O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning to‘rtinchi bos-


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning to‘rtinchi bos-
qichi. Bu bosqichda o‘qituvchi muloqoti barcha sinf a’zolarining jamoa 
oldida turgan vazifalari asosida o‘z-o‘zlariga qat’iy talablar qo‘ya 
olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqichda ham 
jamoa a’zolari o‘zlariga nisbatan muayyan talablar qo‘yishlari lozim. 
Ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi bilan ajralib turishi 
zarur. 
To‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan yuksak 
axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va 
faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga 
aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash asosida olib 
borilishi kerak. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada 
rivojlantirishdagi roli va o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda 
o‘qituvchi muloqoti asosida amalga oshiriladigan vazifalar ancha 
murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, 
yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun mutlaqo qulay sharoit 
yaratiladi. 
A.S.Makarenko sinf jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi muno-
sabatlarning ichki xususiyatlariga ulkan ahamiyat bergan va jamoada 
shakllanadigan quyidagi eng muhim belgilarni ajratib ko‘rsatgan: 
1) O‘z jamoasi bilan g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qimmatini ang-
lash. 
2) Jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do‘stona birlik. 
3) Tarbiyali, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik. 
4) Hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish. 
Tajribali pedagog olim tomonidan ta’kidlab o‘tilgan ushbu fikrlar 
o‘qituvchining sinf jamoasi bilan tashkil etiladigan muloqotida va o‘quv-
chilar oldiga qo‘yadigan talablarni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Puxta o‘ylab qo‘yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi 
maktabda muayyan tartib o‘rnatilishini ta’minlaydi. 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling