O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana19.05.2020
Hajmi0.96 Mb.
#108026
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fonetik sath birliklari


Birinchi  davrda  fonema  va  tovush,  ba‘zan  harflar  o‗rtasidagi  farq  aniq 

ko‗rsatilmay,  tovushlarning  talaffuzi  so‗zlardagi  u  yoki  bu  holatda  etimologik 

o‗zgarishlarga uchrashiga ko‗proq e‘tibor berilgan. 

                                                 

1

 Реформатский А.А. Из истории отечественной фоонологии. М., 1970. С. 116-118 



2

  Шоабдураҳмонов  Ш.,  Асқарова  М.,  Ҳожисв  А.,  Расулов  И.,  Дониѐров  X.  Ҳозирги  ўзбек  адабий  тили.  1-қисм.  Тошкент:  Ўқитувчи, 

1980. 36-37-бетлар.

 


 

52 


Ikkinchi  davrda  fonema  va  tovush  munosabati  izchil  farqlandi,  fonetika  va 

fonologiyaning  tekshirish  ob‘ekti  alohida  bo‗lishi  ta‘kidlandi,  fonema  haqida 

lingvistik maktablar shakllandi. 

I. «Fonema» atamasi va tushunchasiga chuqur asos solgan olim I. A. Boduen 

de  Kurtenedir.  Hozirgi  zamon  tilshunosligida  mavjud  bo‗lgan  fonologiya 

nazariyalari  ham  (ular  bizning  hisobimizda  14ta)  zabardast  olim  Boduenning 

yaratgan poydevoriga suyanadi. 

I.A.  Boduen  de  Kurtenening  fonema  haqidagi  qarashlarini  quyidagicha 

umumlashtirish mumkin: 

1.  I.A.  Boduen  de  Kurtenening  fonemaga  oid  dastlabki  qarashlarida 

tovushlarning o‗zaro aloqalari va munosabatlari birinchi o‗ringa qo‗yilgan.  

2.  XIX  asrning  90  -  yillaridan  boshlab  olim  fonemaga  nutq  materialida 

bevosita  kuzatib  bo‗lmaydigan  hodisa  sifatida  qarab,  uni  psixologik  jarayon 

mahsuli sifatida baholaydi. 

3. I.A. Boduen de Kurtenening fikricha, tilning sistema sifatida o‗rganilishi 

qiyosiy-tarixiy metodga emas, statik (tavsifiy) metodga asoslanishi kerak.

1

 

4. I.A. Boduen de Kurtene jonli tillarni va tovushlar fiziologiyasini o‗rganish 



jarayonida nutq tovushlarining ikki xil belgisi – ma‘noni farqlaydigan va ma‘noni 

farqlamaydigan  belgilari  borligini  aniqlagan.  Keyinroq    bu  belgilar  fonologiyada 

differensial va integral belgilar nomini olgan. 

5.  I.A.  Boduen  de  Kurtenening  fonema  tushunchasini  kashf  etishi, 

fonemadagi  konstitutiv  (farqlovchi)  belgilarni  aniqlashi  tilshunoslikda  buyuk 

kashfiyotlar bo‗ldi. Unda olimning fonemaga oid quyidagi qarashlari o‗z ifodasini 

topgan: 

a) fonema – mavhum hodisa, ilmiy abstraksiya mahsuli; 

b)  fonema  til  sistemasi  tarkibida  relyatsion  qiymatga  ega,  shunga  ko‗ra  u 

tilning strukturaviy elementi deb qaralishi kerak; 

v) fonemalar morfemalar bilan bog‗lab qaralishi lozim, chunki ular jonli til 

elementlari,  masalan,  semasiologik  va  morfologik  darajadagi  birliklar  – 

                                                 

1

 Амирова Т.А.,  Ольховиков Б.А.,   Рождественский Ю.В. Очерки по истории лингвистики. 1975. С. 483. 



 

 

53 


morfemalar  tarkibidagina  lisoniy  qiymatga  ega  bo‗ladi  va  lisoniy  birlik  deb 

qaraladi; 

g)  fonema  morfemaning  harakatchan  komponenti  va  ma‘lum  morfologik 

kategoriya  belgisi  sifatida  fonologiya  bilan  morfologiya  o‗rtasidagi  bog‗lovchi 

zveno  sanaladi.  I.A.  Boduen  de  Kurtenening  bu  fikri  uning  til  sistemasidagi  quyi 

(fonologik)  va  yuqori  (morfologik)  bosqichlar  o‗rtasida  aloqa  borligiga,  bunday 

aloqalar  mexanizmini  aniqlashga  jiddiy  e‘tibor  berganligini  ko‗rsatadi.  Ayni  shu 

qarashlar  keyinchalik  tilshunoslikda  fonologiya  bilan  morfologiya  o‗rtasida  yana 

bir bosqich - morfonologiya bor degan g‗oyaning yuzaga kelishiga asos bo‗lgan. 

6. I.A. Boduen de Kurtenening ilg‗or g‗oyalari uning shogirdlari G.Ulashin, 

T.  Benni,  V.  Doroshevskiy,  Ye.D.  Polivanov,  L.V.  Shcherba  ishlarida  yanada 

ko‗proq  rivojlantirildi  va  fonologiya  ilmining  hozirgi  darajaga  erishuvida  muhim 

omil bo‗lib xizmat qilib kelmoqda.

1

 



II. L.V. Shcherba I.A.Boduen de Kurtenening iste‘dodli shogirdlaridan biri 

edi.  U  o‗zining  1912  yilda  nashr  qilingan  "Sifat  va  miqdor  nuqtai  nazaridan  rus 

unlilari"  nomli  asarida  fonemani  "bizning  psixik  faoliyatimiz  mahsuli..."  deb 

ta‘riflagan.

2

  

Fonemaning  funksional  mohiyati  haqidagi  qarashlar  L.V.  Shcherbaning 



"Fransuz  tili  fonetikasi"  (1937)  va  "Tilshunoslikning  navbatdagi  muammolari" 

(1945)  nomli  asarlarida  yanada  rivojlantirildi.  Nutq  tovushlari  tavsifiga  u  uch  xil 

nuqtai  nazardan  yondashadi:  1)  fizik  tabiatiga  ko‗ra  (L.V.  Shcherba  uni  nutq 

tovushiking  fizik  aspekti  deb  nomlaydi);  2)  biologik  asosiga  ko‗ra  (L.V. 

Shcherbada  -  biologik  aspekt);  3)  lingvistik  yoki  ijtimoiy  moxiyatiga  ko‗ra  (L.V. 

Shcherbada  –  lingvistik  aspekt).  Bu  aspektlarning  uchinchisini  L.V.  Shcherba  til 

uchun eng muhim jihat deb qaraydi.

1

 



Akad.  L.V.  Shcherbaning  fonetika  va  fonologiyaga,  uning  asosiy  birligi 

bo‗lgan  fonemaga  oid  qarashlari  va  g‗oyalarini  quyidagi  tarzda  umumlashtirish 

mumkin: 

                                                 

1

 

Жамолҳонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўз.Р.Фанлар академияси ―Фан‖ нашриѐти 2009 й. 



2

 

Щерба Л.В. Русское гласные вы качественном и количестветном отношении. - С.-Петербургь:,1912.С. 15.



 

1

 



Щерба Л.В. Фонетика французского языка. Часть 1-теоретическая. Глава 1. Введение. В. Что такое звук речи? // История ... 

языкознания.     Хрестоматия. М.: Высшая школа, 1988. С. 185 - 188.

 


 

54 


1) fonetikani fonologiyadan ajratib bo‗lmaydi. Ular bir fanning ikki (kuyi va 

yuqori) bosqichlaridir; 

2) fonetika morfologiyaning tarkibiy qismi emas, u alohida mustaqil fan; 

3) fonema tilning eng kichik birligidir, u talaffuz oqimidan ajratib olinadi; 

4) fonemalarning ma‘no farqlash vazifasi bor; 

5) fonema nutqda o‗z ottenkalari shaklida namoyon bo‗ladi; 

6) 

fonemaning 



differensial 

belgilari 

mavjud 

bo‗lib, 


bu 

belgilar 

artikulyatsiyaga oid terminlar bilan nomlanadi; 

7) fonemalar qarama-qarshiliklar birligidan iborat sistemaga birlashadi. 

L.V. Shcherbaning fonetika va fonologiyaga oid g‗oyalari Leningrad (hozirgi 

S.-Peterburg) fonologiya maktabining tarkib topishiga asos bo‗lgan. 



III. 

Prof.  B.D.  Polivanov  I.A.  Boduen  de  Kurtenening  g‗oyalariga 

hamohang  fikr  bildirgan  tilshunoslardan  biridir.  U  o‗zining  1915-1916  yillarda 

o‗qigan  va  1923  yilda  "Tilshunoslikka  kirish  va  umumiy  fonetika  bo‗yicha 

ma‘ruzalar" ("Leksii po vvedeniyu v yazыkoznanie i obщey fonetike") nomi bilan 

nashr  qilingan  nazariy  kursida  quyidagilarni  ta‘kidlaydi:  "Shuni  nazarda  tutish 

kerakki,  birinchidan,  tovushlar  o‗rtasidagi  barcha  fiziologik  va  fizik  tafovutlar 

(tovush  hosil  qilishda  sodir  bo‗ladigan  harakatlar  va  tovushlarning  akustik 

tarkibidagi  farqlar)  tilning  aloqa-muomala  vositasi  sifatidagi  faoliyatida  bir  xil 

qiymatga  ega  emas,  ikkinchidan,  ikki  tovush  o‗rtasidagi  muayyan  tafovutlarning 

turli  tillardagi  qiymati,  ya‘ni  lisoniy    tafakkurning  tovushdagi  biror  sifatiga 

bo‗lgan munosabati turlicha bo‗lishi mumkin ".

1

  

Ye.D.  Polivanovning  fonologiyadagi  xizmatlaridan  biri  shuki,  u  fonologik 

tizimning  tarixiy  taraqkiyotida  sodir  bo‗ladigan  divergensiya  (bir  fonemaning 

ikkiga  parchalanishi)  va  konvergensiya  (ikki  fonemaning  bir  fonema  holiga 

kelishi) nazariyalarini ishlab chikdi. 

Yuqoridagi  ma‘lumotlardan  ko‗rinadiki,  Ye.D.  Polivanov  fonemani  so‗zning 

morfologik  tarkibi  sifatida  qaragan,  bu  hol  uni  keyinrok  yuzaga  kelgan  Moskva 

fonologiya maktabining ilk namoyandalaridan biri deb qarashga asos bo‗ladi. 

                                                 

1

 

Поливанов  Е. Д.   Лекции по введению в языкознание и общей фонетике // История...  языкознания. Хрестоматия М.: Высшая школа , 



1988. С. 178.

 


 

55 


IV. 

Leningrad  (xozirgi  S.  -  Peterburg)  fonologiya  maktabi,  yuqorida 

qayd  etilganidek,  akad.  L.V.  Shcherba  g‗oyalariga  tayanadi.  Bu  maktab  vakillari 

orasida  XX  asr  tilshunosligining  yirik  namoyandalari  bor:  M.I.  Matusevich,  L.R. 

Zinder, A.N. Gvozdev, Ya.V. Loya va boshqalar shular jumlasidandir. 

Leningrad fonologiya  maktabi nazariyasida fonemaga oid quyidagi qarashlar 

tayanch g‗oyalar tarzida ta‘kidlanadi: 



1.  Fonemalarning  so‗zlarni  va  so‗z  shakllarini  farqlash  vazifalari  bor.  2. 

Fonema turli ottenkalar majmuidan iborat tovush tipidir.  

3. Fonema nutq oqimining bo‗linmas birligidir.  

4. Fonemalar tarkibi tarixan o‗zgarib turadi. 

1

 



5. Nutqning fonemalarga bo‗linishi.  

6. So‗zlarning minimal juftliklari.  

7. Fonemalar bir-biriga qarama-qarshi qo‗yiladi.  

8. Fonemalar sistemasi.  

9. Boshqa tillardan o‗zlashtirilgan so‗zlar muayyan til fonemalari tarkibining 

rivojiga ta‘sir o‗tkazishi mumkin.  

Yuqorida  ko‗rsatib  o‗tilgan  belgilar  xisobga  olinib,  Leningrad  fonologiya 

maktabida  fonemaga  quyidagicha  ta‘rif  beriladi:  tarixan  tarkib  topgan,  nutq 

oqimida  boshqa  bo‗laklarga  parchalanmaydigan,  fonologik  tizimda  bir-biriga 

qarama-qarshi  qo‗yiladigan,  mustaqil  ahamiyatga  ega  bo‗lishi  mumkin  bo‗lgan, 

so‗z  yoki  grammatik  formalarning  tovush  tarkibiga  kirib,  ularni  o‗zaro  farqlash 

imkonini beradigan til birligi fonema deyiladi. Nutqdagi turli fonetik pozitsiyalarda 

fonemaning turli ottenkalari qatnashadi.

2

 

V. 



Moskva  fonologiya  maktabida  fonema  nazariyasi  XX  asrning  20-

yillari  o‗rtasida  Moskva  fonologiya  maktabi  nomi  bilan  shakllanadi.  Bu  maktab 

vakillari  S.-Peterburg  (sobiq  Leningrad)  maktabi  vakillaridan  farqli  ravishda 

fonemaga morfologik nuqtai nazardan yondashadilar.  

                                                 

1

 



Матусевич М.И. Юқоридаги асар. 37-бет.

 

2



 

Матусевич М.И. Соременный русский язык. Фонетика. М.: Просвещение, 1976, С. 32-41.

 


 

56 


Moskva  fonologiya  maktabi  Nikolay  Feofanovich  Yakovlev  (1892-1974), 

Ruben  Ivanovich  Avanesov  (1902-1982)  va  Vladimir  Nikolaevich  Sidorov 

(1903-1968),  Sergey  Ignatevich  Bernshteyn  (1892-1970),  Petr  Savvich 



Kuznetsovdir  (1899-1968),  Aleksandr  Aleksandrovich  Reformatskiy  (1900-

1978) kabi olimlarning tadqiqotlari asosida shakllangan.

2

 

 



Moskva fonologiya maktabining asosiy qarashlari quyidagilar: 

1.  Moskva  fonologiya  maktabida  fonema  nazariyasining  asosini  fonemaning 

morfemik aspekti tashkil qiladi. Bu maktab vakillarining fikricha, fonema ma‘lum 

darajada mustaqil bo‗lgan, demak, so‗z va morfemaning tovush qobig‗iga bog‗liq 

bo‗lmagan  birlik  emas,  balki  so‗z  va  morfemaning  tarkibiy  elementidir.

3

  Demak, 



bu  masalada  Moskva  fonologlari  I.A.  Boduen  de  Kurtenening  fonemaga 

morfologik birlik  sifatida qarashiga tayanishadi.  



2. Kuchli pozitsiyada fonema o‗zining asosiy ko‗rinishini maksimal saqlaydi 

va shu ko‗rinishida u boshqa fonemaga qarama-qarshi qo‗yiladi. 



Kuchsiz  pozitsiyada  fonemaning  asosiy  ko‗rinishi  o‗zgaradi.  Masalan,  unli 

fonemaning  urg‗uli  bo‗g‗inda  bo‗lishi  shu  unli  uchun  kuchli  pozitsiya  (sad,  raz, 



mal  kabi  so‗zlar  tarkibida),  urg‗usiz  bo‗g‗inda  bo‗lishi  esa,  kuchsiz  pozitsiya 

(sama,  sadы‘,  malы‘  kabi  so‗z  formalari  tarkibida)  sanaladi.  Kuchsiz  pozitsiyada 

unli o‗zgaradi: s۸ma, s۸dы, 



M

۸

LЫ  

kabi. 

Undosh  fonemalar  uchun  kuchli  pozitsiya  ularning  unlidan  oldin  kelishi 



(vodá,  bedá  kabi),  kuchsiz  pozitsiya  esa  so‗z  oxirida  yoki  jarangsiz  undoshlar 

oldida bo‗lishidir: kot va kod (talaffuzda ikkalasi ham kot), glas va glaz (talaffuzda 

ikkalasi ham glas) kabi. 

3.  Pozitsiya  tushunchasi  bilan  Moskva  fonologiya  maktabida  variatsiya  va 

variant gushunchalari ham bog‗lanadi. Masalan, mat, mat, myat, myat so‗zlaridagi 

"a"  ning  ottenkalari  shu  fonemaning  variatsiyalari  bo‗ladi  (perseptiv  jihatdan 

kuchsiz  pozitsiya  natijasi  sifatida);  prud  va  prut  so‗zlari  oxiridagi  "d"  va  "t"  esa 

                                                 

2

 

Жамолҳонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўз.Р.Фанлар академияси ―Фан‖ нашриѐти 2009 й.



 

3

 



Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси. Т.: ―Фан‖. 2008й. 

 

57 


fonema  variantlari  sanaladi  (signifikativ  jihatdan  kuchsiz  pozitsiya  natijasi 

sifatida), shuningdek, soma va samá, lesá va lisá so‗zlarining birinchi bo‗g‗inidagi 

unlilar ham fonema variantlaridir. Variatsiyalar bir fonemaga, variantlar esa ikkita 

har xil fonemaga tegishlidir. 

4.  Ikki  fonema  o‗rtasidagi  differensial  belgilarning  kuchsiz  pozitsiyada 

yo‗qolishi  Moskva  fonologiya  maktabi  nazariyasiga  ko‗ra  neytralizatsiya 

(mo‗‘tadillashuv)  sanaladi.  Neytralizatsiya,  asosan,  bir  belgi  bilan  farqlangan 

fonemalarda sodir bo‗ladi: plod va plot (talaffuzda plot va plot) kabi. 

5.  Fonemalar  tilda  fonologik  sistemalarga  uyushadi,  bu  sistemada  ular  turli 

zidlanishlar (oppozitsiyalar) munosabatida bo‗ladi. 

6. 

"Fonema 


varianti" 

tushunchasi 

Moskva 

fonologiya 



maktabida 

"giperfonema"  tushunchasi  bilan  ham  bog‗lanadi.  Masalan:  somá  va  samá 

(talaffuzda:  samá  va  samá).  Giperfonema:  a  /  o;  lesá  va  lisá  (talaffuzda:  lisá    va 

lisá). Giperfonema: ye / i  kabi. 

VI. Praga tilshunoslik to‗garagida tilning tovush tomoniga oid qarashlar: 

  Fonologiyaning  ilmiy  predmet  sifatida  shakllanishida  Praga  tilshunoslik 

to‗garagi  nomi  bilan  ma‘lum  bo‗lgan  funksional  tilshunoslik  maktabining  o‗rni 

kattadir.  Bu  maktab  1926-1952  yillar  orasida  faoliyat  ko‗rsatgan.  Uning  vakillari 

qatorida  chex  olimlari  V.  Matezius,  B.  Trnka,  B.  Gavranek,  I.  Vaxek,  Ya. 

Mukarjovskiy,  V.  Skalichka,  Y.  Korjinek,  rus  olimlari  N.S.  Trubetskoy,  P.O. 

Yakobson,  S.O.  Karsevskiy  va  boshqalar  bo‗lgan.  Mazkur  maktab  vakillarining 

asosiy  nazariy  qarashlari  "Praga  tilshunoslik  to‗garagi  tezislari"da  (1929  y.), 

shuningdek qator maqolalarda o‗z ifodasini topgan.  Bunga ko‗ra fonologiyada til 

tovushlarining 

akustik 

obrazlariga, 

ularning 

sistema 


ichidagi 

aloqa-


munosabatlariga,  demak,  funksional  sistema  elementi  sifatidagi  tavsifiga  alohida 

e‘tibor  qaratilishi  ktrak.

1

  Shundan  kelib  chiqib,  fonologiyaning  vazifa  doirasi 



quyidagicha belgilanadi: 

a)  eng  oddiy  va  ahamiyatli  akustik-artikulyatsion  obrazlarni  (fonemalarni), 

ular o‗rtasidagi aloqa-munosabatlarni aniqlash orqali muayyan tilning strukturaviy 

                                                 

1

 

Тезисы   Пражского лингвистического кружка // Звегинцев В.А. История языкознания XIX и XX веков в очерках и извлечениях. Часть 



II. М: Учпедгиз, 1960. С. 72-73.

 


 

58 


sxemasini  belgilash.  Bunda,  xususan,  fonologik  korrelyatsiyalarga  alohida  e‘tibor 

berish talab qilinadi; 

b)  muayyan  tildagi  fonemalarning  birikish  imkoniyatlarini,  shuningdek, 

fonema variatsiyalarining guruhlanishi va tarqalish darajasini aniqlash; 

v)  muayyan  tildagi  fonemalarning  ko‗llanish  darajasini,  ularning  funksional 

jihatlarini o‗rganish.

2

 

VII. 



N.S. Trubetskoyning fonologik nazariyasi.  

  Nikolay  Sergeevich  Trubetskoy  o‗zining  nemis  tilida  yozilgan  va  1960 

yilda  rus  tiliga  tarjima  qilingan  "Fonologiya  asoslari"  kitobida  fonologiya 

nazariyasini  qarama-qarshiliklar  birligi  dialektikasi  asosida  shakllantirgan.  Bu 

nazariyaga  ko‗ra,  fonologik  sistemada  asosiy  rolni  fonemalar  emas,  ma‘no 

farqlovchi oppozitsiyalar bajaradi: oppozitsiyalar sistema tarkibida ma‘lum tartib 

va  struktura  holatida  (aloqalar  va  bog‗lanishlar  munosabatida)  bo‗lib, 

fonemalarning  fonologik  mohiyat  kasb  etishiga  sharoit  yaratadi.

1

  Shu  g‗oyaga 

tayanib  N.S.Trubetskoy  fonologik  oppozitsiyalarning  uch  prinsipga  asoslangan 

quyidagi  tasnifini  ishlab  chiqadi:  1)oppozitsiya  bilan  oppozitsiyalar  sistemasi 



o‗rtasidagi  munosabatga  ko‗ra:  bir  o‗lchovli,  ko‗p  o‗lchovli,  proporsional  va 

yakkalangan oppozitsiyalar; 2)oppozitsiya a‘zolari o‗rtasidagi munosabatga ko‗ra: 

privativ,  gradual  va  ekvipolent  oppozitsiyalar;  3)oppozitsiya  a‘zolarining  ma‘no 

ajratish  kuchiga  va  shu  a‘zolarning  turli  pozitsiyadagi  xizmatiga  ko‗ra:  doimiy 

oppozitsiyalar va neytrallashuvchi oppozitsiyalar.  

N.S.Trubetskoyning  bu  tasnifi  va  unga  asos  bo‗lgan  oppozitsiyalar  metodi 

o‗zbek tiliga dastlab prof. A. Abduazizov tomonidan tatbiq etilgan.

2

  

  N.S.  Trubetskoy  nazariyasining  yana  bir  muhim  jihati  shundaki,  unda 



fonema  bilan  tovush  (aniq  fizik  birlik)  o‗rtasidagi  aloqadorlik  ham  o‗z  ifodasini 

topgan.  N.S.  Trubetskoyning  ta‘kidlashicha,  oppozitsiya  a‘zosi  sifatidagi  fonema 

aniq tovushga teng emas, chunki tovushlar fonemalarning moddiy ramzlari, xolos. 

Fonema  turli  pozitsiyada  ana  shu  tovushlardan  biri  shaklida  reallashadi.  Bunday 

                                                 

2

 



Жамолҳонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўз.Р.Фанлар академияси ―Фан‖ нашриѐти 2009 й.

 

1



 

Трубецкой Н.С. Основы фонологии. С.74. М., 1960.

 

2

 Баскаков Н.А., Содиқов А.С. Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик.. Тошкент: Ўкитувчи, 1979. 41-61-бетлар. Яна: Абдуазизов А. 



Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. Тошкент: Ўкитувчи, 1992. 29-35-бетлар.

 


 

59 


tovushlarni  u  fonema  variantlari  deb  nomlaydi.  Uningcha:  a)  ikki  tovush  bir  xil 

pozitsiyada qo‗llanib, so‗z ma‘nosini o‗zgartirmasa, ular bir fonemaning fakultativ 



variantlari sanaladi.

1

  



  N.S. Trubetskoy bir mustaqil fonemani va fonemalar birikmasini aniqlash 

bo‗yicha ham qator qoidalarni bergan. Ulardan muhimlari quyidagilar: 

1)      ikki  tovush  birikmasining  komponentlari  ikki  bo‗g‗inga  aloqador 

bo‗lmasa (ikki bo‗g‗inga ajralmasa), bunday birikma yaxlit bir fonema sanaladi. 

 2)    tovushlar  guruhini  birgalikda  artikulyatsiya  qilish  mumkin  bo‗lsa  va 

talaffuz davomida asta-sekin susayish yoki qisqarish ro‗y bersa, bunday tovushlar 

guruhi bir mustaqil fonema sanaladi.  

3)      cho‗ziqligi  o‗sha  tildagi  boshqa  fonemalarning  cho‗ziqligiga  to‗g‗ri 

kelgan tovush birikmalari bir fonemaning vakili sifatida qaralishi mumkin; 

4)  to‗rtinchi  qoida  yuqoridagi  uch  qoidani  o‗z  ichiga  oladi  va  muayyan 

fonemalar  uchragan  holatda  boshqa  fonemalar  birikmasi  uchramasligini  nazarda 

tutadi.  

5)  oddiy fonemalar mustaqil fonemalardir; 

6)  birikmali  fonemaning  (masalan,  diftongning)  biror  elementi  boshqa 

fonemaning  kombinator  variantiga  to‗g‗ri  kelsa,  bunday  birikma  ma‘lum 

fonemaning vakili deb qaralishi mumkin.  

7)  bir tovush  yoki  tovushlar  birikmasi  yuqoridagi qoidalarga  bo‗ysunsa, ular 

bir-birlariga  nisbatan  fonemaning  fakultativ  yoki  kombinator  variantlari 

munosabatida  bo‗lsa,  bunda  o‗sha  tovushlar  guruhi  yoki  bir  tovush  o‗sha 

fonemalar birikmasining vakili bo‗ladi.

2

  

VIII.  Amerika deskriptiv tilshunosligida fonologiya nazariyasi.  



Amerika  deskriptiv  tilshunosligiga  E.  Sepir  (1884-1939)  va  L.  Blumfild 

(1887-1949) asos solishgan.

2

 

                                                 



1

 

Қаранг : Н.А. Баскаков, А.С. Содиков, А.А. Абдуазизов. Умумий тилшунослик. 37-бет.



 

2

 



Жамолҳонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўз.Р.Фанлар академияси ―Фан‖ нашриѐти 2009 й.

 

2



 

Сепир Э. Язык. Введение в изучение речи. М.-Л., 1934 (Ингл. тилидаги нашри - 1921). Блумфилд Л. Язык. М., 1968 (Ингл. тилидаги 

нашри -1933). Яна шу муаллиф: Ряд постулатов для науки о языке. // Звегинцев В.Л. История языкознания XIX и XX веков в очерках и 

извлечениях. Часть И.М., 1960. С. 144-151.

 


 

60 


Deskriptivistlar  tilni  nutqiy  ifodalar  majmui  tarzida  tasavvur  qilishgan, 

shuning uchun tadqiqotning ob‘ekti sifatida ana shu ifodalar majmuini tanlashgan. 

Ayni shu usul fonologik darajadagi ikki (yoki bir necha) element o‗rtasida uch xil 

tipdagi  aloqa-munosabatlar  mavjudligini  aniqlash  imkonini  bergan.  Bunday  tiplar 

tilshunoslikda distributsiya modellari (tavsiflash modellari) deb nomlangan. 


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling