O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/47
Sana03.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1743837
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

Beshik to‘yi. Qadim zamonlardan har bir oilada o‘tkazib kelingani tufayli, 
bu marosim xalq madaniy hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan. Beshik 
to‘yi haqida ma’lumot berishdan oldin beshikni o‘ziga ta’rif bersak o‘rinli bo‘lardi. 
Beshik insoniyat tarixida yaratilgan buyuk kashfiyotlardan biridir. Beshik bolaning 
2-3 yoshgacha ulg‘ayishi uchun juda foydalidir. U kichik, ixcham bo‘lgani uchun 
istalgan joyga ko‘chirib olib brish mumkin. Beshik go‘dakni ovutish, erkalash, 
uxlatish uchun o‘taqulay tuzilishga ega. 
Beshik bolani tashqi ta’sirlardan himoya qiladi (sovuqdan, issiqdan, 
zaxdan). Beshik bolaning qo‘l-oyoq harakatlaridan bexos cho‘chimay, biror 
narsaga urilmay, yotgan joyida ag‘darilib ketmay, quruq, osoyishta uxlashiga 
imkon beradi. 
Chaqaloq tug‘ilgandan keyingi muhim tadbirlardan biri – bolani beshikka 
solish marosimi va beshik to‘yidir. Toshkentda farzand tug‘ilganiga 7 yoki 9 kun 
to‘lganda bolani beshikka solish marosimi o‘tkaziladi. Go‘dakning chillasi 
chiqgach, qudalarning kelishuvi asosida beshik to‘yini o‘tkazish odat tusiga 


115 
kirgan. Beshik to‘yidan oldin kelinning onasi o‘z nabirasi uchun sarpolar 
tayyorlaydi. Qarindosh-urug‘lar ham beshik to‘yida chaqaloqqa atab sovg‘alar 
keltirishadi. 
Bolaning ilk tishi chiqishi ham oilada quvonchli voqeaga aylanadi. 
Bolaning ota-onasi, qarindoshlari buni katta xursandchilik bilan nishonlaganlar: 
bug‘doy qovurmoch tayyorlab, bolalarga tarqatishgan, kampirlarni chaqirishib 
guruchli taomlar bilan siylashgan. 
O‘zbeklarda soch to‘yi bolanig sochini ilk bor olish ham ma’lum tartib 
asosida amalga oshirilgan. Bolaning sochini ilk bor buvisi yoki bobosi yaxshi 
niyatlar bildirib olganlar. 
Birinchi qadam bayrami. O‘zbek xalqining farzandlar tarbiyasiga alohida 
e’tibor berishi bolaning ilk bor mustaqil qadam qo‘yishiga bag‘ishlangan 
marosimda ham o‘z aksini topgan. Ota - bobolarimiz bu marosimda “bolaning beli 
baquvvat bo‘lsin deb, beliga belbog‘ bog‘lashgan”, “to‘qlik bo‘lsin, bola 
ocharchilikni bilmasin!” deb mazali kulchalarni kichkintoylarga tarqatishgan, 
“suvdek serob bo‘lsin!” deb marosim o‘tkazilgan vaqtda bolaning qadam bosgan 
erlariga suv sepishgan, “bolaning hayoti shirin bo‘lsin!” deb bolaning boshidan 
shirinliklar sochishgan, “chiroyli bo‘lsin!” deb bola yura boshlaganda yo‘llariga 
gullar sochilgan, “boy bo‘lsin!” deb bolaning ustidan pullar sochilgan, “kasalga 
chalinmasin!” deb isiriq tutatishgan, “omon bo‘lsin!” deb duolar o‘qishgan.
Bolaning birinchi qadam qo‘yishini marosim sifatida nishonlashning 
o‘ziga xos ramziy ma’nosi ham bor. Birinchi qadam bolaning shunchaki oddiy 
harakati bo‘lib qolmay, kelajakda qilinadigan ko‘plab ishlarning debochasi deb 
ham qaralgan. O‘zbekistonning turli hududlarida “birinchi qadam” marosimi 
turlicha o‘tkazib kelingan. Ayrim joylarda bu tadbir faqat ayollar va bolalar 
ishtirok etadigan kichik oilaviy marosim sifatida uyushtirilgan, unda erkaklar 
qatnashmagan. Tog‘li qishloqlarda esa “Birinchi qadam” katta anjumanga aylanib 
ketgan. 
“Birinchi qadam” marosimi madaniyat uylari, bolalar bog‘chalari va oilalar 
bilan hamkorlikda keng doirada o‘tkazilsa, yanada qiziqarli bo‘ladi. 


116 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling