O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana18.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#18132
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

 
«CHET TILI» 
 
FANI  
 
 
MUALLIF  HAQIDA MA’LUMOT 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
176
                          
 
 
Muallif  haqida  ma`lumot. 
  
 
Xodjayeva Gulshod Baxadirovna 1997  yil Urganch Davlat universiteti Nemis 
tili yo’nalishiga xujjat topshirib grant asosida o’qishga kirdi va 2001 yil shu 
yo’nalishni muvafaqqiyatli  tugatdi. Shu yili universitetning Jaxon tillari fakulteti 
“Fakultetlararo xorijiy tillar” kafedrasiga o’qituvchi bo’lib ishga qabul qilindi. 2002 – 
2004 yil magistraturaning Lingvsitika (nemis tili) mutaxassisligini imtiyozli diplom 
bilan tugalladi. 2005 yil yana shu  kafedrada ishini davom qildirdi. Faoliyati davrida 
o’zining ishga ma`suliyat bilan yondashishi, o’z sohasining yaxshi mutaxassisi 
ekanini ko’rsatdi. Viloyat, Universitet miqiyosida o’tkazilgan ilmiy – amaliy  
konferentsiyalarda ma`ruzalari bilan ishtirok etgan.   
 Xodjayeva Gulshod  10 dan ziyod ilmiy va ommabob maqolalarini halqaro, 
respublika, va viloyat miqiyosida jurnal, hamda gazetalarda chop kildirgan. 
    Hozirgi kunda Xodjayeva Gulshod ilmiy rahbari f.f.n., prof. Jumaniyazov Ataboy  
raxbarligida «Til normasi va o’zbek tiliga german tillaridan kirib kelgan so’zlarning 
leksikografik kodifikatsiyasi» mavzusida nomzodlik  ilmiy ishini davom ettirgan 
xolda ish olib bormoqda.  Ilmiy ishi yuzasidan 3 ta nomzodlik (Ingliz tili,Falsafa va 
axborot texnologiyalari) minimumlarini a`lo va yaxshi baxolarga topshirgan. 
Talabalar bilan ishlash jarayonida interfaol metodlar bilan ishlaydi. 
Fakultetning barcha jamoat ishlarida faol qatnashadi. 2006-2011 yillarda 
 
O’zDJTUda o’z malakasini oshirib qaytdi. 2007 yil Germaniyaning Gyote instituti 
grantini yutib Gyottingen shahrida malakasini oshirib qaytdi. 
2011yil  aprel oyida O’zbekistonlik nemis tili o’qituvchilari 
konferentsiyasining malaka oshirish seminarida ishtirok etdi. 
2013 yil Germaniyaning Gyote instituti grantini yutib Berlin  shahrida 
malakasini oshirib qaytdi. 
 
 
 
 
 
 
  
  
 

 
177
 
               
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
FOYDALI  
 
MASLAHATLAR 

 
178
O’qituvchi o’quv jarayonida qo’llashi kerak bo’lgan holatlar: 
 
1.
 
O’qituvchi va talaba o’rtasidagi munosabatlarning o’zgarishi (hamkorlik 
pedagogikasi); 
2.
 
faqat “quloq solish” emas, balki “ishtirok etish  yo’li orqali o’qitish; 
3.
 
faqat natijaga emas, balki jarayonga ham qarash; 
4.
 
o’qitishning zamonaviy yo’llari va usullarining keng “repertuariga” ega 
bo’lish; 
5.
 
empatiya va refleksiyani qo’llash; 
6.
 
tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullarini qo’llash; 
7.
 
shaxsga yo’naltirilgan, gumanistik pedagogikani o’zlashtirish va unga amal 
qilish; 
8.
 
talabalarni o’qishga undash va faollashtirishning zamonaviy usullarini qo’llash; 
9.
 
aniq mashg’ulot o’tkazish jarayonida, jumladan yaratish va izlanish-ijodiy  
darajalarida o’qitishning zamonaviy texnologiyalari va usullarini qo’llashning 
xilma-xilligi; 
10.
 
o’qitish natijalarini baholashning zamonaviy tizimini qo’llashni namoyish 
qilish. 
 
2. Pedagogning  zamonaviy metodik salohiyati quyidagilar bilan 
tavsiflanadi: 
-
 
u faqat boshqalarni o’qitish bilan cheklanmasdan, o’zining mustaqil ta’limi 
bilan ham shug’ullanadi; 
-
 
uning ishi faqatgina o’quv dasturida ko’zda tutilgan ma’lumotni talabalarga 
etkazib berish bilan cheklanmaydi, balki turli usullarni qo’llab, talabalarni 
o’quv jarayonida faol qatnashishga undaydi. Buning uchun u o’zining hatti-
harakatining an’anaviy  modelini o’zgartirishi, o’zi ko’proq interaktiv 
bo’lishi kerak; 
-
 
o’qituvchi innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi 
lozim, chunki hamma yangi o’quv usullari va shakllari ular bilan bog’liqdir; 
-
 
o’quv jarayonini tashkil etish ba’zi bir muomala ko’nikmalarini, 
kommunikabellikni, o’zgaruvchanlikni, mustaqil qarorlarni qabul qilishni, 
o’z faoliyatining natijalarini tanqidiy baholashni talab qiladi; 
-
 
Internet, masofaviy ta’lim rivojlanishi va ulardan foydalanuvchilarning soni 
ko’payishi bois, ularni o’qita oladigan maxsus mutaxassis - pedagoglar kerak 
bo’ladi. 
 
1.
 
Ma’lumotni qabul qilish, o’zlashtirish, qayta ishlashda talabaning 
 
intellektual imkonini hisobga olish: 
o
 
verbal-lingvistik, so’z va til bilan bog’liq (yozma va og’zaki) 
qobiliyati; 
o
 
mavzuiy-mantiqiy, deduktiv fikrlash, son va abstrakt belgilar bilan 
bog’liq; 
o
 
shaxsning o’z ichki refleksini qamrab olgan xususiyati, ma’naviy 
mavjudotni, o’zining “men”ligi  ichki holatini anglashi; 
o
 
insonlararo munosabatlar, asosan muomala bilan bog’liq; 
o
 
fazoviy idrok, ob’ektiv ko’rib, u haqda aqliy zohiriy tasavvur hosil 
qilish xususiyati; 

 
179
o
 
fizik harakat va tanani boshqarish, jumladan harakatlarni nazorat 
qiluvchi miya mexanizmi bilan aloqador bo’lgan jismoniy-kinetik 
xususiyat; 
o
 
o’z ichiga ohangdorlik namunalarini jamlagan, uning ritmini his  
            etishi bilan bog’liq musiqiy-ritmik xususiyat. 
2.
 
Ta’limda an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarni qiyoslash: 
 
An’anaviy yondashuv 
Zamonaviy yondashuv 
1. Asosiy e’tibor o’qitish mazmuniga 
qaratilgan. 
Asosiy e’tibor o’qitishning mazmuniga 
va jarayoniga qaratilgan 
2. O’qituvchi – boshqaruvchi, talaba – 
boshqariluvchi 
Talaba o’quv jarayonining faol 
ishtirokchisi 
3. O’quv maqsadlari oldindan 
aniqlashtirilgan  
O’quv maqsadlari muzokarada 
aniqlanib, kutilayotgan natija orqali aks 
ettiriladi. 
4. O’qituvchi bilimlarini monolog orqali 
etkazadi 
O’qituvchi o’quv jarayonining 
ishtirokchisi, dialog, poliloglarni 
qo’llaydi. 
5. “Men bilamanki...” yondoshuviga 
urg’u beriladi 
“Men qanday bilaman” yondoshuviga 
urg’u beriladi. 
6. Talaba axborotni passiv holatda qabul 
qiladi 
Talabalar bilimlarni faol qabul qiladi va 
o’zlashtiradi. 
7. O’qituvchi to’g’ri javobni shakll 
holatda talab qiladi. 
O’qituvchi savolga turli xil javoblarni 
rag’batlantiradi. 
8. Mashg’ulotlarning “dasturlanganligi” 
va qat’iy tuzilmasiga amal qilinishi 
Mashg’ulotlar talabalarning imkoniyat 
va talablari doirasida tashkil etilishi 
9. Xatolarga “yuqoridan pastga” 
qarashadi 
Xatolarning ikki tomonlama taxlili va 
tajribaning oshishi. 
10. O’qituvchi faoliyati asosan avtoritar. 
Pedagog faoliyatining usuli 
rag’batlantiruvchi, demokratik. 
11. Asosiy e’tibor nazariyaga qaratilgan  Asosiy qismi amaliyotga asoslangan 
nazariy e’tibor  
12. O’qitishga o’quv fan-funktsional 
yondashuv 
O’qitishga muammoviy-fanlararo 
yondashuv 
13. Faoliyatning etarli bo’lmagan 
produktiv barqaror stereotiplari 
Qo’llanilayotgan pedagogik usulning 
turli-tumanligi 
 
 
 
 
 
 
2.
 
O’qitishning vazifalarini tekshirish va baholash maqsadida quyidagi 
qoidalarni qo’llang: 
 
1.
 
har bir vazifalar guruhini “Dars yakunida talabalar quyidagilarni bajara 
olishlari lozim ...”  - deb boshlang; 

 
180
2.
 
 vazifalarni  alohida raqamlang; 
3.
 
beriladigan vazifalarni quyidagi fe’llardan boshlang: sanab o’ting, eslang, 
so’zlab bering, ko’rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo.; 
4.
 
har bir vazifani talaba so’zi bilan qo’ying (o’qituvchi atamasida emas); 
5.
 
topshiriqlar xilma-xilligidan  qat’iy nazar  faqat BITTA natijani ko’zlasin; 
6.
 
dars boskichlarini shunday rejalashtiringki, toki u o’qituvchining o’tadigan 
dars bosqichlarini emas, balki “talabaning o’zini keyinchalik qanday tutishi 
kerakligiga ishora qilsin”; 
7.
 
muammolarni shunday qo’yingki, uning echimini mezonlash va qanday qilib 
maqsadga erishilganligini aniqlash mumkin bo’lsin; 
8.
 
ular buni qila oladilarmi? – degan savol topshiriq berishdan oldin ishlatiladi 
(kerakli test topshiriqlarini tuzishda). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
181
 
 
 
 
 
 
 
TA`LIM JARAYONINI TARTIBGA   
 
SOLUVCHI  NORMATIV -HUQUQIY  
 
HUJJATLAR 
 

 
182
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI 
 
 
41-modda. 
 
Har kim bilim olish huquqiga ega.  
Bepul umumiy ta`lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. 
Maktab ishlari davlat nazoratidadir. 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI TO`G`RISIDA* 
 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 
1.  Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tasdiqlansin. 
2.  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturini bosqichmabosqich ro`yobga chiqarish yuzasidan kompleks tadbirlar rejasini 
ishlab chiqib amalga oshirsin. Davlat budjetini tasdiqlashda milliy dasturning 
moliyaviy va moddiy ta’minotiga alohida e’tibor berilsin. 
 
O`zbekiston Respublikasining 
Prezidenti                                                                       I. KARIMOV 
Toshkent sh., 
1997-yil 29-avgust, 
463-I-son 
 
 
* 1998-yil 28-martdan kuchga kirgan.  
 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
Umumiy qoidalar 
 
O`zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, 
jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo`shilishni ta’minlaydigan demokratik 
huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmokda. 
Inson, uning har tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs 
manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini 
yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulqatvorning andozalarini o`zgartirish 
respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va 
harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va 
texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini 
shakllantirish O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to`g`risida»gi O`zbekiston 
Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo`lib, milliy 
tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida 
tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy 
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo`ljalni to`g`ri ola bilish 
mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir 

 
183
kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo`naltirilgandir.  
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro`yobga chiqarishni, har tomonlama 
kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini 
ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, 
huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, 
davlat va oila oldida o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda 
tutadi. 
 
 
 
 
1. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari 
 
1.1. Rivojlanishning erishilgan darajasi 
1.2. Kamchiliklar va muammolar 
1.3. Isloh qilish omillari 
 
 
2. Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro`yobga chiqarish 
bosqichlari 
 
2.1. Dasturning maqsad va vazifalari 
 
Mazkur dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan 
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik 
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. 
Ushbu maqsadni ro`yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda 
tutadi: 
«Ta’lim to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim 
tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar 
tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona 
o`quvilmiyishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; 
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan 
yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; 
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan 
ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko`tarish; 
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy 
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va 
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; 
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning 
samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; 
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o`tkazish va 
akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; 
yangi ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab 
qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat 
ko`rsatishi va barkaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi 
normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; 

 
184
ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, 
tayyorlanayotgan kadrlarning mikdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, 
shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini 
shakllantirishning' mexanizmlarini ishlab chiqish; 
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag`lar, 
shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish 
va amaliyotga joriy etish; 
kadrlar tayyorlash sohasida o`zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 
 
2.2. Dasturni ro`yobga chiqarish bosqichlari 
 
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichmabosqich ro`yobga chiqariladi. 
Birinchi bosqich (1997 — 2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining 
ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish 
uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiyuslubiy, moliyaviymoddiy shartsharoitlar 
yaratish. 
Ushbu bosqichda kuyidagilarni amalga oshirish zarur: 
«Ta’lim to`g`risida»gi Qonunga muvofiq ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy 
qayta qurish va tubdan yangilash; 
pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini 
oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish; 
ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va 
ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo`yiladigan zarur talablarni belgilab 
beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish; 
o`quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot 
ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish; 
o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun zarur moddiy-texnika, o`quv-uslubiy va 
kadrlar bazasini tayyorlash; 
ta’lim va kadrlar tayyorlashga budjetdan tashqari mablag`lar jalb etishning 
mexanizmlarini takomillashtirish, davlat 
ta’lim muassasalari bilan bir qatorda nodavlat ta’lim muassasalarini 
rivojlantirishni ham nazarda tutgan holda ta’lim xizmati ko`rsatish sohasida 
raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish; 
ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini, kadrlar 
tayyorlash sifati va ularga bo`lgan ehtiyojning monitoringini olib borish tizimini 
ishlab chiqish va joriy etish; 
xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro 
donorlik tashkilotlari va fondlari faoliyatiga tegishli sharoitlar yaratish, shuningdek 
respublika ta’lim sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish bo`yicha real 
choratadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish; 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiqarishning monitoringini olib 
borish. 
Ushbu bosqichda bolalarni olti-etti yoshdan maktabga qabul qilish, ularning 
jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. 
Taqozo etilayotgan o`quvchi o`rinlari zarur moddiy-texnika shartsharoitlari va 
pedagog kadrlar bilan ta’minlangan holda izchil tayyorlanadi. 
Birinchi boskich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni ro`yobga 
chiqarish yo`nalishlariga aniqliklar kiritiladi. 

 
185
Ikkinchi bosqich (2001 — 2005 yillar) Milliy dasturni to`liq ro`yobga 
chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiyiktisodiy sharoitlarni 
hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. 
Majburiy umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasbxunar ta’limiga, shuningdek 
o`quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga 
o`tish to`lik, amalga oshiriladi. 
Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan 
to`ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga 
keltiriladi. 
Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash 
davom ettiriladi, o`kuv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or 
pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimini 
axborotlashtirish amalga oshiriladi. 
Ta’lim xizmat ko`rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to`liq ishga 
solinadi. 
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to`plangan tajribani tahlil 
etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish 
istiqbollariga muvofik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada 
rivojlantirish. 
Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada 
mustahkamlanadi, o`quv-tarbiya jarayoni yangi o`quv-uslubiy majmualar, ilg`or 
pedagogik texnologiyalar bilan to`liq ta’minlanadi. 
Milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga 
oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o`zini 
o`zi boshqarishi shakllari mustahkamlanadi. 
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot 
tarmog`iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog`i bilan to`liq qamrab olinadi. 
 
3. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli 
 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan 
iboratdir: 
shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; 
davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi'kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib 
olishning kafillari; 
uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib, 
ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi 
tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga oladi; 
fan yukori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, 
ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; 
ishlab chiqarish kadrlarga bo`lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik 
sifati va saviyasiga nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, 
kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash 
jarayonining qatnashchisi. 
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun 
ochiq bo`lishini va hayot o`zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi. 

 
186
O`zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi 
sohasidagi shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash 
sohasida jahon ilg`or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash 
tizimining barcha jihatlariga daxldor bo`lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir. 
 
3.1. Shaxs 
 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali 
har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. SHu tarzda 
fuqaroning eng asosiy konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy 
qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo`yicha mehnat 
qilish huquqi ro`yobga chiqariladi. 
«Ta’lim to`g`risida»gi Qonun umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek ta’lim va kasb-hunar 
jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib 
borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o`tish huquqini va keng 
imkoniyatlarini nazarda tutadi. 
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim standartlari 
orqali sifatli ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko`rish kafolatlanadi. Ta’lim 
olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi 
shart. 
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini 
olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko`rsatish sohasida 
faoliyat ko`rsatadi va o`z bilimi va tajribasini o`rgatishda ishtirok etadi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling