O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi angren universiteti


-chizma. Moliyaviy instrumentlari tasnifi


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana01.08.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1664411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

2-chizma. Moliyaviy instrumentlari tasnifi. 
Demak, moliyaviy instrumentlar moliya bozorida moliyaviy resurslar investorlardan 
iste'molchilarga tomon va aksincha yo'nalishda harakat qilishini ta'minlovchi vosita 
hisoblanadi.
Moliyaviy instrumentlar monetizatsiyalashgan real bazis va shu asosda iqtisodiyot 
hamda moliya bozorini ekvivalentligi maxsus samarali iqtisodiy-huquqiy mexanizm 
bilan ta'minlangan bo'ladi. 
Moliyaviy instrumentga xos quyidagi xossalarini keltirish mumkin: 
Moliyaviy 
instrumentlar
Sug'urta 
instrumentlari
Investitsya 
instrumentlari
Qimmatli 
qog'ozlar 
instrumentlari
Valutaviy 
instrumentlari
Bank 
instrumentlari


15 
• har bir turiga mos maqsad va funksiyasi, bozori va undagi muomala 
mexanizmi; 
• har bir turiga mos rekviziti, shakli, muddati, soni va narxi; 
• monetizatsiyalashgan real bazis bilan ta'minJanganligi;
• har bir turining bozor parametriari (indikatorlari);
• har bir turiga mos chiqaruvchilari va ularning instrument bo'yicha shartlari va 
h.k.
Moliyaviy instrumentning mazmuni uning bozordagi funksiyasi va roli, u bilan 
bog'liq iqtisodiy-huquqiy munosabatlar asosida belgilanadi. Yuqorida aytib 
o'tilganlardan kelib chiqqan holda moliyaviy instrumentning quyidagi 
funksiyaiarini ta'kidlash mumkin: 
• bozor orqali moliyaviy resurslami samarali taqsimlash va qayta taqsimlash;
• kvazi pul sifatida to'iov vositasi bo'la olish;
• iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni belgilash;
• o'z egalariga kapitalga egalik huquqi bilan birga, boshqa ma'ium qo'shimcha 
huquqlami (masalan, ovoz berish, boshqaruvda ishtirok etish, ma'lumotga 
ega bo'lish, kreditorlik mavqei va h.k.) berish;
• alohida tovar sifatida muomalada bo'lish, bozor konyunkturnsini va unda 
biznes sifatini belgilash; uni chiqaruvchisi va bozor holati to'g'risida 
informatsiya bilan ta'minJash va h.k.;
• investitsion aktiv va jamg'arma sifatida xizmat qilish;
• tavakkalchilik sharoitida kapital bo'yicha daromad olishni, kapitalni 
qaytarilishini ta'minlash va h.k.
Moliyaviy instmmentlar tasnifi ularga oid tushunchalar, munosabatlar, xossalar 
va xususiyatlarning o'zaro bog'liqligini ochib berishga hamda bu bog'liqlikni 
mantiqan qurilgan tizim ko'rinishida ifoda etadi. Shu yo'sinda tasnif moliya 
bozori 
mazmun-mohiyatini, 
undagi 
iqtisodiy-huquqiy 
munosabatlar 
jarayonlariga xos xossalar va qonuniyatlarni chuqurroq hamda kengroq 
tushunishga xizmat qiladi
.
Zamonaviy moliya bozori moliyaviy instrumentlaming turli xillari bilan 
mujassamlashgan bo'lib, ulami bir necha belgilar asosida tasnitlashni taqozo 
etadi. 
Muomalaga chiqarilishi maqsadi bo’yicha; to'iov va pul aylanmasi (oboroti) 
uzluksizligini ta'minlash, investitsiyalarni jalb qilish va ular bo'yicha daromad 


16 
olish qarz va ulush munosabatlarini ifodalovchi investitsion moliyaviy 
instrumentlar. 
Moliya bozorining u yoki bu segmenti bo’yicha; pul, kredit, valuta, sug'urta, 
lotereya o'yinlari, qimmatli qog'ozlar (fond, kapital) bozorlari instrumentlari. 
Bazisiga ko’ra, pul, valuta, sug'urta, tovar, ko'chmas mulk, indeks, foiz stavka, 
qimmatli qog'oz bazisli moliyaviy instrurnentlar.
Iqtisodiyotning u yoki bu subyektiga ko'ra: davlat boshqaruvi va hokimiyatlari, 
banklar-kredit rnuassasalari, sug'urta tashkilotlari, biIjalar, nornoliya tashkilotlari 
(korporativ) instrumentlari. 
Chiqarilish muddati bo'yicha: qisqa, o'rta va uzoq muddatli moliyaviy 
instrumentlar. 
Milliyligi bo'yicha: milliy, xorijiy va xalqaro moliyaviy instrumentlar. 
Iqtisodiy-huquqiy mazmuni bo'yicha: qarz va ulush munosabatlarini hamda 
hosilaviy bo'lgan moliyaviy instrurnentlar.
Iqtisodiy-buquqiy xossalariga ko'ca, ikki gurubga ajratisb mumkin: bazaviy va 
bazisli moliyaviy instrumentlar. Bazaviy instrumentlarga ulush va qarz 
munosabatIarini o'zida mujassamlashtiruvchi emissiyalanuvchi (derivativlardan 
tashqari) va emissiyalanmaydigan qog'ozlar kiradi. Bazislilariga: esa derivativlar 
(hosilaviy qimatli qog'ozlar) kiradi. 
Chiqarilish va muomala chegarasi bo'yicha: alohida mamlakat, region va xalqaro 
miqyosda chiqariluvchi hamda muomalada bo'luvchi moliyaviy instrumentlar.
Shaxslarga nisbatan cheklanishlar bo'yicha: barchaga va cheklangan shaxslarga 
sotiladigan moliyaviy instrumentlar. 
Shakli bo'yicha: maxsus blanklar ko'rinishida va elektron hisoblarda yuritiluvchi 
moliyaviy instrumentlar.
Vazifalari bo'yicha: subyektlarning ichki va tashqi iqtisodiy maqsad-manfaatlarini 
qoniqtiruvchi moliyaviy instrumentlar.
Funksiyasi bo'yicha: investitsion instrumentJar (qimmatli qog'ozlar), banklarning 
moliyalashtirish instrumentlari, tavakkalcbilikni moJiyalashtirish instrumentlari, 
to'lov instrumentlari, tovar taqsimlovchi instrurnentlar, garov qog'ozlari, 
lotereyalar.


17 
Ro'yxatdan o'tkazilishi bo'yicha: emissiyalanuvchi va emissiyalanmaydigan 
instrumentlar. 
Muomalaga chigaruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga ko'ra: davlat, munitsipal 
va korparativ moliyaviy instrumentlar.
Egalik huquqini belgilash bo'yicha: taqdim etuvchiga, egasining ismi yozilgan
orderli moliyaviy instrumentlar.
Daromad turlariga ko'ra: dividend beruvchi, belgilangan va suzuvchi foiz stavkali, 
kuponsiz (diskontli), yutuqli moliyaviy instrumentlar.
To'lov muddati bo'yicha: spot va muddatli bozor instrumentlari.
Moliyaviy instrumentlarning fundamental xossalari ularning parametrlari (sifat 
ko'rsatkichlari) orqali ifodalanadi. Xususan:
• daromadlilik;
• aylanuvchanlik;
• xatar.
Yuqoridagi xususiyatlar moliyaviy instrumentlaming xossalarini to'la ifodalay 
olmaydi, ular moliya bozorining xususiyatlariga ko'ra kengaytirilishi mumkin. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling