O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi angren universiteti
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
33 Xulosa Kurs ishini bajarishdan shunday xulosaga keldimki, moliya bozori bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslami subyektlari o'rtasida taqsimlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy resurslarni tarmoqlar o'rtasida samarali taqsimlash, vaqtinchalik bo'sh turgan moliyaviy resurslarni harakatga keltirish orqali iqtisodiy o'sishni va investitsion faollikni ta'minlash bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Zamonaiy iqtisodiyotda qimmatli qog’ozlar bozori juda muhim o’rin egallaydi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish uchun samarali iqtisodiy siyosat yurgizish bilan bir vaqtda, moliyviy soxada institutional islohotlar o’tkazilishi lozimligi ayni haqiqatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fond bozordagi qimmatli qog’ozlardan maqbul tarzda foydalanish imkoniyatini yaratuvchi barqaror moliyaviy tizim sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday moliyaviy tizimga ega mamlakatlar iqtisodiy xatarlarga bardoshli bo’ladilar. Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov ta'kidlaganidek, «Erkin pul mablag'lari, jumladan, o'zimizning ichki imkoniyatlarimizni va xorijiy sarmoyalarni fond bozori jalb qilishni kengaytirish mexanizmlarini va aniq qoidalarini ish lab chiqish lozim. Qimmatli qog'ozlar bozori muomalasida birlamchi va ikkilamchi savdo bo'yicha ham mukammal fond bozorini shakllantirish zarur». Bu jarayonning o'ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi fan sifatida «Moliya bozori»ni o'rganish iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida dolzarb ahamiyatga ega. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan «2020-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi jami qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun tartibdagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi». Bunday ustuvor va dolzarb vaziflarning samarali amalga oshirilishi mamlakatimizda moliya bozorning xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish hamda moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozimligin ko’rsatmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling