Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
1.2.7-rasm. Tarmoq plata (karta) va konnektor
Boot Rom mikrotuzilmasi tarmoqdagi boshqa kompyutyerdan foydalanib, operatsion sistemani yuklash imkonini beradi. Simlar HUBlarga ulanib tarmoq hosil qilinadi. Optik (Shisha) tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oraligʻi 100 km masofadagi tarmoq uchun qoʻllaniladi. Oʻtkazish tezligi: 2 Gbit/sek. (1.2.8-rasm.) Shisha tolali kabel — bu yuqorida koʻrib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali koʻrinishda emas, yorigʻlik koʻrinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi — shaffof shisha tola boʻlib, u orqali yorugʻlik juda katta masofalarga (oʻnlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) soʻnish bilan uzatiladi. Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy boʻlib, u koaksial elektr kabel tuzilishiga oʻxshash. Faqat markaziy mis sim oʻrniga bu kabel turida ingichka (diametri 1—10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama oʻmiga esa, yorugʻlikni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan. Shisha tolali kabel toʻsiqlardan himoyalanish va uzatilayotgau axborotni sir boʻlib qolish koʻrsatgichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech qanday tashqi elektromagnit toʻsiq nurli signalni oʻzgartira olmaydi, signalni oʻzi esa, hech qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi. Tarmoqdan ruhsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib, ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Nazariy jihatdan bunday kabelni signal oʻtkazish yoʻlagi 1012 Gs.gacha yetadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda, bu juda ham yuqori koʻrsatgich. Shisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib, hozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq, bu holda maxsus qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorugʻlik signalini elektr signaliga va teskariga oʻzgartirib berishi uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling