Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet26/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Simpleks uzatish. Bunday uzatish turida maʻlumot faqat bir tomonga qarab oqadi. Bunga anʻanaviy televideniyeni misol keltirish mumkin: maʻlumot doim uzatish stantsiyasidan televizion antennalarga uzatiladi. Teskari yoʻnalishda xech qanday signallar uzatilmaydi. Baʻzi kompyuterlashgan maʻlumot yiguvchi qurilmalar xam shu printsip asosida ishlaydi (masalan, yer qimirlashi parametrlarini ulchaydigan seysmograf). (2.11-rasm.)




1.2.11- rasm. Maʻlumot oqimi yoʻnalishlari: Simpleks uzatish



    • Yarim dupleks uzatish. Bu usulda maʻlumot ikkala yoʻnalishda xam uzatilishi mumkin, ammo bir vaqtda bu yoʻnalishlardan biri orqaligina maʻlumot uzatilishi mumkin. Bu usul maʻlumot almashinish uchun eng keng ishlatiladi. (1.2.12-rasm.)





1.2.12- rasm. Maʻlumot oqimi yoʻnalishlari: Yarim dupleks uzatish


- Toʻliq dupleks uzatish. Bu usulda maʻlumot bir vaqtda ikkala yoʻnalish boʻyicha xam uzatilishi mumkin. Telefon yordamida gaplashishni bunga o’xshatish mumkin. Bunday maʻlumot almashinish usuli yirik kompyuter tizimlarida qoʻllaniladi. Bu usuldan baʻzi yangi modem turlarida va Microsoft Netmeeting kabi dasturlar bilan ishlayotganda xam foydalanish mumkin. (1.2.13-rasm.)




1.2.13- rasm. Maʻlumot oqimi yoʻnalishlari: dupleks uzatish


Maʻlumot uzatish rejimlari: asinxron va sinxron.


Tasavvur qiling, kompyuteringiz biror soʻzni bit va baytlar shaklida aloqa liniyasi orqali uzatyapti. Savol tugʻiladi: qabul qiluvchi qurilma qaysi bayt (bitlar ketma-ketligi) qachon boshlangan (yaʻni aynan qaysi bitdan boshlangan) va qayyerda tugaganligini qanday aniqlaydi? Masalan, ….10001001010010110 010010101101…. Boʻlakda qaysi baytlar turibdi. Baytlar nima bilan ajratilgan. Albatta 1 baytning 8 bitdan iborat ekanligini bilish xam buni aniqlash uchun yetarli emas. Bayt
aynan qaysi bit (0 yoki 1) dan boshlangan va tugaganligini bilish kerak. Sinxron va asinxron uzatish shu narsaga asoslangan. Umuman, xar qanday maʻlumot yo sinxron yoki asinxron usulda uzatiladi.

  • Asinxron maʻlumot uzatish. Bu usul deyarli barcha shaxsiy kompyuterlarda qoʻllaniladi va “boshlash-tugatish (start-stop) uzatish” deb xam yuritiladi. (“Asinxron” soʻzi qadimgi grekcha soʻz boʻlib, “vaqti bir xil emas” degan maʻnoni bildiradi). Asinxron uzatishda xar bir vaqt oraligida bitta bayt (bitlar ketma-ketligi) uzatiladi. Bunda xar bir baytni tashkil etuvchi bitlar ketma-ketligi “qavslarga” olingan va maxsus boshqaruvchi bitlar (“qavslar”) bilan birga uzatiladi. Bu “qavslar” xam boshlanish biti (start bit) va tuxtash biti (stop bit) lardan iborat. Boshlanish biti baytni tashkil etuvchi birinchi bitdan oldin, toʻxtash biti esa baytni tashkil etuvchi oxirgi bitdan keyin “turadi”.

Koʻpgina shaxsiy kompyuterlarda bu usul qoʻllaniladi, ammo bunda maʻlumot uzatish tezligi nisbatan past. qisqa muddat ichida katta hajmdagi maʻlumotni uzatish uchun albatta bu metod ancha noqulay. Bu usulning afzalliki shundaki, maʻlumot junatuvchi axborotnip xoxlagan paytda junatishi mumkin.

  • Sinxron maʻlumot uzatish. Asinxron uzatishdan farqli oʻlaroq sinxron uzatishda maʻlumot boshlovchi va tugatuvchi bitlar orqali emas, balki maʻlumot bloklari (baytlar yigindisi) uzatiladi. (“Sinxron” soʻzi qadimgi grekcha soʻz boʻlib, “bir vaqtda” degan maʻnoni bildiradi). Bunda boshlovchi va tugallovchi bitlar xar bir bayt boshi va oxirida emas, balki xar bir blok (baytlar ketma-ketligi) boshi va oxirida boʻladi. Bu bitlarning vazifasi nafaqat bloklarni bir-biridan ajratib turish, balki uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalardagi ichki soatlar vaqtini bir xilligini (sinxron eanligini) nazorat qilishdan iborat.

Bu usul juda murakkab va qimmatga tushishi sababli shaxsiy kompyuterlarda kam qoʻllanilgan. Shunga qaramasdan, baʻzi modemlar kompyuter ketma-ket portidan asinxron tarzda uzatilayotgan signallarni liniyaga sinxron signallar shaklida uzata oladi.

      1. Download 7.57 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling