O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


- tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;  -


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi
sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi; 
ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi; 
o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi
o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi; 
o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi; 
o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi. 
Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning 
ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq–atvori, pedagogik 
va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan muno-
sabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘z-
lashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. Shu sababli, o‘qituvchilar o‘z bilim 
va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini bosh-
qarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamo-
asining har qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil 
etiladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining 
ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir.
7.5. O‘qituvchining sinf jamoasini muloqot asosida 
boshqarish bosqichlari 
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fikrlarga asoslanib, muloqot asosida 
sinf jamoasini boshqarishda o‘qituvchi uchun lozim bo‘lgan quyidagi 
bosqichlarni tavsiya etamiz: 
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning birinchi bosqichi
Mazkur bosqichda talab faqat o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu sinf 
jamoasi shakllanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrda 
o‘quvchilar jamoasi hali tarbiyalanuvchi jamoa bo‘lmay, balki «birlikni 
tashkil etuvchi» guruh hisoblanadi. Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘qi-
tuvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qarashi tabiiy bir 
holat. O‘qituvchi tashkilotchi sifatida jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy 
faoliyatlarini tashkil qilishi va ularni yagona maqsad atrofida birlash-
tirishga erishishi lozim, shundagina jamoa qaror topadi. O‘qituvchi 
muloqoti asosida o‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi 
faollashadi, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak 
ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat 
birligi jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib keladi. 


138 
O‘quvchilarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi tajribalarga 
ega emasliklari bois o‘qituvchining asosiy maqsadi muloqot asosida 
jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat. 
Ushbu bosqichda o‘qituvchining talabchanligi, jamoaning barcha 
a’zolariga birday talabni qo‘ya olishi, u tomonidan qo‘yilayotgan talab-
ning qat’iyligi, izchilligi hamda murosasizligi muhim omil hisoblanadi. 
Bu vaziyatda o‘qituvchining muloqotda «hukmdorlik» qilishi uzoq 
davom etishi mumkin. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faol-
larining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir.

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling