114
sabab bo‘ladi. Tug‘ilgan kunga bolaning o‘rtoqlari taklif etiladi.
Bolalar uchun
alohida dasturxon yozilib, ular mehmon qilinadi. Shu asosda bolalarning mehmon
kutish va mezbonlik malakalari shakllana boradi. Bolalarning tug‘ilgan kunlarini
nishonlashda turli qiziqarli o‘yinlar tashkil qilish muhim tarbiyaviy ahamiyatga
egadir. Bu o‘yinlarning asosiy mazmuni bolalarda ziyraklik, nutq madaniyati kabi
ijodiy fazilatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilishi lozim.
Qadimda kishilarning tug‘ilgan kunlarini nishonlash odati keng tarqalmagan.
Ilgari ko‘p
sharq xalqlarida, o‘zbeklarda ham “yil boshi” (navro‘z)da kishining
umriga yosh qo‘shiladi deb hisoblangan. Shu sababli “Navro‘z” tabiatning
yangilanish bayrami bo‘libgina qolmay, u barcha uchun “yosh oshdi”
tantanasi
hisoblangan. Hozirgi paytda tug‘ilgan kun bilan tabriklash oilada, do‘stlar
davrasida, ish joylarida ham odat tusiga kirdi. Ko‘pgina muassasalarda
yubileylarni nishonlash yaxshi an’ana bo‘lib qolmoqda. Tug‘ilgan
kunni
nishonlash o‘zbeklar uchun yangi odat. Ammo 12 yosh – muchal to‘yini,
63 yosh – “payg‘ambar yoshi”ni nishonlash an’anasi qadimdan mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: