O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana18.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#18132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Urganch - 2015 
 
 
 
 
 
 
Ushbu ishchi dastur UzROUMTV tomonidan 28.08.2013 yil tasdiqlanib, 28. 
08.2013 yilda № BD 1.12 – 319-sonli buyruq raqami bilan ro’yxatga olingan 
namunaviy dastur asosida tuzilgan. 
 
 
Tuzuvchi:  
 

 
21
                     
                    O’qituvchi: Xodjayeva Gulshoda  Baxadirovna  
                                     
Taqrizchi: 
                     Dots.Jumaniyazov .Z.A 
                      
                  
 
 
 Ishchi dastur Filololgiya fakulteti “ Fakultetlararo chet  tillari ” kafedrasining  
2015 yil  
“ 27   ” avgustdagi majlisida (Bayonnoma №1) muxokama qilindi va fakultet 
ilmiy kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya qilindi. 
 
Fakultetlararo chet  tillari kafedrasi mudiri:                    dots. Ermetova J.I 
 
Ishchi dastur Filologiya fakulteti ilmiy kengashining  2015 yil “28  ” avgustdagi 
majlisida (Bayonnoma №1) ko’rib chiqildi  va Universitet ilmiy kengashida tasdiqlash 
uchun tavsiya qilindi. 
 
Filologiya  fakulteti ilmiy kengashi raisi:                     dots. Jumaniyazov  Z.A.              
 
          
Ishchi o’quv dasturi Urganch Davlat Universiteti Ilmiy kengashining  2015 yil “29” 
avgustdagi majlisida ko’rib chiqildi (Bayonnoma №1)  va tasdiqlandi. 
 
 
 
 
Kelishildi : 
 
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i:                       Boyjonov I. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
22
 
 
 
 
 
 
 
K I R I SH 
Mazkur dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi 
“Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi 
PQ-1875-sonli, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi 
“Chet tillar bo’yicha ta`limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik 
darajasiga qo’yiladigan talablar” to’g`risidagi 124-sonli  qarorlari hamda Evropa 
Kengashining “CHet tilini egallash umumevropa kompetentsiyalari: o’rganish, o’qitish 
va baholash” to’g`risidagi umume`tirof etilgan xalqaro me`yorlari (CEFR – Common 
European Framework of Reference) ga muvofiq qayta ishlab chiqildi.  
Vazirlar Mahkamasining “Chet tillar bo’yicha ta`limning barcha bosqichlari 
bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar” ga ko’ra oliy ta`lim 
muassasalarining ixtisosligi chet tili bo’lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi 
bitiruvchilari  to’rt yillik tahsillari nihoyasida o’rgangan chet tili bo’yicha  B2 darajani 
egallashlari  lozim.  
Ushbu dastur “Chet tili”  fanini  ikki bosqichga bo’lingan holda o’qitishni nazarda 
tutadi: 

umumiy bosqich (umumiy chet tili o’rganiladi). 

kasbga yo’naltirilgan bosqich (chet tili maxsus maqsadlarda o’rgatiladi). 
Har bir kurs uchun ajratilgan o’quv soatlari teng, ya`ni 50%dan taqsimlanadi. 
Kurslar bir-biridan mavzusi, leksik tizimi, o’quv matnlari, nutq faoliyatlari xususiyati va 
mavqeiga qarab malakalarni rivojlantirish bo’yicha farqlansada, o’quv jarayoni uchun 
umumiy bo’lgan grammatik mavzular, o’xshash sintaktik hodisalar, nutq ko’nikma va 
malakalarini egallashda o’zaro uzviy bog`liq va uzluksiz holda o’rgatiladi. Chet tilini 
o’rgatish ixtisoslik xususiyatlaridan kelib chiqib, “Chet tili maxsus maqsadlar uchun” 
tamoyillariga va kommunikativ, integrativ kompetentlik yondashuvlariga asoslanadi. 
Kommunikativ faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv - ta`limning 
rivojlantiruvchi, funktsional va kommunikativ xususiyatlariga ega bo’lib, ta`lim 
jarayonida bilish faolligini oshirishga ko’maklashadi. Ta`lim jarayonida mazkur 
yondashuv talabalarda refleksiya, o’z-o’zini rivojlantirish, namoyon etishga 
ko’maklashadi; chet tili ta`limini madaniyatlararo muloqot sifatida tashkil etishga; dars 
jarayonida o’qituvchi talabalarning o’zaro teng huquqli  ishtirokchi sifatida o’zini 
namoyon etishlarini ta`minlaydi; ta`limning interaktiv shakllarini qo’llash; talabalarda 
yangi til malakalari, sotsio-madaniy bilimlar, amaliy malakaviy ko’nikmalarni mustaqil 
egallashni rivojlantirish. 
Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv - chet tilini o’qitishda nafaqat ilmiy bilimlar 
berish, balki ta`lim jarayonining ishtirokchilari (talabalar, o’qituvchilar, ota-onalar) 
munosabatlarining faol shakllariga asoslanish; talaba xarakteri va uning o’zini 
rivojlantirish usullarini o’rganish; individuallikni shakllantirish uchun talabaga qulay 
shart-sharoitlar yaratish; madaniyatimizda shakllangan shaxsning psixik rivojlantirish 
me`yorlari haqidagi tasavvurlarni o’zgartirish (gorizantal emas, balki vertikal, ya`ni 

 
23
talaba rivojlanish dinamikasini uning oldingi holati bilan taqqoslash orqali amalga 
oshirishni, boshqalar bilan emas, balki uni o’zi bilan taqqoslash).  
Integrativ yondashuv – turli fanlardan olingan bilimlar, ko’nikma, malaka va 
tajribani hisobga olish, tayanish, integratsiya qilish, chet tilida kommunikativ, kasbiy 
kommunikativ, ijtimoiy kompetentlikni baravar rivojlantirishni nazarda tutadi. 
 
Ta`limda kompetentlik yondashuv  -  muayyan natijalarga erishish va muhim 
kompetentsiyalarni egallashga qaratiladi. Kompetentsiya bo’lajak kasbiy faoliyatga 
qarab shakllanib boradi. Bunday sharoitda ta`lim jarayoni yangi mazmunga ega bo’ladi, 
u  o’rganish va o’rgatish jarayoniga aylanadi, ya`ni kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega 
kompententlikni mustaqil o’qib o’rganish, ijtimoiy-mehnat, madaniy, maishiy hamda 
madaniy hordiq sohalarda chet tilini qo’llashga erishiladi.  
Fanning maqsad va vazifalari 
Chet tili fanining maqsadi talabalarning ko’p madaniyatli dunyoda kasbiy, ilmiy 
va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida kommunikativ kompetentsiya (uning 
tarkibiy qismlari hisoblanuvchi lingvistik, sotsio-lingvistik, pragmatik va boshqa 
kompetentsiyalari)ni shakllantirishdan iborat.  
Kompetentsiya  – kommunikatsiya (muloqot)  ishtirokchilari tomonidan 
 
 
ta`limning aniq maqsadlariga qaratilgan nutq faoliyatini rivojlantirishga imkon 
beradigan bilim, ko’nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig`indisini ifodalaydi. 
Chet tili kommunikativ kompetentsiyasi – o’rganilayotgan chet tilida 
so’zlashuvchilar bilan muloqot qilishni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi, 
shuningdek, talabalarning tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish, o’z 
mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglash, uni muloqot jarayonida taqdim eta 
olishini nazarda tutadi. Mazkur o’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalariga 
talabalarda quyidagi kompetentsiyalarni rivojlantirish kiradi: 
Lingvistik kompetentsiya o’rganilayotgan til sohiblari bilan muloqot qilish uchun 
til materiallari (fonetika, leksika, grammatika)ni etarli darajada bilish va nutq faoliyati 
turlari (tinglab-tushunish, gapirish, o’qish va yozuv)da qo’llay bilishni nazarda tutadi. 
 
Ijtimoiy-lingvistik kompetentsiya so’zlovchining biron bir nutqiy vaziyat, 
kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, 
ifoda usulini tanlash ko’nikma va malakalarni o’z ichiga oladi. 
 
Ijtimoiy-madaniy kompetentsiya autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o’zi 
yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-
madaniy xususiyatlarini tili o’rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim 
eta olish kompetentsiyasidir. 
Ijtimoiy kompetentsiya - ijtimoiy-lingvistik va sotsio-madaniy kompetentsiyalarni 
o’z ichiga oladi. U hozirgi ko’p madaniyatli dunyoda  ta`lim oluvchilarda chet tilini 
o’rganish muhimligi tushunchasi, chet tilida muloqot qilish, o’z ustida mustaqil ishlash 
va ijtimoiy moslashuv vositasi sifatida foydalanish ehtiyojini shakllantirish va 
rivojlantirish, fuqarolik, vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalashda, chet tili orqali 
madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish istagi va xohishida namoyon bo’ladi. 
Pragmatik kompetentsiya quyidagilardan iborat: 
Diskursiv  kompetentsiya  (diskurs – og`zaki yoki yozma nutq matni) matnni 
to’g`ri talqin qilish va tuzish, shuningdek, shunga mos nutqiy muloqot turini tanlash 
uchun og`zaki va yozma (stilistik hamda tarkibiy qismlarini bilib olishni nazarda tutgan) 
matnlar tuzish ko’nikma va malakalaridan iborat. 
 
Strategik (kompensator) kompetentsiya chet tili muhitida nutqiy hamda ijtimoiy 
muloqot tajribasidagi kamchilik va nuqsonlarni ayrim verbal/noverbal vositalar 

 
24
yordamida to’ldirish, kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo’lganda 
takroran so’rash, uzr so’rash va hokazolar orqali murakkab  vaziyatlardan uddaburonlik 
bilan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi. 
 
O’quv - bilish kompetentsiyasi ta`lim oluvchining mustaqil bilim olish 
faoliyatida chet tillar va madaniyatlarni o’rganishning kompetentsiyalar yig`indisi 
bo’lib, zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan foydalanish bilan bog`liq bo’lgan mantiqiy, 
metodologik va umumta`lim vazifalarni o’z ichiga oladi.   
 
Chet tilini o’qitish didaktik, metodik, lingvistik tamoyillarni hamda zamonaviy 
ta`lim texnologiyalarini qo’llash asosida amalga oshiriladi. 
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar 
 “Chet tillar bo’yicha ta`limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik 
darajasiga qo’yiladigan talablar”da oliy ta`lim muassasalarining ixtisosligi chet tili 
bo’lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari  to’rt yillik tahsillari 
nihoyasida o’rgangan chet tili bo’yicha  V2 darajani egallashlari  shart. Unga ko’ra 
bitiruvchi talabalar  V2 darajani ta`minlovchi quyidagi kommunikativ 
kompetentsiyalarni  egallashlari lozim. 
Lingvistik kompetentsiya: 
       Tinglab tushunish 

 
uzoq davom etgan suhbat va murakkab dalillar keltirilgan matnni tushunish va 
idrok etish; 

 
 maruza, suhbat, mukammal yo’riqnomalar, akademik va kasbiy prezentatsiyalar, 
savol-javoblar asosiy mazmunini tushuna olish;  

 
 reklama,  elon va malumotnomalarni tushunish; 

 
 murakkab autentik nutqni tanish va notanish kontekstda tushuna olish; 

 
 til sohiblari suhbatlari va bahs- munozaralarini tushuna olish; 

 
 radio va internet materiallari, intervyularni (suhbat) to’liq darajada tushuna olish. 
 Gapirish 
Dialog  

 biznesdagi hamkori  bilan muzokara olib borish;  

 aniq masalalar bo’yicha axborot olish;  

uzoq muddatli muzokaralarda til sohibi bilan qatnashish, ularni qo’llab-
quvvatlash, kerak bo’lsa muzokaralarni boshqarish;  

  kundalik mavzularda bahs-munozara, muzokaralarda faol qatnashish; 

  ixtisoslik (kasb) bo’yicha intervyu, suhbatlarda qatnashish; 

  fikrni aniqlashtirish, qaytadan tuzish va bahs- munozara rivojiga o’z hissasini 
qo’shish; 
-  
 
muzokaralar 
olib 
borish jarayonida muammolarni echimini ustalik bilan hal 
etish; 

  vaziyatga qarab savollar berish va javob qaytarish.  
Monolog  

alohida mavzu bo’yicha qilingan prezentatsiyalar o’tkazish; 
- ixtisosligi 
bo’yicha 
asbob-uskunalarni aniq va ravshan tasvirlash; 

alohida mavzu bo’yicha og`zaki maruza tuzish; 

maqola, maruza, bahs-munozaralarni aniq va ravshan qilib umumlashtirish; 

  aniq tizimga asoslangan holda qo’shimcha, etarli bo’lgan holda va tanish mavzu 
bo’yicha o’z fikrini ifoda qila olish. 
O’qish 

 
25

 tanish va notanish mavzu bo’yicha tuzilgan matnlardan asosiy / kerakli bo’lgan 
axborotni, shaxsiy va mutaxassislik bo’yicha korrespondentsiyalarni (xat-xabarlarni) 
tushunish; 

 diagramma, sxema, chizmalarni qisqacha tarifini tushunish; 

 murakkab bo’lgan malumotlarni idrok etish; 

 maxsus, murakkab bo’lgan yozma yo’riqnoma va qo’llanmalarni tushunish; 

 kasbga oid maqola va maruzalardan kerakli axborotni ajratib olish; 

kerak yoki nokerakligini aniqlash maqsadida matnni u yoki bu qismini sinchiklab 
o’qish, konferentsiya dasturlarini o’qib tushunish.  
Yozuv. 

  maxsus malumotlarni (til yuzasidan bo’lgan xatlarni, malumotlarni, elektron 
xatlarni) yoza olish; 

  esse va maruzalarni yoza olish; 

  aniq mantiqqa ega bo’lgan ilmiy maqolalar va ilmiy tadqiqot ishlarni yoza olish; 

  yozma takliflar, hisobot va rezyumelar tuza olish; 

  bitiruv malakaviy ishlarni zarur bo’lganda yoza olish. 
Til kompetentsiyasi 
Leksik kompetentsiya 

kasbiy leksika va terminlarni ishlata olish; 

kommunikativ vaziyatlarda mavzuga oid bo’lgan leksikani ishlata olish; 

internatsional so’zlarni tushunish va qo’llay olish.    
Grammatik kompetentsiya 

  murakkab grammatik va sintaktik qurilmalarni kommunikativ vaziyatlarda 
qo’llay olish; 
-  bog`lovchi so’zlarni to’g`ri qo’llash; 
- mutaxassislikka oid matnlarni uning mazmunini tushunish maqsadida  matnni tahlil 
qilishi talab etiladi. 
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
“Chet tili” fanini o’qitishda ta`limning quyidagi  ilg`or va zamonaviy texnologiya 
va  metodlaridan foydalaniladi: 

pedagogik mahorat texnologiyasi (YU.N.Kulyutkin, E.B.Spasskaya); 
- bilimdonlar 
bahsi; 

mavqeingizni egallang – shiorlar asosidagi bahs

ta`limning faol uslublari: “Keys-uslubi” (Garvard universiteti biznes maktabi), 
ishbop o’yinlar. 
Ijodiy topshiriqlarni guruh bilan hal qilish uslublaridan: 
- delfi uslubi – taklif qilingan echimdan statistik uslub asosida besh kamchilikni 
aniqlash va ulardan eng yaxshisini tanlab, baholash, kamchiliklar sababini aniqlash;   
- qora quti uslubi – masalani tahlil qilish, ijodiy bahs orqali kamchiliklar sababini 
aniqlash; 
- kundaliklar uslubi – guruh a`zolarining yon daftarchalaridagi yozuvlarni tahlili 
va ularda berilgan taklif-mulohazalarni muhokama qilish, umumiy fikr ishlab chiqish; 
-  
To’g`ridan-to’g`ri  jamoaviy 
aqliy  hujum” (Dj.Donald Fillips) – 20-60 
kishilik katta auditoriyada  yangi fikrlarni, samaradorlikni oshirish ish yoki mashq mini-
guruhlarda olib boriladi va fikrlar jamoada muhokama qilinadi;    

 
26
- “Aqliy hujum” – (E.A.Aleksandrov i G.YA.Bush) – guruh qatnashchilari ijodiy 
g`oyalarini jamoa, g`oyalari bilan qarshi g`oyalar yordamida faollashtirish, ularni 
qo’llashni baholash;  

senektika uslubi (U.Gordon) – muammoni ifodalashga o’rgatish, uning 
qismlarini aniqlash, muammoni echishdagi o’xshashliklarni topish. Kreativlikni 
o’stirish, oddiy hodisalarning g`ayri-tabiiy tomonlarini topish, ijodiy qobiliyatlarini 
aniqlash; 
- «ARIZ – TRIZ» (G.S.Altshuller va uning maktabi, TRIZ - kashfiyot 
topshiriklari texnologiyalarini rivojlantirish) – o’rganilayotgan tizim rivojlanishi 
qonuniyatlariga bo’ysundirilgan mantiqiy operatsiyalar tizimi 40 usuldan iborat: 
“qo’shilish”, “matryoshka”, “qarama-qarshi”, “zararni foydaga aylantirish” va 
boshqalar. 
     
ASOSIY QISM 
Nutq mavzulari: 
Kundalik mavzu (o’zi haqida, oilasi haqida, bo’sh vaqtni o’tkazishi va hokazo). 
Ijtimoiy mavzu  (atrof-muhit, maishiy va kasbiy yo’nalishda ijtimoiy munosabat).  
Ta`lim mavzusi (o’quv muassasasi, o’quv qurollari va unga munosabat, ixtisoslik 
fanlarining hozirda o’qitilishi va hokazo)  
Ijtimoiy madaniy (O’zbekiston Respublikasi va tili o’rganilayotgan mamlakatning 
tarixiy, geografik, iqlimiy, madaniy, maishiy xususiyatlari). 
Kasbga yo’naltirilgan mavzu (o’rganilayotgan ixtisoslik tarixi, yo’nalishlari, sohaning 
buyuk namoyondalari, dolzarb muammolari, kasbiy etika va hokazo). 
Umumiy bosqich 
    Nutq kompetentsiyasi 
Bosqichning asosiy maqsadi: 

uzluksiz ta`lim tizimining avvalgi bosqichlari (akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlari)da talabalar xorijiy tilda egallagan malaka va ko’nikmalarini korrektsiya  
qilish va tenglashtirish; 

talabalarni nutq faoliyati turlari bo’yicha kasbiy muloqotga tayyorlashdan iborat;  
Tinglab tushunish: 

 
ma`ruza, taqdimot va munozaralar, radio va televidenie eshittirishlari, yangiliklar, 
intervyular, hujjatli film va shu kabi og`zaki matnlar; 

 
 reklama va e`lonlar; 

 
til sohiblari nutq yozuvlari (badiiy, hujjatli filmlar, ommaviy chiqish va hokazo); 

 
 til sohiblarining ijtimoiy mavzulardagi o’zaro suhbati; 

 
 tinglangan axborotning asosiy maqsadi, to’liq mazmunini tinglab tushunish malaka 
va ko’nikmalarini rivojlantirish. 
Gapirish: 
Dialog nutq 

 
ijtimoiy mavzularda suhbat va norasmiy dialog; 

 
kasbiy yoki boshqa mavzularda rasmiy va norasmiy  munozaralar; 

 
munozarani boshqarish,  intervyu, muzokaralar va telefon orqali muloqot olib borish.  
Monolog nutq 

 
 ixtisoslikka oid mavzularda ma`ruza tayyorlash va o’qish;   

 
munozara, dalil va isbotlarni olg`a surish, fikrni asoslab berish; 

 
reklama va maxsus mavzularda  taqdimot tayyorlash hamda chiqish qilish; 

 
 ma`lumotlarni umumlashtirish, maqolalar yozish, muhokama qilish. 

 
27
O’qish 

 
tanishuv o’qish, ko’z yugurtirib o’qish va sinchiklab o’qish ko’nikma va 
malakalarini rivojlantirish; 

 
 xat-xabar, yozishmalar va elektron pochtani o’qish; 

 
maxsus materiallarni o’zida aks ettirgan autentik matnlarni o’qish; 

 
 maxsus so’z va terminlarga  ega matnlarni, ilmiy va kasbga oid adabiyotlarni, 
elektron manbalar va matbuot materiallarini o’qish. 
Yozma nutq 

 
 turli yozishmalar, xat-xabarlar va maxsus dokladlar (eslatma CVs va hokazo) 
yozish; 

 
 esse, bayon, rezyume, tadqiqot ishi (maqolalar, bitiruv malakaviy ishlar) yozish. 
 Kasbga yo’naltirilgan bosqich 
Kasbga yo’naltirilgan bosqichning asosiy maqsadi: 

nutq turlari bo’yicha kasbiy sohada chet tilini amaliy egallash; 

talabani ijodiy shaxs sifatida rivojlantirish;  

soha bo’yicha adabiyotlarni tarjima qilish malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish; 
Tinglab  tushunish: 

 
 kasbga yo’naltirilgan autentik materiallarni bir marta eshitib asosiy mazmunini 
tushunish va zarur axborotni olish; 

 
 kundalik voqealar haqida yangiliklar, reportajlarni tushunish, film qahramonlari 
nutqini tushunish. 
Gapirish: 
Dialogik nutq 

til sohiblari bilan erkin muloqotda bo’lish va kasbiy mavzulara o’z fikr va 
mulohazalarini isbotlab berish;  

suhbatni boshlash va tugatishni bilish, suhbatdoshiga taklif va maslahat berish, 
savollariga javob berish, axborot almashish, muhokama qilinayotgan dalillarni 
aniqlashtirish, o’qigan yoki eshitganlarini muhokama qilish; 

matn asosiy mazmunini ifodalovchi leksik va sintaktik qurilmalarga asoslanib 
gapirib berish; 

assotsiativ tafakkurga asoslanib mulohaza, tanqid, baholash dalillar bilan 
isbotlash orqali o’z nutqini tuzish; 

ritorik xarakterga ega dialog nutq malakalarini takomillashtirish;  

kasbiy muloqotlar, konferentsiya, simpozium, uchrashuv va munozaralarda 
qatnashish uchun nutq faoliyati, ko’nikma va malakalarini takomillashtirish. 
Monologik nutq: 

dolzarb muammo yuzasida barcha  “Tarafdor” va “Qarshi” dalillarni keltirgan 
holda o’z fikrini bayon qilish;  

tinglagan va o’qigan matn mazmunini gapirish

mazmunga baho berish; 

o’rganilgan mavzular bo’yicha axborot berish 

o’qigan matnni tahlil qilish va sharhlash; 

o’qigan yoki tinglagan matnni qisqacha mazmunini bayon etish; 

o’rganilgan mavzuda chiqish qilish; 

ijtimoiy –siyosiy matnlarni o’qib sharhlab berish. 
O’qish: 
Tanishuv o’qish 

 
28

 
 matnni lug`atsiz, berilgan savol yoki umumiy mazmunini tushunish maqsadida 
o’qish; 

 
 matn: 10 % gacha notanish so’z bo’lgan ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, maxsus 
badiiy matnlar; 

 
matn mazmunini chet tilida yoki ona tilida so’zlab berish, paragraflarni nomlash, test 
topshirish. 
Sinchiklab (o’rganib) o’qish  

 
 matnni asosiy axborotni ajratib olgan holda mazmunini to’liq va aniq tushunib 
o’qish. 
O’qish tezligi, hajmi: 

 
lug`atdan foydalanib 1600 bosma belgili matnni 1,0 akademik soatda 
o’qish. 

 
 matnmaxsus, ilmiy ommabop 12% gacha notanish so’zga ega bo’ladi. 
Ko’z yugurtirib o’qish: 

matn mazmuni xususiyatlarini aniqlash;  

zarur axborotni matndan topish; 

so’z (matn) ma`no mazmunini kontekst asosida fahmlab olish;  

matndagi birlamchi (asosiy) ikkinchi darajali axborotni ajratish; 
- matn 
kalit 
so’zlarini ajrata olish; 

matn qismlariga sarlavha qo’yish. 
 Yozma nutq 
Yozma nutq bo’yicha: 
- kasbga yo’naltirilgan bosqichda shakllangan malakalarni takomillashtirish; 
- referat, annotatsiya yozish texnikasini takomillashtirish; 
- hujjatlarni rasmiylashtirishni bilish (tuzilishi, uslubi, xujjat tili) va  u  asosida   
hujjatlarni     namunaga  qarab, sxemaga  ko’ra, klishe  va  frazalarni  qo’llab, axborotni  
hisobga  olib, ish  yuritish   vaziyatlari  talablariga  mos  ravishda  rasmiylashtirish; 
- berilgan   mavzuda bayon, esse, rezyume  tuzish,sohaga oid    adabiyotlar  bo’yicha 
referat  yozish. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling