O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
fonetik sath birliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.5. Pozitsion variantlar
- 2.3.6. Fakultativ variantlar
- XULOSA
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2.3.4. Kombinator variantlar
U yoki bu fonema ma‘lum fonetik qurshov ta‘siri natijasida turli xil variantlar orqali namoyon bo‗ladi. Fonetik qurshov ta‘sirida yuzaga chiquvchi variantlar kombinator variantlar sanaladi. Masalan, ikki unli o‗rtasida kelgan jarangsiz undoshlar ko‗pincha jaranglilashadi: bu kun - bugun, ko‘ylak + i –
1
2
Буланин Л.Л. Фонетика современного русского языка. -М.:Высш шк., 1970. -С.51.
3 Нурмонов А. Ўша асар. –20-б.
4
Шчербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука. 1970. -С.78.
71
jarangli – jarangsizlik belgisiga ko‗ra zidlanish belgisini yo‗qotadi. Neytralizatsiya hodisasi ro‗y beradi. 1
F tovushi sof o‗zbekcha tuf, tuflamoq, puflamoq kabi so‗zlar, xafa, daftar, faraz, fasl, foyda, fursat, fond, fotografiya, fonetika, fabrika kabi o‗zlashgan so‗zlarda uchraydi. Lekin jonli tilda aksariyat f o‗rnida p talaffuz qilinadi: fabrika > pabrika
fasl > pasl foyda > poyda fizika > pizika
V undoshi o‗zbek tilida aksariyat lablar ishtirokida talaffuz etiladi. Masalan, va ( ve ), vahm ( vehm ), vakil ( vek‘l ), vazn (vezn). Rus va rus tili orqali kirgan so‗zlarda v lab va tish ishtirokida talaffuz etiladi: velosiped, vagon, vazelin, vino, vint, vakuum va boshq.
P – jarangsiz, portlovchi, lab undoshidir. Sof turkiy so‗zlarning boshida kam uchraydi, lekin so‗zlarning oxirgi pozitsiyasi uchun mutlaq hokimdir.
B – jarangli, portlovchi, lab undoshi. Oxirgi pozitsiyadagi b tovushi talaffuzda jarangsizlashib, p ga yaqinlashadi, lekin yozuvda har vaqt b yoziladi. Kitob > kitop, javob > javop, kelib > kelip, olib > olip
Bir qator so‗zlarda b ning m ga o‗xshash hollari kuzatiladi: bo‗yin > mo‗yin, bunday > munday, burun > murun Intervokal holatda b Gavyrga, civin^.
Shuningdek, ayrim so‗zlarda b < v almashinuvi kuzatiladi va bu yozuvda M – jarangli, lab, burun tovushi. U so‗zning istalgan qismidan o‗rin olishi mumkin: kim, men, misol, malika, kamalak, mehmon, muhtaram, hammom va b.
S, z, sh, j, t, d, ch, n, l, r til oldi undoshlaridir. S – jarangsiz, sirg‗aluvchi, tish undoshi. S so‗zning barcha bo‗g‗inlarida, boshida va oxirida qo‗llanilishi mumkin: sabab, sabzi, sabr, sitam, salomat, masjid, musiqa, istirob, meros, ixlos, gilos. Jonli tilda s sochiq > chachiq.
1
Набиева Д. Ўзбек тилининг турли сатҳларида умумийлик-хусусийлик диалектикасининг намоѐн бўлиши. Т.: 2005й.
72
Z – jarangli, sirg‗aluvchi, tish undoshi. U ham so‗zning barcha pozitsiyasida kelishi mumkin. Oxirgi pozitsiyada jarangsizlashib s ga o‗tadi: zulm, zumrad, muz, ko‗z, maza, ko‗za, so‗zla.
So‗z > so‗s, yuz > yus (yus so‗m) va b.
J – jarangli, tiloldi, portlovchi-sirg‗aluvchi (affrikat) tovush. Jonli tilda j ning ikki xil talaffuzi mavjud: qattiq dj va yumshoq j^. J^ tovushi asosan rus tilidan o‗tgan so‗zlarda va ayrim forscha so‗zlarda uchraydi, masalan, jurnal, jyuri, projektor, jeton, mujda, gijda va h. k. Aksariyat hollarda dj talaffuz etiladi: jo‗ja, jo‗ra, juxori, javdar,
Sh – jarangsiz, til oldi, sirg‗aluvchi tovush. So‗zning barcha pozitsiyalari uchun xosdir: shalola, shamol, shoh, shoira, mushoira, kumush, mushtariy, oltmish. Ch – jarangsiz, til oldi affrikat tovush. Turli pozitsiyada kelishi mumkin: chumoli, charx, chaman, chashma, musicha, sichqon, chegara, childirma va h.k.
T – til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh. Jonli tilda ayrim so‗zlarning oxirida tushishi mumkin, masalan: do‗st < do‗s, daraxt < darax, to‗rt < to‗r, musht < mush va shu k. T so‗zning barcha bo‗g‗inlarida qo‗llanilishi mumkin: tomosha, tom, tugma, tentak, xushtak, mushtak, o‗rtoq, po‗stloq. D – til oldi, portlovchi jarangli tovush. Talaffuzda ayrim fonetik o‗zgarishlarga uchraydi. Jarangsiz undoshlar bilan yondosh kelganda bir muncha kuchsizlanadi, so‗z oxirida esa t ga yaqin tovushni beradi, masalan:
ketdi>ketti, ochdi>oshti, murod>murot, masjid>machit
Ayrim so‗zlarning oxirida talaffuzda d tushib qolsa-da, yozuvda saqlanadi. baland > balan (t), xursand > xursan (t)
Turkiy tillarda d undoshi ikkilamchidir, chunki u birlamchi t undoshining jaranglashishi natijasida hosil bo‗lgan. Shuning uchun bir xil so‗zlar ayrim turkiy tillarda t bilan, boshqalarida esa d bilan ifodalanadi:
tuv, tof. Idik ~ tat. Itek - etik olt. Odus ~ tur. Otuz - o‗ttiz
oz. Das ~ tat., qum, qirg‗. Tas - tosh va h.k. 73
Ayrim turkiy tillarda esa d birlamchi b dan hosil bo‗lganligi haqida fikr bildirilgan. Masalan: tuv, qarang. Adaq ~ tur, olt. Ajaq (<*a aq) ady ~ tur. Ajy (< a y ). 1
N – jarangli, portlovchi, burun sonanti. Sof tilda so‗z boshida faqat so‗roq olmoshlarida, fe‘llarda, sonda va ravishda qo‗llanilgan. Masalan: nima, nechun, netay, necha, nari va h.k. Boshqa pozitsiyalarda n ning qo‗llanilishi cheklanmagan: ona, mana, sen, kun, qanot, jon. Jonli so‗zlashuv tilida lab undoshlari bilan yondosh kelganda m ga o‗tishi mumkin:
manba>mamba, sunbul>sumbul,
o‗n besh>o‗m besh va h.k. L – jarangli, til oldi, yon sonant: lab, lola, latta, loy, bola, laylak. Til oldi unlilari bilan yondosh kelganda old qator artikulyatsiyaga, til orqa unlilar bilan qo‗llanilganda esa orqa qator artikulyatsiyaga ega bo‗ladi. Masalan: bilim, kel, sol, kul, hil-hil; qo‗l, qil, qiliq, quloq. R – jarangli, til oldi, titroq sonant. Turkshunos olimlarning ta‘kidlashicha, turkiy tillardagi r ning artikulyatsiyasi rus tilidagi r ga nisbatan past. E.R.Tenishev salar tilida r dan tashqari xitoycha shovqinli r borligini yozadi. Bunda r-z o‗xshash talaffuz etiladi. Masalan tiru [tirzu ]-chuqur.
O‗zbek tilida r ni so‗zning barcha bo‗g‗inlarida uchratish mumkin: Rashid, Gulnora, mardikor, oshkor, mirishkor va h.k. Y – jarangli, til o‗rta, sirg‗aluvchi tovush. Eski o‗zbek tilida y yondosh tovushlarga ta‘sir etib, ularning palatallashishiga olib kelgan. Y so‗zning barcha pozitsiyalarida kela oladi. Masalan, yo‗ldosh, oy, yo‗l,kuyla, sayyora, maysa, yo‗rg‗a, kelay va b.
O‗zbek tilida k, g, ng, q, g‗, x til orqa undoshlaridir. Bunda k, g, ng tovushlari bir oz old artikulyatsiyaga, q, g‗, x esa bir muncha orqa artikulyatsiyaga ega. Shunga ko‗ra q, g‗, x undoshlari chuqur til orqa tovushlar deb ataladi.
K – til orqa, jarangsiz, portlovchi undosh. So‗zning barcha bo‗g‗inlarida uchraydi: kaklik, kiyik, kuyov, katta, ketdi, kelin, maktab, terak. Jonli tilda turli variantlarga ega.
1
Тенишев Э.Р. Ўша асар. –Б. 211-212.
74
Ayrim turkiy tillarda intervokal holatda k jaranglashadi, masalan: sol, tur. Ekinzi (ekuvchi) ~ qoz. eginsi, tat. Ig nc
oz. akiz (egizak) ~ qoz. egiz. 1
Demak, o‗zbek tilining egiz (egizak) so‗zidagi g undoshi ham birlamchi k ning jaranglashishi natijasida hosil bo‗lgan. Ko‗p bo‗g‗inli so‗zlarning oxiriga egalik affikslari qo‗shilganda k < g ga o‗tadi:
Elak > elagi, chelak > chelaging,
Terak > teragimiz Ishtirok so‗zi bundan mustasno: ishtirok-ishtiroki. Bir bo‗g‗inli so‗zlarda esa k o‗zi saqlanadi:
Chok > choki, Tok > tokingiz.
G – til orqa, jarangli, portlovchi undosh. So‗z oxirida g jarangsizlashib, k shaklida talaffuz etiladi, lekin yozuvda g saqlanadi: gul, gilos, bilag > bilak, barg > bark. Barg so‗ziga jo‗nalish kelishigi qo‗shimchasi qo‗shilganda jarangsiz k saqlanadi:
Barg - barkka. G turkiy tillarda ikkilamchi tovushdir. U k tovushining kuchsizlanib, jaranglashishi natijasida hosil bo‗lgan. Ng – til orqa, burun tovushi bo‗lib, so‗z boshida kela olmaydi. Ayrim so‗zlarda qismlarga ajratilgan holda talaffuz etiladi:
singil [c‘ng‘l], yangi [yeng‘] O‗zlashgan so‗zlarda esa birikma sifatida qabul qilinadi: tangens, ingliz tili,
q – chuqur til orqa, portlovchi undosh: qish, qush, qiz, qalam, quloq, bayroq, o‗toq, o‗roq.
Ko‗p bo‗g‗inli so‗zlarga egalik affikslari qo‗shilganda q > g‗ ga o‗tadi: O‗rtoq > o‗rtog‗im, o‗roq > o‗rog‗i qishloq > qishlog‗i, bayroq > bayrog‗i Ittifoq so‗zi bundan mustasno.
1
75
Bir bo‗g‗inli so‗zlarda bunday o‗zgarishlar sezilmaydi. Lekin ayrim so‗zlarda, masalan, yoq (tomon) va yo‗q so‗zlarida q>g‗ ga o‗tadi. Bir yog‗i uzumzor, bir yog‗i mevazor. Bor-yo‗g‗idan ayrildi kabi. X – fonemasi chuqur til orqa q ning spirantidir: xabar, xat, xizmat, xirmon, no‗xat, yaxshi. X fonemasi asosan o‗zlashgan so‗zlar tarkibida uchraydi. g‗ – chuqur til orqa, spirant: g‗azab, g‗alaba, g‗ayrat, g‗o‗za, tog‗, bog‗, sog‗lom, sog‗inch. Bog‗, tog‗ kabi so‗zlarga jo‗nalish kelishigi qo‗shimchasi qo‗shilganda, g‗ > q ga o‗tadi va yozuvda ham saqlanadi:
bog‗>boqqa tog‗>toqqa H – sirg‗aluvchi, bo‗g‗iz tovush. Havas, hayot, hazil, hayvon, mahkam, muhokama. 2.3.5. Pozitsion variantlar
Undoshlar uchun unli oldi pozitsiyasi kuchli, unlidan keyingi, ikki unli orasi (intervokal) so‗z oxiri pozitsiyasi kuchsiz pozitsiya sanaladi.
O‗zbek tilida undosh fonemalar kuchli pozitsiyada namuna hisoblanuvchi varianti orqali voqelanadi. Kuchsiz pozitsiyada esa korrelyativ munosabatda bo‗lgan juftliklar korrelyativ belgilarini yo‗qotadi. Natijada zidlanuvchi a‘zolar o‗rtasida farqlovchi belgilarning neytralizatsiyasi ro‗y beradi. Bunday neytrolizatsiyaga uchrovchi farqlovchi belgilar turlicha bo‗lishi mumkin: 1) jaranglilik-jarangsizlik belgisiga ko‗ra zidlanuvchi korrelyativ a‘zolar kuchsiz pozitsiyada bu belgisiga ko‗ra mo‗‘tadillashadi. Mo‗‘tadillashuv ikki yo‗nalishda ro‗y beradi: a) jarangli undosh jarangsiz undosh kabi talaffuz qilinadi. Masalan, b~p: bop (bob), kavop (kabob), d~t obot (obod), g~k bark (barg) va boshq. b) jarangsiz undosh jaranglilashadi. Bu vaqtda jarangsiz undoshdan oldin kelgan unli cho‗ziladi. Unlining cho‗zilishi esa o‗zidan keyin kelgan undoshning kuchsizlanishiga – jarangli variantga ega bo‗lishiga sababchi bo‗ladi: 76
Navbahor, ochildi gullar, sabza bo‗ldi bog‗lar,
Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‗ralar, o‗rtog‗lar. Shuningdek, intervokal holatda q-g‗ mo‗‘tadillashuvi yuzaga chiqadi:
chortoq ~ chortog‗i 2) portlovchilik-sirg‗aluvchilik belgisiga ko‗ra zidlanuvchi korrelyativ a‘zolar intervokal pozitsiyada mo‗‘tadillashadi. Bu vaqtda portlovchi undosh sirg‗alish belgisiga ega bo‗ladi: b~v: soboq va boshq. Bunday hodisa keyinchalik turkiy tillar o‗rtasida korrespondensiyaning ro‗y berishiga olib kelgan. Masalan: o‗zbekcha sovun, qadimgi turk, hozirgi tatar, boshqird tillarida sobun; o‗zbekcha qovoq, uyg‗. qoboq va boshq;
Bulardan tashqari fakultativ variantlar ham muayyan kombinator holat yoki pozitsiya bilan bog‗liq holda ro‗y beradi. Shuning uchun fakultativ variantlar haqida fikr yuritilganda ham pozitsiya haqida ma‘lum darajada ma‘lumot beriladi.
1
Muayyan undosh fonemaning ma‘lum hududiy belgi ta‘sirida turli xil talaffuz etilishi fakultativ variantlarni hosil qiladi. Masalan, lab undoshlari: [p], [b], [v], [f], [m] o‗zbek tilining turli shevalarida turlicha talaffuzga ega bo‗lishi mumkin.
J-lovchi shevalarda intervokal holatda va so‗z oxirida [p] bir oz jaranglashib [b] tarzida talaffuz etiladi: Tepa > tebe, Ko‗p > keb, Kepak > kebek, Gap > gebim. Bunday holat faqat j lovchi shevalar uchun xos bo‗lib, y lovchi shevalarda uchramaydi. Y lovchi shevalarda buning aksini, ya‘ni b>p ga o‗tishini kuzatamiz. [P] tovushi portlash xususiyatini yo‗qotib, eshitilish jihatidan lab-lab, jarangli, frikativ [v] ga yaqinlashadi, masalan: Chopib > chevup, topib kel > tevupke
1
77
tepalik > tevelik, tepib > tevip taraf > tarap > terevini. 1
Pillapocha > t‘llapechcha
Chala – chulpa > chala - chulta. 2
Fabrika, telefon, fikr, fason, ferma, forma, futbol kabi so‗zlarda aksariyat hollarda [p] talaffuz etiladi.
Ba‘zan [p] spirantlashib [f]ga o‗tishi mumkin. Ayrim sheva vakillari [p] qo‗llanilishi kerak bo‗lgan o‗rinlarda ham [f] tovushini ishlatadilar:
to‗plab > teflep, kapitalist > keftal s
pomeshchik > f meshsh‘k, predmet > fr dmet. [B] fonemasi so‗z oxirida barcha shevalarda [p] ga o‗tadi.
Kitob > kit p, hisob > his p,
maktab > m xt p Y-lovchi shevalarda [b] tovushi portlovchi va sirg‗aluvchi tovushlar o‗rtasida tebranib, oraliq bir holatda bo‗ladi. Buning natijasida bir qancha kombinator-pozitsion variantlar vujudga keladi ya‘ni b [p], v qatorlari paydo bo‗ladi, masalan: hisob>hes b > h sevlet
belbog‗ > belve, bosh > v sh - bir v sh uzum, lab > lev
albatta > elvette Ayrim shevalarda so‗z boshida b>p almashinuvlari sodir bo‗ladi:
Bitgan > pitken, Butun > putun, Brigada > prigede [B] tovushi burunlashib [m] ga o‗tishi mumkin.
Burni > munn‘, Bo‗yni > moyun, Bilan > m‘nen J-lovchi shevalarda progressiv assimilyatsiya natijasida [b] [m] ga o‗tadi: jumboq > djummoq, kambag‗al > kemmeg‗el, payshanba > peyshemme Janubiy Xorazm va qorabuloq shevalarida [b] ning tushishi kuzatiladi:
qo‗mmat olado‗ < qimmat bo‗ladi 1
В.Решетов. Узбекский язык. – С.231.
2 Афзалов Ш. Ўзбек тилининг паркент шеваси. Ўзбек диалектологиясидан материаллар. Т.I. Тошкент:Ўзб.ССР ФА нашриѐти, 1957. - 133-б.
78
pulum og‗anda < pulim bo‗lganda. 1
Buxoro-Xo‗jand gruppalari uchun xosdir. Bu gruppada [p] va [f] undoshlari aniq farqlanadi. Boshqa shevalarda esa [f] [p] bilan almashtiriladi:telefon>telep n
fabrika > pebrike, foyda > p yde, fikr > p‘kr
fursat > purset, fahm > pehm - pe:m, fe‘li > pe:l‘
farzand > perzen, fotiha > petehe. J-lovchi shevalarda [f] o‗rnida jarangli [b] qo‗llanishi mumkin:
afzal > ebzel, shaftoli > shabdalo‗
Bu o‗rinda faqat f>b almashinuvigina emas, balki jarangsiz [t] ning jarangli [d] ga almashishi sodir bo‗lgan. Jizzax shevasida [f] ning [v] ga o‗tishini kuzatish mumkin: bu safar > busever 2
[V] fonemasi o‗zbek shevalarida lab-lab, frikativ undoshdir. Shevalarda [v] ning sifat jihatdan ikki turini aniqlash mumkin. 1. Tipik turkiy bilabial [v] 2. .Lab-lab [v] va lab-tish [v] orasidagi indifferent [v] tovushi. Bu turdagi tovush asosan shahar shevalarida uchraydi. [v] undoshi so‗zning barcha bo‗g‗inida va har xil pozitsiyada uchraydi. Misollar: tevarak, avlod, vodiy, volida, vahima, quvmoq, suv, tarvuz, vaqt, juvon, shavkat.
Shevalarda [v] undoshi [b] yoki [p] bilan almashtiriladi. Tarvuz > terbo‗z
suvamoq > so‗bamaq - sho‗bamaq tovoq > tabaq
shavkat > shaphat Bunday almashinuvlar asosan jlovchi shevalar uchun hosdir. Shuningdek, bu shevada [v>m] almashinuvi mavjud:
vino>mo‗na 1
Решетов В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси. Тошкент, 1962. –Б. 141.
2 Ғуломов Ҳ. Ўзбек тилининг Жиззах шеваси. Ўзбек диалектологиясидан материаллар.Т.1.Тошкент:Ўзб.ССР ФА нашриѐти, 1957.- 71-б.
79
Ba‘zan [v] ning tushishi natijasida oldingi unli tovush cho‗ziladi:
Suv > su:
Bo‗luv > bolu Tuzuk > tuzuv > tuzu: Namangan tipidagi ba‘zi ylovchi va jlovchi shevalarda [v>y] hodisasi uchraydi.
Suvingni > suyun‘ Yuviladi > yo‗y‘l de
sevmoq > suym q sevikli > suy‘kl‘
sevinadi > suy‘nede Shevalarda ba‘zi so‗zlarda [m] o‗rnida [b] qo‗llaniladi:
Mayna > jl. beyne
Mo‗ljal > jl. boldjel Somon > sabon. So‗z boshida [b] ning [m] ga o‗tishini kuzatamiz: bilan>minen m>n ga o‗tadi. Mobodo>n vvede Shevalarda progressiv assimilyatsiyaga uchrash hodisalari ham kuzatiladi: chopmayman > ch ppeymen
Jlovchi shevalarda [m>ng] hodisasini ko‗rishimiz mumkin:
Nimani > ningeni
80
XULOSA Ushbu ishni o‗rganish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik: 1. Bugungi kunda o‗zbek tilini an‘anaviy metodlar orqali o‗rganish bilan birga, jahon tilshunosligida keng qo‗llanilayotgan sistemaviy-struktur metodlar asosida o‗rganish tobora kengayib bormoqda. Har qanday sistem tadqiqot lisoniy birliklarga ma‘lum elementlar munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida yondashishni va elementlarning butunga bo‗lgan munosabati hamda butun bilan butunning munosabatini yoritib berishni taqozo etadi. Biz ham ushbu kichik tadqiqotimizda dialektik falsafaning umumiylik-xususiylik kategoriyalarini tilshunoslikka tadbiq qilgan holda struktur tilshunoslikning asosiy antinomiyasi bo‗lgan til va nutq dixatomiyasining fonetik – fonologik sathdagi fonema va tovush munosabatlarini atroflicha o‗rganib, tadqiq qilindi. Ishning kirish qismi ―Inson tili – tovush tili‖deb nomlanib, bunda Sharq va G`arb faylasuflarining inson tili (nutqi)ga bergan ta‘rif va tafsiflari bayon qilingan. Jumladan, Abu Nasr Farobiyning bilish falsafasi: hissiy va idrokiy bilish, ―quvvai notika‖ va ―quvvai mutahayyila‖ bilimlari hamda rus fiziologi I.P. Pavlovning ikkinchi signal sistemasi haqidagi ta‘limotlari keltirildi.
Ishning birinchi bobi fonetika va uning birliklari haqida bo`lib, unda nutq tovushlarining biologik va fizik-akustik tabiati, bo`g`in, urg`u, intonatsiya haqida batafsil ma‘lumotlar bayon qilindi.
Ishning ikkinchi bobi esa tovush strukturasining fonologik aspektdagi tadqiqi deb nomlanib, usbu bobda fonema va tovush munosabati, fonema til birligi sifatida, fonemalarda invariant va variant munosabati, fonemalarning integral va differentsial belgilari, fonologik oppozitsiyalarning korrelyatsiyaga uyushish qonuniyatlari hamda nazariyotchi tilshunoslarning (I.A.Boduen de Kurtene, L.V.Shcherba, Ye.D. Polivanov, N.S.Trubetskoy, N.F.Yakovlev, R.Avanesov, S.I.Bernshteyn, D.Djons va boshqalarning) fonema va fonologiyaga oid g`oyalari, bunday g`oya va qarashlarning S.-Peterburg, Moskva, Praga fonologiya maktablaridagi, shuningdek, Amerika deskreptiv tilshunosligi hamda Kopengagen 81
structural tilshunosligidagi ko`rinishlari va talqini, ularning o`zbek tilshunosligiga tatbiq etilganlik darajasi qator misollar asosida izchil yoritildi. Undosh va unli fonemalar paradigmatik va sintagmatik jihatdan tahlil qilindi. O‗zbek tilidagi undosh fonemalar paradigmatik jihatdan qaralganda, ulardagi oppozitsiya va korrelyatsiyalar turli farqlanish belgilariga asoslanib aniqlanadi. Undosh fonemalar artikulyatsiya o‗rni va to‗siqning hosil bo‗lishiga ko‗ra labial-til oldi, labial-til o‗rta, labial-til orqa, labial-bo‗g‗iz, til oldi-bo‗g‗iz, til orqa- bo‗g‗iz oppozitsiyalarni tashkil etadi. Lekin til oldi qatorida tish (dorsal) s, z, t, d va tanglay (alveolyar) sh, j undoshlari borligi ularda dorsal-alveolyar oppozitsiyasini keltirib chiqaradi. Til orqa va chuqur til orqa q, g‗, x undoshlari borligi esa, velyar k, g va uvulyar q, g‗, x farqlanish belgilari bilan velyar-uvulyar (yoki velyar-velyar emas, uvulyar-uvulyar emas) oppozitsiyasini ko‗rsatishni taqozo qiladi. Artikulyatsiya usuli va to‗siqning hosil bo‗lishiga ko‗ra, portlovchi- sirg‗aluvchi, portlovchi-affrikat, sirg‗aluvchi-affrikat, sonant-sonant emas (portlovchi, sirg‗aluvchi), sonantlar ichida esa, og‗iz (shovqinli) sonanti-burun sonanti v-m, l-n, r-n, yon sonant-titroq sonant l-r oppozitsiyalari mavjud. Oxirgi oppozitsiya ko‗pgina tillardagi kabi yakkalangan, ya‘ni faqat bir dona ekanligi o‗zbek tilida ham aniqlandi. O‗zbek tili konsonantizm sistemasidagi fonemalarning deyarli yarmi «markaz»da joylashgan til oldi undoshlaridir. Lab, chuqur til orqa, bo‗g‗iz undoshlari hamda til o‗rta undoshi p, b, f, v, m, y, q, x, g‗ «periferiya»da hisoblanadi. «Markaz» dagi fonemalarning boshqa fonemalar bilan oppozitsiyaga kira olishi, ya‘ni integrativ kuchi va valentligi ancha yuqori hisoblanadi. Shu sababli, fonologik oppozitsiyalarning ko‗pchiligi ana shu nuqtada hosil bo‗ladi. O‗zbek adabiy tili vokalizmi uchun tilning gorizontal holatiga ko‗ra belgilar, ya‘ni til oldi — til orqa bo‗lishi fonologik jihatdan ahamiyatsiz hisoblanadi. Chunki unlilarning talaffuzi til oldi undoshlaridan keyin til oldi, til orqa undoshlaridan keyin til orqa bo‗lishi, ya‘ni o‗zgaruvchanligi qator belgisining fonologik emasligini ta‘minlaydi. Lekin o‗zbek adabiy tili unlilari hamma 82
o‗rinlarda lablanganlik va lablanmaganlik belgilarini saqlab qoladilar. Bundan tashqari, o‗zbek adabiy tili unlilari yuqori, o‗rta va quyi ko‗tarilishga ega bo‗lib, tilning vertikal holati biroz pasayishi bilan fonologik jihatdan farqlanmasdan qolmaydilar. Demak, lablanmagan-lablangan va tilning ko‗tarilish belgilari o‗zbek adabiy tili unlilari uchun fonologik farq-lanish belgilari hisoblanadi: i-u, ye-o‗, a-o — lablanmagan-lablangan; i - ye, i - a, u - u, u - o, o‗ - o — tilning ko‗tarilishi bo‗yicha, yuqori — o‗rta, yuqori — quyi, o‗rta — quyi oppozitsiyalari mavjud. O‗zbek tilida undosh fonemalar soni (25 ta) unli fonemalar soniga (6 ta) qaraganda to‗rt marta ortiq. Shu sababli, undoshlar unlilarga qaraganda ancha ko‗proq qo‗llanadi va ularning farqlanish kuchi va fonologik oppozitsiyalarning, funksional xizmati ham ancha ortiq. Binobarin, o‗zbek adabiy tilida undoshlar unlilarga qaraganda ko‗proq informatsion va farqlanish belgilariga egadir.
1. Fonologik sathda invariantni belgilashda fonologik birlik-larning funksional tomoniga – ma‘no farqlash xususiyatiga e‘tibor berilishi fonema belgilarini asosiy, differensial va qo‗shimcha, nodifferensial belgilarga ajratishga zaruriyat tug‗diradi. 2. O‗zbek tili unli fonemalari uchun og‗izning ochilish darajasi va labning ishtiroki asosiy, differensial; qator belgisi va miqdoriy belgilari esa qo‗shimcha, nodifferensial belgi sanaladi. Bu belgilar hozirgi o‗zbek tili uchun eski o‗zbek tili fonologik sistemasidagi qator belgisi bo‗yicha zidlanishning reliktidir. 3. Unli fonemalarda invariant-variant munosabatini belgilashda hozirgi tilshunoslikda Boduen de Kurtene va uning shogirdlariga nisbat berilsa ham, aslida sharq tilshunosligida, jumladan, o‗zbek tilshunosligida bir necha yuz yillar ilgari ma‘lum bo‗lgan. Mahmud Qoshg‗ariy, Mahmud Zamahshariy, Alisher Navoiylar fonema terminini qo‗llamagan bo‗lsalar ham, tovush tizimidagi umumiy birliklar va ularning nutq jarayonidagi turlicha jilo bilan ko‗rinishi haqida qimmatli fikrlar bildirganlar. Demak, tildagi invariant-variant munosabatini belgilash o‗zbek tilshunosligida o‗zining uzoq an‘anasiga ega. Natijada invariant va uning variantlarini belgilash mezonlari Yevropa tilshunosligi orqali kirib kela boshladi. 4. O‗zbek adabiy tilining unli fonemalar sistemasini belgilamoq va uning turli variantlar orqali namoyon bo‗lishini aniqlamoq uchun, eng avvalo, o‗zbek 83
orfoepik me‘yorini belgilamoq va unlilarning fonologik qimmatini belgilashda shu me‘yorga asoslanmoq lozim. 5. Undosh fonemalar invariant sifatida ijtimoiy-ruhiy, umumiylik xususiyatiga ega bo‗lgan mohiyatdir. U bevosita kuzatishda nutq zanjirida bir qancha variantlar orqali ro‗yobga chiqadi.
84
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият. 2008 й. 2. Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. Тошкент: Ўкитувчи, 1992. 3. Абдуазизов А.А. Суперсегмент фонология методлари. 4. Абдуллаев Ғ., Фалсафанинг тарихий ривожланиш босқичлари. Андижон., 1996 й. 5. Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -Тошкент: Фан,1967. 6. Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент, 1983 7. Аванесов Р.И. Кратчайшая звуковая единица в составе слова и морфемы// История... языкознания. Хрестоматия. М.: Высшая школа, 1988. 8. Амирова Т.А., Ольховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории лингвистики. 1975. 9. Афзалов Ш. Ўзбек тилининг паркент шеваси. Ўзбек диалектологиясидан материаллар. Т.И. Тошкент:Ўзб.ССР ФА нашриѐти, 1957. 10. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. М., 1966. 11. Баскаков Н.А., Содиков А.С, Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. Тошкент: Ўкитувчи, 1979. 12. Берѐзин Ф.М., Головин Б.Н. Общее языкознание. М.: Просвещение, 1979. 13. Блумфилд Л. Язык. М., 1968 (Ингл. тилидаги нашри -1933) 14. Бодуэн де Куртенэ И.А. Опыт теории фонетических альтернаций. Избранные труды по общему языкознанию. М.,1963. Т.1. 15. Бодуэн де Куртенэ И.А. Введение в языкознание. Избранные труды по общему языкознанию, М., 1963. Т.2. 16. Бодуэн де Куртенэ И.А. Фонема. Избранные труды по общему языкознанию, М., 1963. Т.1. 17. Гуннар Скирбекк, Нилс Гилье, Фалсафа тарихи (таржима), 2002 й 18. Ельмслев Л. Метод структурного анализа в лингвистике // Звегинцев В.А. История языкознания ХIХ и ХХ веков в очерках и извлечениях. Часть II. 19. Жамолҳонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўз.Р.Фанлар академияси ―Фан‖ нашриѐти 2009 й.
85
20. Жамолхонов Ҳ., Ҳозирги ўзбек адабий тили, Тошкент, ―Талқин - 2005‖. 21. Журавлев В.К. Диахроническая фонология. М.: Наука. 1986. 22. Журавлев В.К. Диахроническая фонология. М.:Наука, 1986. 23. Звегинцев В.Л. История языкознания ХИХ и ХХ веков в очерках и извлечениях. Часть И.М., 1960. 24. Матусевич М.И. Современный русский язык . Фонетика. М.: Просвещение, 1976. 25. Набиева Д. Ўзбек тилининг турли сатҳларида умумийлик-хусусийлик диалектикасининг намоѐн бўлиши. Т.: 2005й. 26. Нурмонов А. Лингвистик белги назарияси. ―Фан‖ нашриѐти, 2008 й. 27. Нурмонов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. 28. Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси. Т.: ―Фан‖. 2008й. 29. Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. Тошкент: 1996 й.
30. Поливанов Е. Д. Лекции по введению в языкознание и общей фонетике // История... языкознания. Хрестоматия М.: Высшая школа , 1988. 31. Реформатский А.А. Из истории отечественной фоонологии. М., 1970. 32. Решетов В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси. Тошкент, 1962. 33. Решетов В.В. Узбекский язык.И.Фонетика.-Тошкент:Учпедгаз,1959. 34. Сепир Э. Язык. Введение в изучение речи. М.-Л., 1934 (Ингл. тилидаги нашри - 1921) 35. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т.: ―Ўқитувчи‖. 1981й. 36. Степанов Ю.С. Основы общего языкознания. М.: Просвещение, 1975. 37. Тенишев Э.Р. Саларский язык. М: Вост.литер., 1963. 38. Трубецкой Н.С. Основы фонологии (русск. пер.) М., 1969. 39. Худойбердиев Р.Э. ва б.,Одам анатомияси, Тошкент, Ибн Сино нашриѐти. 40. Хэррис 3.C. Метод в структуральной лингвистике // В.А.Звегинцев. История языкознания ХIХ и ХХ веков в очерках и извлечениях. Часть II. М., 1960. С. 86
41. Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожисв А., Расулов И., Дониѐров Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. 1-қисм. Тошкент: Ўқитувчи, 1980. 42. Шчербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука. 1970.
43. Щерба Л.В. Очередные проблемы языкознания. Изв. Академии Наук, ОЛЯ, 1945. Т.4, Вып. 5. 44. Щерба Л.В. Русские гласные в качественном и количестветном отношении. - С.-Петербургь:,1912. 45. Щерба Л.В. Фонетика французского языка. Часть 1-теоретическая. Глава 1. Введение. В. Что такое звук речи? // История ... языкознания. Хрестоматия. М.: Высшая школа, 1988. 46. Якобсон П.О., Фант Г.М., Халле М. Введение в анализ речи // Новое в лингвистике. Вып. И. 1962. 47. Ғуломов Ҳ. Ўзбек тилининг Жиззах шеваси. Ўзбек диалектологиясидан материаллар.Т.1.Тошкент:Ўзб.ССР ФА нашриѐти, 1957.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling