Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 422 Kb.
bet11/24
Sana30.04.2023
Hajmi422 Kb.
#1414461
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma

Xizmatchilar kategoriyasiga – hujjatlarni tayyorlovchi, ularni rasmiylashtiruvchi, hisob va nazorat ishlarini bajaruvchi, xoʻjalik xizmatini bajaruvchi (agentlar, kassirlar, ish yurituvchilar, kotibalar, statistlar va boshqa)lar kiradi.
Tarmoq va korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil etishda, ayniqsa mehnat unumdorligini hisoblash, oʻrtacha ish haqini aniqlash, kadrlar qoʻnimsizligini aniqlash uchun kadrlarning oʻrtacha soni koʻrsatkichi koʻp ishlatiladi.
Kadrlar salohiyatini miqdoriy baholash bilan birgalikda ularni sifat jihatdan ham tavsiflash kerak boʻladi. Bu jihatlar kadrlarning professional va malakaviy fazilatlari bilan belgilanadi. Bu borada, birinchi oʻrinda «mutaxassislik», «ixtisoslik», «malaka» degan tushunchalar yuzaga keladi.
Mutaxassislik – bu ma’lum bir yoki bir necha turdagi ishlarni amalga oshirish uchun insonga zarur boʻlgan bilimlar va malakalar yig’indisi. Masalan, iqtisodchi, marketolog, vositachi, moliyachi, buxgalter, yoki texnika sohasida – muhandis, mexanik, energetik va h.k.
Ixtisos – insonning hosil qilgan bilimlar va amaliy koʻnikmalari majmui. Ixtisos kishiga hayotning moddiy va ma’naviy sohasida muayyan ishni bajarish imkoniyatini beradi.
Malaka – biron bir mutaxassislik va ixtisoslik boʻyicha murakkab ishni bajarish uchun zarur boʻlgan bilim va ilm hamda mehnat koʻnikmasining darajasidir. Kadrlarning malaka darajasini baholash uchun oʻrtacha koeffitsient va oʻrtacha tarif koeffitsienti razryadi belgilanadi.
Yangidan-yangi ishlab chiqarish sohalari vujudga kelishi, fan va texnikaning rivoji, ish, shu jumladan, bir texnologik jarayonning boshqa jarayonga almashinishi bilan boshqaruv, rejalashtirish, tashkil etish, takomillashuvi bilan yangi mutaxassislliklar kasb va ixtisoslar yuzaga keladi, eskirganlari barham topadi.
Kadrlar tarkibi va strukturasi faqat korxonalarda emas, balki tarmoqlarda ham bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu tarmoqning murakkabliligiga, korxona (firma)ning katta-kichikligiga, ularning texnikaviy va texnologik jihatdan qurollanganligiga, ishchi-xizmatchilarning bilimi va ilm darajasiga va mehnat koʻnikmasiga, sohaning hamkorlik munosabatlari rivojlanganligiga va boshqa bir qator xususiyatlarga bog’liq.

Download 422 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling