O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana26.07.2020
Hajmi0.84 Mb.
#124898
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2020 lugʻat




Kalliziya-inson  psixikasi  ongidagi  qarama-qarshi  ruxiy  kuchlarning, 

motivlarining o’zaro tuknashuv xolati. 



Kommunikativ– 

shaxslararo 

munosabatlarda 

biror 


ma’lumotning 

yetkazilishiga qaratilgan tomoni. 



Kanfabulyasiya-obrazli 

yorkin  xarakterga  ega  bo’lgan  fantastik 

mazmunning noto’g’ri tasavvur etilishi. 

Kataleptik  uyqu-miya pustining tormozlanish natijasida gavdaning va ayrim 

a’zolarining ixtiyoriy harakatlar qilish qobilyatini yukotib, kotib qolish. 



Katalepsiya-gipnoz,  letorgiya,  istoriya  kabilar  vaqtida  gavdaning  va  uning 

ayrim a’zolarining ixtiyorsiz harakatlar qilish qobilyatini yukotib, kotib qolishdan 

iborat psixopatologik xolatlar. 

Katatoniya-muskullarning tortilish va ixtiyoriy harakatlarning buzilishi bilan 

ifodalanadigan nerv-psixik kasallik turi. 



Kateksis-Psixik energiyaning ob’ekt, g’oya yoki xulqga yo’nalganligi 

Kategoriya-voqelikdagi  narsa  hamda  xodisalarni,  ularning  umumiy  muxim 

bog’lanish va munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy mantiqiy tushuncha. 



 

43 


Katatonik  qo’zg’alish-bir  xil  so’z  va  harakatlarni  kayta-kayta  takrorlash 

bilan kechadigan qo’zg’alish xolatidir. 



Karaxtlik  holati-bunda  bemorlar  atofdagi  ta’sirotlarga  kuchsiz  reaksiya 

ko’rsatadi.  



Kayfiyat-unchalik  kuchli  bo’lmagan  lekin  uzoq  vaqt  davom  etadigan 

barqaror xissiy xolat. 



Kaustrofobiya-insonning eshigini qulflab yolg’iz o’tirishdan qo’rqish xolati. 

Kek  saqlash-atrofdagi  kishilar  bilan  bo’lgan  salbiy  munosbatlarni,  shaxsiy 

gina adovatlarni uzoq vaqt esda saqlashga moyil salbiy xarakter. 



Klassifikatsiya-narsa  va  xodisalarni  ularning  eng  muxim  belgilariga  qarab 

fikran turlarga yoki jinslarga bo’lishdan iborat aqliy jarayon. 



Kleptomoniya-turli  ruxiy  kasalliklar  jarayonida  ro’y  beradigan,  o’grilik 

qilishga nisbatan kuchli extiros bilan ifodalanadigan ruxiy nuqson. 



Klinik  psixologiya-Psixologik  qiyinchiliklarni  xis  kilayotgan  odamlarni 

tekshirish, tashxis qo’yish va davolash. 



Kimograf-psixofiziologik ilmiy tekshirishlarda organizmdagi turli fiziologik 

jaryonlarni grafik unda yozib olish uchun ishlatiladigan as bob. 



Kinetik  nutq-turli  ifodali  harakatlar,  imo-ishoralar  orqali  fikr  olishuv 

jaryonidan iborat ovoz siz nutq turi, kar-soqovlar nutqi. 



Kinestetik  sezgilar-gavdaning  fazodagi  xolatini,  ayrim  organlarning 

harakatlarini aks ettiruvchi sezgi turlari. 



Kichik  guruh–  umumiy  ishni  bajaradigan  va  bir-birlari  bilan  bevosita 

shaxsiy aloqada bo‘lgan, 3 tadan 20-30 tagacha kishidan tarkib topgan, unchalik 

katta  bo‘lmagan  kishilar  to‘plamidir.  U  guruh  a’zolarining  hamdard  bo‘lishi, 

«biz» ekanligini his etishi bilan bog‘liq xususiyatlarga ega. 



Kognitiv  dissonans-Bir-biriga  qarama-qarshi  bo’lgan  ikkita  fikr  paydo 

bo’lganligini  anglash  vaqtida  paydo  bo’ladigan  zo’riqish,  masalan,  biz  etarlicha 

asosga ega bo’lmay turib, O’zimizning o’tanovkalarimizga qarama-qarshi harakat 

qilganimizda  yoki  mantik  boshqasini  talab  qilib  to’rganda  boshqa  variant 

foydasiga qaror qabul qilganimizda dissonans paydo bo’ladi. 


 

44 


Kognitiv  komponent-ustanovka  ob’ektiga  aloqador  bilimlar,  g’oyalar, 

tushunchalar va tasavvurlar majmui. 



Koma-markaziy nerv sistemasining xaddan tashqari xoldan toyish natijasida 

ro’y beradigan ongsizlik xolati. 



Komponentlik-O’zining  shaxsiy  muvaffakiyati  va  foydasidan  kelib  chikib, 

atrofdagilar bilan samarali o’zaro hamkorlik qilish qobilyatini anglatadigan kuch 

va ishonchda ifodalanadigan psixosotsial sifat. 

Kommunikativ  –  shaxslararo  munosabatlarda  ma’lumot,  axborot,  g‘oyalar 

almashinuvi jarayoni. 



Kommunikatsiya-fikr  olishuv  o’zgalarning  fikrini  tushunish  va  ularga  u

3

 



fikrini til vositasi orqali tushuntira olish qobilyati. 

Konflikt-Idrok qilingan harakat va maqsadlar nomuvofiqligi. 

Konformizm (lat. conformis – o‘hshash, mos keladigan) – inson tomonidan 

o‘zining  haqligiga  ichidan  shubhalanmaydigan  fikridan  nosamimiy  ravishda 

qaytish tufayli boshqalarning fikrlarini (ehtimol, noto‘g‘ri bo‘lsa ham) tanqidsiz 

qabul qilish.  



Kundalik  ong  -  kishilarning  bevosita  kundalik  tajribasiga  asoslanadigan  va 

ular mansub bo‘lgan sotsial jamoalarda hukmronlik qiluvchi tasavvurlar, bilimlar, 

tushunchalar va harakatlarning yig‘indisidir. 

Korrelyasion tadqiqotlar-O’zgaruvchi qiymatlar o’rtasida paydo bo’ladigan 

tabiiy aloqalarni o’rganish. 



Kontent-analiz  –  tekshirilayotgan  matnda  so‘z,  ibora,  abzatslarni  ma’no-

mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.  



Konvergensiya-narsa  va  xodisalarni  idrok  qilishda  ko’z  soqqalarining  bir-

biriga  qarab  mos  harakatlanishi  natijasida  ko’ruv  ukdarining  idrok  kilinayotgan 

narsa ustida kesishuv xolati. 

Konvergensiya-lotincha 

yaqinlashish, 

qo’shilish 

degan 


ma’noni 

anglatadi.Ikkala ko’zning ko’rish o’qlarining yaqinlashuvi natijasida tur pardasida 

jiemning ikkilanishiga yo’l kuymaslikda o’z ifodasini topadi. 


 

45 


Konstruktiv  nizo-Bir  qarashda  tanbehga  asoslangan  shaxslararo  ziddiyat 

shaxsni o’z ustidamuttasil ishlashg,o’z xulqinio’zi tuzatishga olib keluvchi  nizo. 



Kretinizm-kalkonsimon bez va boshqa ichki sekretsiya bezlari faoliyatining 

buzilishi natijasida tug’ma esi pastlik xolati. 



Kvietizm-Atrofdagi  xayotga  unda  sodir  bo’ladigan  o’zgarishlarga  nisbatan 

befarq xatto, passiv munosabatda ifodalanadigan salbiy ruxiy xolat. 



Ko’rgazmali-obrazli  tafakkur-ko’rgan  kechirgan  narsalar  va  xodisalarning 

aniq  obrazlari  ko’z  oldimizda  gavdalangan  chogda  ularning  moxiyatini 

umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimiz. 

Kuzatish–  sinaluvchini  aniq  maqsad,  faoliyat,  vaqt,  guruh  bilan  bog‘liq 

ravishda tekshirish, o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash metodi. 



Ko’nikma-irodaviy  zo’riqish  ongni  boshqarishni  talab  kilmaydigan 

shakllangan avtomatik harakat. 



Ko’ngil sezish-ongimizdagi mavjud bilimga va xayot tajribalariga asoslanib, 

ma’lum  bir  xodisaning  haqiqiy  xolatini  yoki  ruy  berishini  oldindan  bilishdan 

iborat individual xususiyat. 

Krеаtiv  –  tаdqiqоt  хаrаktеrigа  egа  bo‘lib,  o‘quvchi-tаlаbаlаrdа  mаq-sаdgа 

yo‘nаltirilgаn ijоdiy tаfаkkurni jаdаl rivоjlаntirаdi. 

 

Kоgnitiv    аtrоfdаgi  оlаm  to‘g‘risidаgi  bilimlаr  dоirаsini  kеngаyti-rish 

tехnоlоgiyasi.  U  tаbаqаlаshtirilgаn  (tаrkibiy  qismlаrgа  аjrаtib  o‘rgа-nish) 

tаfаkkurni shаkllаntirаdi, bilish ehtiyojlаrini rivоjlаntirаdi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

46 


 

Ilm insoniyat gavharidir. 

Mirzo Bedil 



Latent  davr-Libidoning  mudroqlik  va  diqqatning  o’z  jinsiga  mansub 

tengdoshlari  bilan  munosabatlarda  qiziqish  va  malakalarni  rivojlantirishga 

jamlanadigan davri. 

Layoqat-shaxsda tug’malik alomatlari bor o’ziga xos sifatlar majmui. 

Labillik - (lot. labilis - beqaror, o‘zgaruvchan) - nerv hujayralarining tezlik 

bilan  qo‘zg‘alish  holatidan  tormozlanish  va  tormozlanishdan  qo‘zg‘alish 

holatiga o‘tish xususiyati. 

Laboratoriya  -  (lot.  laborare  ishlamoq)  -  ilmiy  muassasa  qaramog‘idagi 

ilmiy izlanish, eksperimentlarni olib boruvchi bo‘lim. 



Laboratoriya  tajribasi  -  (lot  .  laborare  -  ishlamoq)  -  psixologiya 

metodlaridan biri, tekshiriluvchiga ta’sir etuvchi barcha omillarni qat’iy nazorat 

qilgan holda sun’iy sharoitda olib beriladigan tadqiqot usuli. 

Lemma-mantiqiy  tafakkur  jarayonida  biror  fikrning  chin  yoki  yolg’onligini 

isbotlash uchun boshqa yordamchi fikrdan foydalanishdan iborat aqliy jarayon. 



Letargiya-soatlab,  bir  necha  kunlab,  ba’zan  oylab  davom  etadigan  ruxiy 

kasallikdagi uyqu. 



Liberal  lider-bunday  shaxs  guruxga  barcha  ma’suliyatni  Lazzatlanish 

tamoyili-Reallikning  cheklashlari  yoki  talablariga  qaramasdan  har  qanday  istak 

va extiyojlarni shu zaxoti qondirishni talab qiladigan yo’nalish. 

Libvdo-Asosan  jinsiy  xulqdan  lazzat  kidiradigan  psixik  energiyaning  bir 

qismi. 


Liderlik – jamoa orasida turli vaziyatlar ta’sirida yuzaga keladigan rahbarlik, 

lekin bu rahbarda rasmiy vakolat tizimi mavjud emas. 



Lokanizm-nutq jarayonida fikrni qisqa hamda aniq ifodalay bilishdan iborat 

aql sifati yoki xarakter xislati. 



 

47 


Logopatiya-nutq kamchiligining umumiy nomi. 

Logopediya-defektalogiyaning 

bolalar 


nutqining 

rivojlanishidan 

kamchiliklarini bartaraf qilish nazariyasi va amaliyoti haqidaga bo’lim. 

Lokus  nazorat-bu  odamni  o’z  xatti-harakatlari  sabablarini  harakatlarni 

joylashishi.

 

Ilm o‘rganmasdan turib, ulug‘likka intilgan kishiga hayronman. 



Abdulloh ibn Muborak 



Madaniyat-Odamlarning  katta  guruxi  uchun  umumiy  bo’lgan,  avloddan-

avvlodga o’zatiladigan tushunchalar, maylar, odatlar va xulq xususiyatlari. 



Malaka-ma’lum  bir  harakatlarni  yaxshi  bajara  olish  ushbu  harakatlardan 

iborat  bo’lgan  faoliyatni  muvaffakiyatli  amalga  oshirish.Faoliyatning 

avtomatlashtirilgan  ko‘nikmasi,  mustahkam  mahoratidir.  Boshda  ongni  nazorat 

qilinadigan  va  bir  me’yordagi  harakat  bo‘lgan  narsa  har  bir  kishiga  turmush 

tajribasiga  ko‘ra  avtomatlashtirishi  mumkin.  Ko‘nikmalar  faqat  oson  payqash 

mumkin  bo‘lgan  harakatchan  bo‘lmaydi,  balki  fikrlovchi,  sotsial-kirishuvchan, 

tashqilotchi  va  boshqacha  ham  bo‘ladi.  Avtomatizmdan  iborat  bo‘lgani  holda 

ko‘nikmalar  ayni  paytda  ishda  ijodning  zaruriy  sharti  hisoblanadi  (bo’nga 

tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o‘z asbobida musiqa chalishning zarur 

texnikasi, ko‘nikmasini hosil qilgo’nga qadar u ijodkor bo‘la olmaydi, chunki u 

hali  «musiqiy»  asboblar  klavishalarini,  pozitsiyalar  va  b.  ni  chalkashtirib 

qo‘yishdan qo‘rqadi). 



Ma’lumotchilik-muayyan  bilish,  bilish  ko’nikma  va  malakalarni 

o’zlashtirganlik, egallaganlikdan iborat madaniy sifat. 



Ma’lumot-sistemalashtirilgan  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  o’zlashtirish 

jarayoni hamda natijasi. 



Manera-shaxsning  tashqi  xulq  formalari-o’zini  to’ta  bilish  hamda  xatti-

harakatlari yigindisi. 



 

48 


Mantiqiy  tafakkur-bu  mavhum  tafakkur,  so’zlar  so’zda  ifodalangan  bilim, 

g’oya va tushunchalarga tayangan xolda bevosita idroqimiz doirasida bo’lmagan 

narsalar yuzasidan chiqarilgan xukmlarimiz, muloxazalarimizdir. 

Mantiqiy  esda  qoldirish-materialning  ma’nosiga  tushunib,  uning  alohida 

qismlari o’rtasida mantiqiy boglanishlar xosil qilgan xolda esda qoldirish. 



Mardlik  –  o‘zini  puxta  bilish  dadillik,  qatiatlik,  chidam  va  toqat  paytlarida 

namoyon bo‘ladigan kuchli iroda. 



Maqullash-Ijtimoiy  bosimga  mos  harakat  va  e’tiqodini  o’z  ichiga  oladigan 

konforizm. 



Maza  sezgilari-suvda  yoki  so’lak  erigan  moddalarning  ta’mini  aks 

ettirishdan iborat sezgi turi. 



Mayl-fakat  mavjud  sharoitdan  norozi  bo’lgan  xolda  intilishning  aniq 

maqsadini yoki extiyoj ob’ektini anglab etmaslikdan iborat irodaviy bosqich. 



Mazmun  –  bevosita  hissiy    kechinmalar  davomida  yoki  ongda  aks  etuvchi 

qandaydir  ob’ekt  o‘rtasidagi  munosabatni  xira  bo‘lsada  anglash  va  sub’ekt 

hohishlariga  ko‘ra  paydo  bo‘ladigan  psixik  yaxlitlikdir.  Bir  narsa  men  uchun 

kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, 

«bu  men  uchun  mazmo’nga  ega»  yoki  «buning  men  uchun  mazmuni  yo‘q» 

tashqaridan qaraganda bir narsa bo‘lib tuyo’lgan yumush (o‘ra qazish) yollangan 

yer  qazuvchi  uchun  daromad  qilish  mazmuniga  ega,  arxeolog  uchun  qandaydir 

buyuk  tarixiy  muammoni  yechish,  tasodifiy  yo‘lovchi  uchun  esa  piyodalar 

yo‘lining buzilayotganligi o’nga qandaydir bo’zg‘unchilik mazmuniga ega bo‘lib 

tuyo’ladi. 



Me’yor  –  ob’ektning  sifat  va  miqdoriy  jixatlari  o‘zaro  bog‘liqligini 

anglatadigan,  mazmukn  va  shakl  imkoniyat  va  voqeilik  o‘rtasidagi  zaruriy 

uyg‘unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha. 

Melanxolik-o’ta  ta’sirchan,  arzimaganlik,  arzimagan  narsa  uchun  ham 

chuqur qayg’urish ta’sir qilgan stimullarga sekinligi bilan xarakterlanadi. 



Mentalitet – individ yoki ijtimoiy guruxning millatning o‘ziga xos tafakkur 

tarzi,  voqelikni  ma’lum  bir  tarzda  tushunishi  va  va  birlikda  harakat  qilishga 



 

49 


tayyorligi va moyilligi. 

"Men"-falsafiy  tushuncha  bo’lib,  shaxs  o’ziga  xisob  beradigan  va 

ma’suliyatni xis qiladigan, reallashtiradigan xarakter sub’ektini bildiradi.  "Men" 

madaniyat  tomonidan  shakllantiriladi,  ya’ni  jamiyatdagi  madaniy  va  axloqiy 

munosabatlar  har  bir  odamga  ta’sir  qiladi,  u  bilan  kushilib  ketib,  sub’ektiv 

"men"ni tashqil qiladi. 

"Men"  struktura-Odamning  o’z-o’ziga  taallukli  bo’lgan  ma’lumotni  kayta 

ishlashni tashqil qiladigan va yunaltiradigan o’z-o’ziga ishonch. 



Metabazis-munozarada  muxokama  kilinayotgan  masaladan  chetlashib,  uni 

ataylab boshqa daxlsiz masalalar bilan almashtirishdan iborat usul. 



Metodologiya  –  tadqiqot,  tekshirish  usuli  bo‘lib,  bilishning  nazariy  va 

amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisidir. 



Mimika-kishining  muayyan  sharoitdagi  ruxiy  xolatni,  aygiksa,  xissiyotni 

ifodalovchi yo’z mushaklarining harakatlari. 



Mistika-tabiatdagi  tashqari  kuchlarga  iloxiyatga,  g’ayri  xissiy  narsalarga 

ishonish xolati. 



Mizantropiya-odamni yoqtirmaslikdan iborat bo’lgan salbiy, xarakter xislati. 

Mnemik  faoliyat-narsa  va  xodisalarning  moxiyati  va  mazmuniga  aloqador 

materi-alning  eslab  kolinishi,  esga  tushirilishi  bilan  bog’liq  murakkab  faoliyat 

turi. 

Mnema-xotiraning  o’ziga  xos  moddiy  asoslarini  belgilash  uchun 

ishlatiladigan atama. 



Mnemametr-xotira  soxasidagi  tajribaviy  ilmiy  tekshirishlarda  esda 

qoldirilishi  zarur  bo’lgan  so’z,  harf,  son  hamda  tasvirlarni  qat’iy  ma’lum  .vaqt 

oraligida avtomatik ravishda kursatish uchun qo’llaniladigan mexaniq yoki elektr 

apparat 


Mobil  -    shaxsning  bir  faoliyat  turidan  boshqasiga  o‘tish  va  moslashish 

imkoniyatining yuqori darajada ko’zatilishi. 



Moniya-ko’tarinki  kayfiyat,  xatti-harakat  va  nutq  soxasidagi  o’ta 

ko’zgaluvchanlik bilan sifatlanadigan psixopatologik xolat 



 

50 


Monokulyar - idrok-atrofdagi narsa va xodisalarni bir so’z yordamida idrok 

qilish. 


Moslik–  kishilardan  harakat  qilish  kelishuvini  va  yaxshi  o‘zaro  bir-birini 

tushunishini  talab  qiladigan  birgalikda  ishlash,  vazifalarni  muvaffaqiyatli  hal 

etish qobiliyati. 

Motivlashtirish-shaxsning  nima  uchun  ma’lum  vaqtda  boshqa  fikr  va 

harakatlarni  emas,  fakat  shu  fikr  va  harakatlarni  bajarishga  qaror  qilganligini 

asoslab berishi, tushuntirib berishdan iborat mantiqiy jarayon. 

Motiv – shaxsdagi u yoki bu xulq – atvorga nisbatan to’rgan moyillik. 

Motivatsiya-inson  xulq-atvori,  uning  boglanishi,  yo’nalishi  va  faolligini 

tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmui xisoblanadi. 



Motivatsion-irodaviy-ma’lum  harakatlar  va  xulqning  amalga  oshirishga 

undovchi kuchlar. 



Motivlar  kurashi-shaxsning  oldida  bir  emas,  bir  qancha  maqsadlar  mavjud 

bo’lgan  takdirda,  ulardan  eng  muximini  tanlab  olish  jarayonida  ruy  beradigan 

ikkilanishdan iborat xolat. 

Morazm-karilik  yoki  uzoq  kasallik  natijasida  organizmning  xaddantashqari 

xoldantoyish, kuchsizlanishi, shaxsning ma’naviy ojizligi. 



Moxiyat-belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilish ni ifoda etadigan qism 

sifatidagi mazmo’nga ega bo’lgan jixdtdir. 



Mudroqlik  samarasi-Xabarning  kechikkan  ta’siri;  biz  xabarni  eslaymizu, 

o’nga , ishonmaslik sababini unutganimizda paydo bo’ladi. 



Muloqotdagi  konstruktivlik–  hamkorlarning  aloqasi  davomida  ularning 

ehtiyojlarini 

qondirishni 

ta’minlaydigan, 

birgalikda 

hal 


qilinayotgan 

masalalarning  ijobiy  yechim  topishiga  yordam  beradigan,  ularning  individual 

betakrorligini  saqlab  qoladigan  muloqotdir.  Muloqotdagi  konstruktivlik 

(yaratuvchanlik)  tushunchasi  kishilarning  muloqot  davomida  o‘z  salohiyatini 

o‘stirish,  shaxsiy  o‘sishi,  sotsial  yetuklikning  shakllanishi  tomon  harakatlanishi 

yo‘nalishini ko‘rsatadi. 



 Munosabatning o‘zgarishi (deformatsiya) – bu munosabatlardagi shunday 

 

51 


o‘zgarishlarki  (buzilish,  qiyinchiliklar,  yanglishishlar),  ular  munosabatdagi 

samaradorlikning  pasayishi  yoki  buzilishiga,  hamkorliklarning  sog‘lig‘iga, 

ularning  obro‘siga  yoki  ruhiy  osoyishtaligiga,  moddiy  qadriyatlariga  va 

boshqalarga  putur  yetkazadi.  O‘zgarishlarni  ularning  turiga  qarab  turlicha 

tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona 

ekanligimizni,  bizning  do‘st  emasligimiz,  bir-birimizni  tushuna  olmasligimizni, 

meni mashara qilishayotganligi va ko‘plab boshqa narsalarni anglay boshladim. 

Mukofotlovchi  istaralilik  nazariyasi-kimning  xulqi  biz  uchun  foydali  yoki 

kim  biz  uchun  foydali  voqealar  bilan  bog’liq  bulsa,  shu  odamlar  bizga  yoqishi 

haqidagi nazariya. 

Muomala– ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi. 

Munosabat-odamlar  o’rtasida  birgalikdagi  faoliyat  extiyojlaridan  kelib 

chiqadigan boglanishlar rivojlanishning ko’p kirrali jarayonidir. 



Mutizm-o’zgalar  nutqinii  tusho’ngan  va  nutq  harakat  apparatlari  soglom 

bo’lgan xolda gapirishdan bosh tortish. 



Muttasil  xolat-ongimizda  ba’zi  fikr,  shubxa,  qo’rquv,  harakat,  mayl 

kabilarning  ixtiyorsiz  ravishda  paydo  bo’lib,  o’zluksiz  ravishda  takrorlanishdan 

iborat ruxiy xolat. 

Amalda qo‘llanilmaydigan bilim jonsiz tanaga o‘xshaydi. 

Bilim daraxtdir, amal esa - uning mevasi...  

Hosil bermaydigan shox nosog‘lom bo‘ladi.  

Husayn Voiz Koshifiy

 



Nafratlanish-ob’ektlarga  yaqinlashish  sub’ektning  mafko’raviy-ma’naviy 

yoki  estetik prinsiplari  va  yo’l-yuriklariga  keskin zid  kelib krlishi  oqibatida  ruy 

beradigan salbiy xissiy holat. 

Narkomaniya  -  (yunon.  narke  esankirash,  qotib  qolish,  mania-  aqlsizlik, 

berilish)  -  narkotik  vositalarni  qabul  qilish  natijasida  vujudga  keladigan 



 

52 


kasallik.Oz  miqdorda  qabul  qilish  eyforiyani,  kattasi  esa  narkotik  uyquni, 

serrayib qotib qolishni yuzaga keltiradi. 



Nafrat - ehtiyoj, xohish, qadriyatlarga qat’iy ravishda salbiy munosabatni ifoda 

etuvchi shaxs tuyg‘usi. 



Nazofobiya-odamning kasal bo’lib qolishdan qo’rqish xolati. 

Nazorat  illyuzasi-Aslida  nazorat  qilib  bo’lmaydigan  xodisalarni  shaxsiy 

nazoratim ostida yoki yana ham kuchlirok nazorat kiliniyapti deb idrok qilish. 



Nazorat lokusi-Odamlar o’z xayotini shaxsiy intilishlari va harakatlari orqali 

"ichkaridan"  yoki  tasodiflar  va  tashqi  kuchlar  orqali  "tashqaridan"  nazorat 

qilinadi deb idrok qilishlari dajasi. 

Negativizm-atrofdagi  kishilarning  har  qanday  ta’sirga  nisbatan  uylamay-

netmay, dalilsiz ravishda qarshilik kursatishdan iborat salbiy xarakter xislati. 



Nevrastenik-o’ta  charchash  xolatidir,  tez  jaxl  chikish  va  beqaror  kayfiyat 

alomatlari bilan namoyon bo’ladi. 



Nevrozlar-oliy  nerv  sistemasining  xaddan  tashqari  kuchli  va  davomli 

qo’zg’ovchilarning ta’sir natijasida yoki  nerv jarayonlarining qo’zg’alish hamda 

tormozlanishining zo’riqishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. 

Nevrotizm-tez,  kuchli  ko’zgaluvchanlik  impulsivlik,  xavotirlik  xolatlarini 

namoyon bo’lish darajasini xarakterlovchi xususiyat. 



Neyron-nerv xujayrasi, uning o’zun va qisqa shoxlari. 

Neyropsixologiya-nerv  sistemasining,  muayyan  psixik  jarayonlarning  sodir 

bo’lishni  ta’minlaydigan,  neyron  tarmoklarini  ilmiy-eksperimental  ravishda 

o’rganuvchi fan 

Neyropsixologiya  yo’nalishi-  muayyan  psixik  jarayonlar  sodir  bo‘lishini 

ta’minlaydigan neyron tarmoqlarini o‘rganuvchi fan. Psixofiziologiyaning oliy 

psixik funktsiyalar miya mexanizmini o‘rganadigan qismi.

 

Nevrotik  xavotir-ego  nazorat  qilib  bo’lmaydigan  instinktiv  mayllar  taxdidi 

ostida  bul.ganda  individ  tomonidan  xis  qilinadigan  qo’rquv  kurinishidagi 

emotsional javob. 



Norasmiy–  odamlarning  birgalikdagi  muloqot  va  faoliyatlarida  ular 

 

53 


orasidagi  munosabatlarning  o‘zaro  ishonch,  bir  xil  qarash  va  maqsadlarning 

ko‘zda tutilishi. 



Normalar-Umum  tomonidan  qabul  qilingan  va  kutiladigan  xulq  koidasi. 

Normalar 'to’g’ri" xulqni talab qiladi. 



Normativ  ta’sir-Odamlarning  e’tibor  kozonish  uchun  boshqalarning 

istaqlarini qondirish istagiga asoslangan konforizm. 



Noverbal  ta’sir-bunga  suxbatdoshlari,  kiliklari,  mimika,  pantomimika, 

qarashlar,  bir-birini  bevosita  xis  qilishlar,  tashqi  kiyofa,  undagi  chikayotganturli 

signallar  kiradi.Ularning  barchasi  mulokot  jarayonini  yanada  kuchaytirib, 

suxbatdoshlarni bir-birlarini yaxshirok bilib olishlariga yordam beradi. 

Ilmga amal etishni o‘zingga odat qil;  

agar olim ilmini amaliyotga tatbiq etmasa, 

u ruhsiz badanga  o‘xshaydi.  

Imom A’zam



 



Ob’ekt-tashqi moddiy dunyoning bir qismi, inson sub’ektining bilish hamda 

faoliyat predmeti. 

Obraz-tashqi olamning inson ongida aks etishini ifodalaydigan termin. 

Obraz  xotirasi-yakkol  mazmunini,  ya’ni  narsa  va  xodisalarning  aniq 

obrazlarini,  ularning  aniq  xususiyat  va  boglanishlarni  esda  qoldirish 

mustaxkamlashdan iborat xotira. 

Obrazli  nutq-nutq  jarayonida  tilning  uxshatmalaridan,  makol  va 

matallardan,  so’z  va  ran  urgularidan,  intonatsiyadan  hamda  turli  ifodali 

harakatlardan foydalangan xolda ifoda qilinadigan nutq 

Obnubulyasiya-(Lot.bulut)  ongning  bir  necha  daqiqa  yoki  minut  davomida 

xuddi xiralashganday bo’lib, engil bulut qoplaganday bo’lishi, ongning engil yoki 

qisman buzilishi. 


 

54 


Odat-kundalik  faoliyatda  ko’p  takrorlanish  natijasida  avtomatlashgan  va 

bajarilishi shaxsning fuksional extiyojga aylanib ketgan harakatlar. 



Odamgarchilik-o’zaro  muomala  va  munosabatlarda  insonga  xos  bo’lgan 

barcha ijobiy fazilatlarga rioya qilishdan iborat xarakter xislati. 



Odamovilik-odamlarga  kushilmay,  ko’pchilikni  yoqtirmay  yakka  xalda 

yashashni afzal ko’rishdan iborat salbiy xarakter xislati. 



Oila – turmush qurish, qarindosh-urug‘chilik asosidagi kichik guruh. 

Oligofreniya-embrionning  ona  kornidagi  taraqqiyoti  buzilishi  natijasida 

sodir bo’ladigan tug’ma esi pastlik xolati. 



Ontogenez-shaxsning  ona  kornidagi  embrional  davridan  boshlab,  to 

umrining oxirigacha yoki individual xayoti tugaguncha bo’lgan jismoniy hamda 

psixik rivojlanish davri. 

Oral  xarakter-Freydningtarakiyotning  oral  bosqichida  tutilib  qolgan  shaxs 

tipi  haqidagi  konsepsyasi.  SHunday  tipga  ega  bo’lgan  shaxs  tipi  passivlik, 

tobelik,  ishonuvchanlik  yoki  negativizm  boshqalarni  ekspulatatsiya  qilish  va 

sarkazm, oral sifatlari bilan ajralib turadi. 



Opponent-biror  ilmiy  doklad,  diplom  shli  yoki  dissertatsiyani  ximoya 

qilishda uni tankidiy ravishda taxlil qilib baxolovchi e’tirozlar bildiruvchi shaxs. 



Optimizm – kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan 

ikki xil qarama – qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yo‘yish. 



Optimal  ish  vaqti-ish  kuning  jismoniy  hamda  psixik  jixatdan  eng  qizg’in, 

qo’lay, samaradorlik jixatdan esa eng maxsuldor soatlar. 



Orzular–  insonning  kelajak  to‘g‘risidagi,  xayoliga  kelgan  va  u  uchun 

muhimroq ehtiyojlar va qiziqishlarni ro‘yobga chiqarish borasidagi rejalaridir. 



Optatsiya –(lotincha so‘z  – ortatio – xoxish, tanlov) tanlov bosqichi. Odam 

tomonidan  professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir deb e’tirof etiladi. 

11-12 yoshlar, 14-18 yosh davrlarni o‘z ichiga oladi. 

Organik  extiyojlar-organizmning  o’zaro  ta’siri;  qo’zg’ovchining  sezgi 

organlaridan biriga ta’sir etgan, boshqa sezgi organlarida ularning funksiyalariga 

ta’sir etuvchi o’zgarishlarning kelib chikishidan iborat xodisa. 


 

55 


Osoiyishta  tip-nerv  sistemasining  qo’zg’alish  va  tormozlanish  jarayonlari 

teng hamda o’rtacha kuchga ega tip. 



Og’riq  sezgilar-organizmning  ayrim  qismlaridagi  og’riqni  aks  ettirishdan 

iborat sezgi turi. 



Ongsizlik-odamning onggidan tashqari xolatini bildiradigan termin. 

Ong  oldi-har  qanday  paytda  individum  anglamaydigan,  lekin  ozgina 

qiyinchilik  yoki  umuman  kiylanmasdan  anglanishi  mumkin  bo’lgan  fikr  va 

xissiyotlar. 

Ong–  hayvonlar  psixikasidan  farqli  ravishda  butun  inson  psixikasini 

ifodalashda  foydalaniladigan  termin.  Inson  psixikasi  (ong)  belgililik  (ong 

«hujayrasi»  belgilarning  murakkab  tizimini  hosil  qiladi),  qurollilik  (istagan  ong 

birligi  predmetlar  dunyosini  aks  ettirish  vositasi  sifatida  foydalaniladi), 

predmetlilik (tashqi dunyo elementlari bilan mo’tanosibligi va qat’iy uyushganlik 

(belgilar  va  qurollar  tizimi  ko‘plab  o‘zaro  mo’tanosib  kategoriyalarni  vujudga 

keltiradi) xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 

Ongsizlik  anglab  bo‘lmaydigan  –  aniq,  ravshan  anglash  nazorati  uchun 

predmet  bo‘la  olmaydigan  ko‘plab  psixik  hodisalar  to‘plami.  Ongda  har  bir 

daqiqada bir vaqtning o‘zida cheklangan miqdordagi tasavvurlar bo‘lishi mumkin 

(o‘rtacha  taxmin  qilishlaricha  7+2).  Bunda  ushbu  damdagi  anglanmagan 

tasavvurlarni biz aniq ong zonasiga oson «chaqirishimiz» mumkin («hohlaganing 

uchun eslading»), lekin juda ko‘plab psixik boshqarib turuvchilar (regulyatorlar) 

shunday  ishlaydiki,  bunda  inson  na  faqat  o‘z-o‘ziga  hisob  bermasligi  mumkin, 

balki  buni  u  hattoki  hohlagan  taqdirda  ham  uni  qila  olmaydi.  Masalan,  soatning 

aylana shakldagi siferblatini idrok qilayotganda bizning ko‘z qobig‘imizda aylana 

emas, balki ellips (agar soatga yondan qarasak) hosil bo‘lishi mumkin, biroq soat 

qanday holda tursa ham biz siferblatni «aylana» sifatida idrok qilamiz.  

Ongsizlik  tushunchasi  -Ijtimoiy  nojoiz  ziddiyatlar  va  mayllarni  o’zida 

jamlagan psixika soxasi. Bu ziddiyat va mayllar erkin assotsiatsiyalar va tushlarni 

ta’birlash  yordamida  ong  soxasiga  olib  chiqilishi  mumkin.  Odamning  o’zi 

anglamagan  xolda,  avtomatik  tarzda  bajaradigan  uyqu  gipnoz,  lunatiklik 



 

56 


xolatidagi  harakatlari  ongsiz  xisoblanadi  ongsizlik  dialektikaning  birinchi 

qonuniga  ko’ra  ongga  antogonitik,  siqib  chiqarilgan  tabiiy  tusha  harakatlarning 

makoni  xisoblanadi.  Ongsizlik  tug’ma  bo’lib,  odamning  butun  xulqini  belgilab 

beradi. 


«odam-mashina»  tizimi  -  muxandislik  psixologiyasining  o‘rganish 

predmeti,  bunda  odam-operator  moddiy  ne’matlarni  ishlab  chiqish  jarayonida 

texnik  qurilmalar  bilan  o‘zaro  ta’sirda  bo‘ladi.  Axborotni  qayta  ishlashni, 

boshqarishni ham o‘rganadi. 



Odamning  ichki  dunyosi  -  shaxsning  dunyoqarashi,  g‘oyalari,  ideallari, 

orzulari, qadriyatlari yig‘indisi. 



Oldindan  aks  ettirish  -  psixik  aks  ettirish  usullaridan  biri.U  ma’lum 

jarayonning  o‘sib  rivojlanib  borishini  oldindan  ko‘ra  bilish  imkoniyatini 

yaratadi.O. a.e. mexanizmi P.K.Anoxin tomonidan kashf etilgan. 

Kimki bilimga erishib, uning mazasini totib ko‘rgan bo‘lsa, bunarsani u 

podshohlik va davlatni boshqarish huzur-halovatiga almashtirmaydi.  

Majididdin Xavofiy

 



Paralingivistik  ta’sir-bu  nutqning  atrofdagi  nutqni  bezovchi,  uni 



kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar, bo’nga 

nutqning  baland  yoki  past  tovushda  ifodalanayotgani,  artiqo’lyasiya, 

tovushlari,  tuxtashlar,  duduklanish,  yo’tal,  til  bilan  amalga  oshiriladigan 

harakatlar, nidolar kiradi. 



Paramneziya-sodir bulayotgan voqelikni kachondir boshdan kechirilgandek 

bo’lib  tuyo’lishidan  iborat  xotira  kasalligi,  yolg’on  esdaliklar  yoki  xotiraning 

noto’g’ri aks etishi. 

Paradoks  fazasi-kuchli  qo’zg’atuvchilarning  kuchli  reaksiyasini  vujudga 

keltirish xolati. 



Paralogik fikrlash-yakkol mantiqiy buzilishlar bilan tavsiflanadi, fikrlashda 

mantiqiy boglanish bo’lmaydi. 



 

57 


Paralogizm-tufi  fikrlash  koidalarini  bo’zish,  mantiqiy  xatota  yo’l  qo’yish 

natijasida noto’g’ri xulosa chiqarish 



Paramneziya-sodir 

bulayotgan 

voqealarning 

kachonlardir 

boshdan 

kechirilgandek  bo’lib  tuyilishidan  iborat  xotira  patologiyasi,  yolg’on  esdaliklar 

yoki xotira illyuziyasi. 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling