O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi al-хоrazmiy nоmidagi urganch davlat univеrsitеti
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek adabiy taxalluslarining lisoniy tahlili
taxalluslar. Adabiyot sohasida osmon jismlariga mahliyo bo‘lish zaminida paydo
bo‘lgan o‘nlab taxalluslarni ko‘rsatish mumkin. Ularning aksariyati dastavval oy, quyosh, so‘ngra yulduzlarga bog‘liq ravishda tug‘ilgan. O‘tmishda osmon jismlari va astronomik hodisalar inson hayotining ajralmas qismiga aylangan va kishilar har bir hodisaning xususiyatlarini yaxshi bilgan va bu haqdagi bilimlarini keyingi avlodlarga qoldirgan. Yozuvchi va shoirlar kosmik ob’yektlar va astronomik hodisalarni o‘z taxalluslari tarzida qo‘llash barobarida ularni xalqqa yaqinlashtiradilar, ilmiy tasavvurini kengaytiradilar. Badriddin Hiloliy – yetuk ijodkor, ulkan iste’dod sohibi. “Badr” so‘zi arabcha “to‘lin oy” ma’nosini bildiradi, “Hilol” ham arabcha so‘z bo‘lib – “yangi oy, uch kunlik oy, yor qoshiga qiyos etiladigan oy” singari ma’nolarda qo‘llaniladi.
namoyandalaridan biri. Bu taxallusni unga Munavvarqori taklif etgan. “Cho‘lpon” so‘zi “tong yulduzi” degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z aslida Venera sayyorasining ikkinchi nomi sanaladi. Abdulhamid Cho‘lpon yana “Qalandar”, “Mirza Qalandar”, “Q”, “Andijonlik” kabi taxalluslarda ham asarlarini chop qildirgan.
quyidagilarni yozadi: “ Uzoq yoshlikning taassurotlaridan biri hali-hali esimda. Yop-yorug‘kecha, uyimizning yassi tomida onam bilan turardim: to‘lishgan oppoq oy osmon bo‘ylab suzardi, u menga juda go‘zal ko‘rinardi. Men unga qo‘llarimni cho‘zib intilardim va “oyi, oyi, oyni olib bering”, deb xarxasha qilardim”. 1 Oy yer tabiiy yo‘ldoshining nomi bo‘lib, qadimgi turkiy tilda ham, hozirda ham ”Yerning yo‘ldoshi”, “yilning o‘n ikkidan bir qismi” ma’nolarini anglatgan. Oy so‘zi turkiy
1 Oybek. El xizmatida. – Adabiyotimiz avtobiografiyasi. To‘plovchi prof. Laziz Qayumov. – Toshkent, G`afur G`ulom, ,1973.– B.145. |
ma'muriyatiga murojaat qiling