FEP (Front-End Processor). Bu qurilma katta kompyuter- meynfreymga ulangan mikrokompyuter boʻlib, uni kommunikatsiya liniyasiga ulaydi. U kommunikatsiya liniyasiga meynfreym maʻlumotlarini uzatadi, xatolarni tuzatadi va katta kompyuterga asosiy protsessor vaqtini kerakli hisob-kitoblarga sarflashga imkon beradi. FEP baʻzan kommunikatsiya kontrollyori deb xam yuritiladi.
Birlamchi yoki transport tarmoqlari (transmission networks) – bu maxsus koʻrinishdagi telekommunikatsion tarmoqlardir, ular doimiy global yuqori tezlikdagi kanallarni yaratish uchun moʻljallangan boʻlib, soʻng boshqa tarmoqlarni yaratishga ishlatiladi, masalan, telefon yoki kompyuter tarmoqlarini. birlamchi tarmoqlarni boshqa telekommunikatsion tarmoqlardan farqi quydagidan iborat, u telefon apparatlarini bogʻlovchi telefon tarmoqlari qiladigandek yoki kompyuterlarni oʻzaro bir-biri bilan ulovchi oxiridagi foydalanuvchining
terminal qurilmalari bilan ishlamaydi. Buning oʻrnida birlamchi tarmoq kanallari boshqa tarmoqlarning kommunikatsion qurilmalarini ulaydilar va ular esa oʻz navbatida oxiridagi foydalanuvchining terminaliga xizmat koʻrsatadilar. Telefon va kommunikatsion tarmoqlar birlamchi tarmoqlarga nisbattan ikkalamchi yoki ustama (overlay) tarmoq boʻlib xizmat qiladi.
Birlamchi tarmoq arxitekturasi telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan arxitekturasiga mos keladi, yani kabelli aloqa yoʻllari va kommutatorlardan tashkil topgandir. Odatda birlamchi tarmoqning bitta kabeli multipleksirlash hisobiga kompyuter yoki telefon tarmoqlarining bir necha yuz magistral kanallarining trafigini uzatish imkoniyatini beradi.
Birlamchi tarmoqlarni yaratishning bir necha texnologiyasi mavjut:
plezioxronli raqamli iyerarxiya (PDH);
sinxron raqamli iyerarxiya (SDH/SONET);
zichlashtirilgan toʻlqinli multiplesirlash (DWDM);
optik transport tarmogʻi (OTN).
Do'stlaringiz bilan baham: |