O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana18.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#18132
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va 
ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
 
17-modda. Maktabdan tashqari ta’lim 
Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh 
vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, 
shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport 
va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari 
mumkin. 
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, 
uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, 
musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa 
muassasalar kiradi. 
Maktabdan tashqari 
ta’lim  muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat 
ko’rsatish tartibi qonun xujjatlarida belgilab ko’yiladi. 
 
18-modda. Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish 
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko’maklashadi. 
Bolalarni oilada o’qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim 
muassasalarining dasturlari bo’yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli 
davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo’sinda yordam 
ko’rsatiladi. 
 

 
195
19-modda. Ta’lim to’g’risidagi hujjatlar 
Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat 
tomonidan tasdiklangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, 
sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi ma’lumot 
to’g’risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va 
akrreditatsiya  qilingan  ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim dasturlari 
bo’yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat 
ta’lim muassasalarida o’qitilishi shart bo’lgan va ro’yxati O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yiladigan mutaxassisliklar bundan 
mustasno. 
Oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga o’zlashtirilgan fanlar ro’yxati, ularning 
hajmlari va fanlarga qo’yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. 
Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki 
fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom 
topshiriladi. 
Davlat ta’lim standartlariga mos kelgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi bilan 
xorijiy davlatlarning hukumatlari o’rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki 
tomonning ma’lumot to’g’risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o’zaro tan olinishi 
mumkin. 
Tegishli bosqichdagi ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi 
ma’lumotnoma beriladi. 
Davlat tasdiqlagan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat navbatdagi bosqich 
ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisos bo’yicha ishlash 
huquqini beradi. 
 
III. TA’LIM JARAYONI QATNASHCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA 
QILISH 
 
20-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish 
Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar qonun xujjatlariga va normativ hujjatlarga 
muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta’minlanadi. 
 
21-modda. Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish 
Ta’lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati 
belgilanadi, haqi to’lanadigan yillik uzaytirilgan ta’tillar va qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. 
Ta’lim muassasalari ish haqiga mo’ljallangan mavjud mablag’lar doirasida 
mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama 
belgilashga hamda mehnatga haq to’lash va rag’batlantirishning turli shakllarini 
qo’llashga haqli. 
 
22-modda. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining 
vasiyligisiz qolgan bolalarni o’qitish 
Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz 
qolgan bolalarni o’qitish va ularni boqish davlatning to’la ta’minoti asosida qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
 

 
196
23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar va 
o`smirlarni o`qitish 
 
24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo`lgan shaxslar 
uchun o`quv-tarbiya muassasalari 
IV. TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISH 
 
25-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi 
vakolatlari 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlariga 
quyidagilar kiradi: 
3.
 
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
4.
 
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; 
5.
 
ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
6.
 
ta’lim muassasalarini tashikil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini 
belgilash; 
7.
 
ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan 
o’tkazish tartibini belgilash; 
8.
 
boshqa davlatning ta’lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasining 
hududida ta’lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish; 
9.
 
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to’g’risidagi hujjatlarini 
tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash; 
10.
 
davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash; 
11.
 
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni 
tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; 
12.
 
davlat grantlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini 
belgilash; 
13.
 
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash; 
14.
 
ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga 
o’tkazish tartibini belgilash; 
15.
 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar. 
26-modda. Ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining huquq 
doirasiga quyidagilar kiradi: 

 
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarish; 

 
ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga 
rahbarlik qilish; 

 
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb 
tayyorgarligiga bo’lgan talablar bajarilishini ta’minlash; 

 
o’qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning 
texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish; 

 
o’quv va o’quv-uslubiyat adabiyotlarini yaratish va nashr etishni tashkil qilish; 

 
ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim 
muassasalarida eksternat to’g`risidagi nizomlarni tasdiqlash; 

 
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlari tayinlash to’g`risida O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; 

 
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta 
tayyorlashni tashkil etish; 

 
197

 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar. 
 
27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi 
vakolatlari 
Maxalliy davlat hokimiyati organlari: 
1)ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar; 
2)ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar 
(respublika tasarrufida bo’lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini 
ro’yxatga oladilar; 
3)o’z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash mikdorlarini 
va imtiyozlarni belgilaydilar; 
4)ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga 
bo’lgan davlat talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar; 
5)qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar. 
 
28-modda. Ta’lim muassasasini boshqarish 
Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. 
Ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko’rsatadigan jamoat 
boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin. 
 
29-modda. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta’lim 
muassasalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar 
Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta’lim muassasalarida 
ta’lim to’g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi. 
Nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim to’g`risidagi qonun hujjatlarini buzgan takdirda, 
akrreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq 
to’xtatib qo’yishga haqli. 
Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul davlat o’quv yurtlari uchun belgilangan 
tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. 
 
V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR 
 
30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari 
Voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy 
huquqdari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, 
maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun 
javobgardirlar. 
 
31-modda. Ta’limni moliyalash 
Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy budjetlar 
mablag`lari, shuningdek budjetdan tashqari mablag`lar hisobidan amalga oshiriladi. 
 
32-modda. Ta’limni rivojlantirish fondlari 
Ta’limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik 
va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning 
ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin. 
 

 
198
 
 
33-modda. Xalqaro   hamkorlik 
Ta’lim muassasalari ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok 
etadilar, chet davlatlarning tegishli o’quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o’rnatish, 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo’shma o’quv yurtlari tashkil etish 
huquqiga ega. 
 
34-modda. Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 
 
Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo’lgan shaxslar belgilangan 
tartibda javobgar bo’ladilar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
199
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS 
TA`LIM VAZIRLIGI 
 
AL-XORAZMIY NOMIDAGI URGANCH  
DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
«CHET TILI» 
 
FANIDAN  
 
 
BAHOLASH MEZONLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
200
NEMIS TILI TA’LIM YO’NALISHINING AMALIY  MASHG’ULOTLARI 
UCHUN MO’LJALLANGAN BAHOLASH MEZONLARI 
 
36 dan 38 soatlik mashg’ulotlar uchun talabalar bilimini baholash mezoni 
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash 
 
 
Chet (nemis) tili fani bo’yicha talabalar bilimi reyting tizimi asosisda 
baholanadi. Dasturda modullar bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlarni baholash turlari va 
shakllari keltirilgan. Ular o’quv materiallari to’liq va samarali o’zlashtirilganligini 
nazorat qilishda yagonalik va tizimlilikni ta’minlaydi.  
 
 
№ 
Nazorat turlari 
 
Soni
Ball 
 
Jami 
ball 

Joriy baholash 
 
 
 
 
 
JB1   JB2   
 
Haftalar*  
8   16  
1.1 Amaliy 
mashg’ulotlarni 
bajarish 
8  
4*5=30
  4*5=30 40 
1.2 Mustaqil 
ta’lim 
bo’yicha 
topshiriqlarni 
bajarish 
2  3*5=5   3*5=5 30 
 Jami 14 
 
35 
 35 
70 

Yakuniy baholash 
2.1 
Yozma ish 

6ta savoldan iborat yozma ish(yoki 
topshiriq) 
3*10=30 ball 
30 
 
JAMI: 15 
     100 
 
 
ESLATMA: Ushbu baholash mezoni Urganch davlat universiteti tavsiyasi 
asosida tayyorlandi.  
 
 
JN: Joriy nazorat natijalari semestr davomida ikki marta (8chi va 16chi 
haftalarda) umumlashtiriladi. Har bir umumlashtirish sanasiga qadar har bir 
talabaning bilim, malaka va ko’nikmalari (shu jumladan, mustaqil ishi ham) 7 marta 
0 dan 5 gacha bo’lgan ballarda faqat butun sonlarda baholanadi. Natijada butun 
semestr davomida har bir talabaning joriy baholari soni 14 tani tashkil qiladi.  
 
Nazorat JN-1  JN-2  YN  Jami 
Maksimal ball 
35 
35 
30 
100 
Saralash ball 
19,25 
19,25 
16,5 
55 
Nazorat haftasi 

16 
 18 
 
 

 
201
 
YN:  Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o’tkaziladi. O’qish sinovi 6 ta 
savoldan iborat yozma ishga asoslangan bo’lib, savolar o’tilgan mavzular asosida 
tuziladi. Har bir javob (yoki topshiriq) 0 dan 5 gacha bo’lgan ballarda faqat butun 
sonlarda baholanadi. Yozma ishga 80 daqiqadan ajratiladi.  
 
Har bir baholashda oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarda talabalar bilimi 
darajasiga qo’yilgan talablar va ularning bali: 
Joriy baholash mezonlari 
5 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba uzoq davom etgan suhbat va murakkab dalillar keltirilgan matnni tushuna 
oladi va idrok eta oladi. 
2  Talaba ma’ruza, suhbat, mukammal yoriqnomalar, akademik va kasbiy 
presentasiyalar, savol-javoblar asosiy mazmunini tushuna oladi. 
3  Talaba electron va internet materiallarni to’liq darajada tushuna oladi. 
4  Talaba kundalik mavzularda bahs-munozara, muzokaralarda faol qatnasha oladi 
va vaziyatga qarab murakkab savollar berish va murakkab savollarga javob bera 
oladi. 
5  Talaba alohida mavzu bo’yicha og’zaki ma’ruza tuza oladi va murakkab bo’lgan 
ma’lumotlarni idrok eta oladi. 
6  Talaba mavzuga oid topshiriqlarni va mashqlarni to’liq va hatosiz bajara oladi. 
7  Talaba mahsus ma’lumotlarni (til yuzasidan bo’lgan hatlarni, ma’lumotlarni, 
electron hatlarni, esse va ma’ruzalarni yoza oladi. 
8  Talaba kommunikativ vaziyatlarda mavzuga oid bo’lgan leksikani, kasbiy leksik 
va terminlarni ishlata oladi. 
9  Talaba murakkab grammatik va sintaktik qurilmalarni kommunikativ 
vaziyatlarda qo’llay oladi. 
10  Talaba dars davomida kerakli bo’lgan barcha o’quv qurollari va materiallarga 
ega bo’ladi. 
4 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba turli suhbat  va dalillar keltirilgan matnni tushuna oladi va idrok eta oladi 
2  Talaba elektron va internet materiallarni tushuna oladi, ma’ruza, suhbat, 
murakkab yoriqnomalar, akademik va kasbiy presentasiyalar, savol-javoblar 
asosiy mazmunini qisman tushuna oladi.  
3  Talaba kundalik mavzularda bahs-munozara, muzokaralarda faol qatnasha oladi, 
vaziyatga qarab savollar bera oladi va savollarga javob bera oladi. 
4  Talaba tanish va notanish mavzu bo’yicha tuzilgan matnlardan kerakli bo’lgan 
ahborotlarni tushuna oladi, kasbga oid maqola va ma’ruzalardan kerakli 
ahborotni ajratib oladi. 
5  Talaba mavzuga oid topshiriqlarni to’liq va oz miqdordagi hatolar bilan bajara 
oladi.  
6  Talaba grammatik va sintaktik qurilmalarni kommunikativ vaziyatlarda qo’llay 
oladi va ularni qo’llab mahsus ma’lumotlar yoza oladi.  
7  Talaba dars davomida kerakli bo’lgan barcha o’quv qurollari va materiallarga 
ega bo’ladi. 
3 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba turli suhbat va dalillar keltirilgan matnni qisman tushuna oladi  
2  Talaba kundalik mavzularda bahs-munozara, muzokaralarda qisman qatnasha 
oladi. 

 
202
3  Talaba grammatik va sintaktik qurilmalarni kommunikativ vaziyatlarda qisman 
qo’llay oladi va soda bo’lgan matnlarni yoza oladi. 
4  Talaba dars davomida kerakli bo’lgan barcha o’quv qurollari va materiallarga ega 
bo’ladi. 
2 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba turli suhbat va dalillar keltirilgan matnni qiyinchilik bilan tushuna oladi va 
kundalik mavzulardagi bahs-munozaralarda qiyinchilik bilan qatnasha oladi. 
2  Talaba grammatik va sintaktik qurilmalarni aniq tushuna olmaydi va 
kommunikativ vaziyatlarda qo’llashda qiyinchiliklarga duch keladi, sodda 
bo’lgan matnlarni qiyinchilik bilan yozadi.  
3  Talaba dars davomida kerakli bo’lgan barcha o’quv qurollari va materiallarga ega 
bo’ladi. 
1 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba dars davomida kerakli bo’lgan barcha o’quv qurollari va materiallarga ega 
ammo yuqorida ko’rsatilgan talablarga javob bermaydi. 
0 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba darsda mavjud ammo yuqorida keltirilgan barcha talablarga javob 
bermaydi.  
 
Yakuniy baholash mezonlari 
 

 
203
9-10  ballga qo’yilgan talablar 
1  Talaba tinglab tushunish bo’yicha berilgan shartlarda kasbga yo’naltirilgan matnni 
tinglab uni tushunganligini aniqlash maqsadida berilgan topshiriqlarni hatosiz echa 
oladi.  
2  Talaba o’qish bo’yicha berilgan shartlarda kasbiy yo’nalishdagi matnni o’qib, 
tushunganligi asosida topshiriqlarni hatosiz bajara oladi. Bunday topshiriq yozma 
tarjima bilan amalga oshirilishi mumkin.  
3  Talaba yozuv bo’yicha berilgan shartlarda sohaning dolzarb muammolariga 
bag’ishlangan esse va ma’lumotlarni behato va tushunarli qilib yoza oladi.  
7-8  ballga qo’yilgan talablar 
1  Talaba tinglab tushunish bo’yicha berilgan shartlarda kasbga yo’naltirilgan matnni 
tinglab uni tushunganligini aniqlash maqsadida berilgan topshiriqlarni oz 
miqdordagi hatolar bilan echa oladi. 
3  Talaba o’qish bo’yicha berilgan shartlarda kasbiy yo’nalishdagi matnni o’qib, 
tushunganligi asosida topshiriqlarni oz miqdordagi hatolar bilan bajara oladi. 
Bunday topshiriq yozma tarjima bilan amalga oshirilishi mumkin. 
4  Talaba yozuv bo’yicha berilgan shartlarda sohaning dolzarb muammolariga 
bag’ishlangan esse va ma’lumotlar oz miqdordagi hatolar bilan ammo tushunarli 
qilib yoza oladi. 
5-6  ballga qo’yilgan talablar 
1  Talaba tinglab tushunish bo’yicha berilgan shartlarda kasbga yo’naltirilgan matnni 
tinglab uni tushunganligini aniqlash maqsadida berilgan topshiriqlarni bir qator 
hatolar bilan echa oladi. 
2  Talaba o’qish bo’yicha berilgan shartlarda kasbiy yo’nalishdagi matnni o’qib, 
tushunganligi asosida topshiriqlarni bir qator grammatik va leksik  hatolar bilan 
bajara oladi. Bunday topshiriq yozma tarjima bilan amalga oshirilishi mumkin. 
3  Talaba yozuv bo’yicha berilgan shartlarda sohaning dolzarb muammolariga 
bag’ishlangan sodda matnlarni yoza oladi. 
3-4  ballga qo’yilgan talablar 
1  Talaba tinglab tushunish bo’yicha berilgan shartlarda kasbga yo’naltirilgan matnni 
tinglab uni tushunganligini aniqlash maqsadida berilgan topshiriqlarni ko’p 
miqdordagi hatolar bilan echa oladi. 
2  Talaba o’qish bo’yicha berilgan shartlarda kasbiy yo’nalishdagi matnni o’qib, 
tushunganligi asosida topshiriqlarni ko’p miqdordagi grammatik va leksik  hatolar 
bilan bajara oladi. Bunday topshiriq yozma tarjima bilan amalga oshirilishi mumkin. 
3  Talaba yozuv bo’yicha berilgan shartlarda sohaning dolzarb muammolariga 
bag’ishlangan sodda matnlarni qiyinchilik bilan yoza oladi. 
1-2 ballga qo’yilgan talablar 
1  Talaba tinglab tushunish bo’yicha berilgan shartlarda kasbga yo’naltirilgan matnni 
tinglab uni tushunganligini aniqlash maqsadida berilgan topshiriqlar haqida deyarli 
tushunchaga ega emas.  
2  Talaba o’qish bo’yicha berilgan shartlarda kasbiy yo’nalishdagi matnni o’qib, 
tushunganligi asosida berilgan topshiriqlar haqida deyarli tushunchaga ega emas.  
3  Talaba yozuv bo’yicha berilgan shartlarda deyarli tushunchaga ega emas.  
0 ballga qo’yilgan talablar 
1  Talaba tinglab tushunish bo’yicha berilgan shartlarda kasbga yo’naltirilgan matnni 
tinglab uni tushunganligini aniqlash maqsadida berilgan topshiriqlar haqida 
tushunchaga ega emas. 
2  Talaba o’qish bo’yicha berilgan shartlarda kasbiy yo’nalishdagi matnni o’qib, 
tushunganligi asosida berilgan topshiriqlar haqida tushunchaga ega emas. 
3  Talaba yozuv bo’yicha berilgan shartlarda tushunchaga ega emas. 

 
204
 
Mustaqil ish baholash mezonlari 
 
5 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba mustaqil ish uchun tinglash uchun berilgan hajmi turlicha bo’lgan audio 
va video matnlarni tingab aniq tushuna oladi, savollarga javob berib, gapirib, 
annotasiyalar yoza oladi.  
2  Talaba mustaqil ish uchun gapirish uchun berilgan diologik, monologik, matn 
mazmunini gapirib berish, o’rganilgan leksik materiallar asosida hikoyalar 
tuzish, berilgan muammoli masala va vaziyatlarni muhokama qilish kabi 
topshiriqlarni behato bajara oladi.  
3  Talaba mustaqil ish uchun berilgan o’qish uchun bo’lgan topshiriqlarni ya’ni 
o’rganilayotgan sohaga oid adabiyotlar, publisistik, ilmiy-ommabop, ijtimoiy- 
siyosiy adabiyotlarni o’qib to’liq tushunib kerakli ma’lumotlarni ajratib oladi.  
4  Talaba mustaqil ish uchun berilgan yozuv bo’yicha topshiriqlarni 
o’rganilayotgan tilda behato va aniq bayon eta oladi.   
4 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba mustaqil ish uchun tingash uchun berilgan hajmi turlicha bo’lgan audio 
va video matnlarni tingab tushuna oladi, savollarga oz miqdordagi hatolar bilan 
javob berib, gapirib, annotasiyalar yoza oladi. 
2  Talaba mustaqil ish uchun berilgan diologik, monologik, matn mazmunini 
gapirib berish, o’rganilgan leksik materiallar asosida hikoyalar tuzish, berilgan 
muammoli masala va vaziyatlarni muhokama qilish kabi topshiriqlarni oz 
miqdordagi hatolar bilan bajara oladi. 
3  Talaba mustaqil ish uchun berilgan o’qish uchun bo’lgan topshiriqlarni ya’ni 
o’rganilayotgan sohaga oid adabiyotlar, publisistik, ilmiy-ommabop, ijtimoiy- 
siyosiy adabiyotlarni o’qib tushunib kerakli ma’lumotlarni ajratib oladi. 
4  Talaba mustaqil ish uchun berilgan yozuv bo’yicha topshiriqlarni 
o’rganilayotgan tilda oz miqdordagi hatolar bilan bayon eta oladi.   
3 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba mustaqil ish uchun tinglash uchun berilgan hajmi turlicha bo’lgan audio 
va video matnlarni tingab tushuna oladi, savollarga bir qator hatolar bilan javob 
berib bir muncha qiyinchilik bilan gapira oladi. 
2  Talaba mustaqil ish uchun berilgan diologik, monologik, matn mazmunini 
gapirib berish, o’rganilgan leksik materiallar asosida hikoyalar tuzish, berilgan 
muammoli masala va vaziyatlarni muhokama qilish kabi topshiriqlarni bir qator 
hatoliklar bilan bajara oladi. 
3  Talaba mustaqil ish uchun berilgan o’qish uchun bo’lgan topshiriqlarni ya’ni 
o’rganilayotgan sohaga oid adabiyotlar, publisistik, ilmiy-ommabop, ijtimoiy- 
siyosiy adabiyotlarni o’qib qiyinchilik bilan tushunadi va kerakli ma’lumotlarni 
qisman ajratib oladi. 
4  Talaba mustaqil ish uchun berilgan yozuv bo’yicha topshiriqlarni 
o’rganilayotgan tilda bir qator leksik va grammatik hatoliklar bilan bayon eta 
oladi.   
2 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba mustaqil ish uchun tinglash uchun berilgan hajmi turlicha bo’lgan audio 
va video matnlarni tingab savollarga ko’p miqdordagi hatolar bilan javob berib 

 
205
qiyinchilik bilan gapira oladi. 
2  Talaba mustaqil ish uchun berilgan o’qish uchun bo’lgan topshiriqlarni ya’ni 
o’rganilayotgan sohaga oid adabiyotlar, publisistik, ilmiy-ommabop, ijtimoiy- 
siyosiy adabiyotlarni o’qib qiyinchilik bilan tushunadi va kerakli ma’lumotlarni 
bir qator qiyinchiliklar bilan ajratib oladi. 
3  Talaba mustaqil ish uchun berilgan yozuv bo’yicha topshiriqlarni 
o’rganilayotgan tilda ko’p miqdordagi leksik va grammatik hatoliklar va 
qiyinchilik bilan bayon eta oladi.   
1 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba mustaqil ish uchun berilgan tinglash, gapirish, o’qish va yozish 
topshiriqlari haqida deyarli hech qanday tushunchaga ega emas.  
0 bahoga qo’yilgan talablar 
1  Talaba mustaqil ish uchun berilgan tinglash, gapirish, o’qish va yozish 
topshiriqlari haqida hech qanday tushunchaga ega emas. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
206
                                            Mundarija 
 
Namunaviy  dastur --------------------------------------------------  3 bet 
 
Ishchi dastur------------------------------------------------------------20 bet 
 
Kalendar  reja-----------------------------------------------------------28bet 
 
Ta’lim texnologiyalari------------------------------------------------32 bet 
 
Tayanch  konspekt ---------------------------------------------------46bet 
 
Test  savollari ---------------------------------------------------------107 bet 
 
Nazorat  uchun  savollar -------------------------------------------113 bet 
 
Umumiy  savollar ----------------------------------------------------117 bet 
 
Referat  mavzulari --------------------------------------------------122 bet 
 
Tarqatma  materiallar ----------------------------------------------125 bet 
 
Glossariy --------------------------------------------------------------129 bet 
 
Adabiyotlar  ro’yhati -----------------------------------------------134bet 
 
Xorijiy  manbalar ----------------------------------------------------136 bet 
 
Mutaxassislikka  oid  matnlar -------------------------------------138 bet 
 
Muallif  haqida  ma’lumot -----------------------------------------143 bet 
 
Foydali maslahatlar ------------------------------------------------  145 bet 
 
Ta’lim  jarayonini  tartibga  soluvch  normativ  huquqiy  hujjatlar—148 bet 
 
Baholash mezonlari --------------------------------------------------162 bet  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling