O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana26.07.2020
Hajmi0.84 Mb.
#124898
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2020 lugʻat




Baxolash 

qo’rquvi

Bizni 


boshqalar 

qanday 


baxolashlaridan 

xavotirlanishimizdir. 



 

12 


Bashoratgo‘ylik  -  sezgi  a’zolari  va  aqliy  tafakkurga  acoslanmagan  holda 

tashqi olamning ob’ektiv hodisalari haqida bilimga ega bo‘lish. 



Belgi  -  sezgi  a’zolarimiz  orqali  idrok  qilinadigan  narsa  va  hodisalar  yoki 

ma’lum  muloqot  jarayonidagi  xatti-harakatlarning  vakili-belgisi  vazifasini 

o‘tovchi narsa yoki hodisa. 

Belgi  tizimi  -  umumiy  qoidalari  bilan  o‘zaro  bog‘liq  va  amalda 

qo‘llanadigan belgilarni birlashtiruvchi belgilar to‘plami. 



Bedor  xolat-bosh  miya  yarim  sharlaridagi  tegishli  nerv  markazlarining 

qo’zg’alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi ongli xolat. 

bilish. 

Bine  Simon  Testi-  bolalar  aqliy  rivojlanish  usuli.  Frantsuz  psixologlari 

Bine  va  Simon  tomonidan  ishlab  chiqilgan  (1904).  Ular  ilk  bor  eksperimental 

psixologiyaga asos solishgan. 

Biogenetik  qonun-  (yunon,  bios  -  hayot,  genesis  -  kelib  chiqmoq,  - 

psixologiyada  E.Gekkel  tomonidan ochilgan  biologik  qonun bo‘lib,  ynra  ko‘ra 

ontogenez  filogenezni  takrorlaydi  deb  hisoblanadi.  Odam  psixikasining 

ontogenezda  birinchi  signallar  tizimiga  tayangan  holda  amaliy  faoliyat  asosida 

avval  oddiy  ehtiyojlarni  qondirishdan  boshlanib,  keyii  emotsiya  va  bilim 

rivojlanadi,  so‘ngra  ikkinchi  signallar  tizimi  asosida  ong  shakllanadi,  deb 

hisoblaydi. 

Biografik  metod  -  (yunon.  bios  -  hayot,  grah’  -  yozaman,  ko‘rsataman) 

odamni uning tarjimai holi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar orqali o‘rganish usuli. 



Birga  qayg’urmoq  -  birovning  yoki  ijtomiy  guruhning  holatiga  mos 

ravishda emotsional holatga tushish. 



Bevositalik-borliqdagi  narsa  va  xodisalarni  yordamchi  vositalarini  qo’llash 

orqali bilish usuli. 



Bexushlik-haddan  tashqari  kuchli  ta’sir  natijasida  turli  psixik  yoki 

psixopatologik sabablarga ko’ra aqlning ko’chishi. 



Bid’at-gurux  yoki  uning  alohida  a’zolariga  nisbatan  asossiz  salbiy 

ustanovka. 



 

13 


Bilish – olamning inson ongidagi in’ikos etish jarayoni . inson o‘zini qamrab 

olgan  atrof  –  muxit  to‘g‘risida  bilish  va  tasavvurga  ega  bo‘lmay  turib, 

faoliyatning biron bir turi bilan shug‘ullana olmaydi. Bilishning maxsuli natijasi 

bilim bo‘lib, har qanday kasbni egallash faqat bilim orqali ro‘y beradi.  



Binokulyar  idrok-narsa  va  xodisalarni,  ularning  fazoda  tutgan  urni,  shakli, 

xolati va bir-biriga nisbatan munosabatlarini ikki ko’z orqali idrok qilish. 



Birlamchi  jarayon-tug’ma  extiyojlarni  fantaziyada  qondirish  asosiy 

extiyojini  qondirish  bilan  assotsiyasiya  qilinadigan  ob’ekt  obrazni 

shakllantirganda  individumning  keskinligi  kamayishini  izoxlaydigan  psixologik 

fenomen. 



Birgalikda  aziyat  chekmoq  -  birovning  hislari,  fikrlarini  tushungan  holda 

unga ma’naviy dalda berishning bir turi. 



Birinchi signal - narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga besita ta’sir etishi 

natijasida bosh miya yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan shartli muvaqqat 

nerv bog‘lanishlari. U sezgi va idrok turlarida namoyon bo‘ladi. 

Borliq-  ob’ektiv  olamning  ongdan  holi  bo‘lgan  holda  mavjudligini  bildiruvchi 

falsafiy tushuncha. 



Bosh  miya-  markaziy  nerv  tizimining  old  (yuqori,oliy)  qismi 

bo‘lib,  u  bosh  miya  qobig‘ida  joylashgan  oliy  nerv  tizimining  moddiy 

asosi. B.m.ning o‘rtacha og‘irligi (odamniki) 1470 g. 

Bixovorial meditsina-Salomatlik va kasaliklar haqidagi bixevorial va tibbiy 

bilimlar birgalikda foydalaniladigan fanlararo soxa. 



Bixevorial  tasdiq-Ijtimoiy  ko’tishlar  odamlarni  ayrim  harakatlar  qilishga  

majbur  qiladi,  natijada  ularning  xulqi  boshqalarni  shu  kutishlarini  tasdiqlash 

uchun undashga sabab bo’ladi. 

Bixeviorizm-psixologiyaning  predmeti  psixikani  emas,  balki  inson  va 

xayvonlar xulqini o’rganishdan iboratdir degan fikrni ilgari suruvchi oqim.



  

Biografik  usul  -  bu  usul  yordamida  shaxsning  avtobiografiyasi  (tarjimai  holi), 

unga  berilgan  tavsifnoma,  tutgan  kundaliklari,  yozishmalari,  biografik 

ma’lumotlar, xatlar, esdaliklari o‘rganiladi. Shuningdek, uning bilish jarayonlari, 


 

14 


qobiliyati, iste’dodi, talanti va aqliy, axloqiy, irodaviy sifatlari ham o‘rganiladi. 

Birinchi  nuqtai  nazar  –biologik  nuqtai  nazar  bo’lib,bu  nazariya  Alturizimni 

biologikextiyoj sifatida qaraydi va uniinsonga tug’ma holda beriluvchi instinktiv 

xulq-atvor leb baxolaydi. 

Bog’lanishsiz  fikrlash-(Inkogerensiya)-ongning  buzilishi  tufayli  atrof 

borliqni  boglanish  va  o’zaro  munosabatlarda  idrok  qilish  xususiyatining 

yo’qolishi. 

Boqimsizlik-balog’tatga  etmagan  bolalarga  nisbatan  etarli  e’tibor  bermaslik 

yoki  tarbiyaviy  ta’sir  ko’rsatmaslik  natijasida  kelib  chiqadigan  salbiy  ijtimoiy 

xodisa. 

Bosqichlar  –  muloqotda  mavjud  bo‘lgan  shaxsning  o‘zi  bilan,  boshqalar 

bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni. 



Boshqaruv–  shaxs  va  jamiyat  munosabatlarida  ijtimoiy,  individual 

munosabatlarni o‘rnatish ga qaratilgan jarayon.  



Belgi  -  hissiy  idrok  qilinadigan  narsa,  hodisa  va  voqea  bo‘lib,  u  muloqot 

jarayonida boshqa narsa va hodisaning o‘rshshi. Masalan: - yo‘l yo’q, ~> belgisi 

yo‘l o‘ng tomonga buriladi mazmunini bildiradi. 

Belgilar sistemasi

 

 – belgilar birlashmasi bo‘lib, umumiy qoidalar, ularning 

bir-biriga boglanishi bilan amalda ifodalanadi. 



Badan  bilan  sezish  -  ob’ektiv  olamdagi  narsalarni,  ularning  ba’zi 

belgilarini  teri  hamda  muskul  harakat  sezgilarining  murakkab  yig‘indisi  orqali 

aks ettirishdan iborat idrok turi. 

 

 



 

15 


Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,  

qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur. 

Alisher Navoiy 



Dadillik  –  kishining  xayot  va  omonligi  uchun  omon  bo‘lgan  kishilarni 

yengishda ko‘rinadigan iroda kuchidir. 



Daktilogiya  -  harflar  va  so’zlarni  qo’l  barmoqlarining  turli  xolatlari 

yordamida ifodalashdan iborat maxsus nutq formasi. 



Daktilografiya  -  har  qanday  qullay  tekislikda  barmoq  bilan  yozib,  fikr 

olishuv  usuli.Daktilografiya  yordamida  kar-soqovlarning  kaftiga  oddiy  harflar 

yozish orqali muayyan fikrlar bildiriladi.Bu usul orqali kar qanday sog’lom odam 

ko’r-kar-soqovlar bilan fikr olish imkoniyatiga egadir. 



Daltanizm  -  ko’z  turpardalaridagi  ko’zacha  kujayralari  funksiyasining 

buzilishi natijasida qizil rangni ajrata olmaslikdan iborat ko’ruv sezgisi nuqsoni. 



      Dangallik  -  psixik  xususiyat  bo‘lib,  u  uchta  turda  namoyon  bo‘ladi. 

Irodaviy  zo‘r  berishni  talab  qiluvchi,  faoliyatni  bajarishni  istamaslik,  ana  shu 

faoliyatsizlikdan zavq qilish. 

Debillik-  tug’ma  yoki  turmush  jarayonida  xosil  qilingan  aqli  pastlik,  esi 

pastlik, aqliy rivojlanmaganligidan iborat psixopatologik nuqson. 



Deduksiya  -  umumiydan  yakkaga  qarab  borish  yoki  bir  qancha  ma’lum 

umumiy  xukmlardan  yangi  yakka  bir  xukm  keltirib  chiqarishdan  iborat  xulosa 

chiqarish turi, mantiqiy tafakkur formasi. 

Deffekt- shaxsdagi ba’zi jismoniy yoki psixik nuqson. 

Defektologiya  -  jismoniy  hamda  psixik  kamchiliklarga  ega  bo’lgan  bolalar 

taraqqiyotining  psixofiziologik  xususiyatlari,  ularga  ta’lim  va  tarbiya  berish 

qonuniyatlari haqidagi fan. 

Deindividualizatsiya-O’z-o’zini  anglashning  yo’qolishi  va  baxolash 

qo’rquvi; anonimlikni taminlaydigan va alohida individga diqqatini tortmaydigan 

guruxli vaziyatlarda paydo bo’ladigan xolat. 


 

16 


Degustator ozuqa maxsulotlarining, ayniqsa vino, choy kabilarning aniqlab 

beruvchi, kuchli maza sezgirligiga ega bo’lgan mo’taxasis. 



Degustatsiya-  vino,  choy  kabilarning  mazasini  totib  kurib,  ularning  sifatini 

belgilashdan iborat o’ta kuchli ravishda rivojlangan sezgirlik darajasi. 



Demensiya-bosh  miyada  sodir  bo’lgan  turli  organik  o’zgarishlar  natijasida 

aqliy qobiliyatning o’ta darajada pasayib ketishi. 



Demaralizatsiya  -  muayyan  jamiyatdagi  xatto  elementar  axloq  normalariga 

ham  rioya  qilmay, axloq  prinsiplarini  oyoq osti qilishdan  iborat  xulqiy  tubanlik, 

ijtimoiy-axloqiy buzuqlik. 

Demokratik  lider  -  u  gurux  a’zolaridan  fikrlar  to’playdi.Tashabbus 

ko’rsatishlari  uchun  barcha  sharoitlarni  yaratadi.Demokratik  lider  gurux  oldiga 

umumiy masalani kutaradi, ishining konsepsiyasini belgilaydi, lekin ishni qanday 

amalga oshirish yo’llarini guruhning a’zolari xal qilishlari lozim. 



Depressiya  -  ruxiy  tushkunlik,  ma’yuslik,  xastalik,  ojizlik  kabi  salbiy 

kayfiyatlardan tashkil topgan psixopatologik xolat. 



Deyteranopiya-ko’ruv  sezgilarining  rang  ko’rishligi  degan  kasallik  turi. 

Deyteranopiyada yashil ranglar kul rang, sariq, to’q qizil ranglar bilan almashtirib 

yuborilish xolati. 

Depressiv  realizm-engil  depressiya  xolatida  (o’z  meni)  foydasiga  emas) 

ob’ektiv  muloxazalar  atributsiya  va  bashoratlar  tuza  oladigan  odamlar 

tendensiyasi deyiladi. 

Depersonalizatsiya-o’z  shaxsining  idrok  etishning  buzilishi  shaxs  barcha 

ruxiy xususiyatining begonalashuvi. 



Derealizatsiya-o’rab  to’rgan  borliqni  buyumlar  shakli,  oraliq  masofa  va 

vaqtga nisbatan idrok etishning buzulishi. 



Determinizm-Bizning  butun  xulqimiz  qandaydir  xodisalar  ta’siriga  bog’liq 

va shuning uchun erkin namoyon bo’lmaydi deb tasdiqlash. 



Deviant xulq – atvor – ijtimoiy deviantlikni kiritib chiqaruvchi xulq – atvor 

 

17 


Dezinformatsiya  samarasi  -  Hodisaning  sodir  bo’lishidagi  ishtirok  etgan 

odam u haqda yolg’on axborot oladi va keyinchalik bu dezinformatsiyani bo’lib 

o’tgan xodisa haqidagi o’z xotirasiga kiritib qo’yadi. 

Delirioz  holati-  O’z  shaxsini,moljalini  saqlagan  holda  joy  va  atrof 

sharoitidagi mo’ljalning buzilishi. 



Depersonalizatsiya  holati-  bu  holatda  bemor  kimligini  biladi,ammo  o’zini 

o’zgarganday sezadi,bu ham hamma vaqt bo’lavermaydi va nimasi o’zgarganini 

aniq  aytolmaydi.  Bu  bosh  holat  miyning  organik  shikastlanishida  va 

shizofreniyada uchraydi. 

 

Didaktogen - o’quvchi yoki talabaning o’qituvchidan qo’rqish xolati. 

Differensial psixologiya- psixologiyaning shaxsning individual hamda  

Dinamik  streotoip  -  (yunon.  dinamicos-kuchga  oid,  o‘zgaruvchanlik, 

harakatchanlik.  stereos-qat’iy,  tipos-iz)  bir  xildagi  tashqi  taassu-rotlarning  ko‘p 

martalab  takrorlanishi  natijasida  bosh  miya  yarim  sharlari  qobig‘ida  hosil 

bo‘ladigan,  ma’lum  darajada  qat’iy  shartli  reflektor  yoki  muvaqqat  nerv 

bog‘lanishlari  sistemasi.  Dinamik  stereotipning  hosil  bo‘lishi  kishida  muayyan 

malaka  va  odatlarning  tarkib  topishini,  kishining  muayyan  hayot  sharoitlariga 

moslashuvini ta’minlaydi. 

Differensiallash-shartli  reflekslar  ichki  tormozlanishining  fakat  muayyan 

qo’zg’ovchiga 

aniq 

javob 


reaksiyasini 

qaytarib, 

boshqa 

o’xshash 



qo’zg’ovchilarga beriladigan javoblarning tormozlanishidan iborat turi. 

Dil-  jon,qalb,yurak,ko‘ngil  markaziy  osiyo  falsafiy  tafakkurida  ushbu 

tushunchalar  deyarli  bir  xil  ma’noda  ifodalanib  borliqning  nomoddiy  asosida 

hamda insonning tub mohiyatini ifodalash uchun xizmat qilib kelgan. 

Dilkashlik  shaxsning doimo  jamoa  bilan  birga  yashashga, birga ishlashga 

jamoa a’zolarining ko’nglini topabilishga intilish ijobiy xarakter. 



Diplopiya - ko’zni harakatlantiruvchi  mushaklarning zararlanishi, binobarin 

idrok  qilinayotgan  narsalar  tasvirining  ko’z  to’r  pardasining  nuqtalarga 



 

18 


tushmasligi  natijasida  narsalarning  ikkita  bo’lib  ko’rinishidan  iborat  idrok 

patologiyasi. 



Diqqatsizlik-diqqatni  ob’ektga  yo’naltira  va  to’play  olmaslik,  atrofdagi 

kishilarga nisbatan e’tiborsizlik  yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xislat. 



Diqqat  depressiya-turli  tashqi  va  ichki  omillarga  ko’ra  ob’ektda  to’planishi 

va mustaxkamlanishining kuchsizlanishi va buzilishi. 



Diqqatning  taqsimlanishi  -  ayni  bir  vaqtda  diqqatimizning  bir  necha 

narsaga qaratilishi, bo‘linishi. 



Diqqatning  barqarorligi  -  diqqatning  uzoq  vaqtgacha  ma’lum  ob’ektga 

qaratilibuning ustida to‘pdlanib turishi. 



Diqqatning  ko’lami  -  ayni  bir  vaktda  odamning  diqqat  doirasiga  sig‘ishi 

mumkin bo‘lgan narsalar miqdori. 



Diqatning  ko’chishi  -  diqqatning  narsadan  ikkinchi  bir  narsaga,  bir 

faoliyatdan boshqa bir faoliyatga o‘gishi. 

 

Disgarmoniya 

gavda 



harakatlaridagi 

bir-biriga 

uyg’unlikning 

yo’qolishidan iborat harakat patologiyasi. 



Dislaliya-tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilishdan iborat nutq patologiyasi. 

Disprat  nuqtalar  -  ko’z  pardasining  sariq  dog’dan  teng  uzoqlikda  emas, 

balki har xil uzoqlikda joylashgan nuqtalari, idrok qilinayotgan narsa 2 ta bo’lib 

ko’rinadi. 

Dispant  retseptorlar-ko’ruv, eshituv, hid kabi analizatorlar-retseptorlaridir. 

Dissonas-  ba’zi  odamning  so’zlari  yoki  xulqining  atrofidagi  boshqa 

kishilarning  kayfiyatiga,  dunyoqarash  va  e’tikodlariga  mos  kelmasligidan  iborat 

ijtimoiy xodisa. 

Dismeneziya  -  esda  saqlash  qobilyatining  pasayishi,  qabul  qilish  va  tadbik 

etish qobilyatining pasayishi. 



Disforiya  –  g’amgin  ezilgan  kayfiyatli  xolat  bo’lib,  ta’sirchanlik  o’zidan 

norozilik,  atrofdagilardan  norozilik  va  tajuvvuzkorlik  belgilari  bilan  namoyon 

bo’ladigan xolati 

Diologik nutqbir necha suhbatdoshlar (kishilar) orasida faollik bilan 

muloqotda bo‘ladigan nutq turi. 

 


 

19 


Dipsomaniya-ichkilikka bo’lgan kuchli mayl. 

Diqqat–  ongning  muayyan  ob’ektlar  to‘plami,  jarayonlarga  (tashqi  yoki 

psixikaga bog‘liq) tanlangan holda yo‘naltirilishidir. Ba’zan nazorat va o‘z-o‘zini 

nazoratni ham diqqatga kiritishadi. 

Divergensiya-lotincha uzoqlashish, ko’zning vergent harakatlarining bir turi 

bo’lib,  bir-biridan  muayyan  masofada  turgan  nuqtalani  qayd  qilishda  ko’rish 

o’qlarining uzoqlashuvidan iborat harakat. 

Dominanta-muayyan 

nerv 


markazidagi 

kuchli 


qo’zg’atuvchanlik 

qobilyatiga ega bo’lgan qo’zg’alish markazi 



Dominant – boshqalar  bilan  muomala  va  munosabat o‘rnatishda o‘z  fikrini 

o‘tkazish xislatining yorqin namoyon bo‘lishi. 



Dressirovka-kishilar  tomonidan  xayvonlarning  maxsus  o’rgatish  orqali 

ularda turli ko’nikma va malakalar xosil qilinishi. 



Dromaniya-daydilikka bo’lgan extiros. 

Dualizm-borliq ham moddiy, ham ruxiy bo’lgan ikki asosdan tashkil topgan 

deb xisoblovchi falsafiy ta’limot. 



Dunyo  obrazi  -  insonga  dunyoda  harakatlana  olish  uchun  mo‘ljal  bo‘lib 

xizmat  qiladigan  olam  to‘g‘risidagi,  boshqa  kishilar,  o‘zi  va  o‘z  faoliyati 

to‘g‘risidagi  bir  butun,  yaxlit  ko‘p  darajali  tasavvurlari  tizimidir.  Bu  sub’ektiv 

kechinmalar  tilida  yaratilgan  tashqi  dunyoning  ichki  modelidir.  Ta’kidlash 

lozimki, bu olamni idrok qilish natijasida hosil bo‘lgan, ichki rejaga noavtomatik 

tarzda  ko‘chirilgan  obrazlar  emas,  balki  hayotiy  faollikning  har  biri  keyingi 

momentidagi  hodisalarni  bashorat  qila  oladigan,  chuqur  anglanmagan  taxminlar 

asosida  aktiv  qurilgan  tizimdir.  O‘zini  va  tashqi  olamni  faol  o‘zlashtirish 

davomidagi tekshirish usullari bilan (sinov va xatolar) yaratiladi. 

Dunyoqarash  –  tartibga  solingan,  aqliy  ongli  tizimga    aylantirilgan  bilim, 

taasvvurlar va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy 

qiyofasiga ega tarzda munosib o‘rin egallashga chorlaydi. 

Dushmanlik  aggresiyasi-Nafrat  tufayli  uyg’onadigan  va  shaxsiy  maqsadga 

aylangan aferssiya. 



 

20 


Do‘stlik  – o‘zaro bir- birini tushunuvchi 2 inson o‘rtasida yuzaga keluvchi 

emotsional ijobiy xisdirodatda bir jins vakillari orasida yuzaga keladi. 

 

 

Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa,  



holati o‘zgaradi,holati o‘zgarsa, a’zolarning amali o‘zgaradi.  

Bas, amal holatga,holat ilmga, ilm fikrga tobe’dir.  

Abu Homid al-G’azzoliy 



Efferent  yo’l-refleks  yoyiningbir qismi,  nerv  markazidan  ishchi organlarga 

boradigan nerv yo’li. 



Egotsentrizm-egoizmning  eng  tuban  darajasi,  u

3

  shaxsiy  manfaatlari  va 



extiyojlarini qondirish ga kuchli xirs quyib, jamiyat manfaatlarini mensimasliklan 

iborat xarakter xislat 



Egoizm-o’z  shaxsiy  manfaatlarini  jamiyat,  gurux  manfaatlaridan  kjori 

qo’yishga kuchli intilishda ifodalanadigan salbiy harak-ter-xislat. 



Ego 

ideal-Ota-onalar 

tomonidan 

bolaga 

o’rgatilgan 



o’z-o’zini 

takomillashtirishning aniq standartlaridan iborat super egoningbir kirrasi. 



Ego-psixoanalizda  ijtimoiy  dunyo  bilan  samarali  hamkorlik  qilish  uchun 

zarur  bo’ladigan  idrok,  tafakkur,  malaka  va  psixik  faollikning  boshqa  hamma 

kurinishlarini o’z ichiga oladigan shaxs qurilmasi. 

Ehtiyojlar–  inson  yoki  hayvonning  normal  yashashi  uchun  zarur  bo‘lgan 

yetishmovchilikni  aks  ettiruvchi  psixik  yoki  fiziologik  keskinlik  holatidir. 

Ehtiyojlar  holat  sifatida  sub’ektning  hayotiy  faolligining  shu  ma’noda  manbai 

hisoblanadiki,  yo’z  bergan  keskinlikni  yo‘qotishga  qaartilgan  sezilarli  ta’sir 

kuchiga ega. 


 

21 


Eksperimental tadqiqot-Bir yoki bir nechta omillarni manipulyasiya qilib va 

boshqalarni  nazorat  qilib,  sabab-oqibat  haqidagi  ma’lumotlarni  aniqlaydigan 

tadqiqot. 

Ekstrovert–  shaxsning  har  qanday  sharoit  va  xolatlarida  o‘z  ichida 

kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.  



Ekstroversiya-shaxsning  tevarak  atrofdagi  odamlarga,  tashqi  xodisalarga 

yo’nalish xolati. 



Ekstirpatsiya-birorta  organnni  yoki  uning  biror  qismini  butun  organizmdan 

yo’lib olish xolati. 



Ekstriol  lokus  nazorat-o’z  ma’suliyati  sabablarini  tashqi  sabab  bilan 

boglash. 



Ekzopsixika-shaxs 

munosabatlarining 

tizimini 

va 


uning 

qiziqishlari,mayillari,ideallari,maslagi,ustunlikqiluvchi,hukumron 

hissiyotlarni,egallagan  bilimlarni  tajribalarni  qamrab  oladi.E.Ijtimoiy  voqeliklar 

ta’siri ostida yuzaga keladi. 



Eksteriorizatsiya-bu 

aqlda  shakllangan  g’oyalarni  bevosita  tashqi 

.harakatlarda yoki tashqi faoliyatga kuchirilish xolati. 

Ekspremental  psixologiya-psixologiyaning  psixik  xodisalar  va  jarayonlarni 

eksperimental o’rganish ga asoslangan maxsus soxa. 



Emotsiyalarva  motivatsiyalar-atrofimizda  sodir  bulayotgan  xodisalar,  bizni 

urab  to’rgan  odamlar  va  ularning  xatti-harakatlarini  ruxan  qanday  qabul  qilib, 

ularga bildiradigan xissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo’lib, ular 

ayni vaziyatdagi real xolat larim izdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib 

chiqadi. 

Emotsional-kognitiv-borliq  muxitning  turli  tomonlarini  shaxs  qanday 

emotsional xis qilishi va o’zida shu olamning emotsional manzarasini yaratish. 



Emotsional  xolatlar-shaxsning  emotsional  kuchi,  tezligi  va  barqarorligi 

bilan  belgilanadigan,  voqelikka  bo’lgan  munosabatida  ifodalanadigan  turli 

yoqimli va yoqimsiz kechinmalar. 


 

22 


Emotsiya-  (lotincha)-emotsion  so’zidan  olingan  bo’lib,  to’lqinlanmoq 

ma’nosini anglatadi.Shaxsning voqelikka bo’lgan o’z munosabatini xis qilishdan 

kelib chiqadigan, uning extiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan kechinmalar. 

Emotsional xotira-voqelikdagi narsa va xodisalardan, o’z-o’zimizga bo’lgan 

munosabatimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda 

qoldirish va esga tushirishdan iborat xotira turi. 

Empatiya-  boshqa  odamning  xis  tuyg’ularini  jo’shqin  ravishda  kechirish; 

o’zini uning urniga qo’yishga harakat qilish, hamdardlik. 



Entropiya-Har  qanday  energetik  tizimni  muvozanat  xolatiga  intiladi  deb 

tasdiqlovchi termodinamika qonuni. 



Empirik – sеzgi а’zоlаri оrqаli bilim оlish. Bu tехnоlоgiyadа аsоsiy e’tibоr 

sеzgi  а’zоlаrining  tаbiiy  rivоjlаngаnlik  imkоniyatlаrigа  tаyangаn  hоldа  bilim 

bеrish vа ulаrni yanаdа tаkоmillаshtirib bоrishgа qаrаtilаdi. 

 

Evristik  –  yo‘nаltiruvchi  sаvоllаr  bеrish  yo‘li  bilаn  tа’lim  bеrish  lо-zim. 

Tоpqirlik, fаоllikni rivоjlаntirishgа хizmаt qiluvchi, o‘quv-izlаnish tа’lim mеtоdi 

bo‘lib,  оptimаllаshgаn  (bir  nеchа  vаriаntlаrdаn  eng  mа’-qulini,  mоsini, 

muvоfig‘ini tаnlаsh) tаfаkkurni rivоjlаntirаdi. 

 

Endopsixika-shaxsning  ta’sirlanishi,xotira,  tafakkur,  xayol  kabi  bilish 

jarayonlarining  xususiyatlarini,ihtiyorsiz  harakatlarni  aks  ettiradi.E.biologik 

shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi. 



Epilepsiya-davriy ravishda takrorlanadigan tutqanoqlanib xushsizlanish yoki 

qisqa  muddatli  psixik  buzilish,  ongning  qorong’ulanishi  bilan  kechadigan  nerv 

ruxiy kasalligi. 

Epileptik  qo’zg’alish-ongning  qo’zg’alishi  va  dierofiya  bilan  boglangan, 

qo’zg’alish jaxldor, gazabli affekt bilan kechadigan xolat. 



Ergograf-mushaklarning  ishini  grafik  usulda  ifodalashda  qo’llaniladigan, 

ayniksa, toliqish jarayonini o’rganishda qo’llaniladigan asbob. 



Erkin  assotsiatsiya-Individum  qanchalik  absurd,  sharmandali  va  mantiksiz 

bo’lmasin,  kallasiga  nima  kelsa,  shuni  erkin  gapirishi  jarayonida  ongeizlikni 

o’rganadigan psixoanalitik usul. 


 

23 


Eruditsiya-barcha  ijobiy  aql  sifatlariga  ega  bo’lish,  ukimishlilik,  fanning 

biror soxasini chuqur bilishlik. 



Eslash-avval  idrok  qilingan  narsa  va  xodisalarni  bevosita  takror  idrok 

kilmagan xolda esga tushurishdan iborat xotira jarayoni. 



Estetik  xislar-shaxsning  tabiat,  jamiyat  va  inson  xulq-atvoridagi  go’zal 

narsa-xodisalarni,  xislatlarni  idrok  hamda  tasavvur  qilish,  ular  haqida  o’ylah 

munosabati bilan kechiriladigan alohida yoqimli xislar. 

Estetik  extiyoj-shaxsning  estetik  xulq-atvoriga,  turli  bezak  ashyolariga 

bo’lgan muxtojligini sezishdan iborat extiyojturi. 



Esteziometr-teri sezgirligini ulchaydigan asbob turi. 

Etnotsentrizm-O’z  etnik  guruxi  va  madaniyatining  ustunligiga  ishonch  va 

mos ravishda boshqa guruxlarni nazar pisand kilmaslik. 



Evristika-samarali maxsuldor ijodiy tafakkurni o’rganuvchi fan. 

E’tiqod  –  shaxning  shunday  ongli  yo‘nalishki,  o’nga  o‘y-  qarashlari, 

prinslari    va  dunyoqarashga    mos  tarzda    yashashga  imkon  beradi,  e’tiqodning 

predmeti  tarlicha  bo‘ladi.  Vatanga,  dinga,  fanga,  kasbga,  axloqiy  normalarga, 

oilaga, go‘zallika va sho’nga o‘xshash. 



Extiros – o’zoq vaqt davom etadigan va barqaror bo‘lgan ematsional xolat. 

Extiyotkorlik-shaxsning  o’z-o’ziga  va  atrofdagi  kishilarga,  davlat,  oila 

hamda  shaxsiy  mulkka  me’yor  bilan  avaylab  munosabatda  bo’lishda 

ifodalanadigan ijobiy xarakter xislati. 

Eydetizm-yunoncha obraz, ya’ni avval idrok qilingan narsa va xodisalarning 

obrazlarini  ongda  aniq,  to’liq  va  yorkin  xolda  uzoq  vaqt  saqlab  kola  olish 

qobilyatida ifodalaydigan ruxiy xodisa 

Eydetik  obrazlar-favqulodda  jonliligi  va  mutlako  to’liqligi  bilan 

sifatlanadigan yakkol tasavvur obrazlari. 



Eyforiya-mayllarning  ko’tarilishi  bilan  kechadigan  kuvonchli,  ko’tarinki 

kayfiyat. 



Eytrofobiya-shaxsning  ko’pchilik  davrasida  izza  bo’lishdan,  o’zini  yukotib 

qo’yishdan qo’rqish xolati. 



 

24 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling