364
10. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishda “Rag‘batlantirish va jazolash”
usulini qo‘llashdan maqsad...?
a. O‘quvchilarda
mustaqil fikr yuritish, ma’lum bir maqsadga, orzuga
erkin intilish hissini takomillashtirish.
b. O‘quvchilar xulq-atvoriga, xatti-harakatiga, topshiriqlarning so‘zsiz
bajarilishiga ijobiy ta’sir etish.
s. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik mahorat vositalaridan unumli
foydalanish.
d. Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim va sinalgan usuli bo‘lib,
maqsadli faoliyat olib borish.
11. “So‘zlarning ma’nolarini, qudratini odamlarga aniq ifodalab,
tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini barcha anglashil-
movchiliklarning yarmidan xalos qilgan bo‘lasiz.” Ushbu fikrlar
muallifi kim?
a. Aristotel.
b. Forobiy.
s. Demosfen.
d. R. Dekart.
12. Pedagogik jarayonning subyektlari?
a. O‘qituvchilar, tarbiyachilar, pedagogik jamoa.
b. O‘qituvchilar va o‘quvchilar.
c. Oila, maktab va jamoatchilik.
d. Sinf jamoasi va alohida o‘quvchi.
13. So‘zning og‘zaki ta’sir etish komponentlarini belgilang?
a. Ogohlantiruvchi so‘zlar, notiqlik san’ati asosida ta’sir etish.
b. Vazifani ijro etishga
undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralarni
ishlatmaslik.
s. O‘quvchining erkin mulohazalarini ma’qullash.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
14. O‘qituvchi biror mavzuni o‘quvchilar oldiga chiqib gapir-
ganda nimani his etishi lozim?
a. Mavzuning mazmuni va mohiyatini bemalol so‘zlash.
b. Kasbiy jihatdan murakkablashgan pedagogik faoliyatni his etish.
s. Muloqotning tabiiy shakllarini qo‘llash.
d. Ma’lum bir maqsadga qaratilgan muloqotni qo‘llash.