy kitoblari nashr qilindi. "Baland tog`lar"(2002) saylanma 
kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, sherlari kiritilgan. A.Ko`chimov 
Xalqaro YUNESKO mukofoti, G`afur G`ulom nomidagi mukofot bilan 
taqdirlangan. Unga "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist" unvoni, "Shuhrat" 
medali, "Mehnat shuhrati" ordeni berilgan. A.Ko`chimov qalbi jo`shqin, shijoatli 
bolalar publitsisti hamdir. U mustaqillik g`oyalarini matbuotda keng yoyish, o`tmish 
tariximizga oid hamda istiqlol nematlarini bolajonlar qalbiga jo etishda dolzarb 
maqolalari bilan hissa qo`shib kelmoqda. A.Ko`chimovning bolalar shoiri sifatidagi 
o`ziga xosligi - bolalar qalbini so`zlatishida. Uning sherlar mavzusi rang-barang. 
Shoirning "Biz o`n yetti o`rtoqmiz", "Ikki o`rtoq bor edi", "Uch do`st", "Mish-
mishvoy", "Yer boyliklar onasi", "Buvimning istagi" kabi sherlarida kichik 
zamondoshlarning lirik obrazi va murakkab ichki kechinmalari teran aks ettirilgan. 
Jumladan, shoirning "G`affor shamol" sheri kichik maktab yoshidagi o`quvchilar 
xarakterini ochib bergishga xizmat qiladi. Unda G`affor ismli bola timsolida 
mashaqqatlardan hayiqadigan, o`z fikrida turmaydigan, shamol singari qo`nimsiz 
bolalar hajv qilingan. Ta`kidlanishicha, G`affor shundayki: Boksyorlikka havas 
qo`yar 
Goho birdan oshpazlikni Qilar orzu. O`qituvchi, artist, suvchi Yoki rassom. U 
"sevmagan" hunar yo`qdir Xullas kalom. G`affor hamma kasbni shu tariqa oirzu 
qiladi, ammo o`z so`zidan darrov qaytadi. Chunki, uningcha doktorlikning ishi og`ir; 
shofyorlikning egni dog`-dug`, yag`ir bo`ladi; mashhur olim bo`lish soz-u, o`qish 
qiyin; shoirlik xo`p ajoyib, biroq sher to`qish qiyin; xullas, hamma hunarning bir 
"lekin"i topila qoladi. Lirik qahramon bunday bolalarga achinadi. G`affor 
singarilarga biror kasbni tezroq tanlab, har daqiqa oltinga tengligini anglashga davat 
etadi. A.Ko`chimovning yana bir sheri "Yer boyliklar onasi" deb nomlanadi. Sherda 
kichkintoy bolalarga xos "nimavoy"lik hamda undan chiqarilgan ibratli saboq 
mazmuni aks etgan. Yosh lirik qahramon jajji ukasi Savlatjonning ezma 
"bilag`on"ligidan dastlab jahli chiqadi. Chunki u juda ko`p narsaga qiziqadi: Nega 


15 
kunduz chiqmas oy? Nega qishda muzlar soy? Nega tomning tili yo`q? Nega gulning 
qo`li yo`q? Xayriyatki, ularning tog`day bardoshli bobosi bor: u erinmay jajji 
nevaraning barcha "nega-nega"lariga javob beradi. Natijada, lirik qahramon ona yer 
haqidagi tushunchaga ega bo`ladi: Yer - non tayyorlanadigan bug`doyning, kiyim-
kechak tayyorlanadigan paxtaning, oq qant olinadigan shakar qamishning, 
temirning, barcha boyliklarning onasi ekanligi malum bo`ladi. Shuningdek, 
bobosining hikoyasidan yosh qahramon oqpadar Gitlerning ona-yerga chang 
solgani, shu urushda bobosi ham o`ng oyog`idan ajralib kelgani, hozir ham ba`zi 
yovlar zaminga azob berib, bog`-rog`larni xarob etayotgani ayonlashadi. Shu tariqa, 
lirik qahramon ongida Yer oddiy tuproq, zamin holidan buyuk Vatan darajasiga 
ko`tariladi va "ezmavoy" ukasiga ich-ichidan minnatdorlik bildiradi. Shoirning "Ikki 
o`rtoq bor edi", "Mish-mishvoy", "Men g`iybatchi emasman", "Majlis", "Sufliyor" 
kabi she’rlarida ham maktab o`quvchilari o`rtasida uchrab turadigan turli voqealar, 
odatlar, yoki, shu yoshdagi o`g`il-qizlarning fe’l-atvori lirik ifodasini topgan. 
"Hiyla" sherida kattalarga xos fel-atvor aslida bolalikdan, aniqrog`i, oiladan 
boshlanishi ochib berilgan. Sher qahramoni Shodmonjon otasidan xushomadgo`ylik 
sabog`ini olgach, darhol bu "o`git"ni hayotga tatbiq etadi: Ertasi erkalanib, Oyisidan 
pul oldi. Darsdan keyin G`anining Yuragiga qo`l soldi "Morojnie"ga bir to`ysak. 
Nima deding, jo`rajon? G`ani labin yaladi: Attang, pulim yo`q edi.. Shodmon 
kerilib: Mana, Menda bor, ketdik!dedi. Tandirday qizib turgan kunda ikki o`rtoq 
muzqaymoqni paqqos tushiradilar. Alochi, yuvosh, morojniy jonu tani bo`lgan 
G`ani bu siylovdan hayron bo`lib turganda, Shodmon maqsadga ko`chadi: Uy ishin 
ko`chirsam, Degandim daftaringdan G`anining yo`q demoqqa tili bormay, g`alati 
ahvolga tushadi. Qo`li titrab portfelini ochadi "Yegan og`iz uyalar, xushomad zo`r 
shaytondir". Shoir shu tarzda yosh kitobxonlarga ijtimoiy hayotda ro`y berayotgan 
hodisalar mohiyatini tushuntirgishga, realistik tasvirga e’tibor qaratadi. Bu ham 
bo`lsa, mustaqillik davri bolalar adabiyotining mavzu va muammoni yoritishda 
kengqamrovlilik kasb etgani dalolatidir. Shu manoda A.Ko`chimov ijodida 
umuman, insoniyat dardi, ruhiy kechinmalari, iztiroblari, yoxud orzu-o`ylari 


16 
reallasha 
boradi, 
yani, 
hayotga 
yaqinlashadi. 
Shoir 
sherlarida 
yosh 
qahramonlarbolalar chinakam "hayot qozonida qaynaydilar". Bu jihat "Ukamning 
maslahati" sherida ham yaqqol ko`rinadi. Umuman, shoir sherlari kichkintoylarni 
bolalik olamidan kattalik dunyosiga yetaklovchi vosita ekanligi ayonlashadi. 
A.Ko`chimovning bolalar uchun yozgan adabiy ertak, ballada va dostonlarida ham 
bu xususiyat majoziy, obrazli tasvir etilgan. Uning "Saboq" she’riy ertagi ijtimoiy 
dolzarb mavzuga bag`ishlangan. Shoir Chumchuq va Burgut ramziy obrazlari orqali 
vatanparvarlik tuyg`usini oydinlashtiradi. O`z dala-qirida pastlikda yashashdan or 
qilgan Chumchuq Burgutga taqlid qilib, o`rkach-o`rkach qoyalar tomonga qarab 
parvoz qiladi. Qora terga botib, jiqqa ho`l bo`lgach, nafasi tomog`iga tiqilib, bir 
qoyaga urilib yiqiladi. Anchagacha behush yotgan chumchuqqa sor Burgut duch 
kelib, uning nimjonligiga rahmi keladi. Chumchuqning: Pastliklarda shuncha 
yashab, Qoniqmadi yuragim Yo`q demasang sening bilan Yashamoqdir tilagim, 
degan gapiga qah-qah urib kulsa ham, uni yelkasiga mindirib oppoq bulutlar orasiga 
kirib ketadi. Yer, dala, suv, tog`, o`rmon barchasi ko`zdan g`oyib bo`ladi. Ana 
shundagina yuragini qo`rquv qoplagan chumchuq yerning naqadar go`zalligini his 
qiladi va o`z xatosini tushunib yetadi. Burgut o`z makoni bilan cheksiz faxrlanadi: 
ko`k bag`rida yashash, qor-bulutlar qo`yni-yu shamollar raqsini kechalari porlagan 
yulduzlar qurshovini otashin muhabbat bilan tariflaydi. 
"Bilsang, yo`qdir yer yuzida, suluvlikda bunday joy", deb g`ururlanadi. 
Ammo Chumchuqqa shunday saboq beradi:
Biroq, uka, har narsaning O`z Vatani bo`ladi, Har narsaning baxt-iqboli O`z 
bog`ida kuladi. Chumchuq bu fikrdan to`g`ri xulosa chiqarib, o`z do`stlari bag`riga 
shamolday yelib, uchib ketadi. Ko`rinadiki, ertak ezgulik bilan tugagan. Shunga 
muvofiq asarning tarbiyaviy ahamiyati, mavzuviy dolzarbligi katta. 


17 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling