O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/47
Sana03.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1743837
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

Kumush, oltin va olmos to‘ylar. Hayotimiz farovonlashib borgani sari 
to‘ylarning yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Er-xotinning 25 yil, 50 yil,
75 yil birga oilaviy hayot kechirganiga bag‘ishlangan kumush, oltin va olmos 
to‘ylarini o‘tkazish bilan bog‘liq yangi tantanali tadbirlar vujudga keldi. 
Xalqimizning yoshi kattalarni, ayniqsa, qariyalarni hurmat qilish kabi qadimiy 
an’analari hamda o‘zbek oilalarining mustahkamligi ana shunday yubiley to‘ylarini 
o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Shuni alohida aytish joizki, bunday yubiley 
to‘ylarini, ayniqsa, olmos to‘yini nishonlash hammaga ham nasib etavermaydi. 
Shuning uchun oltin to‘y kumush to‘yga nisbatan tantanaliroq, olmos to‘y oltin 
to‘yga qaraganda yanada yuksak tayyorgarlik darajasida tashkil qilinishi kerak.
Azaldan mustahkam an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek oilalari hayotiga 60-
yillardan boshlab oltin, kumush va olmos to‘ylari kirib keldi. 
80-yillar oxirida esa “oila bayrami” degan yangi to‘y shakli paydo bo‘ldi. 
Endigina nikohdan o‘tgan yosh kelin-kuyovlar ham, kumush, oltin va olmos to‘y 
egalari ham birgalikda sharaflanadi. Ushbu to‘ylar endilikda o‘lkamizning turli 


120 
shahar-qishloqlarida ham o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ular oilalarni mustahkamlashga 
xizmat qiladi. 
Diniy bayramlar. Dunyodagi barcha dinlar o‘ziga xos bayramlarga ega.
Har bir dinning rivojlanib borishida bayramlarning ahamiyati kattadir. 
Islom dinida ikki asosiy hayit “Qurbon hayiti”, “Ro‘za hayiti” ko‘p asrlardan 
buyon nishonlab kelinmoqda. Ro‘za hayiti. Ramazon – hijriy yil hisobining 9-oyi 
bo‘lib, islom aqidalari bo‘yicha bu oyda Olloh Muhammad alayhis-salomga 
Qur’oni Karimni vahiy qilgan ekan. Shuning uchun ham islom dunyosida 
Ramazon muqaddas hisoblanib, bu oyda musulmonlar ro‘za tutishadi. Ramazon 
yakunida esa islomning katta bayramlaridan biri – Ro‘za hayiti boshlanadi. Qurbon 
hayiti. “qurbonlik” - “yaqinlik” ma’noni bildiradi. Shuningdek, qurbonlik 
Ollohning rahm-shafqatiga sazovor bo‘lish, unga minnatdorchilik bildirishni 
ifodalovchi marosimdir. Islom dini taraqqiy etgan sari Qurbon hayiti musulmonlar 
birlashadigan, hamdard bo‘ladigan kunga ham aylana borgan. Shuning uchun 
musulmonlarga farz bo‘lgan beshinchi rukn – hajni ado etadigan, ya`ni Islomning 
muqaddas joylarini ziyorat etadigan asosiy kunga ham aylangan. Qurbon hayiti 
munosabati bilan 1991-yil O‘zbekiston Prezidenti Farmoni asosida ilk bor 
mamlakatimizdan 500 kishi Saudiya Arabistonidagi Makka va Madinaga borib, haj 
qilish sharafiga muyassar bo‘ldi. Islom odatiga ko‘ra, hajga borgan, ya’ni 
muqaddas Ka’bani ziyorat qilgan kishilar Vataniga xoji faxriy unvoniga ega bo‘lib 
qaytishadi. 
Islom hayitlarining bosh marosimi tong saharda namozgohlarda
masjidlarda o‘qiladigan “hayit namozi”dir. Musulmonlar hayit namoziga toza, 
chiroyli kiyimlar kiyib, xushbo‘y atir-upalarni sepib, yaxshi kayfiyat va ezgu 
niyatlar bilan chiqishadi.
Avval “Bomdod namozi” o‘qiladi, so‘ng imom-xatiblar kishilarni ezgulikka 
da`vat etuvchi ma’ruzalar o‘tkazadilar. Undan keyin esa asosiy “hayit namozi” 
o‘qiladi. Namoz o‘qish marosimidan keyin hamma bir-biri bilan ko‘rishib, hayit 
bilan qutlaydilar. Hayit namozidan chiqqanlar yaxshi kayfiyatda uylariga borib, 
oila a’zolari, ota-onalari, farzandlarini hayit bilan qutlab, “hayitliklar” sovg‘a 


121 
qilishadi. Bu ulug‘ ayyomda ustozlar ziyorat qilinadi, marxumlarni xotirlab duolar 
o‘qiladi, qarindoshlar, bemorlar, keksalar holidan xabar olinadi. Hayit kunlari 
odamlar orasidagi gina va arazlar unutiladi, kambag‘al, beva-bechora, yetim-
yesirlarga hayriya va sadaqa berish savob hisoblanadi. 
Hayit kunlarida Toshkent shahrida, Toshkent viloyatining ba’zi joylarida 
“kelin ko‘rish” yoki “kelin salom” deb nomlangan marosim o‘tkaziladi. Bu 
marosim quyidagicha o‘tkaziladi. Yolg‘on arafa kuni kelinning ota-onasi qizi 
kelin bo‘lib tushgan xonadanga yo‘qlov yuborishadi. Bu bilan ular qudalarni, 
kuyovni, qizlarini muborak ayyom bilan qutlaydilar. O‘z navbatida kuyov 
xonadonidagilar ham o‘zlari pishirgan shirinliklardan qudalarinikiga berib 
yuborishadi. Toshkentda hayit kunlarida yangi kelinchak tushgan xonadonda 
dasturxon yuksak mahorat bilan bezatiladi. 
Hayit kuni erta tong turgan kelinchak yuvinib-taranib, eng chiroyli 
liboslarini kiyadi, boshiga harir mato yopib, xonadon a’zolariga salom beradi va 
dasturxonga taklif etadi. Shundan so‘ng kelin ko‘rish marosimi boshlanib ketadi. 
Qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar, qo‘ni-qo‘shnilar birin-ketin “kelin ko‘rgani” 
kela boshlashadi. 
Kelinchak ularning har biriga alohida salom beradi. Mehmonlar bu salomga 
javoban “Ko‘p yashang”, “Baxtli bo‘ling” deb aytishadi. Bu marosim 
ishtirokchilari xotin-qizlar hisoblanadi. Keluvchilarning soni ko‘p bo`lgani uchun 
mehmonlar kelin qo‘lidan bir piyola choy ichib, yaxshi niyatlar aytib, fotiha 
qilishgach, o‘rinlaridan turadilar. Turmushga chiqmagan qizlar bu marosimdan uy 
ichini qanday bezatish, shirinliklar pishirish, kelinlarga xos uyatchanlik, xayolilik, 
muomala, kiyinish madaniyatini o‘rganadilar. 
Ayollar esa kelinlik damlarini yodga olib, kelinchak bilan yaqindan 
tanishadilar. Oxirgi paytlarda bu marosimda ham kim o‘zarga tarzida “oshir-oshir” 
yo‘qlovlar rusumga aylanib bormoqda. Bu marosimdan ko‘zlangan maqsad, 
boylikni ko‘z-ko‘z qilish emas, balki qizlarimizni turmushga tayyorlash, 
kelinchaklarni pazandalikka, uy tutishga, mehmon kutishga o‘rgatishdir. 


122 
Sho‘rolar davrida diniy odat va bayramlar ta’qiqlanib kelindi. Mustaqillik 
tufayligina jamiyatmizda ro‘y bergan mafkuraviy o‘zgarishlar bois yurtimizda 
diniy bayramlar hayit marosimlari erkin – ochiqchasiga o‘tkaziladigan bo‘ldi. 
1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb 
e’lon qilish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. 1992-yildan boshlab, “Ro‘za 
hayiti” bilan birga “Qurbon hayiti”ning birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon 
qilindi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling