O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND
DAVLAT UNIVERSITETI
Alimov T.A., Ajabov A.Q., Mirtoshev Z.D.
Umumiy
astronomiyaDAN
MASALALAR ECHISH
BO’YICHA TAVSIYALAR
SAMARQAND-2013
AMALIY MAShG’ULOTLAR (Masalalar yechish)
I - amaliy mashg’ulot.
Soat, minut va sekundlarni soatlarga va soatlarning o’ndan
bir ulushlariga aylantirish
Ko’pchilak hollarda soat minut va sekundlarda berilgan vaqtni soat va soatning o’ndan bir ulushlariga aylantirish talab etiladi. Buning uchun 1soat=60minut =3600sekund ekanligini hisobga olish kerak.
Misol uchun soat minut va sekundlarda berilgan 6 soat 31 minut 27 sekundni soat va soatning o’ndan bir ulushlariga aylantiramiz.
Buning uchun 27 sekundni minutga aylantirib 31 minutga qo’shamiz:
endi 31,45 minutni soatni o’ndan bir ulushiga aylantirib 6 soat ustiga qo’shamiz; 1 soat = 60 minut
Agar vaqt 12-soatli shkalada berilgan bo’lib, tushlikdan keyingi vaqt ko’rsatilgan bo’lsa vaqt 12soat+6,524soat=18,524soat bo’ladi.
Ba’zi hollarda soat va soatning o’ndan bir ulushlarida berilgan vaqtni soat minut va sekundlarda ifodalash talab etiladi.
Misol uchun 18,52417 soatni soat minut va sekundlar bilan ifodalaymiz. Buning uchun vaqtning kasr qismini minutlarga aylantiramiz, bunda 1soat=60minut ekanligidan foydalanamiz:
0,52417·60 minut =31,4502 minut
Endi minutlarni kasr qismini 60 ga ko’paytirib sekundlarni topamiz, bunda 1 minut = 60 sekund ekanligidan foydalanamiz:
0,4502·60 sekund = 27,012 sekund
Demak, 18,52417 soat 18 soat 31 minut 27 sekund ga teng ekan.
Soat minut va sekundlarda ifodalangan vaqtni gradus hisobida ifodalaymiz.
Misol uchun 9 soat 15 minut 11 sekundni gradus hisobida ifodalaymiz. Bunday masalalarni yechishda ushbu munosabatlardan foydalanish kerak:
1h=15º; 1m=15; 1s=15; 1º=60; 1=60; 4m=1º; 4s=1;
Bunda h, m, va s mos ravishda soat, minut va sekund belgilari bo’lsa, 1º, 1, 1 mos ravishda yoy gradusi, minutlari va sekundlari belgisidir. Shuning uchun:
9x15=135º; 15x15=225=225/60=3,75º
135+3=138º; (3,75-3)x60=45;
11x15=165=165/60=2,75;
45+2=47; (2,75-2)x60=45;
Demak ko’rsatilgan bursakning gradus hisobidagi qiymati 138º4745 ga teng ekan.
Gradus hisobida ifodalangan vaqtni soat minut va sekundlarda ifodalash.
Misol uchun 148º2530 - ni soatlar, minutlar va sekundlar bilan ifodalaymiz.
0,867 soat=0,867·60 minut=52,02 minut
52,02+1,666 minut=53,69 minut
0,69 minut·60+2=43,4 sekund
Shuning uchun ko’rsatilgan burchakning soat, minut va sekundlardagi qiymati 9 soat 53 minut 43,4 sekundga teng ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |