O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana19.05.2020
Hajmi0.96 Mb.
#108026
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fonetik sath birliklari


Birinchi  modelda  ikki  (yoki  bir  necha)  element  bir  xil  qurshovda  o‗zaro 

zidlanish  munosabatida  bo‗lib,  ma‘nolarni  farqlash  imkonini  beradi.  Buni  o‗zbek 

tili  materiali  misolida  quyidagicha  izoxlash  mumkin:  oxir  va  og‗ir  so‗zlari 

o‗rtasidagi "x" va "g‗" tovushlari ikki unli orasida ( bir xil qurshovda) "jarangsiz va 

jarangli  undoshlar  zidlanishini  xosil  qilib,  shu  so‗zlarning  ma‘nolarini 

farqlamoqda, demak, ularni ("x" va "g" undoshlarini) yuqoridagi "birinchi model" 

elementlari deb hisoblash mumkin. 

Ikkinchi  modelda  tovushlar  ko‗shimcha  distributsiya  munosabatida  bo‗lib, 

ulardan biri o‗rnida ikkinchisini qo‗llab bo‗lmaydi. Mac., ko‗l (kөl) so‗zidagi sayoz 

til orqa "k" undoshidan so‗ng qo‗llangan old qator "ө" unlisini qo‗l (qol) so‗zidagi 

"q"  undoshidan  so‗ng  qo‗llab  bo‗lmaydi,  shunga  ko‗ra  qo‗shimcha  distributsiya 

munosabatida  bo‗lgan  "  ө  "  va  "o"  tovushlari  bir  fonemaning  variantlari 

(allofonlari) sanaladi, fonemaning o‗zi esa deskriptiv tilщunoslikda allofonlar sinfi 



(klass allofonov) deb qaraladi. 

Uchinchi  modelda  ikki  tovush  bir  xil  qurshovda  bir-birini  almashtira  oladi, 

ammo  bu  holat  so‗z  ma‘nosiga  ta‘sir  qilmaydi:  qarmoq  va  qalmoq  (r-l 

almashinuvi), ko‗ylak va ko‗ynak (l-n almashinuvi) kabi. Deskriptiv tilshunoslikda 

bunday  munosabat  erkin  almashinuv  (erkin  variatsiya  <  "svobodnoe 



varirovanie")deb,  Kopengagen  glossematikasida  esa  substitutsiya  deb  nomlanadi. 

Erkin  almashinuv  munosabatida  bo‗lgan  tovushlarni  Praga  tilshunoslik  to‗garagi 

vakili N.S.Trubetskoy fonemaning fakultativ varianti deb ham ataydi.

1

 



                                                 

1

 



Берѐзин Ф.М., Головин Б.Н. Общее языкознание. М.: Просвещение, 1979. С.330 - 331.

 


 

61 


Distributsiya modellarini aniqlashda qo‗llangan tavsifiy usullar tilshunoslikda 

distributsiya metodi deb nomlanadi.

1

 

IX. 



Kopengagen  struktural  tilshunosligi  maktabi  1931  yilda  struktural 

tilshunoslikning  daniyalik  vakillari  V.  Bryondal,  X.  Uldal  va  L.  Yelmslev 

tomonidan tashkil etilgan. Bu maktabning fonetika fonologiya haqidagi qarashlari 

L.Yelmslevning  "Til  nazariyasiga  oid  mulohazalar"  (1943)  "Tilshunoslikda 

struktural  tahlil  metodi"  (1950-1951),  "Til  va  nutq"  (1942),  V.  Bryondalning 

"Struktural tilshunoslik" (1939), X Uldalning "Glossematika asoslari" (1957) kabi 

ishlarida  va  bir  qator  maqolalarida  bayon  etilgan.  Xusasan,  fonema  belgining 

shunday  komponentiki,  u  o‗z  holicha  mazmunga  ega  emas,  ammo  mazmun  jihati 

bor bo‗lgan birliklarning, masalan, so‗zlarning tarkib topishida ishtirok etadi.

2

 



Kopengagen  tilshunosligi  nazariyasining  tovush  va  fonemaga  oid  qismini 

quyidagicha izoxlash mumkin: 

1.  Muayyan  tilda  tartiblashtirilgan  (sistemalashtirilgan)  tovushlar  zanjiri  shu 

tilning ifoda substansiyasi bo‗ladi. Fonema ana shu substansiya birligidir. 

2.  Fonema  belgining  (mas.,  so‗zning  yoki  morfemaning)  ifoda  jihatiga 

mansub figuradir. U belgining fonetik tarkibidagi eng kichik komponent sanaladi, 

bu komponent L. Yelmslev tomonidan taksema deb ham ataladi. 

3. Fonemaning mazmun plani yo‗q. U mazmun plani bor bo‗lgan birlik (ikki 

tomonlama  belgi)  tarkibidagina  lisoniy  qiymatga  ega.  Mas.,  ich  va  uch,  til  va  dil 

so‗zlarining  shakl  va  ma‘no  munosabatlari  shu  so‗zlar  tarkibidagi  i-u,  t-d 

tovushlari  almashinuviga  bog‗liq  bo‗lgani  kabi.  Demak,  fonemalar  belgilar 

sistemasiga belgining qismi sifatidagina kiradi. 

4.  Glossematika  nazariyasiga  ko‗ra  sistema  matn  tahlili  asosida  aniqlanadi. 

Bunday  tahlil  matnning  ichki  tuzilishida  butun-bo‗lak  munosabati  borligini 

ko‗rsatadi:  period  –  gap  –  so‗z  –  bo‗g‗in  –  fonema.  Demak,  fonema  bunday 

munosabatlar tizimidagi eng so‗nggi figura sanaladi.

1

 

                                                 



1

 Хэррис 3.C. Метод в структуральной лингвистике // В.А.Звегинцев. История языкознания  XIX и XX веков в очерках и извлечениях. 

Часть  II.  М.,  1960.  С. 153-171.  Яна  каранг:  Абдуазизов  А.А.  Фонологияда  дистрибутив  методнинг  қўлланилиши.  //  Баскаков  Н.А., 

Содиков А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. Тошкент.: Ўкитувчи,1979. 55-61-бетлар. 

2

 Ельмслев Л. Метод структурного анализа в лингвистике // Звегинцев В.А. История языкознания XIX и XX веков в очерках и 



извлечениях. Часть II. С.56. 

1

 



Жамолҳонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўз.Р.Фанлар академияси ―Фан‖ нашриѐти 2009 й. 51-бет.

 


 

62 


X.  S.I.  Bernshteynning  fonologik  nazariyasi.  Bu  nazariya  prof.  S.I. 

Bernshteynning  S.-Peterburg  va  Moskva  fonologlarining  fonemaga  oid 

qarashlarini  sintezlashtirish  g‗oyasiga  asoslanadi.  Uningcha,  fonema  muayyan  til 

(yoki  dialekt)  tarakqiyotining  hozirgi  paytiga  xos  artikulyatsion-akustik  va 

perseptiv  xususiyatlar  majmuidan  iborat  fonologik  birlikdir,  bunday  birliklar  turli 

pozitsiyalarda  yoki  har  xil  fonetik-  morfologik  holatlarda  bir-biriga  o‗xshamaydi, 

ammo  bir  xil  vazifani  bajaradi  –  so‗z  va  morfemalarni  farqlash  uchun  xizmat 

qiladi.  Shundan  so‗ng  S.I.  Bernshteyn  fonemalarni  bir  necha  darajali  turlarga 

bo‗ladi: 

1-darajali  fonemalar.  Ular  variantlarning  (1-darajali  divergentlar  yoki 

alternantlarning) yig‗indisidan tarkib topadi (F-1). Mas., prud va prudы so‗zlarida 

ikkita  fonema  -  (t)  va  (d),  prud  va  prut  so‗zlarida  esa  bitta  fonema  (t)  bor.  Bu 

tezisdagi  "1-darajali  fonema"  o‗z  moxiyatiga  ko‗ra  L.V.Shcherba  nazariyasidagi 

"fonema"ga va Moskva fonologiya nazariyasidagi "variant"ga to‗g‗ri keladi. 

2-darajali  fonemalar.  Fonemalarning  bu  turi  substitutlar  (2-darajali 

divergentlar  yoki  alternantlar)  yig‗indisidan  tarkib  topadi  (F-2).  Ular  I.A.Boduen 

de  Kurtene  ta‘rifidagi  "fonema"ga  va  Praga  funksional  tilshunosligi  ta‘rifidagi 

"arxifonema"ga to‗g‗ri keladi.

86

 

3-darajali  fonemalar.  Ular  transformantlar  (3-darajali  alternantlar) 



yig‗indisidan  tarkib  topadi.  Bu  fonemalar  talaffuzga  nisbatan  oliy  darajada 

mavhumlashgan tovushlardir: begu – bejat (g-j), mogu – mojesh (g-j), xodit – xoju 

(d-j)  kabi.  3-darajali  fonemalar  Praga  funksional  tilshunosligi  nazariyasidagi 

"morfonema"ga  to‗g‗ri  keladi.  Shunday  kilib,  S.I.  Bernshteyn  nazariyasidagi  1-

darajali  fonema  variatsiyalar  qatoridan  (yoki  1-darajali  alternantlar,  divergentlar 

qatoridan),  2-darajali  fonema  substitutsion  qatordan  (yoki  2-darajali  alternantlar, 

divergentlar qatoridan), 3-darajali fonema esa transformatsion qatordan (3-darajali 

alternantlar qatoridan) tarkib topadi. 



XI. 

Dixotomik  fonologiya  nazariyasi.  Bu  nazariya  jahon  tillarining 

barchasiga  tatbiq  etilishi  mumkin  bo‗lgan  universal  dixotomik  tasnif  prinsiplarini 

ishlab  chiqish  g‗oyasiga  asoslanadi.  Bunday  tasnif  usuli  dastlab  P.O.  Yakobson, 


 

63 


G.M.  Fant  va  M.  Xalle  tomonidan  ishlab  chiqilgan  bo‗lib,  unda  tovushlarning 

akustik va artikulyatsion jihatlariga asoslangan 12 nafar differensial (farqlanuvchi) 

belgisi  borligi  aniqlanadi,  shu  belgilar  asosida  zidlanishning  quyidagi  turlari 

yuzaga kelishi mumkinligi qayd etiladi:

1

 

1)  unli – unli emas (akustik jihati: aniq ifodalangan formant strukturasining 



borligi yoki yo‗qligi; artikulyatsion jihati: havo oqimining ovoz yo‗lidan o‗tishida 

un paychalarining tebranishi); 

2)  undosh  –  undosh  emas  (akustik  jihati:  energiyaning  past  yoki  baland 

darajada  bo‗lishi;  artikulyatsiya  jihati:  og‗iz  bo‗shlig‗ida  to‗siqning  borligi  yoki 

yo‗qligi); 

3) kompakt - diffuz; 

4) kuchli -kuchli emas; 

5) jarangli - jarangli emas; 

6) burun - og‗iz (yoki: nazallashgan - nazallashmagan); 

7) bo‗lingan - bo‗linmagan; 

8) keskin - keskin emas; 

9) glottal - glottal emas; 

10) past tonallik - yuqori tonallik; 

11)    bemol  tonallik  -  oddiy  tonallik  (mac.,  rus  tili  undoshlarining  lablangan 

unlilar oldida qo‗llanishi) 

12) diez - oddiy tonallik (mas., rus tilining t‘ va t, k‘ va k undoshlari) kabi. 

Fonemalarning  farqlanish  belgilari  barcha  tillar  uchun  umumiy  bo‗lgan  bu 

dixotomik tasnifni A.M. Shcherbak turkiy tillarga, prof. A. Abduazizov esa o‗zbek 

tiliga ham tatbiq etishgan.  

XII. 

London fonologiya maktabi asoschisi D. Djonsniig akustik fonema 

nazariyasi.  Bu  nazariyaga  ko‗ra,  fonema  qo‗shimcha  distributsiya  holatida 

bo‗lgan  tovushlar  oilasidir.  Bundagi  "qo‗shimcha  distributsiya"  bir  xil 

pozitsiyada  biri  o‗rnida  ikkinchisi  qo‗llanmaydigan  tovushlarni  anglatadi.  Buni 

o‗zbek  tilining  kir  va  qir so‗zlari  tarkibidagi  unli fonemaga  tatbiq  etib ko‗raylik: 

                                                 

1

 

Якобсон P.O., Фант Г.М., Халле M. Введение в анализ речи // Новое в лингвистике. Вып. И. 1962. С173 298.



 

 

64 


birinchi  so‗zda  "i"  fonemasining  old  qator  ko‗rinishi,  ikkinchi  so‗zda  esa  shu 

fonemaning  orqa  qator  ko‗rinishi  qo‗llangan.  Darhaqiqat,  kir  so‗zidagi  old  qator 

"i" o‗rnida orqa qator "i"ni, yoki, aksincha, qir so‗zidagi orqa qator "i" o‗rnida old 

qator "i"ni qo‗llab bo‗lmaydi, bunga akkomodatsiya qonuni yo‗l bermaydi. Shunga 

qaramay  bu  ikki  tovush  alohida  fonemalar  emas,  balki  bitta  "i"  fonemasining 

yuqoridagi  ikki  so‗z  tarkibida  reallashgan  ikki  xil  ko‗rinishi  (ottenkalari),  xolos. 

Shuning  uchun  ular  D.  Djons  nazariyasida  "qo‗shimcha  distributsiya  holatida 

bo‗lgan tovushlar oilasi" ( i

1

, i


2

, i


3

 – i  fonemasi)  tarzida  talqin  etiladi.

1

 

 



2.3. Fonemalarda invariant va variant munosabati  

 

Fonologik  sathda  invariant-variantlilik  munosabati  ko‗pchilik  tomonidan 

tilga  olingan  bo‗lsa-da,    invariantni  qanday  belgilash  muammosi  turlicha  talqin 

qilinadi.   

Fonologik sathda  umumiylik-xususiylik dialektikasi fonologik birliklarning 

tasnif  va  tahlilida  ham  aks  etadi.  Fonologik  tasnif    va    tahlilda  fonemalar 

paradigmatik  va  sintagmatik  jihatdan  qaraladi.  Fonemalar  paradigmatik  jihatdan 

o‗rganilganda,  har    bir    fonemaning  muayyan  tilning  fonologik  sistemasidagi 

boshqa  fonema  bilan  assotsiativ    munosabati,    ularning    bir-biri  bilan  ongdagi 

qiyosi  tushu-niladi.  Fonemalarni  paradigmatik  planda  o‗rganish  orqali  qiyoslana-

yotgan  fonemalarning  farqlovchi  (differensial)  va      farqlanmaydigan   

(nodifferensial)      belgilari  aniqlanadi.

2

  Shunday  qilib,  paradigmatik  munosabat 



orqali  fonemalarning  qanday  belgilardan  tashkil  topgan  umumlashma  ekanligi 

belgilanadi.    Sintagmatik  jihatdan  esa  ularning    nutq  jarayonidagi  turli  xil 

artikulyatsion-akustik o‗zgarishlari o‗rganiladi.

3

  



 

2.3.1  O‗zbek tili unlilar sistemasida invariant va 

variantlilik 

                                                 

1

 

Журавлев В.К. Диахроническая фонология. М.: Наука. 1986. С. 18.



 

2

 



Абдуазизов А.А. Ўзбек тилининг фонологияси ва морфонологияси. Тошкент: Ўқитувчи, 1992. –Б.11.

 

3



 

Абдуазизов А.А. Ўша асар, ўша бет.

 


 

65 


Unlilarning  nutq  jarayonida  qanday  voqelanishidan  qat‘iy  nazar,  sistemada 

o‗zaro  zidlanish    asosida  farqlovchi  belgilar  majmuasi  sifatida  tavsiflanishi 

ularning paradigmatik tavsifi sanaladi. 

Har  qanday  paradigmatik  tavsif  sintagmatika  materiallariga  asoslanadi. 

Sintagmatikadagi  unlilarning  barcha  belgilaridan  farqlovchi  belgilarning  ajratib 

olinishi  fonemalarni  farqlovchi  eng  kichik  birlik  sifatida  belgilashga  imkon 

beradi.

3

 Invariantlar tavsifi quyidagicha bo‗ladi: 



     1) keng, lablanmagan unli; 

     2) keng, lablangan unli; 

     3) o‗rta keng, lablanmagan unli; 

     4) o‗rta keng, lablangan unli; 

     5) tor, lablanmagan unli; 

     6) tor, lablangan unli. 

O‗zbek adabiy  tilida  farqlanish  belgisiga  ko‗ra  unlilar quyidagicha tavsiflanadi: 

Og‗izning ochilishiga ko‗ra va lab 

ishtirokiga ko‗ra. 

Lablanmagan 

Lablangan 

Keng 


O‗rta keng 



o‗ 


Tor 



Yuqoridagi  unlilar  sintagmatik  planda  bevosita  nutq  jarayonida  turli  xil 

qo‗shimcha belgilarga ega bo‗lib, invariantning xilma-xil variantlarini hosil qiladi. 

Sistema-tekst  oppozitsiyasiga  muvofiq  muayyan  qurshovda  kelgan  real 

talaffuz qilinuvchi har qanday artikulyatsion-akustik birlik variant sanaladi. 

Variantlar  betakrorlik  xususiyatiga  ega  bo‗lsa  ham,  ammo  ularni  ham 

ma‘lum  belgilariga  ko‗ra  muayyan  guruhlarga  birlashtirish  mumkin.  Masalan, 

makon belgisiga  ko‗ra  –  fakultativ variant,  qo‗llanilish darajasiga  ko‗ra  –  uslubiy 

variant, qurshovga ko‗ra – majburiy variant va boshqalar. 

Hozirgi  o‗zbek  adabiy  tili  unli  fonemalarining  differensial  belgilari  va 

ularning sintagmatik qurshovda qo‗shimcha belgilar bilan variantlanishini quyidagi 

chizmada ifodalash mumkin.

1

 



                                                 

3

 Набиева Д. Ўзбек тилининг турли сатҳларида умумийлик-хусусийлик диалектикасининг намоѐн бўлиши. Т.: 2005й. 66-бет



 

1

 



Набиева Д. Ўзбек тилининг турли сатҳларида умумийлик-хусусийлик диалектикасининг намоѐн бўлиши. Т.: 2005й. 82-бет

 


 

66 


 

 

 



 

 

 



 

Bu  chizmada  ichki  doiradagi  belgilar  unli  fonemalarning  asosiy,  markaziy, 

relevant  belgilari  bo‗lsa,  tashqi  doiradagi  belgilar  ikkinchi  darajali,  qo‗shimcha, 

chegara, irrelevant belgilardir. 

Invariantlar  A  va  V,  S  va  D  chiziqlaridagi  belgilar  munosabatidan  tashkil 

topgan  butunliklar  bo‗lsa,  variantlar  bu  belgilardan  tashqari  tashqi  doiradagi 

belgilarni  ham  o‗zida  namoyon  qiladi.  Bulardan  A-V  chizig‗i  fonemalarning  lab 

belgisiga  ko‗ra  zidlanishini  o‗zida  namoyon  qiladi.  Bu  jihatdan  hozirgi  o‗zbek 

adabiy  tilidagi  unlilar  o‗zaro  privativ  zidlanadi.  Ularning  bir  guruhi  lablanish 

belgisiga  ega,  markerlangan,  shuning  uchun  bu  belgiga  ko‗ra  kuchli  a‘zolar 

sanaladi. Shu bois a‘zolar + ishorasi bilan ifodalandi. 

Ikkinchi  guruh  esa  zidlanishning  kuchsiz  a‘zolari  sanalib,  bunday  belgiga 

ega emas. Markirlanmagan. Shu bois ular  ishorasi bilan ifodalandi. 

S-D  chizig‗i  og‗izning  ochilishi  darajasi  belgisiga  ko‗ra  unlilar  zidlanishini 

ko‗rsatadi.  Bunga  ko‗ra,  hozirgi  o‗zbek  adabiy  tilidagi  unlilar  o‗zaro  gradual 

zidlangan. Ularning hammasi bu belgiga ega, lekin turli darajada. 



 

2.3.2. Unlilarning sintagmatik munosabati 

 

Paradigmatik  jihatdan  til  sistemasida  muayyan    oppozitsiyada  bo‗lgan 

unlilar  nutq  jarayonida  yondosh  tovushlar  bilan  sintagmatik  munosabatda  bo‗lib,  

turli  nusxalarda,    bir  qancha    variantlarda  talaffuz  qilinadi.    Borliqdagi    alohida  

narsalar  betakrorlik,  cheksizlik  xususiyatiga  ega.  Shu  bilan    birga,  bu  cheksizlik 

cheklanganlik bilan ham zidlanadi.  

 


 

67 


Chunki  har  qanday  alohidalik  qanchalik  o‗ziga  xoslik,  betakrorlik 

xususiyatiga  ega  bo‗lsa  ham,  baribir,  ma‘lum  belgisi  bilan  ma‘lum  turchaning 

vakili  sanaladi.  Masalan,  oldimizdagi  bir  tup  gilos  shu  oilaga  mansub  barcha  

giloslarning  vakili  bo‗lishi  bilan  birga  umumiy  giloslik  belgisini  o‗zida  namoyon 

qiladi.  

Shuningdek, ikki  tup gilos hech qachon bir-biriga aynan o‗xshamaydi. Ana 

shu o‗xshamaslik belgisi uning betakrorligini, cheksizligini ko‗rsatadi.   

Lekin har qanday  betakror,  alohida  narsalarni      ma‘lum    o‗xshash    jihatlari  

asosida    muayyan  xususiyliklarga  birlashtiramiz.  Masalan,  o‗sha  bir  tup  gilos 

«umuman gilos»ning ma‘lum sortiga, aytaylik, qo‗qon gilosiga mansub. Demak, u 

giloslar oilasidan «qo‗qon gilos»ning umumiy belgisini o‗zida namoyon qiladi.   

Shuningdek,  qo‗qon gilos ham turli belgilariga ko‗ra (rangi, pishish davri va 

b.)  yana  turlarga  bo‗linadi.  O‗sha  bir  tup  gilos  qo‗qon  gilosining  aprel  oyining 

oxirida  pishadigan,  xalq  tilida  «birinchi»  deb  yuritiladigan  turiga,  yoki  may 

o‗rtalarida  pishadigan,  xalq  tilida  «ikkinchi»  deb  yuritiladigan  turiga,  yoki  iyun 

oyida  pishadigan,  xalq  tilida  «uchinchi»  deb  yuritiladigan  turiga  mansub  bo‗lishi 

mumkin.  

Shu  bilan  birga,  bu  turga  mansub  bo‗lgan  tuplar  soyada  yoki  quyosh 

tushadigan  yerda  o‗sishiga  ko‗ra,  mevasining    mazasi,    tuproq  tuzilishiga  ko‗ra, 

yaproqlarining rangi bilan bir-biridan farq qiladi. Biroq  bu qo‗shimcha belgilardan 

qat‘iy  nazar,  baribir,  biz  ularni  qo‗qon  gilosning  birinchisi,  ikkinchisi  yoki 

uchinchisi deyaveramiz. 

Xuddi  shunga    o‗xshash  muayyan  unli  fonema  ma‘lum  fonetik  qurshovda 

turli  o‗zgarishlarga  uchraydi.  O‗zgarishlar  xilma-xil,  cheksiz  bo‗lishi  mumkin. 

Lekin  ana  shu  cheksizliklarni  ham  ma‘lum  belgilariga  ko‗ra  muayyan 

umumiyliklarning  ma‘lum  variantiga    birlashtirish  mumkin.  Ana  shunday 

birlashtirish  asosida  variantlar    tiplari  vujudga  keladi.

1

  («Variantlar  tipologiyasi» 



bo‗limiga  qarang.)  Masalan,  jo‗nalish  kelishigi  qo‗shimchalarining  -ka,-qa,-g‗a,-

a,-ga,  kabi  alohidaliklari,  bir  tomondan,  jo‗nalishlik  umumiy  belgisiga  ko‗ra 

                                                 

1

 

Набиева Д. Ўзбек тилининг турли сатҳларида умумийлик-хусусийлик диалектикасининг намоѐн бўлиши. Т.: 2005й. 84-бет.



 

 

68 


jo‗nalish  kelishigi  invariantiga  birlashadi,  ikkinchi  tomondan,  -ka,-qa,-ga 

variantlari  «qurshov»  belgisiga  ko‗ra  pozitsion  variantga,  -a  varianti  «hudud» 

belgisiga  ko‗ra  fakultativ  variantga,  -g‗a  varianti  «talaffuz  qiluvchi  shaxs» 

belgisiga ko‗ra individual variantlarga birlashadi.   

Demak,    invariantlarning  bevosita  kuzatishda  berilgan  variantlarini  ham 

ma‘lum  guruhlarga birlashtirishga asos bo‗ladigan belgilar bo‗ladi. Ana shu belgi 

cheksizlikni cheklangan turlarga birlashtirishga imkon beradi.  

quyida  o‗zbek  adabiy  tilidagi  oltita  unli  fonemaning  sintagmatik  planda 

qanday variantlarga ega bo‗lishi to‗g‗risida fikr yuritamiz. 

Har qanday fonema to‗rt vazifani bajaradi: 

1) so‗z va morfemalarni moddiy jihatdan shakllantiradi; 

2) fonologik jihatdan so‗z va morfemalarni farqlaydi; 

3) so‗z va morfemalarni chegaralaydi (masalan, «ng» fonemasining 

so‗z boshida kelmasligi); 

4) eshitib his qila olish va tanib olish  (perseptiv)  vazifasini bajaradi. 

Ma‘lum  fonemaning  variantlari  boshqa  fonemaning  variantlariga  o‗xshab 

qolish  darajasida  o‗zgarishi  mumkin.  Lekin  bizning  so‗z  yoki  morfemani  eshitib 

his qila olishimiz, ya‘ni perseptiv funksiya ularning qaysi  fonema vakili ekanligini 

payqab olishimizga imkon beradi. 

A.Abduazizov  unlilarning  sintagmatik  o‗zgaruvchanligi  haqida  fikr  yuritar 

ekan,  o‗zbek adabiy  tilidagi  unli  fonemalar  ikki  asosiy  turdagi  allofonlarga,  ya‘ni 

variantlarga ega bo‗lishini ko‗rsatadi: 1) yondosh tovushlar ta‘siridagi  kombinator 

variantlar; 2) urg‗u ta‘siriga uchrovchi pozitsion variantlar. Muallif o‗zbek tilidagi 

unlilarning  bu  ikki  varianti  haqida  ma‘lum    darajada  ma‘lumot  berishga  harakat 

qiladi.

1

  



Lekin  bu  ikki  turdagi  variantdan  tashqari,  dialektal  va  individual  variantlar 

ham  mavjudki,  ular  haqida  fikr  yuritmaslik  fonema  variantlari  xususida  to‗liq 

ma‘lumot berishga monelik qiladi. 

                                                 

1

 

Абдуазизов А.А.Ўша асар. –Б.58-59.



 

 

69 


Unli 

fonemalarning 

fakultativ 

(dialektal) 

variantlari 

haqida 


V.V.Reshetov,F.A.Abdullaevlar tomonidan birmuncha ma‘lumot berilgan.

1

  



 

2.3.3. O‗zbek tili undoshlar  sistemasida invariant-variantlilik 

 

Fonemaning  muhim  funksional  belgisi  distinktivlikdir.

2

  Farqlash  tushunchasi 



zidlash  tushunchasini  taqozo  etadi.  N.S.Trubetskoyning  ta‘kidlashicha,  ikki  narsa 

bir-biriga  zidlanganidagina  o‗zaro  farqli  belgisi  namoyon  bo‗ladi.  Xuddi 

shuningdek,  tovushlarning  belgisi  ham  boshqa  shunga  yaqin  tovushlarning 

belgisiga  zidlangandagina,  uning  ma‘no  farqlash  (distinktiv)  funksiyasi  namoyon 

bo‗ladi. 

Shuning  uchun  ham  til  birliklarining  farqlanishida  lingvistik  zidlanishlar 

muhim o‗rin egallaydi. 

Fonologik zidlanishlar tasnifida ularning ma‘no farqlash va ma‘no farqlamaslik 

belgisi  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  belgiga  ko‗ra  fonologik  zidlanishlar  ma‘no 

farqlovchi va ma‘no farqlamaydigan zidlanishlarga bo‗linadi. 

Birinchi  zidlanish  fonologik  muhim  zidlanish  sanalib,  u  morfema  va 

so‗zlarning  moddiy  shakllantirish  bilan  birga,  ularning  ma‘nolarini  farqlash 

vazifasini bajaradi.

3

 



Tovushlar  o‗zlarining  fonologik  muhim  belgilari  bilangina  o‗zaro  zid 

munosabatda  bo‗ladi.  Demak,  har  qanday  fonema  albatta  ma‘lum  zidlanishning 

a‘zosi bo‗ladi. Har qanday real talaffuz qilinayotgan tovush esa fonologik muhim 

bo‗lmagan  belgilarga  ham  ega  bo‗ladi.  Demak,  undoshlarda  invariant-variant 

munosabatini  belgilash  uchun  ularning  fonologik  muhim  va  nomuhim  belgilarini 

ajratish katta ahamiyat kasb etadi.  

Undosh  fonemalarning  muhim  belgilari  korrelyativ  va  korrelyativ  bo‗lmagan 

belgilar bo‗lishi mumkin.

4

 Kamida ikki fonema o‗rtasida zidlanishga asos bo‗lgan 



belgilardan birining  birida  bor,  ikkinchisida  yo‗qligi    bilan  ajralib  turadigan belgi 

                                                 

1

 

Решетов В.В. Узбекский язык.I.Фонетика.-Тошкент:Учпедгаз,1959. -С.160; Абдуллаев Ф.А. Фонетика  хорезмских    говоров. -



Тошкент: Фан,1967. -С.59.

 

2



 

Трубецкой Н.С. Юқоридаги асар. –Б.38

 

3

 



Трубецкой Н.С. Ўша асар. –Б.39

 

4



 

Дмитриенко С.Н. Фонемы русского языка. -М.: Наука, 1985. -С.20

 


 

70 


korrelyativ  belgi  hisoblanadi.  Belgilar  majmuasi  faqat  birgina  fonemaning  o‗ziga 

xos bo‗lsa, bunday  belgilar korrelyativ bo‗lmagan belgi hisoblanadi. Masalan «t» 

fonemasida  jarangsizlik  belgisi  asosiy  va  korrelyativ  belgidir.  Chunki  xuddi  shu 

fonemaning  asosiy  belgilariga  ega  bo‗lgan,  ammo  undan  boshqa  korrelyativ 

belgisining borligi bilan (jaranglilik belgisining borligi bilan) ajralib turuvchi «d» 

fonemasi bor.

1

  

Undosh  fonemalar  o‗rtasidagi  munosabatning  turlicha  tasnifi  uchraydi. 



Masalan,  L.L.Bulanin  rus  tilidagi  barcha  undoshlar  besh  farqlovchi  belgi  asosida 

o‗zaro  oppozitsiyaga  kirishi  mumkinligini,  bu  besh  belgi,  o‗z  navbatida,  uch 

guruhni: asosiy, korrelyativ, nisbiy belgilarni hosil qilishini ko‗rsatadi.

2

  



Paydo bo‗lish o‗rni va usuliga ko‗ra undosh fonemalar belgisi asosiy, jarangli, 

jarangsiz, qattiqlik-yumshoqlikka ko‗ra belgisi korrelyativ, shovqinlilik-sonorlikka 

ko‗ra farqlovchi belgisi nisbiy belgilarga ajratiladi.

 



O‗zbek  tilida  undoshlarning  fonologik  oppozitsiyasini  quyidagicha 

guruhlash  mumkin:  asosiy  aktiv  organga  ko‗ra  (paydo  bo‗lish  o‗rni  va  usuli 

belgisi); ovozning ishtirokiga ko‗ra.

4

 



 

Nutq 


jarayonida  undoshlar 

yondosh 


tovushlar 

bilan 


sintagmatik 

munosabatda  bo‗lib,  turli  xil  variantlarga  ega  bo‗ladi.  Muayyan  undosh  fonema 

ma‘lum  fonetik  qurshovda  turli  o‗zgarishlarga  uchraydi.  Bu  o‗zgarishlar  ma‘lum 

belgilariga ko‗ra kombinator, pozitsion, fakultativ va individual variantlar tiplariga 

birlashtiriladi. 


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling