O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana26.07.2020
Hajmi0.84 Mb.
#124898
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2020 lugʻat


So‘rov – asosiy metodlardan biri bo‘lib, nutq muloqoti yordamida bevosita 

 

68 


yoki bavosita ma’lumot olinadi. 

So’z-mantik  xotirasi-muayyan  fikrlarni,  fikrlar  va  so’zlar  o’rtasidagi 

mantiqiy  boglanishlarni  esda  qoldirish,  mustaxkamlash  va  esga  tushirishdan 

iborat xotiralar turi. 


 

69 


Ilm bilan mustahkamlanmagan har qanday  

ulug‘likning oqibati xorlikdir.  

Ahnaf ibn Qays 



Taassurot-tabiat  jamiyat  va  inson  tafakkuri  xrdisalari  haqidagi  muayyan 

tasavvurlar, tushunchalar xukmlar hamda xis-tuyg’ular yigindisidan iborat psixik 

maxsul yoki ongmazmuni. 



Tabiiylik-atrofdagi 

kishilar  bilan  bo’lgan  kundalik  muomala  va 

munosbatlarda shaxs xulqining yoki ruxiy xayotning ob’ektiv ravishda namoyon 

bo’lishdan iborat xarakter xislati. 



Tafakkur– turli masalalarni (nazariy va amaliy)  yechishga qaratilgan va bu 

yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko‘plab psixik jarayonlar, 

harakatlar,  holatlardir.  Tafakkurni  funksional  tizim  sifatida  jalb  qilish  qisman 

ongli,  qisman  odatlar,  malakalar  va  asab  tizimi  tomonidan  yuzaga  keltirilgan 

insonning  ilgarigi  taraqqiyoti,  tarbiyasi,  o‘z-o‘zini  shakllantirishdan  iborat 

beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi. 



Tafakkur sifatlari-fikrning mazmunliligi, kengligi, mustaqilligi, ixchamligi. 

tezligi kabilardan iborat ijobiy individuval farqlar. 



Ta’lim  maskanlari  psixodiagnostikasi–  shaxsni  ta’lim  tizimda  qobiliyati, 

iqtidori,  iste’dodini  aniqlab  olish  maqsadida  olib  boriladigan  psixologik  xizmat 

turi. 

Talabchanlik-shaxsning  o’z-o’zining  va  o’zgalarning  xulqini  muayyan 

ob’ektiv prinsiplarga buysundira olishdan iborat irodaviy xarakter xislati. 



Talant  (grekcha  talanron  –  dastlab  o‘lchov,  mezon,  keyin  esa  ko‘chma 

ma’noda – qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu 

turdagi  faoliyatda  ulkan  yutuqlarga  erishishini  ta’minlovchi  maxsus  yuksak 

rivojlanish darajasi. 



Takt-  atrofdagi  kishilar  bilan  muomala  va  munosabatda  bo’lishda  me’yor 

xissiga rioya qilishdan iborat axloq normasi. 



 

70 


Taktometr- teri-tuyush sezgirligi darajasini ulchaydigan asbob. 

Taqlid-boshqalarning  xulqiga  ergashish  yoki  ular  xulqidagi  xatti-

harakatlarni,  xarakter  xislatlarni,  nutq  xususiyatlarini  ma’lum  darajada  ixtiyoriy 

yoki ixtiyorsiz ravishda takrorlashdan iborat xulq formasi. 

Tasavvur  sifatlari-tasavvur  obrazlarining  idrok  obrazlariga  yaqinligi  bilan 

belgilanadigan,  aniqligi,  to’liqligi,  ravshanligi  kabilardan  iborat  o’ziga  xos 

farqlar. 

Tasodifiy  tanlash-Har  bir  odam  teng  tanlanish  imkoniyatiga  ega  bo’lgan 

so’rov protsedurasi. 



Tasodifiy 

taqsimlash-eksperiment 

shartlariga 

mos 

ravishda 



tekshiriluvchilarni shu sharoitlarga tushishning teng imkoniyati bilan taqsimlash. 

Tasodifiy taqsimlash bizga sabab va oqibatni 

aniqlash,  -fikr,  xissiyot  va  maqsadga  yunaltirilgan,  xulqda  namoyon 

bo’ladigan  tasodifiy  tanlash  esa  butun  turga  nisbatan  umumlashtirishlar  qilish 

imkonini beradi. 

Tashabbuskorlik – xarakterning qimmatli xislati bo‘lib, bu xislat ko‘pchilik 

kishilarda ommaviy tus olgandir. 



Tashqi  diqqat-ongimizning  ob’ektiv  voqelikdagi  narsa  hamda  xodisalarga, 

ularning  ayrim  belgi  va  xususiyatlariga  yunaltirilishi,  ularda  aktiv  tuplanadigan 

diqqat turi 

Tashqi  faoliyat-shaxsni  urab  to’rgan  tashqi  muxit  va  undagi  narsa  va 

xodisalarni o’zgartirishga karatilgan faoliyat. 



Tavakkalchilik-bu 

sub’ekt 


uchun 

uning 


cheki 

noma’lum 

va 

muvaffaqiyatsizlikka  duch  kelganda  mumkin  bo’ladigan  noqulay  oqibatlar 



haqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning xarakteristikasidir. 

Ta’sirlanish-sub’ektiv taassurotlar xaddan tashqari beriluvchanlikdan iborat 

o’ziga xos xususiyat. 



Telepatiya-zamon  va  makon  jixatdan  kishidan  ajralgan,  bevosita  idrok 

qilish  mumkin  bo’lmagan  xodisalarni  sezish  qobilyati  haqidagi,  fikrni  sezgi 



 

71 


organlari  yordamisiz  hamda  fizik  muxitsiz  masofaga  o’zatish  mumkinligi 

haqidagi ta’limot 



Test-shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobilyatini, irodaviy sifatlarni va boshqa 

psixik xususiyatlarni tekshirishda qo’llaniladigan kiski standart masalalar. 



Temperament(lot.  temreramentum  –  qismlarning  tegishli  muvofiqligi, 

mo’tanosibligi)  –  inson  hulq-atvori  va  psixik  jarayonlarining  dinamik 

xarakteristikasi  bo‘lib,  ularning  tezligi,  o‘zgaruvchanligi,  samaradorligi, 

ishchanligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi. 



Temperamentlilik-  kundalik  muomalada  kishilardagi  serg’ayrat,  jo’shqin, 

serharakat, atayin yoki "qiziqqonlik "kabi sifatlarini ifodalovchi tushuncha. 



Tobe–  muloqot  va  boshqa  jarayonlarda  shaxsda  ko‘nikuvchanlik,  boshqa 

kishilarga bog‘liqlik, fikriga bo‘ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.  



Torsion  -  fransuzcha  aylantirish,  ya’ni  harakat  ko’z  uki  atrofida  jismlarni 

aylanib to’rgan xolda qayd qilishdir. 



Til–  inson  aloqalari, tafakkuri  uchun  axborotni  asrash  va  avloddan  avlodga 

yetkazib berish vositasi bo‘lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir. 



Tipologiya-odam  haqidagi  fanlarning  tarkibiy  qismi  bo’lib,  uning  vazifasi 

odamning xilma xil individual xususiyatlarni ba’zi asosiy guruxlarga ajratishdan 

iborat. 

Toliqish-organizmning jismoniy va xosil bo’ladigan hamda ish qobilyatining 

pasayishi bilan sifatlanadigan xolati. 



Tormozlanish-muayyan  vaqtda  organizm  uchun  keraksiz  yoki  zararli 

reaksiyalarni to’xtatib turuvchi nerv jarayoni. 



Tushunish-bilish  faoliyatida  idrok  yoki  tafakkur  ob’ekti  xisoblangan  narsa 

va xodisalar haqida yangi tasavvur, tushuncha xukmlar xosil qilish hamda ularni 

ongimizdagi mavjud bilim, tajribalar bilan boglanishdan iborat aqliy jarayon. 

Tushunchalar-tafakkurning shunday shakliki, unda narsa va xodisalarga xos 

bo’lgan eng umumiy va xarakterli xususiyatlarni o’zida aks ettiradi. 



To’liq  eslash-avval  idrok  qilingan  narsa  va  xodisalarni,  ularning  hamisha 

belgi va sifatlarini, xatto idrok qilingan sharoitni qo’shib esga tushirish. 



 

72 


To’liq unitish-esda qoldirgan narsa va xodisalarni zarur paytda mutlaqo esga 

tushura olmaslikdan iborat xotira jarayoni. 



To’liq  tanib  olish-avval  idrok  qilingan  narsa  va  xodisalarni  takror  idrok 

qilganda,  ularning  barcha  belgi  va  sifatlarini  boshqa  xodisalarni  qo’shib  esga 

tushirishdan iborat xotira jarayoni. 

Otam Iroqdan yozgan bir maktubida menga shunday nasihat qilgan edi: 

«Ilm o‘rgan, zero faqir  chog‘ingda u mol, boy vaqtingda jamol-ziynatdir». 

Zubayr ibn Abu Bakr

 



Uddalash-muayyan 



faoliyat 

turining 

muvaffaqiyatli 

bajarilishini 

ta’minlovchi ongli va avtomatlashgan harakatlar majmuasi. 

Umumiy 

psixologiya-inson 

psixikasining 

paydo 

bo’lishi 



va   

rivojlantirishning umumiy qonuniyatlarini o’rganadigan fan. 



Umumiy  tushuncha-narsa  va  xodisalarning  butun  bir  turini  yoki  sinfini 

qamrab oladigan tushuncha turi. 



Umumiy  tasavvur-bir-biriga  o’xshash  narsalarning  butun  turiga  yoki  jinsga 

xos bo’lgan tasavvur turi. 



Umumiy  xukm-tafakkurda  aks  etgan  narsalarning  butun  bir  sinfiga  xos 

bo’lgan tasavvur turi. 



Unitish–  eslash  va  yod  bo‘lib  qolgan  yoki  o‘zlashtirilgan  materialni  qayta 

xotirlash imkoniyatining asta-sekin so‘nib borishini aks ettiruvchi jarayondir. 



Unutuvchanlik-idrok qilingan yoki esda qoldirilgan narsa va xodisalarni o’z 

vaqtida esga tushira olmaslikdan iborat xotira nuqsoni. 



Ustanovka-shaxsning  muayyan  faoliyatni  bajarishga  qaratilgan,  avvalgi 

tajribasi bilan belgilanadigan tayyorgarlik xolati. 



Utilitarlik-har  bir  narsadan  foyda  olishga  doimiy  intilishdan  iborat  salbiy 

xarakter xislati. 



Uyalish-o’zining  niyat-maqsadlari,  xatti-harakatlari  va  tashqi  kiyofasi  fakat 

tevarak-atrofdagilar  tomonidan  kutilganicha  mos  kelmaganligini  emas,  balki 



 

73 


o’ziga loyik xulq-atvor va tashqi kiyofa haqidagi shaxsiy tasavvurlarga ham mos 

kelmayotganini anglab etishda ifodalanadigan salbiy xolat. 



Uyushganlik-  guruh  a’zolarining  bir-birlarini  yaxshi  bilishlari,  bir-

birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari. 

Ilm mardlikdir, uni faqat mard erkaklar sevadi. 

Zuhriy  




Vasvasa  g’oyalar-kasalik  natijasida  vujudga  keluvchi  haqiqatdan  yiroq 

xayollar, noto’g’ri o’ylash va xulosa chiqarish xolati xisoblanib ularni to’g’rilab 

va ishontirib bo’lmaslik xolati. 

Verbal  ta’sir-bu  so’z  nutqimiz  orqali  ko’rsatadigan  ta’sirimizdir.Bundagi 

asosiy  vositalar  so’zlardir.Ma’lumki,  nutq-bu  so’zlashuv,  o’zaro  muomala 

jarayoni  bo’lib,  uning  vositasi-so’zlar  xisoblanadi.Monologik  nutqda  ham, 

diologik  nutqda  ham  odam  o’zidagi  barcha  so’zlar  zaxirasidan  foydalanib,  eng 

ta’sirli so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatish xolati. 

Verbal – og‘zaki ifodalangan nutq. 

Vertikal-harakat, har xil fazoviy joylashuviga ega bo’lgan nuqtalar  o’rtasida 

aloqani tiklashdan iborat ko’z harakati yordami bilan idrok qilinishidir. 



Version-lotincha  harakatlanaman,  aylanaman  demakdir.Harakat  ko’zning 

makro  harakatlari  toifasiga  kirib,  ko’rish  burchagini  tuzatish,  tezlikni 

o’zgartirmasdan ko’zatiluvchi ob’ektni idrok qilishda ishtirok etishdir. 

Vergen-lotincha  og’ish,  qiyshayish,  ya’ni  harakat  ko’zning  makro 

harakatlari  tarkibiga  kirib,  o’ng  va  chap  ko’zlarining  ko’rish  o’qlari  burchagi 

o’zgarishiga olib keladi. 

Vigillik-ziyraklik, 

diqqatni  yangi  ob’ektlarga  ayniqsa,  sub’ektiv 

taassurotlarga tez to’play olish qobilyati. 

Vijdon – ijtimoiy xodisa bo‘lib, kishining xayotida sodir bo‘layotgan ijobiy 

va  salbiy  xodisalarga  munosabatida  ifodalanadi.  Vijdon  kishining  ma’naviy 

yetukligiga bog‘liq. 


 

74 


Vijdon  azobi  -  o’z  e’tiqodiga  zid  ish  qilish,  boshqalarning  shunday  xulqini 

idrok, tasavvur qilish u haqida fikrlash munosabati bilan xosil bo’ladigan nisbatan 

barqaror, sub’ektiv jixatdan yoqimsiz emotsional xolat. 

 

Kimki ilmini yozmasa, uning ilmini ilm hisoblamayman. 



Muoviya 



Xarakterologiya-xarakter  haqidagi  xarakter  moxiyati,  to’zilishi,  tarkib 

topishi va rivojlanishi haqidagi ta’limot. 

Xarakter-ijtimoiy  muxit  ta’sirida  tarkib  topib,  shaxsning  atrofidagi 

voqelikka  va  o’z-o’ziga  bo’lgan  munosabatida  ifodalanadigan,  uning  muayyan 

sharoitlaridagi  xatti-harakatlarini  belgilab  beradigan  barqaror  o’ziga  xos  ruxiy 

xususiyatlar yigindisi. 



Xarakter  atamasi(grekcha  xarakter  –  bosish,  zarb  qilish)  –  insonning 

faoliyati  va  munosabati  tufayli  shakllanadigan  va  namoyon  bo‘ladigan  barqaror 

individual xususiyatlari yig‘indisi bo‘lib, unga xos bo‘lgan hulq-atvor va hayotiy 

holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bo‘lgan, 

standart  vaziyatlarda  qo‘llaniladigan,  hayotiy  vazifalarni  qo‘yish  va  yechish 

usullari o‘z ifodasini topadi. 



Xasadgo’ylik-o’zga  shaxslarning  mavqyi,  qobilyati,  iste’dodi,  faoliyatidagi 

yuto’qlarii, mulki kabilarga nisbatan garaz munosabatda bo’lish i salbiy xarakter 

xislati. 

Xayol  –  insonning sub’ekt  sifatidagi ongidan butun holda idrok  qilinmagan 

yoki  sezgi  a’zolari  yordamida  idrok  etila  olmaydigan ob’ektlarning  in’ikosining 

(tasavvurlar,  sxemalar  va  boshqa  obraz-modellarning)  yoki  jo‘rttaga  paydo 

bo‘lishiga  yoxud  ataylab  qurilishiga  olib  keluvchi  bilish  faolligidir.  (mas., 

kelajakni  mo‘ljallagan  tarix  hodisalari  idrok  etila  olmaydigan  yoki  umuman 

mavjud  bo‘lmagan  dunyoning  voqealari  –  miflar  va  ertaklardagi  hayri-tabiiy 

personajlar va b.) 


 

75 


Xayol 

sifatlari-xayol 

jarayonida 

yaratilgan 

obrazlarning 

kengligi, 

mazmunliligi, kuchi va realligidan iborat individual farqlari. 



Xiromantiya-qo’lning  kaftiga  qarab  fol  ochib,  kishining  kelajagi,  taqdir 

qismati haqida oldindan bashorat qilishdan iborat qalloblik vositasi. 



Xolerik-kuchli  xissiyotlar,  kayfiyatni  tez  o’zgarishi  muvozanatsizlik  va 

umumiy serharakatlilik bilan xarakterlanadi. 



Xotira-bu  tajribamizga  aloqador  har  qanday  ma’lumotni  eslab  qolish,  esda 

saqlash,  esga  tushirish  va  unitish  bilan  bog’liq  murakkab  jarayondir.  Xotira  har 

qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir. 

Xoxish-muayyan  maqsadga  aniq  intilish,  maqsadga  erishishning  imkoniyat 

va vositalarining to’liq anglashdan iborat irodaviy jarayon. 



Xromatik  ranglar-yoruglik  nurining  uch  qirrali  shisha  prizma  orqali  sinib 

o’tishi natijasida xosil bo’ladigan spektr ranglar oq qora rangdan tashqari barcha 

ranglar kiradi. 

Xronoskop-xaddan  tashqari qisqa  vaqt  oraligini, xatto sekundning  mingdan 

bir  bulagicha  vaqtni  ulchaydigan  asbob,  psixologiyada  oddiy  reaksiya  tezligini 

ulchash uchun qo’llaniladi. 

Xulqning  nikoblanishi(maskirovka)-shaxs  xulqining  ob’ektiv  sharoitlarga 

qarab,  ayniksa  boshqa  notanish  shaxslar  orasida  birdaniga  to’la-tukis  namoyon 

bo’lmasligidan iborat qonuniyat 

Xulosalar-mantiqiy tafakkurning yana bir shakli bo’lib, ular fikrlar, xukmlar 

va  tushunchalar  o’rtasida  boglanishdan  yangi  bir  fikrlarni  keltirib  chiqarishni 

nazarda tutadi. 

Xushomadgo’ylik-manfaat uchun kimsalar, ayniksa mansabdor kishi oldida 

o’z  qadr-qimmati,  izzat  nafeini  poymol  qilishdan  iborat  o’ta  tuban  xarakter 

xislati. 

Xronoskop  -  (yunon.  chr’n’s  -  vaqt,  skoreo  -  ko‘raman,  kuzataman)  - 

psixologik  tadqiqotlarda  reaktsiyaning  vaqtini  o‘lchash  asbobi  (sekundning 

o‘ng mingdan bir qismigacha o‘lchaydi). 

Xulosa  chiqarish  -  tafakkurning  mantiqiy  shakllaridan,  bunda  bir  qancha 


 

76 


hukmlar  asosida  ma’lum  xulosa  chiqariladi.  X.ch.-  induktiv,  deduktiv  va 

anologik turlarga ajratiladi. 



Xurofot  -  ilm-fanga  zid  bo‘lgan  turli  uydirmalar,  irimlarga  ishonish, 

bidhat. U shaxs psixikasiga salbiy ta’sir etadi. 

Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qo‘riqlaysan.Ilm 

hokim, mol mahkumdir.Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda o‘ladi. 

Ali ibn Abu Tolib 



Yakka  tasavvur-aloxnda  olingan  narsa  xodisalarning  ongimizda  kayta 

tiklangan aniq obrazi. 

Yakka  tushuncha-alaxida  narsa  yoki  xodisaning bashka  narsa  xodisalardan 

farqlantiradigan muxim belgilarni aks ettiruvchi tushuncha. 



Yalqovlik-kishining  qiyinchiliklarni  engishdan  bosh  tortishga  intilish, 

irodaviy kuch-gayrat kursatishni qat’iy ravishda sustiligining kurinishi. 



Yanglishish-yolg’on  xukmlarda  iborat  tushunchalarni  ishlatish  natijasida 

fikran xato qilish xolati. 



Yolg’onchilik-voqelikni ongli ravishda buzish, ma’lum bir  maqsadga ko’ra 

haqiqatni  aytishdan  muntazam  ravishda  bosh  tortishdan  iborat  salbiy  xarakter 

xislati. 

Yolg’on noyoblilik- samarasi qobilyatlar va ularni yoki samarali xulq keng 

tarqalganligi faktini etarlicha baxolay olmaslik xususiyati. 



Yon  berish-tashqi  ta’sirlar  ijtimoiy  bosimga  mos  kelsa  hamki  norozilik 

ishtirok etadigan konformizm. 



Yuksak  xislar-sof  xissiy  sifat  fakat  insonga  xos  bo’lgan  aqliy  axloqiy, 

estetik, vatanparvarlik xislari. 

Ilmdan azizroq narsa yo‘qdir. Podshohlar odamlarga hokim bo‘lsalar, 

olimlar podshohlar ustidan hokimdir.  

Abul Asvad 


 

77 




Zexn-shaxsning maxsus qobilyatlarining tarkib topishi va rivojlanishi uchun 

asos bo’ladigan anatomik-fiziologik imkoniyatlar. 



Ziyraklik-diqqatni  yangi  ob’ektlariga,  ayniqsa  sub’ektiv  taassurotlarni  tez 

to’play olish qobilyati. 

Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim,  

tilagim hosil bo‘lgach, azizu mukarram bo‘ldim.  

Abdulloh ibn Abbos 

O’ 

O’zlashtirish-ma’lum bir soxaga doyr  bilish, ko’nikma, malaka va odatlarni 

egallashga qaratilgan bilish faoliyati. 



O‘yin - faoliyat turlaridan biri. Bu bolalarning kattalar faoliyatini, ularning 

ish-  harakatlarini,  odamlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni  aks  ettirishda 

ifodalanadigan va tevarak-atrofdagi borliqni bilishga qaratilgan faoliyatidir. 

O‘z-o‘zini  kuzatish  -  odamning  o‘z  psixik  holatlari  bilan  o‘z  xatti- 

harakatlarini, o‘rganishdan iborat usul. 



O‘z-o‘zini tuta  bilish  -  shaxsning  muayyan  sharoitlarda  ortiqcha  fikr,  his- 

tuyg‘u,  xatti-harakatlarini  ongli  ravishda  tutib  turish,  o‘z  fikr,  hissiyot  va 

harakatlarini  maqsadga  muvofiq  yo‘naltira  olishdan  iborat  irodaviy  xarakter 

xislati. 



Oz-o‘zining  xulqini  boshqarish  -  faollikni  boshqarish  darajasi.  Bunda 

shaxs  o‘z  xulq-atvorini  qabul  qilgan  qaroriga  ko‘ra  boshqarib,  zarur  hollarda 

faoliyatdagi nuqsonlarni tuzatadi. 

O‘zaro induktsiya - nerv jarayonlarining qo‘zg‘alish va tormozlanishning 

o‘zaro ta’siri (Q. induktsiya). 



O‘qish  -  shaxsning  bilim  va  faoliyat  usullarini  egallashga  hamda  uni 

mustahkam esda saqdab qolish jarayoni. O‘qish har qanday faoliyatning zaruriy 

qismlaridan bo‘lib, u sub’ektni o‘zgartirish jarayoni hamdir. 


 

78 


       O‘z-o‘ziga  baho  berish  -  shaxsning  o‘z-o‘ziga  baho  berishi.(yuqori,  o’rta, 

past.)bo’ladi. 



       O‘z-o‘zini  anglash  -  individning  o‘zi  haqida  nisbatan  barqaror  anglangan 

tasavvurlar  tizimi.  Uning  asosida  individ  odamlar  bilan  o‘z  munosabatini 

o‘rganadi.  O‘.o‘.a.ning  shakllanishi  jamiyatning  ongli  a’zosini  tarbiyalashning 

zarur shartlaridan biridir. 



O‘z-o‘zini  ishontirish  -  o‘z-o‘ziga  qaratilgan  ishontirish  jarayoni,  bunda 

ishontiruvchi sub’ekt va ob’ektning birligi namoyon bo‘ladi.

 

Aflotundan so‘radilar:  



«O’qish-o‘rganish tokaygacha izzat va hurmatda bo‘lg‘usi?» 

U javob qildi:  «Johillik nuqson, deb hisoblangunga qadar».  

Jaloliddin Davvoniy 

G’ 

G’azablanish-odatda  affekt  tarzida  kechadigan  va  sub’ekt  uchun  g’oyat 

muxim extiyo'jni qondirish borasida jiddiy to’siq paydo bo’ladigan, ifodalanishga 

ko’ra salbiy tarzdagi xissiy xolat. 

G’amho’rlik-atrofdagi kishilar bilan munosabatda ularga doimo mexribonlik 

iltifot ko’rsatishda ifodalanadigan shaxsiy sifat. 



G‘azab  -  jahl  chiqishidan  iborat  emotsional  holat.Shaxsning  ehtiyojlarini 

qoniqtirish jarayonida biror bir to‘siqlarga duch kelganda yuz beradi. 



G‘oya  -  narsa  yoki  hodisalar  haqidagi  muayan  tasavvur  va  tushunchalar 

yig‘indisi.Moddiy  olamni  aks  ettiruvchi  inson  tafakkurining  muayyan 

tushunchalar shakldagi maxsuli. 

 

 



 

 


 

79 


                            Jaholatni ilm bilan yo‘q qilishga harakat eting. 

Har bir ishni ilm bilan hal qilinglar. 

Muhammad Kamol Pilav

 

Sh 



Shakllar  –  bevosita  va  bavosita  tur  bo‘lib,  yo’zma-yo’z  yoki  vosita  orqali 

amalga oshishi ko‘zda tutiladi. 



Shakllanganlik-  odamlarning  nima  uchun  jamoalarda  ishlashi,  odamlar 

ichida bo‘lishi bilan bog‘liq psixologik jarayon. 



Shartli  –  odamlarning  turli  belgi,  faoliyat  shakllariga  ko‘ra  biror  guruhga 

taaluqli deb qarash. 



Shaxsiy kontakt– o‘zaro hamkorlarni yagona  ijtimoiy butunlikka (ikki, uch 

yoki  ko‘proq  kishilardan  iborat)  birlashuv  darajasini  anglatuvchi  shaxsiy 

munosabat tavsifidir. 

Shaxs  erkinligi  –  insonlarning  o‘z  xayoti  va  faoliyatini  amalga  oshirish, 

ozod  shaxs  sifatida  mehnat  qilish,  bilim  olish,  o‘zi  istagan  kasb,  hunarli,  diniy 

e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash. 

Shaxs–  inson  aktivligiga  xos  psixik  boshqaruvchilarning  maxsus  insoniy 

tizimi,  psixikadagi  shunday  barqaror  funksional  tizimki,  uning  yordamida  inson 

o‘zi  istiqomat  qiladigan  muhitda  tashabbuskor,  maqsad  sari  intiluvchan 

bo‘libgina  qolmasdan,  balki  yaxshilashga  ham  qodir  bo‘ladi.  Inson  shaxs 

sifatidagi fazilatlarni egallaganligining asosiy belgisi uning turli hatti-harakatlarni 

sodir  qila    olish  qobiliyati,  ya’ni  bir-birini  inkor  etuvchi imkoniyatlarni tanlash, 

o‘z  hayoti  hamda  o‘zgalar  hayoti  bilan  ham  bog‘liq  bo‘lgan  ko‘plab  muhim 

momentlarni  sarhisob  qila  olishi,  o‘z  hatti-harakatlari  uchun  ma’suliyatni  o‘z 

zimmasiga ola bilishi kabilardir.  

Shaxsiy  aloqalar–  bu  muayyan  vaqt  ichida  ikki  yoki  undan  ortiq  kishilar 

o‘rtasida  qaror  topadigan  barqaror  munosabatlardir.  Dastlab  o‘zaro  aloqadorlik 

ko‘rinishida  paydo  bo‘lib,  keyin  tez  takrorlanishi  tufayli  u  barqaror 

munosabatlarga  aylanadi.  Munosabatlarga  misol:  dushmanlik,  musobaqa, 



 

80 


muhabbat,  do‘stlik,  ishbilarmonlik  munosabatlari.  «Jabrdiyda-agressor», 

«xotinboz  –  farqiga  yetadigan  xonim»,  «injiq  boshliq  –  sustkash  ijrochi»  va 

boshqa  sho’nga  o‘hshash  qaror  topgan  munosabatlar  ishtirokchilar  ularni 

o‘zgartirgo’nga qadar noaniq muddat davomida mavjud bo‘lib turadi. 



Shaxsiy  aloqadorlik–  bu  bog‘liqlikning  dinamik  jihati  bo‘lib,  hamkorlar 

o‘rtasidagi  maqsadga  erishishda  qo‘llaniladigan  vositalarni  kelishi,  ulardan  har 

birining  qo‘llaydigan  strategiyasini  koordinatsiya  qilishni  ta’minlaydi. 

Aloqadorlik  bog‘liqlikni  ishtirokchilar  manfaatiga  moslashtirishning  tez 

moslashuvchan  mexanizmidan  iborat.  U  kelishuv  o‘zaro  hamkorlik    yoki 

kurashga, har bir tomonning o‘z maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo va 

vazifalarni o‘zicha tasavvur qilishi, ularni hal qilishning o‘z usul va vositalaridan 

iborat bo‘lishi mumkin. 



Shaxsiy  munosabat–  bu  hamkorlikdagi  faoliyatning  ehtiyojlari  tufayli 

yuzaga  keladigan  va  o‘zaro  aloqadorlikdagi  strategiyalar  kelishuvini  kontaktlar 

o‘rnatilishi va rivojlantirilishining murakkab va serqirra jarayoni, ular o‘rtasidagi 

munosabatlarning  o‘rnatilishi  va saqlab turilishidir.  Kontakt, o‘zaro  aloqadorlik, 

munosabatlar,  kommunikatsiya  va  idrok  shaxsiy  munosabatning  komponentlari 

hisoblanadi. 



Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot 

- faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.   



SHaxsiy  depozitsiyalar-shaxs  xulq-atvorini  ichkaridan,  ichki  psixologik 

sabablar tufayli boshqarilishi. 



Shok-qattiq  ruhiy  yoki  jismoniy  ta’sirlardan  zarba  olish  natijasida 

organizmning og’ir lat eyishi, shikastlanishi. 



Shizofreniya-aql,  xissiyot  va  irodaning  pasayishidan  iborat  aniq  sabablari 

xali aniqlanmagan ruxiy kasallik. 



Shaxsiy  maydon-Biz  o’z  atrofimizda  saqlab  turishni  ma’qul  ko’radigan 

buffer bo’shlik. Bu bo’shlikning o’lchami yonimizda turgan odam bilan qanchalik 

yaqinligiga bog’liq 

Shartli  guruh  -  odamlarning  ayrim  belgilari  (yoshi,  kasbi  va  x.k.)ga  qarab 


 

81 


guruhga birlashuvi.

 

       Shaxsdagi  aktsentrlashtirish  -  (lot.  accentus  -  yrg‘y)  shaxsdagi  ba’zi 

xarakter  xususiyatlariga  ortiqcha  urg‘u  berilishi  va  ajratib  chiqarishni 

anglatuvchi tushuncha. K.Leongard tomonidan kiritilgan. 



        Shaxsiy  ma’no  -  shaxsning  ob’ektiv  borliqdagi  hodisalarga  su’ektiv 

munosabati. 



        Shkalalash - (ing. scala - narvon) - son tizimi yordamida aniq jarayonlarni 

modellashtirish  metodi.  Psixologiyada  o‘rganilayotgan  jarayonlarni  matematik 

tahlil qilishga yordam beradi. 

        Shaxslararo  munosabat  -  muloqot  jarayonidagi  o‘zaro  ta’sir  etish 

natijasida ro‘y beradigan ijtimoiy-psixologik xodisalar. 



 

 

82 


Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan.  

Najmiddin Kubro 

Ch 

Chidam va  toqat-maqsadlarni  amalga oshirishda  engishga to’g’ri  keladigan 

qarshilik va qiyinchiliklar, kishidan vaqt va kuch sarf qiladigan xolat. 



Cheklov -ma’lum bir holat va hodisaga nisbatan mutlaq yoki qisman “to’siq 

yaratish”. 



 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

1.  K.Turg’unov.  Psixologiya  terminlarining  ruscha-o’zbekcha  izohli  lug’ati. 

T.1975 y.  

2.  V.Karimova. Psixologiya. T.2000 y. 

3.  E.G’oziev. Umumiy psixologiya. I-II-tom. T.1992y.  

4.  N.I.Xo’jaev. A.U.SHoyusupova. Psixotriya. O’quv adabiyti. T. 1995 y.  

5.  A.V.Petrovskiy. Umumiy psixologiya. T.1992 y.  


 

83 


MUNDARIJA 

1.  Annotatsiya..............................................................................................2 

2.  Psixologik atamalar.............................................................................3-72 

3.  Foydalanilgan adabiyotlar......................................................................73  

 

 

 



 

 

 



 

 


 

84 


 

85 


 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling