O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti alimov T. A., Ajabov A. Q., Mirtoshev Z. D


Download 0.52 Mb.
bet7/22
Sana25.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1119454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
МАСАЛАЛАР 2013 йил

Mustaqil yechish uchun masalalar:



  1. Xarkov shahrida yarim kun bo’lsa, Qazon hshahrida soat 12h46m ga tengdir. Qazon shahrining Grinvich meridianiga nisbatan uzunlamasini aniqlang. Xarkov shahrining Grinvich shahriga nisbatan uzunlamasi 2h25m. (Javob: 3h11m sharq tomonda joylashgan).

  2. Kiyev shahrining yulduz vaqti bo’yicha yuruvchi soat 4h48m –da Oryol shahrida Kapelaning (α=5h10m) yuqori kulminasiyasi kuzatildi. Bu shahrlarning uzunlamasini farqini toping. (Javob: 0h22m).

  3. α Orionning (α=5h51m) kulminasiyasi paytida grinvich yulduz vaqti bilan aniq soat 15h9m-ni ko’rsatdi. Grinvich uzunlamasini shu joyga nisbatan aniqlang (Javob: 9h18m Ye).

  4. Sayohatchilar Oyning tutilish hodisasi mahalliy vaqt bilan 5h13m –da boshlanganligini aniqladi. U holda astronomik kalendarga ko’ra qanday bu tutilish grinvich vaqti bilan 3h51m –da yuz berishi kerak. Bu joyning uzunlamasi qanday? (Javob: 1h22mYe).



VII - amaliy mashg’ulot.
Taqvimlar

  1. Uzoq vaqt davomini absolyut aniq hisoblovchi taqvim yaratish mumkinmi?

Berilgan: Yechish:
Vaqt davomiyligi. Taqvim yili davomiyligini yoki oy davomiyligini
butun son sutkalar bilan ifodalab, tropik yil davomiyligi yoki sinodik oy davomiyligi bilan aniq tenglashtirish mumkin bo’lmaganligi sababli, absolyut aniq taqvim yaratish mumkin emas.

  1. Nima uchun bahorgi tengkunlik kuni hamavaqt aniq 21 mart kuniga to’g’ri kelmaydi.

Berilgan: Taqvim yili davomiyligi. Tropik yili va anodik oy davomiyligi.
Topish kerak: Nima uchun hama vaqt bahorgi tengkunlik 21 martda bo’lmaydi.
Yechish: Chunki taqvim yili davomiyligi tropik yil davomiyligidan (sinodik oy davomiyligidan) farq qiladi.



  1. Yulian taqvimi (eski stil) bo’yicha o’rtacha yil davomiyligini va taqvim xatosini hisoblang.

Berilgan:
Tropik yil davomiyligi 365.2422 sutka.
Topish kerak:
Yulian taqvimi bo’yicha o’rtacha yil davomiyligi va taqvim kamchiligi.
Yechish: Yulian taqvimi bo’yicha ketma ket keluvchi har to’rt yilning 3 yili 365 kundan iborat bo’lib 4-ga qoldiqsiz bo’linadigan 4-chi yili 366 sutka deb olinganligi sababli, bu taqvim bo’yicha o’rtacha yil davomiyligi
sutkani tashkil etadi. Bunday taqvim xatosi 365,25-365,2422=0,0078 sutkani tashkil etadi.

  1. Yulian taqvimini 28 fevral 24 45 yiliga, Grigorian taqvimi bo’yicha qaysi kun mos keladi?

Yechish: 16 mart 24 45 yiliga mos keladi. Chunki bu vaqtga kelib eski stil va yangi stil orasidagi farq 0,0078 x 2445-3=19-3=16 sutkani tashkil etadi. Bunda 19,21,23-chi yuzinchi yillar qabisa emasligi xisobga olingan.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling