O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 215.7 Kb.
bet98/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

 
Izoh: Mustaqil o`zlashtiriladigan mavzular bo`yicha talabalar tomonidan
referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
 
 

117
III. GLOSSARIY 


 
1.
“Mufradot” – eski maktabda husnixat qoidalarini o‘rgatuvchi birdan-bir
qo‘lanma, kitob
2.
“Savodi ta’lim” – husnixat ta'limini o‘rgatuvchi mеtodik qo‘llanma, shoir va
xattot Shеrmuhammad Avazbеk o‘g‘li Munis (1778 – 1829) tomonidan
1804-yilda o‘zbеk tilida yaratilgan risola
3.
Akkomodatsiya ko‘zning har xil uzoqlikdagi narsalarni ko‘rishga
moslashishi, imkoniyati
4.
Alfavit – tarixiy qabul qilingan tartibda berilgan harflar yig‘indisi
5.
Arab yozuvi – arab xalqining yozuvi: muqaddas “Qur’on” yozuvi
6.
Avesto kitobi (parfiyoncha: apastak – matn; ko‘pincha “Zend-Avesto”,
ya’ni “tafsir qilingan matn” deb ataladi) – zardushtiylikning muqaddas
kitoblari to‘plami
7.
Avesto yozuvi – oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus
alifbo
8.
Bar-Xadod – Shimoliy Suriya
9.
Birinchi guruh yozuvlari – mayya, mexiy va koreya yozuvlari, bularda
alomatlar har xil bo‘g‘inlar – alohida unlilar, undosh va unli ovozlarni
ifodalaydi
10.
Bo‘g‘in – bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasi
11.
Bosh harflar – harflarning gap boshida keladigan bosma va yozma shakli
12.
Bosma shakl – harflarning kompyuter texnologiyasida yozilgan shakli
13.
Buxoriy yozuvi – so‘g‘d yozuvi nomi
14.
Cahhof – sahifalovchi
15.
Chiroyli va to‘g‘ri yozish san’ati – husnixat
16.
Chiziqli usul – harfning yozilishini to‘g‘ri o‘rgatish uchun uning chiziqdagi
o‘rnini to‘g‘ri joylashtirish va chiziqning qog‘oz varag‘ida joylashish o‘rnini
bilish uchun qog‘ozda gorizontal, yotiq chiziqlar chiziladi, shunda
daftarning sahifasida o‘ziga xos sеtka paydo bo‘lishi, har bir harfni alohida
yozib borishi
17.
Didaktik qoidalar – yoshga xos xususiyatlar, tushunarlilik, onglilik
18.
Dovot – siyohdon
19.
Fanning maqsadi – talabalarni husnixatga oid nazariy va amaliy bilimlar bilan
tanishtirish “Boshlang‘ich ta'lim” dasturi
20.
Fanning vazifalari – talabalarda husnixat va uni o‘qitishga oid ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish, ularni boshlang‘ich sinflarda yozuv va husnixat
darslarini tashkil qilish metod hamda usullari bilan tanishtirish

118
21.


Finikiy yozuv – mil. av. 2-ming yillik oʻrtalarida Finikiyada paydo
boʻlgan hamda finikiyaliklar va karfagenliklar, qad. yahudiylar va
moavliklar tomonidan mil. 4-asrgacha foydalanilgan konsonant harf tovush
yozuvi
22.
Fonema – ma’no farqlovchi tovush
23.
Fonografiya (fonos – ovoz, grafiya – yozaman) – ovoz fonemani bildiruvchi
yozuvlar
24.
Fonografiya yozuvlari qismlari – konsonant va vokal yozuvlari.
25.
Fraza – eng katta fonetik birlik; to‘liq intonatsiya bilan nutqning bir qismi
26.
Frazeografiya (yunoncha phrasis - ifoda, grafo - men yozaman) – bu
tilshunoslikning frazeologik materiallarni tizimlashtirish va frazeologik
lug‘atlarni tuzish bilan shug‘ullanadigan qismi
27.
Grafik malakalarni egallash – harflar shaklini to‘g‘ri ifodalash
28.
Harflarni bosimsiz bir xilda yozish – harflar yoki harf unsurlarini bir xil
qalinlikda yozish
29.
Ideogramma – (yun. idea – gʻoya, obraz va…. gramma) — yozuv belgisi
(shartli tasvir). Ideogramma nutqtovushlariga emas, balki soʻz yoki
morfemaga teng keladi. yozuvdagi simvollar faqat bizni o‘rab turgan
muhitdagi narsa – predmetlarni aks ettirib qolmay, tildagi so‘zlarni ham aks
ettirishi
30.
Ikkinchi guruh yozuvlari – krit, kirp, xabash va yapon yozuvlari
31.
Imlo – harf va so‘zlarni to‘g‘ri yozish
32.
Imloviy malakalarni egallash – yozuv vaqtida harflarning shakli bilan bir
qatorda uning qanday tovushni bildirishini ham bilish
33.
Istaravshaniy – so‘g‘d yozuvi nomi
34.
Iyeroglif – (yun. hieros — muqaddas va qluphe — oʻyiq) — bir soʻz,
boʻgʻin yoki tovushni ifodalashga xizmat qiluvchi fafik ifoda.
35.
Jalliy xati – kechasi yoziladigan yozuv, xat
36.
Kalligrafiya – chiroyli yozuv, husnixat qoidalari asosidagi yozuv
37.
Kichik harflar – ikki chiziq oralig‘ida yoziladigan harflar
38.
Ko‘rgazmali harakat – o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan harakat,
har bir harfning yozilish shaklini doskada ko‘rsatib izohlanishi
39.
Ko‘rgazmali tasvir – bu o‘qituvchi tomonidan beriladigan birorta harfning
yozma shakli
40.
Konsonant yozuvlari – finik, ugarit, ibron, orom, arab va boshqa yozuvlar
mansub bo‘lib, ularda har bir asosiy alomat (harf) unli va undosh ovozlarni
ifodalaydi
41.
Lavvoh – lavha chizuvchi usta
42.
Ligaturalar – bir-biriga ulangan harflar

119
43.


Logografiya ( logos – so‘z, grafiya – yozaman) – yozuvdagi har bir alomat
(logogrammalar) bir so‘zni bildiradi. Bu yozuvda alomatlar miqdori so‘zlar
miqdoriga, mustaqil fe’l (xabar) ning semantik jihatiga tengdir
44.
Mexanik jarayon – tayyor nuqtalar ustidan yozish
45.
Mir Ali Qilqalam – XIV-XVI asrlarda yashab ijod etgan istе’dodli san'atkor
– nafis kitoblarning ijodkori
46.
Mir Ali Tabriziy – XIV-XVI asrlarda yashab ijod etgan istе’dodli san'atkor –
nafis kitoblarning ijodkori
47.
Muhammad bin Husayn at-Tibiy – XIV-XVI asrlarda yashab ijod etgan
istе’dodli san'atkor – nafis kitoblarning ijodkori
48.
Muhaqqaq – qasida va shе'rlar yozishda ishlatilgan yozuv turi

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling