O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Paranoyya-muttasil  alaxsirash  g’oyalari,  ba’zan  gallyusinatsiyalar  bilan  sifatlanuvchi surunkali psixik kasallik.  Parapsixologiya


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana26.07.2020
Hajmi0.84 Mb.
#124898
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2020 lugʻat


Paranoyya-muttasil  alaxsirash  g’oyalari,  ba’zan  gallyusinatsiyalar  bilan 

sifatlanuvchi surunkali psixik kasallik. 



Parapsixologiya-fikrni  xech  qanday  vositalarsiz  masofaga  o’zatish 

mumkinligi haqidagi ta’limot. 



Parishonxotirlik-diqqatni  ma’lum  bir  ob’ektga  karata  olmaslikdan  iborat 

salbiy xususiyat. 



Passalar-gipnoz  jarayonida  mijozni  gipnotik  xolatga  solish  uchun  uning 

ko’zi oldida va atrofida qilinadigan bir me’yordagi qo’l harakatlari. 



Passivlik-atrofdagi  narsa  va  xodisalarga,  kishilarga  nisbatan  befarq 

munosabatda bo’lish va jismoniy yoki ruxiy faoliyatsizlikdan iborat xolat. 



Passiv  takrorlash-esda  qoldirilishi  zarur  bo’lgan  materialni  bir  necha  bor 

kayta idrok qilinishi orqaligana takrorlashdan iborat xotira jarayoni. 



Pastkashlik-o’z  shaxsiy  manfaati uchun har  qanday  vijdonsizlikka  hamisha 

tayyor turishdan iborat eng tuban salbiy xarakter xislati. 



Patologik affekt-psixik faoliyatning qisqa mudatli buzilishi bo’lib, sababsiz 

yoki adekvat bo’lmagan sabab tufayli yuzaga keluvchi jo’shqin xissiy reaksiyadir. 



Patogenez-patologiyaning  kasallikning  kelib  chikish  va  rivojlanish 

sabablarini o’rganuvchi bo’lim. 



Patopsixologiya-psixologiyaning  bosh  miyaning  zararlanishi  yoki  uning 

etarlicha  rivojlanmaganligi  natijasida  kelib  chiqadigan  psixik  kaslliklarni 

o’rganuvchi soxasi. 

Pedagogik  psixologiya-shaxsga  ta’lim  va  tarbiya  berishning  psixologik 

qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladigan soxa. 



Perseptiv-bular  shunday  harakatlarki,  ularning  oqibatida  atrofdagi 

predmetlar va xodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi. 



 

58 


Perseptiv  tomon–  shaxslararo  munosabatlarda  tushunish,  his  etish,  idrok 

etishga qaratilgan jarayon. 



Persederatsiya-bir  fikr  va  xulosaga  kayta-kayta  kelish  natijasida  yuzaga 

keladagan patologik fikrlash xolati. 



Perseveratsiya-ba’zi  harakat,  fikr,  so’z  ibora  yoki  kuyning  ongimizda  ko’p 

martalab ixtiyorsiz hamda tinimsiz ravishda takrorlanishdan iborat xolat. 



Persepsiya-ob’ektiv voqelikni sezgi organlarimiz orqali bevosita aks ettirish, 

appersepsiyaga nisbatan "sof idrok". 



Peshkadam-bu shunday shaxsdirki, guruxning qolgan barcha a’zolari uchun 

o’zlarining  manfaatlariga  daxldor  bo’lgan  hamda  butun  gurux  faoliyatining 

yo’nalishini va harakatini belgilab be radi. 

Pessemistlik-kelajakka nisbatan umidsizlik, ishonsizlik bilan qarash xolati. 

Piromaniya-o’t yoqishga intilish xolati. 

Produktiv tafakkur-fikrlash elementlariga yangilik, noyoblik kaytarilmaslik 

kushilgandagi xolat. 



Proaktiv  tormozlanish-avvalgi  faoliyatning  undan  keyingi  materiallarini 

esda  qoldirish  yoki  esga  tushirishga  salbiy  ta’sir  kursatishdan  iborat  xotira 

qonuni. 

Prinsipiallik-xakkoniyat va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan o’z qarash 

hamda  e’tiqodlarini  qat’iy  turib  ximoya  qilishdan  yoki  so’z  bilan  ishning 

birligidan iborat ijobiy xarakter xislati. 

Proprioretseptorlar-musqo’llarda, 

paylarda, 

buginlarda 

joylashgan, 

organizmningturli  harakatlari,  fazodagi  xolati  yoki  ayrim  organlardan  keladigan 

qo’zg’alishlarni qabul qilib oladigan retseptorlar. 



Praiming-Xotirada maxsus assotsialarni faollashtirish. 

Proeksiya-individuum  o’zining  nojoiz  istaqlarini  boshqalarga  tegishli  deb 

xisoblaydigan ximoya mexanizmi. 



Prosotsial xulq-Ijobiy, konstruktiv, ijtimoiy foydali xulq. 

Psevdotallyusinatsiyalar- (soxta gallyusinatsiya )-ixtiyorsiz 

vujudga keladigan kurinishlar, tovushlar, xidlarning namoyon bo’lish xolati. 



 

59 


Psixodinamik  nazariya-anglanmaydigan  psixik  yoki  emotsional  motivlarni 

inson xulqining asosi deb ta’kidlaydigan nazariya. 



Psixodiagnostika(grekcha  psyche  –  ruh va  diagnostikos  –  bilishga  qodir)  – 

psixologik  fan  sohasi  bo‘lib,  shaxsning  individual  –  psixik  xususiyatlarini 

o‘lchash va aniqlash usullarini ishlab chiqadi. 

Psixoterapiya(grekcha  therapeia  –  parvarish  qilish,  davolash)  –  ko‘plab 

psixik,  asabiy  va  psixosomatik  xafagarchiliklarda  inson  hissiyoti,  fikrlari,  o‘z-

o‘zini  anglashiga  kompleks  davolovchi  ta’sirdir  (asosan  nutq  yordamida,  biroq 

faqat  uning  yordamida  emas).  Shartli  ravishda  asosan  mavjud  alomatlarni 

yo‘qotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga 

uning sotsial muhiti va o‘z shaxsiga nisbatan munosabatini o‘zgartirishga yordam 

berishni  vazifa  qilib  olgan  shaxsiy  maqsadli  psixoterapiya  mavjudligi  e’tirof 

qilinadi. 



Psixotexnika(grekcha  techne  –  san’at,  mahorat)  –  psixik  jarayonlarni  sodir 

bo‘lish  xarakteristikasini  yaxshilash,  mavjud  psixik  qobiliyatlarni  o‘stirish  va 

yangilarini  shakllantirishda  qo‘llaniladigan  konkret  metodik  usullar  yoki  usullar 

tizimidir. 



Psixoanaliz-Freyd 

tomonidan 

yaratilgan 

taraqqiyot, 

dinamika 

va 


o’zgarishlarning shaxs qurilmasi haqidagi nazariya. 

Psixoformakalogiya-odam  nerv  sistemasi  va  psixikasiga  sezilarli  ta’sir 

ko’rsatuvchi dorivor yoki shifobaxsh vositalar haqidagi ta’limot. 



Psixofiziologiya-psixikaning moddiy-tabiiy asoslarini o’rganuvchi soxa. 

Psixik  temp-psixik  faoliyatning  yoki  muayyan  psixik  jarayonning  sodir 

bo’lish tezligi. 



Psixozlar-bosh  miyaning  zararlanishi  natijasida  inson  psixik  faoliyatining 

turli kurinishlarida va darajada buzilishidan iborat kasalliklar yigindisi. 

Psixolog-psixologiya  fani  mo’taxassisi,  psixologiya  soxasida  ilmiy 

tekshirish ishlari olib boruvchi yoki ukituvchilik qiluvchi shaxs. 



Psixopatiya-ruxiy  faoliyatning  uygunsizligi,  ayniksa  emotsional-iroda  va 

mayl soxalaridagi uygunsizlik bilan sifatlanuvchI patologik forma. 



 

60 


 

Psixoprofilaktika-kasalliklarni  turli  yuzaga  keluvchi  nuqsonlarni  kelib 

chikishini oldini olish maqsadida tashqil qilinadigan psixologik tadbirlar haqidagi 

ta’limot. 

Psixoterapiya-tibbiyot  psixologiyasining bemorlarni  psixik ta’sir kursatish 

orqali davolash usullarini o’rganish va amalda tadbik qilish haqidagi bo’lim. 



Psixologik  ta’sir-bu  turli  vositalar  yordamida  insonlarning  fikrlari, 

xissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir kursata olish. 



Psixogen  qo’zg’alish-qo’qqisdan,  kuchli  ruxiy  ta’sirlar:  faloqat,  xayotda 

xavfli  xolat,  yaqin  kishisining  o’limi,  mol-mulkining  yo’qotish,  portlash 

natijasida kelib chiqadigan xolat. 

Psixosteniya-xaddan 

tashqari 

qat’iyatsizlik, 

o’ziga 


ishonmaslik, 

badgumonlik,  ruxan  ezilganlik  va  muttasil  fikrlarga  beriluvchanlik  bilan 

kechadigan psixopatologik xolat. 

Psixiatriya-psixik kasalliklar, ularning paydo bo’lish sabablari, sodir bo’lish 

oldini olish hamda davolash haqidagi fan. 



Psixik  faollik-shaxs  psixik  funksiyalarining  odatdagidan  kuchli  yoki  faol 

ravishda ishlashi, ruxan tetiklik. 



Psixogenez-inson  ruxiy  xayoti  sezgi  idrok,  xotira,  nutq,  xissiyotlarning 

paydo bo’lish jarayoni. 



Panelog – gurux ichidagi munozaradir 

Predikatlar mantig‘i – muhokama yuritish jarayonlarining muloxazalarning 

ichki  strukturasidan  kelib  chiqib  tahlil  qiladigan  mantiqiy  sistema.  U 

muloxg‘azalar  mantig‘ini  o‘z  ichiga  oladi.  Predikatlar  mantig‘i  tili  muloxazalar 

mantig‘i tiliga qo‘shimcha simvollar kiritish yordamida hosil qilinadi. 

Ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda  

nur bag‘ishlovchi vazaif badanlarga kuch-quvvatdir. 

Abu Homid al-G’azzoliy

 



 

61 


Qalbi sustlilik-emotsional noturgun, sezgi doirasada bekdrorlik holati. 

Qarorga  kelish-ma’lum  bir  maqsad  va  bu  maqsadni  amalga  oshirishning 

biron usuli yoki ma’lum yo’llari haqida xulosa chiqarish. 



Qattiyat  -    ba’zi  holdarda  kishi  qabul  qiladigan  qarshiliklar  amalga 

oshirishda imkoniyatlarga ishongan xolda juda tez ma’lum bir qarorga kelish. 



Qatiyatsizlik-o’ziga ishonchining yo’qolishi, irodaning bo’shashi natijasida 

yuzaga keladigan ruxiy xolat. 



Qat’iylik-irodaning individual fazilati bo’lib, mustaqil ravishda ma’suliyatli 

qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda suxiz amalga oshirish qobilyati. 



Qiymat-odamning  to’la  qiymatli  shaxs  sifatidagi  yarokdilik  darajasini 

belgilab beruvchi ijtimoiy kategoriya. 



Qobiliyatlar– u yoki bu sermahsul faoliyatni egallash mahorati bilan bog‘liq 

bo‘ladigan  insonning  individual  –  psixologik  xususiyatlari  bo‘lib,  uning 

yordamida inson teng bo‘lgan boshqa sharoitlarda ushbu faoliyatni tez va puxta, 

oson  va  mustahkam  ravishda  tashqil  qilish  va  amalga  oshirish  yo‘llarini 

o‘zlashtirib oladi. 

Qo’rquv-sub’ekt  o’zining  xotirjam  xayot  kechirishga  ziyon  etishi 

mumkinligi  haqida  o’nga  real  tarzda  taxdid  solayotgan  yoki  taxdid  solishi 

mumkin bo’lgan xavf-xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo’ladigan xissiy 

xolat. 


Qo’zgaluvchanlik-shaxsni  temperament  xususiyatlari  bilan  belgilanadigan 

muayyan  ta’sir  kuchiga  tez  beriluvchanlikdan  iborat  bo’lgan  individual 

xususiyati. 

Qo’rqinch-muayyan  sharoitlar  va  vaziyatlarda  shaxsda  vujudga  keladigan 

kuchli  asosga  ega  bo’lmagan  kurkinch  va  tashvishlanishdan  iborat  inson 

tomonidan engish imkoniyati yuk muttasil psixopatologik xolat. 


 

62 


Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi ro‘za tutganga,  

uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir.  

Abu Homid al-G’azzoliy 



Raddiya-tafakkurning  turli  operatsiyalari  hamda  formalaridan  foydalangan 

xolda  biror  fikrning  yolg’on  ekanligini  isbotlashdan  iborat  bo’lgan  mantiqiy 

operatsiya. 



Rad  qilish-Individumning  atrofdagilar  tufayli  o’nga  taxdid  solayotgan 

kechinmalardan  ularning  mavjudligidan  o’zini  chetga  tortish  yo’li  bilan 

ximoyalanishda namoyon bo’ladigan ximoya mexanizm i. 

Raxbarlik – boshqaruvda rasman vakolatlarning shaxsga berilganligi. 

Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida 

mavqe, martabaning inobatga olinishi 



Real  –  birgalikdagi  faoliyat  jarayonida  bevosita  muloqot  amalga  oshishi 

imkoniyati.  



Reaktiv  qurilma-Bir  xil  impuls  va  xissiyotlarni  cheklash  ular  ga  qarama-

qarshi  impuls  va  xissiyotlarni  kuchaytirish  yo’li  bilan  xavotirlanish  darajasini 

pasaytirishga imkon beradigan ximoya mexanizm i 

Realistik  xavotir-Taxdid  yoki  atrof  borliqdagi  real  xavfni  idrok  qilishdan 

paydo bo’ladigan emotsional javob. 



Reallik tamoyillik-Mos keluvchi  ob’ekt  yoki  shu  extiyojni  qondirish  uchun 

sharoit  topilmaguncha  instinktni  qondirish  ni  kechrok  muddatga  surib  turishni 

ko’zda to’tadigan yo’nalish. 

Readaptatsiya-ruxiy  kasallikka  uchrab,  maxsus  davolash  kursini  utgan 

bemorning yana mexnat faoliyatiga kaytishi. 



Reaktiv  xolat-og’ir  ruxiy  azoblanish  natijasida  paydo  bo’ladigan  psixik 

kasallikdir. 



Reaksiya-organizmning  muayyan  tashqi  yoki  ichki  qo’zg’ovchilarga 

nisbatan kaytaradigan javob harakati. 



 

63 


Reaksiya tempi-turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechish 

tezligi,  binobarin,  harakat  tezligi,  nutq  sur’atiga,  farosatlilikka,  aql  tezligiga 

asoslanib xulosa chiqariladi. 

Regressiya-stressni  bartaraf  qilishga  urinishda  birmuncha  soddarok 

javoblardan  foydalanish;  individumning  bir  muncha  ertarok,  xavfsizrok  va 

yoqimlirok taraqqiyot bosqichiga qaytarishdan iborat ximoya mexanizmi. 

Referentlik-gurux  ichidagi  faollikning  mazkur  jamoada  qabul  qilingan 

qadriyatlar orqali namoyon bo’ladigan jarayon. 



Refleksiya-  Muloqot  jarayonida  suhbatdoshning  pozitsiyasidan  turib,o’zini 

tasavvur qilish.R.boshqa odamning idrokiga ta’luqli bo’lib,o’ziga birovning ko’zi 

bilan qarash. 

Referent  gurux–  jamoa  yoki  guruh  orasida  o‘z  ta’siriga  ega  shaxs  yoki 

guruxning mavjud bo‘lishi.  



Reflektor  harakat-Idning  qo’zg’alish  manbaiga  usha  zaxoti  javob  berish 

yo’li bilan taranglikdan ozod bo’lishdan iborat jarayon. 



Reminissensiya-sal-pal  eslash,  ya’ni  zarur  paytda  esga  tushmagan  yoki 

avval  unutilgan  deb  xisoblangan  materiallarning  keyinchalik  esga  tushirishdan 

iborat xotira jarayoni, vaqtincha unitish. 

Reproduktiv – fikrlashni bir turi. 

Reproduktiv  tafakkur-ko’rgan  bilgan  narsalarimizni  aynan  qanday  bulsa, 

shundayligicha, o’zgarishsiz qaytarish va shu asosida fikrlash ga asoslanadi. 



Retroaktiv  tormozlanish-muayyan  materiallni  esda  qoldirish  yoki  esga 

tushirish jarayoniga undan keyingi faoliyatning salbiy ta’siri. 



Retrograd  amneziya-ilgari  yo’z  bergan  voqea  va  xodisalarni  esda 

saqlashdan  iborat  xozir  sodir  bo’lgan  voqea  va  xodisalarni  unitishdan  iborat 

xotiraning kasallanishi. 

Reproduksiya-ongda mavjud narsalarni kayta tiklash yoki esga tushirishdan 

iborat xotira jarayonidir. 



Retensiya-xotiraning  idrok  qilingan  narsa  va  xodisalarni  saqlab  qolish 

vazifasi. 



 

64 


Retrograd 

amneziya-esini 

yo’qotish 

boshlanayotgan 

paytdagi 

voqealarningesdan chikish xolati. 

Rezonyorlik-quruq  maxmadanalik,  go’yo  o’zini  donishmand  deb  xisoblash, 

maqsadsiz, ma’nosiz, tartibsiz fikrlash xolati. 



Retseptorlar-nervlarning  tashqi  yoki  ichki  qo’zg’ovchilardan  xosil  bo’lgan 

qo’zg’alishni  qabul  qilib  oluvchi  chekka  uchlari,  analizatorlarning  periferiya 

qism. 

Rigid–  shaxsning  bir  faoliyat  turidan  boshqasiga  o‘tish  va  moslashish 

imkoniyatining past darajada ko’zatilishi. 



Rivojlanish-oddiydan  murakkabga,  pastdan  kjoriga  o’tishdan  iborat 

o’zgarish. 



Rol-shaxsga  nisbatan  shunday  tushunchaki,  uning  aniq  bir  xayotiy 

vaziyatlardagi xukuk va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. 



Ruxlanish-biror  narsadan  yoki  kishidan  mamnun  bo’lish  natijasida, 

muayyan  faoliyat  turiga  nisbatan  kuchli  intilishda  ifodalanadigan  ijobiy  xissiy 

xolat. 

Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg‘ul bo‘lish 



menga kechani butunlay bedor o‘tkazishdan mahbubroqdir.  

Abdulloh ibn Abbos

 



Sanoat  psixologiyasi  –  sanoat  va  ishlab  chiqarishda  turli  yuzaga  keladigan 



muammo  va  xolatlarni  psixologik  va  ijtimoiy  omillarini  tahlil  qilib  olishga 

qaratilgan xizmatlari turi. 



Sangvinik-ser  harakatlik,  mexribonlik,  mulokotga  tez  kirishuvchanlik  tez 

reaksiya bera olish bilan xarakterlanadi. 



Sensatsiya-ma’lum  bir  xodisa,  xabar  munosabati  bilan  jamoatchilik  ongida 

xosil bo’lgan kuchli taassurot. 



 

65 


Sensorochlik-bir  xil,  o’zgarmas  xayot  sharoitida  ko’p  vaqt  yashash 

natijasida  sezgi,  idrok  va  tasavvur  orqali  olinadigan  taasurotlarning 

etishmasligidan iborat ruxiy xolat. 

Sensualizm-sezgilarning bilishning birdan-bir manbai ekanligini tan oluvchi 

falsafiy oqim. 



Sentimentalizm-sensor  sezgirlikdan 

farq  qiluvchi  xaddan 

tashqari 

emotsional sezgirlik, narsa va xodisalarga o’ta emotsional munosabatda bo’lish. 



Sentimentallik  -  akd  va  irodadan  ham  ko’ra  xissiyotga  xaddan  tashqari 

beriluvchanlikdan iborat salbiy xarakter xislati. 



Seriatsiya-materialni  ma’lum  belgilari  bo’yicha  ketma-ketlik  izchillik  bilan 

jonlantirishdan  iborat  mantiqiy  usul.  Sensor  madaniyati-narsa  va  xodisalarni 

rejali, izchil, to’liq, aniq hamda tez idrok kila bilish qobilyati. 

Serjaxllik-arzimagan  taassurotdan  ham  tajanglik  kilaverish,  o’z  kayfiyatini 

bo’zish kabi emotsional xolatlar bilan ifodalanadigan salbiy xarakter xislati. 



Senestopatiya-tananing  turli  soxalaridan  va  ayrim  ichki  a’zolaridan 

chiqadigan somatik tekshirish usullari bilan sababini aniqlab bo’lmaydigan har xil 

noxush sezgilar. 

Senzitivlik-lotincha  sezish,  xis  qilish  degan  ma’noni  anglatadi.Insonda 

bironta  psixik  reaksiyani  xosil  qilish  uchun  zarur  bo’lgan  o’ta  kuchsiz  tashqi 

taassurot kuchiga qarab muloxaza yuritishdir. 

Sevgi  –  bu  nafaqat  xissiyot,  balki  boshqalarni  seva  olish  qobiliyati  va 

sevilish uning asosiy mezoni – “insoniy fazilatlar” hisoblanadi. 



Sezgi  –  qo‘zg‘atuvchilarning  idrok  a’zolari  retseptorlaritga  ta’siri  tufayli 

vujudga keladigan, ob’ektiv dunyo xossalarining sub’ektiv in’ikosidir. 



Sifat-muayyan   narsa   yoki   xodisaning   boshqa   narsa   yoki xodisalardan 

tub farqni kursatadigan umumiy tushuncha.  



Sigmatizm  -  s,  z,  k,  sh,  j,  ch  tovushlarni  noto’g’ri  talafuz  qilishdan  iborat 

nutqiy kamchilik. 



Siklofuzion-yunoncha  doyra,  aylana  degan  ma’noni  berib,  harakat, 

harakatlanuvchi jismlarni ko’z korachigi yordamida aniq tasvirini aks ettirishdir. 



 

66 


Simpatiya-biror  narsaga  yoki  shaxs  ga  nisbatan  ichki  moyillik,  ishonchdan 

iborat emotsional xolat. 



Simulyasiya-atrofdagilarni  aldab  ishontirish  uchun  o’zini  soxta  xolatga 

solishdan iborat yasama xulq formasi. 



Sinesteziya-muayyan qo’zg’ovchining ma’lum bir sezgi organiga ta’sir qilib 

faqat  shu  sezgi  organi  uchun  xos  bo’lganiga  ta’sir  qilib,  faqat  shu  sezgi  organi 

uchun xos bo’lgan sezginigina emas, bilish boshqa sezgi organi uchun tasavvurni 

ham xosil qilishdan iborat xodisa. 



Sintez-fikr  ob’ekti  xisoblangan  narsa  va  xodisalarning  tarkibiy  qismlari, 

sifatida  hamda  xususiyatlarini  fikran  yoki  amaliy  ravishda  1  butun  qilib 

qo’yishdan iborat bo’lgan aqliy operatsiya. 

Sistemalashtirish  -  fikr  ob’ekti  xisoblangan  narsa  va  xodisalarni  zamon, 

makon  va  mantik  jixatdan  ma’lum  tartibda  joylashtirishdan  iborat  aqliy 

operatsiya. 

Siqib  chiqarish-noxush  fikr  va  impulslarni  ong  darajasiga  etib  borishiga 

tuskinlik qiladigan ximoya mexanizmi. 



Situativ  nutq-suxbatdoshlar  uchun  aniq  bo’lgan  vaziyat  da’vat  etgan  fikr 

olishuv jarayoni. 



Slepogluxonemota-ko’r-kar-soqovlik,  ko’rish,  eshitish  va  nutq  kobilyatiga 

ega bo’lmaslik. 



Slepota-ko’rlik, ko’rish qobilyatining to’liq yoki qisman yuqolishdan iborat 

nuqson. 


Somnambulizm-  Bu  holatda  odam  g’alati  va  hattoki  kelisilmagan  qiliqlar 

qiladi.Somnabullarda bemorlar maqsadsiz sang’ib yuradi, devorlarni timirskilaydi 

avtomatik tabiatdagi harakatlar qiladi. 

Somnolensiya-  (Uyquchanlik)  –  Uzoqdavom  etadigan  xolat,Bu  holatda 

mo’ljal  olish  o’zgarmaydi,spirtli  ichimliklardah,uhlatuvchi  dori  vositalaridan 

zararlanganda kuzatiladi.  

Sotsiologiya  –  jamiyatda  yo’z  beradigan  turli-voqea-xodisalarni  va  o‘zaro 

munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan fan. 



 

67 


Sotsial  individ–  barcha  kishilar  uchun  umumiy  bo‘lgan,  belgilar,  qurollar 

bilan ishlashda bog‘liq bo‘lgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda 

qabul  qilingan  norma  va  qoidalarni  hisobga  olish,  sotsial  vazifalarni  bajarishdir. 

Gap shaxsiy yoki individual jihatlar to‘g‘risida ketayotgani yo‘q. 



Sotsial  muhit  –  insonning  aniq  maqsadlar  rejalar  asosida  faoliyat 

ko‘rsatadigan dunyosi. 



Sotsiometriya-guruxlarda  shaxslararo  afzal  ko’rishlarni  aniqlash  usulini  va 

xissiy afzal ko’rishlarni qayd qilish texnikasi. 



Somnolensiya-ancha uzoq vaqt, soatlab, ba’zan kunlab uyqu bosish xolati. 

Stupor-fikrlashni va nutqning tormozlanish shaklidagi ruxiy buzilish xolati. 

Suggestiya-psixik  ta’sir  kursatishning  alohida  formasi,  ayniksa  so’z  orqali 

ta’sir kursatish formasi. 



Streotip-odamlar  guruxining  shaxsiy  sifatlar  haqidagi  fikri.  Streotiplar 

xaddan tashqari umumlashgan, noaniq va yangi informatsiyaga rezident bo’lish i 

mumkin. 

Strukturaviy  model-Freyd  tomonidan  belgilangan  shaxs  qurilmasining  Id, 

Ego, Supper-Ego dan iborat uch darajasi 



Sublimatsiya-Idning  impulelari  ijtimoiy  ma’qo’l  faollikka  yunaltiriladigan 

urin almashtirish shakli. 



Streotipizatsiya- odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o’rnashib 

qolgan ko’nikib qolinganobrazlardan shablon sifatida foydalanish. 



Supper-ego-interorizatsiyalashgan  madaniy-ijtimoiy  normalar.Psixoanaliz 

nazariyasida  shaxs  qurilmasidagi  etnik  yoki  axloqiy  katlam.  Jazolash  va 

ragbatlantirish  vositasida  ota-onadan  olingan  ijtimoiy  norma  va  xulq 

standartlarining  individum  tomonidan  internalizatsiya  qilinishi  (internalizatsiya-

e’tiqod,  qadriyat,  ustanovka,  amaliyot,  standartni  o’ziniki  deb  qabul  qilish  yoki 

ularga moslashish. 



Suxbat-ikki va undan ortik shaxslar o’rtasida sodir bo’ladigan bevosita fikr 

almashish jarayoni. 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling