O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi angren universiteti


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana01.08.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1664411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

 


18 
3
.
Moliya bozori investitsiya institutlari faoliyati 
Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat - qinurtatli qog'ozlarni 
chiqarish, joylashtirish va ulaming muomalasi bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatish 
bo'yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi.
Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat qimmatli qog'ozlar bozorini 
tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya 
asosida am alga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan 
mustasno. 
lnvestitsiya muassasalari - bu qimmatli qog'ozlar bilan o'z faoliyatini asosiy 
faoliyat sifatida amalga oshiruvchi qimmatli qog'ozlar bozorining professiopal 
ishtirokchilaridir.
Investitsiya muassasasi bo'lgan yuridik shaxsning ustavida uning asosiy faoliyat 
turi, albatta, ko'rsatilishi kerak (bu - investitsiya muassasalarini oddiy xo'jalik 
yurituvchi subyektlaridan ajratib turuvchi birinchi xususiyat). Boshqa 
mamlakatlarda investitsiya muassasalari qimmatli qog'ozlar bozorida o'z 
faoliyatini maxsus faoliyat sifatida amalga oshiruvchi tashkilot, deb ta'riflanadi. 
Qimrnatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat quyidagilar sifatida amalga 
oshiriladi:
• investitsiya vositachisi (brokeri, dileri);
investitsiya maslahatchisi;
• investitsiya fondi;
• investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi;
• depozitariy;
hisob-kitob - kliring palatasi;
• transfer-agent;
• qirnmatli qog'ozlaming biIjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.
Litsenziya talabgoriga uning arizasiga binoan, qirnmatli qog'ozlar bozoridagi 
professional faoliyatni amalga oshirish uchun yoki mazkur faoliyat turining 
qismlari uchun litsenziya berilishi mumkin. 
Investitsiya institutlari har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin. 
Faqatgina ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi mumkin 
bo'lgan investitsiya fondi bundan mustasno. Investitsiya institutlarini tashkil 
etish, ularning faoliyat ko'rsatishlari va ularni tugatish tartibi O'zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladi. 


19 
Qimmatli qog'ozlar bozori professional qatnashchilari o'z mablag'larining
2009-yil 1-yanvardan bosblab belgilanadigan eng kam miqdori* 
(ming yevro) 

Investitsiya fondlari uchun ustav kapitalining eng kam miqdori aksiyadorlik 
jamiyatlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq belgilanadi. 
Yuqoridagi jadvalda qimmatli qog'ozlar bozorida faoliyat ko'rsatuvchi professional 
ishtirokchiIaming nizom fondiga qo'yilgan minimal talablar ko'rsatilgan. 
Investitsiya 
vositachilari 
(broker-dilerlar) 
fond 
bozorining 
professional 
ishtirokchilari ichida ko'p sonli va eng tajribali guruhni tashkil etadi. 
Yuridik shaxsni - investitsiya vositachisini tugatish faqat qimrnatli qog'ozlar bozorini 
tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi investitsiya vositachisi o'z mijozlariga 
tegishli 
bo'igan 
qimmatli 
qog'ozlami 
qaytarganligini 
yozma 
ravishda 
tasdiqlaganidan keyin amalga oshirilishi mumkin. 
Broker quyidagi majburiyatlarga ega:
• unga berilgan topshiriqni shaxsan o'zi bajarishi, agar shartnomada boshqa 
narsa ko'zda tutilmagan bo'lsa yoki mijozning manfaatlarini himoyalash 
zarurati bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar tufayli boshqa narsa kelib chiqmasa;

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling