5.Adiblarning tug‘ilgan joyi, ona-Vatani nomidan yasalgan taxalluslar.
Adiblar bunday taxalluslarni tavallud topgan yoki keyinchalik istiqomat qilgan
go‘shasiga bo‘lgan cheksiz mehr-sadoqat ramzi sifatida qabul qilganlar. Jumladan,
Xorazmiy taxallusi bilan ijod qilgan o‘nga yaqin ijodkorlar taхalluslarini misol
qilib keltirishimiz mumkin. Ularga Abu Bakr Xorazmiy, Xorazmiy, Qutb Xorazmiy,
Haydar Xorazmiy, Xoja Abulvafo Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Husayn Xorazmiy,
Komil Xorazmiy kabilar misоl bo‘la оladi.
Rabg‘uziy – Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li Xorazmning “Raboti o‘g‘uz”
degan joyida dunyoga kelgan. Uning taxallusi tug‘ilgan joyiga nisbatan paydo
bo‘lgan.
Beruniy – Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad o‘z davrining ensklopedist
olimi, shuningdek mashhur asarlar muallifidir. Beruniy so‘zi arabcha “tashqaridan”
ma’nosini bildiradi. Bu Abu Rayhonning shaharda emas, balki shahardan
tashqarida yashaganligiga ishoradir.
Sayfi Saroyi- “Sayfi” so‘zi qilich degan ma’noni bildiradi. U tahsil olish
uchun Oltin O‘rda poytaxti Saroy shahriga kelgan va shu joy nomini o‘ziga
taxallus qilib olgan.
Rudakiy – Abu Abdulla Ja’far . shoirning taxallusi tug‘ilgan joyiga nisbatan
yfigd qilingan. “Rud” so‘zining fors tilida ikki xil ma’nosi bor: 1. Musiqa asbobi;
2. Ariq, anhor, daryo(Panjrud – beshariq, katta ariqning irmoqlarga bo‘linadigan
joyi).
Sidqiy Xondayliqiy – Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund o‘g‘li Sidqiy
Bo‘stonliq tumani Xondayliq qishlog‘ida tug‘ilgan.
Nasafiy – Mirobid Sayidoning qo‘shimcha adabiy taxallusi bo‘lib, u
48
shoirning tug‘ilgan joyiga ishoradir. Nasaf bugungi Qarshi shahrining qadimiy
nomi bo‘lib, Sayido shu yerda tug‘ilgan. “sayido” arabcha so‘z bo‘lib, “saodatli,
baxtli, yetuk” ma’nolarini anglatadi.
4.Osmon jismlari va astronomik hodisalar asosida hosil bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |