O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 51.4 Kb.
|
ABOVOVA MOHINUR206
Kurs ishining tuzilishi.
Kurs ishi tuzilish jihatidan kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan bo‘lib, umumiy hajmi 30 betdan iborat. I bob. O‘zbek tilshunosligida semema va semaning o‘rni 1.1.Semasiologiya-tilshunoslikning ma’no haqidagi sohasi Semasiologiya tilshunoslikning ma’no haqidagi sohasidir.Tilning turli sathlaridagi birliklarining ma’nosini tadqiq etish semasiologiyaning vazifasi hisoblanadi.Lisoniy ma’no,ya’ni til birliklari anglatayotgan ma’no uning o‘rganish predmeti sanaladi.Demak, semasiologiya til birliklarining ma’nosini tadqiq qiladi1. "Semantika" so‘zi yunoncha semantikos va frantsuzcha semantique so‘zlaridan olingan bo‘lib, "ifodalovchi" degan ma’noni bildiradi. Tilshunoslikda bu so‘z ikki ma’noda qo‘llanadi: a) til birliklarining mazmun, ma’no tomoni; b) lug‘aviy birliklarning semantik tuzilishi va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi soha - semasiologiya. Bundan ko‘rinadiki, tilshunoslikda semantika fani til birliklarining mazmun tomonini o‘rganadi va tadqiq etadi. “Semantika” atamasini tilshunoslikka ilk bor 1897 yilda frantsuz tilshunoslari tomonidan kiritilgan bo‘lib, XIX asr oxiriga kelib lingivistik semantika mustaqil fan sifatida shakllangan. So‘z va uning lug‘aviy hamda grammatik ma’nolarini o‘rganish semantikaning asosiy vazifalaridan biridir. Hozircha tilshunoslik fanida so‘zning barcha olimlar tan oladigan umumiy ilmiy ta’rifi mavjud emas. Akademik A.Xojiev tomonidan tuzilgan lug‘atda so‘zga quyidagicha ta’rif berilgan: "Leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan ko‘rinishi. O‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, ob’ektiv narsahodisalar haqidagi tushunchani, ular o‘rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatlarni ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo‘llanadigan eng kichik nutq birligi" so‘zdir2. Til nutq hosil qiluvchi sistema sifatida ma’no tashish uchun yashaydi. Ushbu ma’nolarning mohiyati, tuzilishi, turlari, ma’noning til sathlari birliklariga biriktirilganlik darajasi, sath birikmalari o‘rtasidagi ma’no taqsimiga, shu nuqtai nazardan tillarning o‘xshash va farqli tomonlari, ma’nolarning birikib murakkab mazmun hosil qilishlari kabilarni o‘rganish semasiologiyaning asosiy vazifalaridan sanaladi. Bu bo‘limlarda ma‘no shakl bilan birga, uning funksiyasi sifatida ta‘kidlanadi. Semasiologiyada esa lisoniy ma‘no alohida mohiyat sifatida o‘rganiladi. Til birliklaridan morfema, so‘z birikmasi, gap va matnning ma’no xususiyatlari grammatik semasiologiyada tadqiq qilinadi. Rus tilshunosi Nikitin grammatik semasiologiyaning quyidagi turlarini ajratadi: 1.Kategorial-grammatik semasiologiya. Bunda so‘zlarning grammatik ma’nolari, so‘z turkumlarining semantik aspekti kabilar o‘rganiladi. 2. Morfologik-grammatik semasiologiyada so‘z shakllari ma’nosi tadqiq, qilinadi. 3.Funksional-grammatik semasiologiyada bitta umumiy kategorial ma’no ifodalovchi leksik, grammatik yoki turli sath birliklarining ma’nosi, ya’ni funksional-semantik kategoriyalarni, maydonlarni tahlil qiladi. 4. Sintaktik sathdagi semasiologiya bilan mazmuniy sintaksis shug‘ullanadi. Leksik birliklar ma’nosi leksik semantikada, frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari frazeologik semantikada tadqiq qilinadi. Ayrim hollarda leksik semantika termini lug‘aviy ma’noli til birliklari bo‘lmish ham leksema ham frazemalar uchun birday qo‘llanadi. Ma’noni o‘rganish tarixi antik davrlardan boshlanadi. U davrlarda ma’noga falsafiy nuqtai nazardan yondashilgan. Qadimgi Gretsiyada so‘z va u nomlayotgan narsa tabiatan bog‘liqmi yoki nom va ma’no o‘rtasidagi bog‘liqlik shartlimi degan savol ko‘ndalang qo‘yilgan. Ushbu faktlarga asoslansak, semasiologiya, ya’ni ma’noshunoslik antik davrlarda paydo bo‘lgan deya olamiz. Lekin bu davrlardagi ma’noshunoslik tilshunoslikning qismi sifatida emas, balki falsafaning tarkibiy qismi sifatida shakllana boshlagan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ma’noga falsafiy yondashish antik davrlardan (Aristotel, Sokrat, Platon, Dionskiy , Avgustin) boshlanib, o‘rta asrlarda yanada boyitildi (Lyeybnis , Spinoza ). Bunday yondashuv mohiyatini o‘zgartirmagan holda, ammo o‘zgacha shakllarda bizning davrimizgacha yetib keldi. Bunga fonosemasiologiyaning shakllanayotganini isbot qilib ko‘rsatish mumkin.Semasiologiya lingvistik soha sifatida aslida leksikografiyatarkibida shakllandi. Ma’lumki, lug‘at tuzish uchun so‘z anglatayotgan ma’no ochib berilishi lozim. O‘zbek lug‘atchiligi tarixi esa eski turkiy til va arab lug‘atchiligi tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u XI asrda shakllangan. O‘zbek ma’noshunosligi dastlab o‘z ishini leksikografiya tarkibida kuyidagi lug‘atlarni tuzishdan boshlagan: «Devonu lug‘otit turk» (1073-1074 y.), «Muqaddimatul adab» (1137 y.), «Kitob ul-idrok li Lison il-atrok» (1332 y), «Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya» (XIII asr). Mazkur asarlar arab tili va arab tilshunosligi an’analarida yozilgan bo‘lsa-da, ularning barchasida qadimgi turkiy til va eski turkiy til lug‘ati tarkibidagi so‘zlarning ma’nolari izohlangan.XIX asr va XX asrning birinchi yarmini o‘z ichiga olgan davr mobaynida semasiologik tadqiqotlar ma’noning o‘zgarishi, o‘zgarish turlari va prinsiplarini o‘ganishga qaratildi. Jumladan, ma’no torayishi, ma’no kengayishi, ma’no ko‘chishi, ko‘chish turlari kabilar tadqiq qilindi.Keyingi paytlarda tilshunoslikda «semasiologiya» termini bilan bir qatorda «semantika» termini qo‘llanmoqda. «Semasiologiya» atamasi Rayzig tomonidan 1939-yilda birinchi marta qo‘llangan bo‘lsa, «semantika» termini fransuz tilshunosi M.Breal tomonidan 1883-yilda fanga olib kirilgan. Semantika termini grek tilidan olingan bo‘lib, «ifodalovchi» ma’nosini beradi (semantikos). Semasiologiya termini ham til birliklarining ma’nosini o‘rganuvchi sohani, ham leksikologiyaning bir bo‘limini nomlashini hisobga olsak, til birliklarining ma’nosini o‘rganuvchi sohani semasiologiya emas, balki semantika deb nomlash maqsadga muvofiqdek ko‘rinadi3. Download 51.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling