O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ro`ziyev e. A. Samarqand – 2011
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 0.7 Mb.
|
10 3 Analitik kimyo tarixi (Ruziyev E) Usl qul
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Adabiyotlar
- XVII ASRDA ANALITIK KIMYONING ILMIY FAN SIFATIDA RIVOJLANISHI 1. Mavzu rejasi
- 2. Tayanch iboralar
- 4. Dars o’tish vositalari
7. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Yatrokimyo va analitik kimyo. 2. Kimyoviy sifat analizining boshlanishi. 3. Element tushunchasining fanga kiritilishi. 4. R. Boyl va I.R. Glauberning analitik kimyoga oid ishlari. 5. Gazlar va gazlarning analiziga asos solinishi. 6. Suvning analizdagi o’rnini baholashga oid ishlar. 7. Biokimyoviy analizning yuzaga kelishi. 8. Alkimyogarlar davri to’g’risida nimalarni bilasiz? 9. Birinchi tarozi toshlari qachon yaratilgan? 10. IX asrdagi arablar bosqinidan so’ngi davrlardagi analitik kimyo fanining rivoji qanday bo’lgan? 11. Tajribaning muhimligi to’g’risidagi ishlar qanday yangiliklarga sabab bo’ldi? 12. Biokimyoviy analizga asos solgan olimlar to’g’risida nimalarni bilasiz? 8. Adabiyotlar: 1. Alekseyev V.N. Yarim mikrometod bilan qilinadigan ximiyaviy sifat analizi kursi. -Toshkent: O’qituvchi. 1976. -630 b. 2. Сабадвари Ф., Робинсон A. История аналитической химии. Пер.с англ.-M.: Мир, 1984. -304 с. 3. Ochildi Fayzullayev. Analitik kimyo. -Toshkent: Yangi asr avlodi. -2006. -487 b. XVII ASRDA ANALITIK KIMYONING ILMIY FAN SIFATIDA RIVOJLANISHI 1. Mavzu rejasi: R. Boylning analitik kimyoga asos solishi. Birinchi sifat reaksiyalari. Indikatorlarning kimyoviy analizda qo’llanilishi. Solishtirma og’irlikni tarozida aniqlash. 2. Tayanch iboralar: Tibbiyot va analitik kimyo, tajriba analizning asosiy tushunchasi, analiz tushunchasi (R. Boyl), analitik reaksiyalar, sistematik analiz, gidrostatik tarozi. 3. Maqsadi: Talabalarni birinchi analitik reaksiyalar, analiz tushunchalari va indikatorlarning qo’llanilishiga oid boshlang’ich ma’lumotlar bilan tanishtirish. 4. Dars o’tish vositalari: Ma’ruza matni, kitoblar, yozuv taxtasi va bo’r. 5. Dars o’tish usuli: Dars interfaol usullardan biri bahs-munozara usulida o’tiladi. 6. Darsning mazmuni: 1700 yilgacha bo’lgan davrlardagi ko’pchilik taniqli olimlar R. Boylning ishlarini yuqori baholab, fan sifatida kimyoga asos soldi deb hisoblaydilar. Boyl kimyoga yangi yo’nalish berib, u bilan bevosita birikib ketgan tibbiyotdan ajralishiga yordam berdi. U “Kimyogarlar o’zining asosiy vazifasini dori tayyorlash, metallar olish va ularni bir-biriga aylantirish deb bilmoqdalar. Men esa kimyoni shifokor yoki alkimyogar sifatida emas, falsafachi sifatida baholayman” degan edi. Boshqacha qilib aytganda, Boyl tajribaning harakatlantiruvchi kuchiga ishonadi va asosiy xulosani faqat tajribaga asoslanib chiqarish mumkin, degan fikrga keladi. R. Boyl analitik kimyoning rivojiga ham katta hissa qo’shdi. Fanga “analiz” tushunchasini ham aynan R. Boyl kiritdi. Bu tushuncha uning do’sti Frederik Klodiyga (1654-yil aprel) yozgan xatida keltiriladi: “Men kimyoviy ruh noto’g’ri talqin qilinadigan bir mamlakatda yashamoqdaman. Kimyoviy asbob-uskunalar bilan o’zimni ta’minlay olmayapman. Hatto tirik bo’lmagan ob’ektlarning kimyoviy analizini o’tkazish uchun kolba va pechlarga ham ega emasman”. Robert Boyl 1627 yilda boy, aristokrat oilada dunyoga keldi. U oilada 14 nafar farzand bo’lgani bilan oilasi yetarli boylikka ega bo’lgani uchun yaxshi bilim oldi. O’qishni tugatgach kontinent bo’ylab sayohatga otlandi. Otasining o’limini eshitgach Angliyaga qaytib, 1657-1668 yillarda Oksfordda yashab, keyinchalik umrining oxirigacha (1691) Londonda yashadi. Boyl London qirollik jamiyatining asosiy tashkilotchilaridan bo’lib, uning faoliyatida qizg’in ishtirok etib turdi va keyinroq uning prezidenti bo’ldi. U o’zining shaxsiy tajribalariga asoslanib, 40 dan ortiq asarlar yozdi. Birinchi kitobi esa 1659 yilda chop qilingan. Boyl kimyoviy reaksiyalarni turli moddalarni ochish, aniqlash uchun qo’lladi. Cho’ktirish bilan bog’liq masalalarni muhokama qilishda Boyl Aristotelning cho’kish tanlangan moddalar bir-biriga qarama-qarshi xossaga ega bo’lgandagina sodir bo’ladi, degan fikrni esga oladi. Masalan, kislota xossasiga ega bo’lgan moddalar ishqorlar yordamida cho’ktiriladi. Boyl boshqa holatlarda ham cho’kma hosil bo’lishini ta’minladi. Masalan, kumush nitrat kislotali muhitga ega bo’lsada, shoh arog’i tarkibidagi xlorid kislota bilan cho’kma hosil qiladi. Nitrat kislotada eritilgan Ag dengiz suvi tarkibidagi NaCl yordamida ham AgCl cho’kmasi hosil qiladi. Boyl ba’zi moddalarning sistematik analizini ham tajribalar yordamida asoslab berdi. Oldin u mish’yakning mineral suvdagi suyultirilgan eritmasini tayyorladi. Eritma qo’shilgan ammiak oq cho’kma beradi, kaliy karbonat zich oqish cho’kma hosil qilsa, sulfat kislota cho’kma hosil qilmaydi. Bundan Boyl mish’yak kislotali muhitda cho’kmaydi degan xulosaga keladi. Namunaning boshqa qismiga u bir necha tomchi fialka ekstrakti qo’shadi, bunda eritma yashil tusga kiradi, bu esa mineral suvning ishqoriy muhitga ega ekanligidan dalolat berar edi. Eritmaning keyingi qismiga vodorod sulfid (eritma) ta’sir ettirganda ishqoriy muhit bo’lgani uchun eritmadan cho’kma tushmaydi. Keyin eritmaning qolgan qismiga sulemaning (HgCl2) to’yingan eritmasi qo’shganda oq cho’kma (ishqoriy eritmaga xos bo’lgan) hosil bo’ldi. Bunda olim sulema eritmasi mishyak uchun yaxshi reagent ekan degan xulosaga keldi. Boyl bir qancha analitik reaksiyalarning sezgirligini tadqiq etdi. Bundan tashqari u areometrni qayta ishlab, moddalarning solishtirma og’irligini aniqlash uchun qo’llaniladigan gidrostatik tarozi yaratdi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling