O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Chaqaloq va onasi uchun chilla davri


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/47
Sana03.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1743837
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

Chaqaloq va onasi uchun chilla davri. Xalqimizning urf-odatlari orasida 
farzandning dunyoga kelishi bilan bog‘liq marosimlar mavjud bo`lib, ularning har 
biri yaxshi niyatlar bilan amalga oshiriladi.
Bu chaqaloq tug‘ilganda yaqin kishilardan “suyunchi olish”, “kindik 
kesish”, bolani cho‘miltirish, chaqaloqqa ism qo‘yish, qulog‘iga azon aytish, 
kichik va katta chilla davrini o‘tkazish, chaqaloqni beshikka solish kabi 
tadbirlardan iborat. O’tmish odatlariga ko‘ra ona va chaqaloqni har tomonlama 
asrash taqozo etilgan. Chilla davri uchun xarakterli xususiyatlar: ona va bolani 
yolg‘iz qoldirmaslik, ular yashayotgan xonaga hech kimni kiritmaslik
chaqaloqni tuzli, tuproqli suvlarda tez-tez cho‘miltirish, onaga og‘ir yumushlar 


113 
qildirmaslik, tunda tashqariga chiqmaslik, bolani qorong‘u joyda saqlamaslik
ona-bola asabini buzmaslik, qo‘rqitmaslik ular salomatligini saqlash garovidir. 
Sharqda qadimdan emizikli ayol taomnomasiga alohida ahamiyat berib kelingan. 
Yosh bo‘shangan ona sut keltiruvchi kuchli taomlar iste`mol qilishi, sutning 
sifatini buzmaslik uchun piyoz, sarimsoq, garmdori, spirtli ichimliklar iste’mol 
qilmasligi zarur. Bular bola tanasi uchun – og‘irdir. 
Toshkentda chilla davrida “aqiqa” degan marosim o‘tkaziladi. U farzand
7, 14, 21, 28 kunlik bo‘lganda qo‘y so‘yib, osh damlab, qarindosh-urug‘, qo‘ni-
qo‘shnilar ishtirokida tashkil etiladi. U ikki jon - ona va bolaning eson-omon 
bo‘lishi niyatida, Ollohga shukonalik ramzi sifatida o‘tkaziladi. 
Xulosa qilib aytganda, chaqaloq “chilla” davomida ona maxsus gigienaga 
rioya qilgan, u o‘z bolasini kasallik, “yovuz kuchlar”dan, “yomon ko‘z”lardan 
asrab-avaylagan. U o‘z farzandini bu yorug‘ dunyoga moslashishi uchun zamin 
yaratgan. Tibbiyot xodimlari fikricha, chilla davrida kasal bo‘lmagan chaqaloq 
ulg‘ayganda ham sog‘lom bo‘ladi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling