Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 422 Kb.
|
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadrlarni rejalashtirishning vazifalari
Kadrlarni rejalashtirish, jumladan, quyidagi savollarga javob berishi kerak:
qancha xodim talab etiladi, ularning malakasi, ular qachon va qaerda kerak boʻladi (kadrlarga ehtiyojni rejalashtirish); ijtimoiy jihatlarni hisobga olgan holda zarur kadrlarni qanday qilib jalb etish yoki ortiqcha kadrlarni qisqartirish mumkin (shtatga olish yoki qisqartirishni rejalashtirish); xodimlardan ularning qobiliyatiga qarab qay tarzda foydalanish mumkin (kadrlardan foydalanishni rejalashtirish); qay tarzda aniq maqsadni koʻzlagan holda kadrlar malakasini oshirishga koʻmaklashish hamda bilimini oʻzgartirayotgan talablarga moslashtirish mumkin (kadrlarni rivojlantirishni rejalashtirish); rejalashtirilayotgan tadbirlar qancha sarf-xarajatni talab etadi (kadrlar uchun sarf-xarajatlar). Kadrlarni rejalashtirish maqsadlari tashqi muhitni (imkoniyatlar va xavf) tahlil etish, kompaniya yoki firma kuchli (ojiz) tomonlarini tahlil etish, kompaniya yoki firma qoʻllab-quvvatlayotgan shaxsiy guruxlar manfaatlari toʻg’risida tasavvurga ega boʻlishni taqozo etadi. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda turli mamlakatlarda rejalashtirishda oʻziga xoslikni farqlash mumkin. Jumladan, Yaponiya kompaniyalarida yangiliklarni joriy etish mukammalligiga urg’u berilsa, Buyuk Britaniyada — resurslar taqsimoti, Amerika Qoʻshma SHtatlarida esa barcha boʻlinmalar strategiyasini birlashtirish hamda resurslar taqsimoti birinchi oʻringa qoʻyiladi. Kadrlarni rejalashtirishning vazifalari asosan quyidagilardan iborat: kadrlarni rejalashtirishning tartibini rejalashtirish boshqa turlari bilan muvofiqlashtirgan holda ishlab chiqish; kadrlarni rejalashtirishni korxona umumiy rejasi bilan bog’lash; kadrlar xizmatining reja guruhi va korxona reja guruhi oʻrtasida samarali oʻzaro hamkorlik faoliyatini tashkil etish; korxona strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga koʻmaklashadigan qarorlarni hayotga tadbiq etish; korxonaga strategik rejalashtirishda kadrlar asosiy muammolari va ehtiyojlarini aniqlashga koʻmaklashish; korxona barcha boʻlinmalari oʻrtasida kadrlar boʻyicha axborot ayirboshlashni yaxshilash. Ushbu maqsad va vazifalar korxonaga kerakli malakaga ega zarur mikdordagi kadrlarni topish hamda saqlab turish, oʻz kadrlari salohiyatidan eng samarali tarzda foydalanish, xodimlar ortiqchaligi yoki etishmasligi oqibatida paydo boʻladigan muammolarni oldindan koʻra bilishni koʻzlaydi. Korxona yoki firmalarda kadrlarga boʻlgan ehtiyojni rejalashtirish oʻzining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Rejalashtirish talab etiladigan ma’lumotlar yangi ish uslublari, avtomatlashtirish yoki mexanizatsiyalash jarayonlari natijasida yuzaga chiqadigan mehnat unumdorligi yoki ishchi kuchidan foydalanish hajmining kutilayotgan oʻzgarishlariga taalluklidir. Kadrlarni rejalashtirishda orttirilgan tajriba bu jarayon asosan uch qismdan iboratligidan dalolat beradi. Download 422 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling