O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/47
Sana03.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1743837
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

Sunnat to‘yi. O‘g`il bolalar hayotida eng muhim marosimlardan biri sunnat 
to‘yidir. Sunnat to‘yi turli joylarda turlicha – “xatna to‘yi”, “qo‘lni halollash”, 
“o‘g‘il to‘yi” kabi nomlar bilan yuritiladi. Sunnat islom dini paydo bo‘lishidan 
ham ilgari mavjud bo‘lgan. Sunnat qilish qadimiy zamonlarda o‘g‘il bolalarning 
bolalikdan o‘spirinlikka o‘tish davrida o‘tkazilgan. Xatna paydo bo‘lishi haqida 
“Injil”da shunday fikrlar bildirilgan: Olamning paydo bo‘lishi davrida Ibrohim 
payg‘ambarga Xudodan vahiy kelgan. Unga ma’naviy poklanish ramzi sifatida 
xatna qildirish buyurilgan ekan. 100 yoshli Ibrohim payg‘ambar o‘zini, uch yoshli 
o‘g‘li Ismoilni, shuningdek qul va xizmatkorlarni xatna qildirgan. O`tgan asrning 
50-70 yillarda xatna rasmiy doiralarda reaksion odat deb qabul qilingan bo‘lsa-da, 
bu xususida norasmiy tortishuvlar yaqin yillargacha davom etdi. Faqat 1988- 
yildan boshlab xatna foydali deb tan olinib, O‘zbeksiton Sog‘liqni saqlash vazirligi 
buyrug‘i bilan shifoxonalarning jarrohlik, urologiya bo‘limlari xodimlariga xatna 
qilishga rasmiy ruxsat berildi. Shundan so‘ng xatna qilish ochiqchasiga rasmiy 
o‘tkaziladigan bo‘ldi. 
Muchal to`yi. Xalqimizda muchal yoshini nishonlash an’anaviy marosimga 
aylangan. Muchal yoshini nishonlash umrning bir davridan ikkinchisiga o‘tish – 
bolalikdan o‘smirlikka o‘tish tantanasi sifatida bayram qilingan. Chunki bu 
davrdan so‘ng bola vujudida jiddiy tabiiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. U jisman va 
ma’naviy ulg‘ayadi. 
Inson hayotiga kun, oy, fasl, yil o`z ta’sirini ko‘rsatadi. Inson vujudida ham 
o‘n ikki yil ichida jiddiy o‘zgarish sodir bo‘ladi. 12 yil ichida yosh bola 
organizmida jiddiy o‘zgarish va rivojlanish sodir bo‘ladi. 13 yoshdan o‘g‘il bolalar 
organizmida erkaklik unsurlari, qizlarda esa ayollarga xos xususiyatlar faol 
rivojlana boshlaydi. Muchal yoshiga bag‘ishlangan marosim oilada ikki quda 
ishtirokida karnay-surnay navolari, to‘y bolaga maxsus oq liboslar kiydirish, uning 
bo‘yi barobar oq mato o‘lchash, oq toam va shirinliklar ulashish, isiriq tutatish, 
duolar o‘qish kabi an’analar asosida o‘tkazilgan. Qadimda muchal yoshiga 
bag‘ishlangan marosim Navro‘z bayrami tadbirlariga qo‘shib o‘tkazilgan. “Oq 
libosli” muchal yoshini nishonlayotgan yoshlar Navro‘z o‘tkazilayotgan joyga 


117 
kirib kelishganida barcha ularni qutlashgan. Kichik yoshli bolalar ularga bahor 
gullarini taqdim etishgan. Muchal to‘yining yakunida 7-8 muchal yoshini yashagan 
qariyalar (taxminan 70 yoshdan oshgan) o‘smirlarni duo qilganlar. 
Mustaqillikka erishilib, milliy qadriyatlar tiklana boshlagandan so‘ng 
“Muchal yoshi” nafaqat oila a’zolari davrasida, balki maktablarda ham ota-onalar 
ishtirokida Navro‘z bayrami arafasida nishonlanmoqda. Bu kabi yangi tadbirlar 
ko‘pgina maktablarning an’anaviy bayramlariga aylanib bormoqda. 
To‘y - hayotning katta shodiyonasi, oila baxt-saodati va farovon turmush 
ramzi, hayotning eng quvonchli damlaridir. Xalqimizda qadimdan “Beshik to‘yi”, 
“Nikoh to‘yi”, “Payg‘ambar yoshi to‘yi” kabilar bo‘lgani ma’lum. Hozirda nikoh 
to‘ylarining yangicha, zamonaviy shakllari qaror topmoqda. To‘ylarni o‘ziga xos 
bayram tarzida tashkil etish, ularni tartibga solish, ixchamlashtirish, ayniqsa, 
badiiy jihatdan boyitish davr talabidir. 1998-yil 28-oktyabrdagi to‘y-hashamlar, 
oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solishga 
bag‘ishlangan farmon ajdodlarimizning oilaviy qadriyatlarini tiklash, mazmun va 
mohiyatini bozor iqtisodi talablari darajasida shakllantirishda metodologik asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling