O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana19.05.2020
Hajmi0.96 Mb.
#108026
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fonetik sath birliklari


II.    Intonatsiya  turlari  -  intonatsiyaning  yuqorida  sanab  ko‗rsatilgan 

prosodik  elementlar  ishtirokida  shakllangan  maxsus  ko‗rinishlari.  Ularga 

quyidagilar kiradi: 

1. Tugallangan intonatsiya. Har bir gap nisbiy tugal intonatsiyaga ega bo‗ladi. 



2.  Tugallanmagan  intonatsiya.  Ayrim  so‗z  yoki  so‗z  birikmasining  gap 

emasligini  bildiradigan  intonatsiya.  Masalan:  A‘lochi  talaba  (aniqlovchi-

aniqlanmish  qolipidagi  birikma.  Bunda  intonatsion  tugallik  yo‗q).  Talaba  

a‘lochi: ega+kesim=gap. (Bunda gapga xos intonatsion tugallik bor). 

3.  Darak intonatsiyasi - tinch ohang. 

4.  So‗roq intonatsiyasi - ko‗tariluvchi ohang. 

5.  Undov  intonatsiyasi  -  fikrni  kuchli  his  bilan  ifodalashda  qo‗llanadigan 

ohang. Bu ohang emotsional gaplarda qo‗llanadi. 



6.  Chaqiruv  yoki  undash  intonatsiyasi  -  undalmalarga,  vokativ  gaplarga, 

buyruq gaplarga xos intonatsiya. 



7.    Sanash  intonatsiyasi  -  teng  grammatik  munosabatda  bo‗lgan  so‗zlarni  -

uyushiq bo‗laklarni bog‗lovchi fonetik vosita. 



 

34 


8.    Emfaza  -  nutqning  emotsional  jihatdan  ifodalanish  darajasining 

kuchayishi. 



III.  Intonatsiyaning  til  va  nutqdagi  roli:  a)  gapniig  intonatsion  tugalligini 

ifodalovchi  muhim  vosita  sifatida  xizmat  qiladi;  b)  gapning  ifoda  maqsadiga  va 

emotsionallikka  ko‗ra  turlarini  farqlashda  ishtirok  etadi;  v)  sintaktik  aloqalarni 

ifodalovchi muhim fonetik vosita sanaladi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

35 


II BOB 

 

TOVUSH STRUKTURASINING FONONOLOGIK ASPEKTDAGI 

TADQIQI 

 

2.1. Fonema til birligi sifatida  

 

Biz 



yuqorida 

nutq 


tovushlarining 

fizik-akustik 

hamda 

fiziologik-artikulyatsion  tomonlari  haqida  qisqacha  to‗xtalib  o‗tdik.  Nutq 



tovushlarining  uchinchi  jihati,  lingvistik  sathda  vazifaviy  (funksional)  tomoni 

borligi bilan ahamiyatlidir.  

 

Fonologiyaning  birligi  fonemalardir.  Fonema  —  so‗z  va  morfemalarni 



shakllantiradigan  va  ularning  ma‘nolarini  farqlash  uchun  xizmat  etuvchi,  boshqa 

mayda  bo‗lakka  bo‗linmaydigan  tilning  eng  kichik  tovush  birligidir.  Fonemalar 

haqidagi  ta‘limot  fonologiyadir.  Fonologiya  ma‘lum  bir  tildagi  fonemalar 

sistemasini,  ularning  farqlash  belgilarini  o‗rganadi.  Fonema  termini  hozirgi 

tilshunoslikda  qat‘iy  o‗rin  olgan  bo‗lsa  ham,  ammo  uning  maqomi  masalasida 

xilma xil qarashlar bor. Fonema tilning eng kichik tovush birligi ekanligi haqidagi 

dastlabki  ma‘lumot  I.A.  Boduon  de  Kurtenega  mansubdir.  Lekin  bungacha  sharq 

tilshunosligida garchi fonema termini bilan nomlanmagan bo‗lsa ham, lekin ma‘no 

farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik tovush tipi haqidagi tushuncha mavjud 

edi.  Hind  tilshunoslari,  turkiyshunoslar  bu  tushunchaga  alohida  ahamiyat 

berganlar. Xususan, Mahmud Qoshg‗ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad 

Boburlar  tovushning  ma‘no  farqlash  tomoniga  katta  ahamiyat  berganlar.  Turkiy 

tillarning  fonetikasi yuzasidan Mahmud  Zamahshariy  ham  fikr  yuritadi va tovush 

bilan tovush tipi bir-biridan farqlanadi.   

 

O‗zbek  tili  fonologiyasining  shakllanishida  Alisher  Navoiyning  roli 



beqiyosdir. Navoiyning tilshunoslik bo‗yicha merosini tadqiq etgan barcha olimlar 

uning  umumlashgan  tovush  tipini  juda  yaxshi  farqlagani  haqida  ma‘lumot 

beradilar.  Darhaqiqat,  Navoiy  o‗zbek  (turk)  tilidagi tovush tiplarini so‗z  tarkibida 

ma‘no  farqlash  xususiyatiga  qarab  ajratadi.  Bu  usul  hozirgi  tilshunoslikda 



 

36 


fonologiya  ilmida  fonemalarni  ajratishning  eng  ishonchli  usuli  sifatida  keng 

qo‗llanilmoqda.  

 

Afsuski,  bu  usul  Alisher  Navoiy  nomi  bilan  emas,  balki  N.S.  Trubetskoy 



nomi bilan bog‗lanmoqda. Bunga asosiy sabab shuki, N.S.Trubetskoy ana shu usul 

asosida  butun  bir  fonologik  konsepsiya  yaratdi,  bu  konsepsiya  dunyo 

tilshunosligiga keng tarqaldi.  

 

Shunday  qilib,  hozirgi  tilshunoslikda  fonema  nazariyasi  I.A.Boduen  de 



Kurtene va uning shogirdlari nomi bilan bog‗lanadi.      

 

Fonema  termini  tilshunoslikka  Boduen  tomonidan  kiritildi.  Boduen  1870 



yildagi  «XIX  asrgacha  bo‗lgan  qadimgi  polyak  tili  haqida»  nomli  magistrlik 

dissertatsiyasida  fonema  haqida  fikr  yuritadi  va  uni  etimologik  —  morfologik 

birlik  sifatida  talqin  etadi.  Boduen  de  Kurtenening  fonema  haqidagi  bu 

konsepsiyasi  ayni  shu  holda  uning  shogirdi  N.  V.  Krushevskiy  tomonidan 

rivojlantirildi. I. A. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi tushunchasi o‗zgarib 

bordi.  Xususan,  «Slavyan  tillari  qiyosiy  grammatikasining  ayrim  bo‗limlari», 

(1981  y.)  asarida  fonemani,  bir  tomondan,  «so‗zning  fonetik  bo‗linmas  qismi» 

hisoblasa,  iikinchi  tomondan,  morfemalar  tarkibidagi  tovush  o‗zgarish 

qonuniyatlarini  hisobga  olgan  holda,  boshqa  mayda  bo‗lakka  bo‗linmaydigan 

tovushlargina emas, balki morfema yoki so‗zning tarkibida bo‗lakka ajralmaydigan 

bir butun holdagi ikki va undan ortiq tovushlar ham fonema bo‗lishi mumkinligini 

ko‗rsatadi.  Shu  bilan  birga  xuddi  shu  yerning  o‗zida  fonemaning  quyidagi  ikki 

farqli  tomoni  borligini  ham  ko‗rsatadi:  1)  antropofonik  (ya‘ni  akustik—

artikulyatsion) 

xususiyatlarning 

oddiy 


umumlashmasi, 

morfemaning 

harakatlanuvchi kyumponenti va ma‘lum mrfologik kategoriya belgisi.  

XIX  asrning  90-yillaridan  boshlab,  I.A.  Boduen  de  Kurtenening  fonemaga 

oid  qarashlarida  psixologizm  elementlari  ko‗proq  ko‗zga  tashlanadi.  Uning 

fikricha, faqat insonning psixik mexanizmini taxlil qilish orqaligina til qonunlarini, 

til mexanizmining vazifalari va taraqqiyotini anglab olish mumkin. Shundan kelib 

chiqib,  u  o‗zining  fonema  haqidagi  dastlabki  fikrlarini  o‗zgartiradi  va  fonemaga 

sof  psixologik  ta‘rif  beradi.  Bu  ta‘rifda  fonema  nutq  materialida  bevosita  kuzatib 


 

37 


bo‗lmaydigan  xodisa  sifatida  tavsiflanadi:  1894  yilda  (polyak  tilida  )  yozilgan 

"Fonetik  alternatsiyalar  nazariyasi  yuzasidan  tajriba"  ("Opыt  teorii  foneticheskix 

alternatsiy")  nomli  asarida  u  fonemani  tovushlarning  psixik  ekvivalenti  deb 

ta‘riflaydi,

1

  1912  yilda  e‘lon  qilingan  "Fonema"  nomli  maqolasida



2

,  shuningdek, 

"Tilshunoslikka  kirish"  kitobida

3

  ham  olim  shu  fikrida  qoladi:  "...bizning 



psixikamizda  tovush  xususida,  aniqrog‗i,  tovushni  talaffuz  qilish  paytidagi 

murakkab  ish  kompleksi  haqida  doimiy  tasavvur  shakllangandir.  Biz  uni  fonema 

deb ataymiz",- deydi u o‗z kitobida. 

Tilshunoslikda  fonologiyaning  fan  sifatidagi  maqomi  xususida  ikki  xil  fikr 

mavjud. 

Birinchi fikrga ko‗ra, fonologiya fonetikaning o‗zi emas, chunki fonetika nutq 

tovushlarini,  fonologiya  esa  til  tovushlarini  o‗rganadi:  nutq  tovushlari  haqidagi 

ta‘limot  (fonetika)  aniq  fizik  xodisalarni,  til  tovushlari  haqidagi  ta‘limot 

(fonologiya) esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususuyatlarini tadqiq qiladi, 

shunga  ko‗ra  ularning  tadqiqot  metodlari  ham  har  xil:  fonetika  tabiiy  fanlarning 

tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga asoslanadi.

4

 

Ikkinchi  fikrga  ko‗ra  fonologiyani  fonetikadan  ajratib  bo‗lmaydi,  chunki 



muayyan  tilning  fonemalari  tizimini,  bu  tizimdagi  har  bir  fonemaning 

"semantizatsiyalashgan"  (fonologizatsiyalashgan)  belgilarini  shu  tilning  konkret 

talaffuz  xususiyatlarini  o‗rganmasdan  tadqiq  qilib  bo‗lmaydi.  Demak,  fonologiya 

aslida fonetikaning o‗zi, faqat uning yuqori boskichi, xolos. Binobarin, fonolog bir 

vaqtning  o‗zida  fonetist  bo‗lmay  iloji  yo‗q,  ayni  paytda  fonetist  ham  doimo  (shu 

jumladan,  fonologiya  paydo  bo‗lgan  davrgacha  ham)  ma‘lum  darajada  fonolog 

bo‗lgan,  chunki  u  umuman  tovushni  emas,  balki  til  tovushlarini  o‗rgangan.

5

 



Ma‘lumki,  fonetikada  tovush  va  bo‗g‗in  segment  birliklar,  urg‗u  va  intonatsiya 

(oxang)  esa  supersegment  birliklar  tarzida  tavsiflanadi.  Fonologiyada  bu  birliklar 

lisoniy-vazifaviy  xususiyat  taqozosi  bilan  fonema  (tovush),  sillabema  (bo‗g‗in), 

                                                 

1

 Бодуэн  де   Куртенэ И.А. Опыт теории фонетических альтернаций. Избранные труды по общему языкознанию. М.,1963. Т.1. 



2

 Бодуэн де Куртенэ И.А. Фонема. Избранные труды по общему языкознанию, М., 1963. Т.1. С. 351-352. 

3

 Бодуэн де Куртенэ И.А. Введение в языкознание. Избранные труды по общему языкознанию, М., 1963. Т.2. С. 253 - 254 , 289 - 290 . 



4

 Трубецкой Н.С. Основы фонологии (русск. пер.) М., 1969. С. 9. 

5

 

Щерба Л.В. Очередные проблемы языкознания. Изв. Академии Наук, ОЛЯ, 1945. T.4, Вып. 5. С. 185-186; Яна каранг: Аванесов Р.И. 



Кратчайшая звуковая единица в составе слова и морфемы// История...   языкознания. Хрестоматия. M.: Высшая школа, 1988. С. 195-

196.


 

 

38 


aksentema  (urg‗u)  va  intonema  (intonatsiya,  oxang)  deb  nomlanadi, 

fonologiyaning  o‗zi  esa  segmental  fonologiya  va  supersegmental  fonologiya  kabi 

ikki turga ajratiladi.

1

 



Segmental    fonologiyaning    asosiy    birligi    fonemadir,    shunga    ko‗ra  u 

fonematika, fonemika deb ham ataladi. 

Supersegmental  fonologiyaning  birliklari  esa  sillabema,  aksentema  va 



intonemadir, shunga ko‗ra u prosodiya (yoki prosidika) deb ham yuritiladi. 

Fonemika,  yuqorida  aytib  o‗tilganidek,  segmental  fonologiyaning  ikkinchi 

nomi bo‗lib, u fonlarnint fonemalarga birlashuvini o‗rganadi. 



Fonema  so‗zlar  yoki  morfemalarning  tovush  qobig‗ini  farqlash  orqali 

ularning  ma‘nolarini  tafovutlash  vazifasini  bajaradigan  eng  kichik  segment 

birlikdir.  Masalan,  bur  va  bo‗r  (segment  birliklar  -  b,u,r  va  b,o‗,r)  tuz  va  tur 

(segment birliklar - t,u,z va t,u,r), "-man" va "-san" (segment birliklar -m,a,n va 

s,a,n) kabi. Bunday segment birliklarning fonematik xususiyatlari so‗z tarkibidagi 

tovushlar mikdorini orttirish yoki, aksincha, qisqartirish yo‗li bilan ham aniqlanishi 

mumkin. Masalan, op so‗zi tarkibida ikkita segment birlik (o va fonemalari bor), 

zor,  ozor,  bozor  so‗zlari  tarkibida  esa  ularning  soni  ko‗proq:  3  ta  ("zor"da),  4  ta 

("ozor"da), 5 ta ("bozor"da) kabi. 



 

2.1.1. Fonemalarning differensial va integral belgilari 

I.  Fonemalarning  differensial  belgilari  ularni  bir-biridan  farqlash  uchun 

xizmat  qiladigan  alomatlaridir.  Masalan,  "k"  undoshi  o‗zining  jarangsizligi  bilan 

jarangli  "g"dan  ajralib  turadi,  demak,  "k"ning  jarang-sizligi  va  "g"ning  esa 

jarangliligi  bu  ikki  fonemaning  differensial  (farqlanadigan)  belgilari  sanaladi. 

Differensial  belgilar  fonemalarning  xususiyatini  belgilaydi  -  so‗zlarning  fonetik 

qobig‗ini  va  ma‘nolarini  farqlash  uchun  xizmat  qiladi:  kul  va  gul  so‗zlarining 

ma‘nolari  ayni  shu  ikki  fonemaning  ("k"  va  "g"larning)  differensial  belgilari  - 

birining jarangsiz, ikkinchisining esa jarangli ekanligi tufayli farqlanmoqda. 

                                                 

1

 

Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. Тошкент: Ўкитувчи, 1992. 14-бет.



 

 

39 


Differensial  belgilar  fonemalar  artikulyatsiyasiga  bog‗liq  bo‗lishi  ham 

mumkin:  "b"  -  lab-lab  undosh,  "d"  -  til-tish  (til  oldi  -  dental)  undoshi. 

Artikulyatsiya o‗rnidagi bu tafovutlar bor va dor so‗zlarining fonetik tarkibini va 

ma‘nolarini  farqlamoqda:  "q"  -  portlovchi  undosh,  "x"-sirg‗aluvchi  undosh. 

Artikulyatsiya  usulidagi  bu  tafovutlar  qol  va  xol  so‗zlarining  tovush  tarkibi  va 

ma‘nolarini farqlash uchun xizmat qilmokda. 

Shuning  uchun      differensial  belgilar  fonologik  relevant  yoki  semiologik 

relevant belgilar sanaladi. 

II.  Fonemalarning  integral  belgilari  ularning  o‗zaro  farqlanmaydigan 

alomatlaridir. Masalan, yuqorida keltirilgan "k" va "g" undoshlarining har ikkalasi 

portlovchi,  har  ikkalasi  sayoz  til  orqa  fonemalardir.  Demak,  bu  ikki  fonema 

artikulyatsiya  usuli  va  artikulyatsiya  o‗rniga  ko‗ra  farqlanmaydi.  Shunga  ko‗ra, 

integral  belgilar  fonologik  norelevant  yoki  semiologik  norelevant  belgilar 

hisoblanadi. 

 

2.1.2. Fonologik oppozitsiya va korrelyatsiya 

I.  Fonologik  oppozitsiya  ikki  fonemaning  bitta  (yoki  bir  necha)  farqlanish 

belgisi  asosida  o‗zaro  zidlanishidir.  Masalan,  "p"  (jarangsiz)  va  "b"  (jarangli) 

undoshlari  jarangsiz-jarangli  belgisi  asosida  bir  oppozitsiyaga  birlashadi:  p  -  b 

kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) -b (lab-lab), p 

(portlovchi)  -b  (portlovchi)  kabi.  Demak,  undosh  fonemalarga  xos  bo‗lgan  uchta 

fonologik  belgidan  (artikulyatsiya  o‗rni,  artikulyatsiya  usuli  va  jaranglilik  - 

jaraigsizlik belgilaridan) faqat bittasi (so‗nggisi) p - b oppozitsiyasiga asos bo‗lgan. 

Shuning uchun u "birlik oppozitsiya" sanaladi.

1

 

Prof.  A.  Abduazizovning  ta‘kidlashicha  hozirgi  o‗zbek  adabiy  tili 



konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bor: 

1.  Talaffuzda  ishtirok  etuvchi  asosiy  nutq  a‘zosi  va  tovushning  hosil  bo‗lish 

o‗rniga ko‗ra: 

                                                 

1

 

Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. 21-бет. 



 

 

40 


a)  labial-til  oldi  (dental,  alveolyar)  undoshlar  oppozitsiyalari:  p-t,  b-d 

(portlovchilar),  m-n  (burun  sonantlari),  f-s,  v-z,  f-sh,  v-l  (sirg‗aluvchilar),  v-l,  v-r 

(labial  sirg‗aluvchi  -  til  oldi  sonant.  Bunda  v,  l,  r  fonemalari  sonorlar  sifatida 

qaralgan, aks holda ular ikkitalik oppozitsiya tashkil etishi mumkin); 

b)  labial-til  o‗rta  farqlanish  elementlari  bo‗yicha  faqat  ikkita  birlik 

oppozitsiyasi mavjud: f-y, v- y; 

v) labial-til orqa undoshlari oppozitsiyalari: p-k, b-g (portlovchilar), f-x, v-g‗ 

(sirg‗aluvchilar); 

g) labial-bo‗g‗iz undoshlari oppozitsiyalari: f-h, v-h. Bunda "h" ning jarangli 

yoki  jarangsiz  ekanligi  e‘tiborga  olinmagan,  chunki  bu  xususiyat  eksperimental 

jihatdan aniqlanmagan... 

d)  til  oldi-til  orqa  undoshlari  oppozitsshlari:  t-k,  t-q,  d-g  (portlovchilar),  s-x, 

z-g‗  (sirg‗aluvchilar),  n-ng  (burun  sonantlari).  Bunda  ng  faqat  so‗z  oxirida 

kelganda  sonantlik  elementi  bo‗lib,  so‗z  o‗rtasida  kelganda,  bo‗g‗in  chegarasi 

uning  elementini  ikkiga  bo‗lib,  n-g,  ya‘ni  ikki  fonema  birikmasiga  aylantirishi 

nazarga olinadi; 

ye)  til  oldi-bo‗g‗iz  undoshlari  oppozitsiyalari:  s-x,  z-h,  sh-h,  j-h  (sirg‗aluv-

chilar), ch-h, dj-h (til oldi affrikata va bo‗g‗iz sirg‗aluvchisi). Bunda ch-h va dj-x 

zidlanishlari  "ikkilik  oppozitsiyalar  bo‗ladi",  chunki  ularda  "til  oldi-bo‗g‗iz 

undoshi"  belgisidan  tashqari,  ikkinchi  differensial  belgi  ham  bor:  ch  (qorishiq 

portlovchi) -h (sirg‗aluvchi) , dj (qorishiq portlovchi)- h (sirg‗aluvchi) kabi. 

2. Artikulyatsiya usuli va to‗siqning qanday hosil bo‗lishiga ko‗ra: 

a)  portlovchi-sirg‗aluvchi  undoshlar  oppozitsiyalari:  p-f,  b-v  (labial 

undoshlar),  t-s,  d-z,  t-sh,  d-j  (til  oldi  undoshlari),  k-x,  g-g‗,  q-x  (til  orqa 

undoshlari), k-h, g-h (til orqa va bo‗g‗iz undoshlari); 

b)  portlovchi-affrikatalar oppozitsiyalari: t-ch, d-dj (til oldi undoshlar); 

v)  sirg‗aluvchi-affrikatalar oppozitsiyalari: sh-ch, j-dj (til oldi undoshlari); 

g)    portlovchi-burun  sonanti  oppozitsiyalari:  b-m  (labial  undoshlar),  d-n  (til 

oldi undoshlari), g-ng (til orqa undoshlari); 

d) sirg‗aluvchi-sonantlar oppozitsiyalari: z-l, j-r; 



 

41 


ye) shovqinli sonant-burun sonanti oppozitsiyalari: v-m, l-n, r-n; 

j) yon sonant-titroq sonant oppozitsiyasi: l-r(yakkalangan oppozitsiya). 

3.  Jarangsizlik-jaranglilik belgilariga ko‗ra: (p-b), (t-d), (s-z), (f-v), (k-g), (sh-

j), (ch-dj), (x-g‗).

1

 

Hozirgi  o‗zbek  adabiy  tili  vokalizmi  tizimi  quyidagi  oppozitsiyalarni  o‗z 



ichiga oladi: 

1. Tilning uch darajali ko‗tarilish belgisiga ko‗ra: 

a) i (yuqori tor unli) - e (o‗rta keng unli) = i - e oppozitsiyasi; 

b) e (o‗rta keng unli) - a (quyi keng unli) = e - a oppozitsiyasi; 

v) i (yuqori tor unli) - a (quyi keng unli) = i - a oppozitsiyasi; 

g) u (yuqori tor unli) - o‗ (o‗rta keng unli) = u - o‗ oppozitsiyasi;  

d) o‗ (o‗rta keng unli) - o (quyi keng unli) = o‗ - o oppozitsiyasi; 

ye) u (yuqori tor unli) - o (quyi keng unli) = u - o oppozitsiyasi;  

2.

 

Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‗ra: 



a) i (lablanmagan) - u (lablangan) = i - u oppozitsiyasi; 

b) e (lablanmagan) - o‗ (lablangan) = e - o‗ oppozitsiyasi; 

v) a (lablanmagan) - o (lablangan) = a - o oppozitsiyasi. 

Shuni  alohida  ta‘kidlash  kerakki,  fonologik  oppozitsiya  turli  til  tovush  larini 

qarama-qarshi qo‗yishga asoslanmaydi, chunki u muayyan bir tilning strukturaviy 

birligidir va shu tilning o‗zigagina xizmat qiladi. Boshqa til tovushlari muayyan til, 

masalan,  o‗zbek  tili  tarkibida  oppozitsiya  hosil  qilishi  uchun  u  shu  til  tizimidagi 

kvaziomonimlar  tarkibida  qo‗llanadigan  darajaga  ko‗tarilgan  bo‗lishi  shart. 

Masalan, arab tilining "f" undoshi o‗zbek tilining "p" undoshi bilan zidlanish hosil 

qilish  darajasiga  ko‗tarilgan  deyish  mumkin,  chunki  shu  ikki  undoshdagi 

farklovchi  belgi  (sirgalish-portdash  belgisi)  o‗zbek  tilidagi  sof  va  sop  minimal 

juftligida fonologik vazifa bajarmokda. Bunday holatni x-h oppozitsiyasi misolida 

ham  ko‗rish  mumkin:  o‗zbek  tilida  xol  va  hol,  shox  va  shoh  kabi  minimal 

juftliklarning  (kvaziomonimlarning)  mavjudligi  arab  tilidan  o‗zlashgan  "h" 

undoshini o‗zbek tilidagi x-h opozitsiyasi vakili deb qarashga asos bo‗ladi. 

                                                 

1

 

Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. 21-23-бетлар.



 

 

42 


Fonologik  oppozitsiyalar  fonologik  sistemaning  eng  kichik  (minimal) 

strukturaviy birliklari sanaladi, ular tarixan o‗zgarib turishi ham mumkin. Masalan, 

qadimgi  turkiy  va  eski  turkiy  tillarda  unli  fonemalar  tilning  yotiq  (gorizontal) 

harakatiga ko‗ra old qator va orqa qator zidlanishiga ega bo‗lgan: (i-ы)+(γ-u)+(ө-

o)+(ə-a) kabi. Hozirgi o‗zbek adabiy tilida esa bunday zidlanish o‗zining fonologik 

xususiyatini yo‗qotgan - fonemalar konvergensiyasi natijasida (i - ы) unlilari bitta 

(i) ga, (γ - u) unlilari bitta (u) ga, (ө -o) unlilari bitta (o) ga, (ə -a) unlilari esa bitta 

(a)  ga  birlashgan.  Demak,  fonologik  oppozitsiyalar  til  taraqqiyotining  muayyan 

bosqichiga nisbatan belgilanadi, ayni shu bosqichda bir fonema boshqa fonemaga 

bir xil pozitsiyada qarama-qarshi qo‗yiladi: hozirgi o‗zbek adabiy tilidagi (i) va (u) 

unlilari so‗z boshida (ich va uch) yoki bir xil fonetik qurshovda (bir va bur, qish va 

qush) bir-biriga qarama-qarshi qo‗yilgani kabi. Demak, "oppozitsiya" tushunchasi 

"fonema" va "pozitsiya" tushunchalari bilan uzviy bog‗liqdir: fonemaning bo‗lishi 

oppozitsiyaning  bo‗lishini,  oppozitsiyaning  bo‗lishi  esa  pozitsiyaning  bo‗lishini 

taqozo  qiladi,

1

  o‗zaro  qarama-qarshi  qo‗yilmagan,  binobarin  zidlanishdan 



tashqarida qolgan fonemaning o‗zi yo‗q.

2

 



"Pozitsiya" kategoriyasini birinchi bo‗lib hamyurtimiz Muhammad ibn Muso 

al-Xorazmiy  (780-850)  kashf  etgan.  U  o‗zining  "Hind  arifmetikasi  haqida  kitob" 

(Hisob  al-hind")  asarida  o‗nlik  sistemasi  raqamlaridan  (0,1,  2,3,4,5,6,7,8,9) 

foydalanib, katta sonlarni  yozish  tizimini ishlab chiqqan.  Bu tizimga  ko‗ra  raqam 

birinchi  pozitsiyada  birlikni,  ikkinchi  pozitsiyada  o‗nlikni,  uchinchi  pozitsiyada 

yuzlikni  (to‗rtinchi,  beshinchi...  pozitsiyalarda  yanada  kattarok  sonlarni) 

ifodalaydi: 0 (nol), 1(bir), 10 (o‗n), 100 (yuz), 1000 (ming); 2 (ikki), 20 (yigirma), 

200  (ikki  yuz),  2000  (ikki  ming)  kabi.  Keyinchalik  "pozitsiya"  tushunchasi  til 

tizimiga  ham  tatbiq  etilgan  va  fonologik  oppozitsiya  tushunchasining  yuzaga 

kelishiga sabab bo‗lgan. 

                                                 

1

 



Журавлев В.К. Диахроническая фонология. М.:Наука, 1986. С.72.

 

2



 

Степанов Ю.С. Основы общего языкознания. М.: Просвещение, 1975. С. 78.

 


 

43 


Fonologik  oppozitsiyalar  dialektikaning  qarama-qarshiliklar  birligi  va 

kurashi,  inkorni inkor  qonunlariga  tayanadi, ularning strukturaviy  birlik  sifatidagi 

mohiyati ham shu qonunlarga asoslanadi. 


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling