Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet29/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Toʻxtatish kodlar kombinatsiyasi. Axborotni qabul qiluvchi abonent qurilmasi paketni uzatish tamom boʻlganligi haqida xabardor qilishi uchun xizmat qiladi va qabul qilish qurilmasini qabul holatidan chiqarishni taʻminlaydi. Agarda oʻz-oʻzini sinxronlash kodi ishlatilsa bu maydon yoʻq boʻlishi ham mumkin. Koʻpincha paket tarkibidagi faqat uchta maydonni ajratishadi:
Paketni boshlangʻich boshqarish maydoni (yoki paket sarlavhasi), yaʻni bu maydon tarkibi boshlash kombinatsiyasi, qabul qilish va uzatish qurilmalarining tarmoq manzili, shuningdek, xizmatchi axborotlardan tashkil topadi.
Paketning oxirgi boshqarish maydoni (yoki xulosa, treyler), bu maydon tarkibiga paketning nazorat sonlari yigʻindisi va toʻxtatish kodlari kombinatsiyasi, shuningdek, xizmatchi axborotni ham kiritish mumkin.
Paketga, shuningdek, kadr boshqarish belgisi (priambula oxirida) ham kirishi mumkin. Bunday atama Ethernet tarmogʻida qabul qilingan. Lekin har doim esda tutish kerakki jismoniy maʻnoda baribir tarmoqdan kadr uzatilmaydi balki paket uzatiladi (agarda albatta bu ikki
tushunchaga ajratilsa). Aynan kadrni uzatilishi emas, balki paketni uzatish tarmoq bandligiga toʻgʻri keladi.


Multipleksirlash: kommunikatsiya samaradorligini oshirish


Kommunikatsiya liniyalari xar qanday kompyuter yoki terminalga nisbatan kattaroq sigʻimga ega. Bu liniyalardan maʻlumot saqlash uchun foydalanish qimmatga tushishi mumkinligi sababli turli kommunikatsiya qurilmalarning bir vaqtda bitta liniyadan foydalana olishlari aynan samaraliroq boʻlardi. Bu jarayon multipleksirlash deyiladi. Multipleksirlash - bu koʻp signallarni bir vaqtda bitta kommunikatsiya kanali orqali uzatishdir.[19]
Multipleksilashni amalga oshirish uchun uch turdagi qurilmalar kerak: multipleksor, kontsentrator va FEP.

  • Multipleksor. Bu turli past tezlikdagi uzatishlarni yagona yuqori tezlikdagi uzatishga birlashtiruvchi qurilmadir. Modeliga qarab, yagona aloqa liniyasiga 32 ta yoki koʻproq qurilmalarni ulash mumkin. Multipleksor orqali uzatiladigan maʻlumotni shu tipdagi mulipleksor qabul qilishi kerak. Uzatuvchi multipleksor turlii qurilmalar uzatayotgan mʻlumotni birlashtirib bitta liniya orqali katta tezlikda uzatadi. qabul qiluvchi multipleksor esa qabul qilingan xabarlarni saralaydi va kerakli qurilmalarga ajratib uzatadi.

  • Kontsentrator. Kontsentratorlar xam multipleksor kabi bir nechta qurilmalarga bitta kommunikatsiya liniyasidan foydalanishga imkon beradi. Ammo multipleksordan farqli oʻlaroq, kontsentrator maʻlumotni vaqtinchalik saqlash qurilmasiga yigʻadi.


  • Download 7.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling