O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


 O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

7.4. O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini 
boshqarish usullari 


134 
Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi o‘qituvchidan o‘sib 
kelayotgan yosh avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar 
jarayonida har tomonlama chuqur bilimga ega, barkamol inson qilib tar-
biyalash vazifasini qo‘ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik 
jihatdan sog‘lom muhitda mukammal tarbiyalangan inson hayotiy qara-
ma-qarshiliklar, xususan turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, 
nosog‘lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir 
etishdan o‘zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohi-
yatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi asosiy 
omildir.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo 
etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay 
olishi ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabatini bildirish-
ga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan 
shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko‘rsatuvchi 
muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxs 
o‘z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Ta’lim sohasida 
olib borilayotgan islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikr-
ga ega bo‘lgan barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalab 
voyaga etkazishdan iborat.
Ushbu yuksak javobgarlikni talab qiluvchi vazifalar o‘qituvchilar 
zimmasiga yanada ulkan mas’uliyatlarni yuklaydi. Bu xususda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e’tirof 
etadi: «Umumlashtirgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi 
va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillaridan biri… ta’lim tizimini 
tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o‘qituvchilarni va 
murabbiylarni qayta tayyorlash… o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, 
yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda 
bo‘lish ruhida tarbiyalash»
1
lozim. 
Pedagogik mahorat bo‘lajak o‘qituvchilarda yosh avlod ta’lim-tarbi-
yasi uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi. O‘qituvchi bunday mu-
rakkab vazifalarni amalga oshiruvchi, davlat va jamiyatning ishonchli 
vakilidir. O‘quvchilar jamoasini birlashtiruvchi sinfda ta’lim–tarbiyaviy 
jarayonni tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchining bilimi, pedagogik 
mahorati va psixologik xususiyatlari ochiq namoyon bo‘ladi. Avvalo, 
o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik va bir–birlariga 
nisbatan ishonch tuyg‘ulari bo‘lishi hamda o‘qituvchi o‘z kasbiy bilim-
1
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000. – 23-bet. 


135 
laridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta egallagan bo‘lishi 
lozim.
Zero, sinf jamoasini boshqarish – pedagogik jamoa, ota-onalar oldi-
da o‘qituvchining obro‘–e’tibori qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi 
mezon. O‘qituvchining axloqiy saviyasini, bilimini muloqot asosida sinf 
jamoasini boshqarishda erishayotgan yutuqlari belgilaydi. Odatda, o‘qi-
tuvchilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab: tashabbuskor, 
ijodkor, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, barcha ishlarga befarq 
qarovchilar toifasiga ajratishadi. Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p 
yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan 
holda o‘qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishida 
qo‘llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi: 
1. Avtoritar uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar. 
2. Demokratik uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar. 
 
3. Liberal uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar. 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling