O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 51.4 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi51.4 Kb.
#1557207
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABOVOVA MOHINUR206

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
Semema va sema munosabati o‘zbek tilshunosligida bir necha yillardan buyon o‘rganib kelinmoqda. Semema va semani o‘rganish leksikologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi, undan ajratilgan holda o‘rganish mumkin emas. O‘zbek tilshunoslari bu mavzu yuzasidan bir necha bor tadqiqot ishlarini olib borishgan. Xususan,M.Hakimov,R.Sayfullayeva,Sh.Rahmatullayev,S.Shahriyorov kabi bir nechta o‘z sohasining yetuk mutaxassislari ega mavzusi bo‘yicha atroflicha ma’lumotlarni qayd etishgan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Kurs ishidan ko‘zlangan maqsad hozirgi o‘zbek tilidagi semasiologiya bo‘limini tizimli o‘rgangan holda, semema va sema munosabatini chuqur tahlil qilishdan iborat.
Buning uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi:

  • O‘zbek tilshunosligida semasiologiya bo‘limiga doir nazariyalarni chuqur o‘rganish.

  • Semantik bilrliklar orasida semema va sema munosabatini alohida tahlil qilish.

  • Semema va sema munosabatiga doir bo‘lgan barcha nazariy ma’lumotlarni funksional o‘rganib chiqish.

Kurs ishining tadqiqot obyekti va metodi.
Ishning tadqiqot obyekti semema va sema munosabatining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishini tadqiq qilishdan iborat. Kurs ishining manbalari sifatida oldin bu sohada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, oliy ta’lim muassasalari uchun yaratilgan darslik va qo‘llanmalar, izohli lug‘atlar, shuningdek, badiiy asarlar fikrimizni tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Ishda, asosan, o‘zbek tili semantikasi, turli davrlarda yozilgan darslik va qo‘llanmalar, semantikaga bag‘ishlangan ishlardan asosiy manba sifatida foydalaniladi. Kurs ishida ilmiy-tadqiqot metodlaridan tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, tahliliy usullardan keng foydalaniladi.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati semantik birliklarga, ayniqsa, semema va sema munosabatiga turli xil tomondan yondashib, turlarga ajratish va turli guruhlarga bo‘lishdan iborat. Shuni ta’kidlash lozimki, bu kabi ishlarni amalga oshirishdan maqsad, birinchidan, tilshunoslik doirasidagi grammatik qoidalarda va ular orqali amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etishi lozim. Ikkinchidan ta’lim-tarbiya sohasida o‘quvchilar va mustaqil o‘rganuvchilarga o‘qish-o‘qitish jarayonlarini yengillashtirishdan iborat bo‘lishi lozim. Zeroki, bugungi zamonaviylashgan texnika asri ham aynan shunday sodda, oson, ham qulay, ayniqsa, samarali o‘rgatish va o‘rganish tarafdoridir.



Download 51.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling