O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti alimov T. A., Ajabov A. Q., Mirtoshev Z. D


Download 0.52 Mb.
bet2/22
Sana25.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1119454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
МАСАЛАЛАР 2013 йил

Mustaqil yechish uchun masalalar:

  1. Soat minut va sekundlarda berilgan 19 soat 33 minut 22 sekundni, soat va soatning o’ndan bir ulushlariga aylantiring (Javob: 19,556 soat).

  2. Soat va soatning o’ndan bir ulushida berilgan 5,551 soatni soat, minut va sekundlarda ifodalang (Javob: 5 soat 33 minut 3,6 sekund)

  3. To’g’ri chiqishm 3 soat 17 minut 9 sekund, 19 soat 2 minut 39 sekund va 21 soat 0 minut 3 sekund bo’lgan yulduzlarni, to’g’ri chiqishini burchak birliklarida ifodalang (Javob mos ravishda 49º1715, 285º3945, 315º045)



II - amaliy mashg’ulot.
Yoritgichlarni kulminasiyasida bo’lgandagi balandligini
aniqlash
Yoritgichlarni osmon meridianini kesib o’tishi hodisasiga uning kulminasiyasi deb aytiladi. Osmon meridianini yuqori qismini kesib o’tishida yoritgich yuqori kulminasiyada, pastki qismini kesib o’tishda u quyi kulminasiyasida bo’ladi.
Yuqori kulminasiyada, yoritgich meridianni kesib o’tishida uning soat burchagi t=0 bo’lib yulduz vaqti to’g’ri chiqish koordinasiyasi α=2a teng bo’ladi, kuyi kulminasiyasida bo’lganida uning yulduz vaqti S=α+12h bo’ladi. Yoritgich yuqori kulminasiyasida burchagida, uning og’ishi β, zenit masofasi Z va kuzatish joyining geografik koordinatasi φ quyidagicha bog’langandir: Z=±(φ-δ)
Bu formulada “+” alomati yoritgich zenitdan janub tomonida, “-“ alomati esa zenit va shimoliy qutb orasida kulminasiyasida olinadi. To yoritgich yuqori kulminasiyasida bo’lganida uning balandligi quyidagi formula orqali hisoblanadi: H=90°-φ+δ
Masalalar yechish:

  1. Siriusning (katta itning α-si, δ=-16°37) yuqori kulminasiyasida bo’lganidagi balandligi 10° ga tengdir. Kuzatish joyining geografik kenglamasini toping.

Berilgan: Yechish:
δ=-16°37 h=90°-φ+δ formuladan foydalanib,
h=10° φ=90°-h+δ=90°+10°-16°37=63°23 ekenligini
------------- topamiz.
φ=?

  1. Sankt-Peterburgda Antares yulduzining (Aqrabning α-si, δ=-26°) yuqori kulminasiyasida qanday balandlikda bo’ladi?

Berilgan: Yechish:
φ=60° Balndlik, og’ish va geografik koordinatalar orasidagi
δ=-26° bog’lanishdan h=90°-φ+δ=90°-60°-26°=4°;
-------------
h=?



  1. Sizning shahringizda kulminasiyasi zenitda bo’ladigan yulduzning og’ishi qancha bo’ladi, janubiy nuqtasidachi?

Berilgan: Yechish:
φ=39°39’ Zenitda kulminasiyasida bo’lgan yoritgich uchun h=90°
------------- shuning uchun h=90°-φ+δ formulasidan 90°=90°-39°39+δ;
δ=? δ=39°39
Janubiy nuqtasida kulminasiyada bo’luvchi yoritgich uchun h=0 binobarin 0=90°-39°39+δ; dan δ=-90°+39°39=-89°60+39°39=-50°21



  1. Yozgi va qishgi Quyosh turish kunlari Arxangelsk va Ashxabodda Quyoshning tush vaqtidagi balandligini aniqlang. Geografik kartadan φar=65°, φash=38°. Yozgi Quyosh turishi uchun δyoz=23,5°, qishgi Quyosh turish kuni δqish=-23,5°;

Berilgan: Yechish:
Φar=65° har,yoz=90°-65°+23,5°=48,5°;
Φash=38° har,qish=90°-65°-23,5°=1,5°;
δyoz=23,5° hash,yoz=90°-38°+23,5°=75,5°;
δqish=-23,5° hash,qish=90°-23,5°=28,5°;
---------------
Har,yoz=?
Har,qish=?
Hash,yoz=?
Hash,qish=?

  1. Yulduz quyi kulminasiyasida bo’lganida uning balandligini toping. Yulduz shimoliy qutb va shimoliy nuqta orasida kulminasiyalanadi.

Yechish: Yulduz osmon sferasinig meridianini pastki qismini kesib o’tish paytiga quyi kulminasiya holati deyiladi, bu holda δ+φ-h=90° bo’lib, bundan h=δ+φ-90° bo’ladi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling