O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a
Nazorat uchun savollar: 1. Tarbiya shakllari va oila. 2. Oilada bolalarni tarbiyalash shakllari. 3. Ota-onalarning tarbiya shakllarini tanlash va qo‘llash shart-sharoitlari. Asosiy adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T., 2012-y. 2. Karimov I.A. “Yuksak m a’naviyat engilmas kuch”. - T., 2008 y. 107 3. Musurmonova O. Oila ma’naviyati - milliy g`urur. - T . , 1999-y. 5. Hasanboeva O. va boshqalar. Oila pedagogikasi. - T., 2007-y. 6. Xidirova F. Oilada qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash. -T., 2007-y. 3.4. Oila tarbiyasi vositalari. REJA: 1. Tarbiya vositalari va oila. 2. Oilada bolalarni tarbiyalash vositalari. Tayanch tushunchalar: oila, tarbiya vositasi, vatanparvarlik, xalq og‘zaki ijodi, milliy meros, an’analar. Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o‘rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog‘liq. “An’ana” – tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o‘ziga xos ijtimoiy majmua hisoblanadi. Xalq an’analari – uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy – ijodiy faoliyati asosida, atrof – muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog‘liq holda avloddan- avlodga o‘tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o‘ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy–madaniy merosga aylangan. Urf – odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy- hovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo‘ni- 108 qo‘shnilarning biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling