1.2.15-rasm. PDH tarmoqlarida kanallarni kommutatsiyalash
MODEM (Modulyator—Demodulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to`g`ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o`zgartirish qurilmasidir.
– rasm. Modemlar
Eng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan:
uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o`zgartirish;
qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o`zgartirish.
Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o`zgartirish odatda ularning modulyatsiyasi bilan bog`langan.
Modulyatsiya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o`zgartirishdir.
Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o`tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga teskari o`zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko`pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi:
chastotali — FSK (Frequense SHift Keying);
fazali — PSK (Rpake SHift Keying);
kvadraturali amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation).
Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o`zgaradi, bunda uning amplitudasi o`zgarmaydi. Eng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gs va 1180 Gs. Chastotali modulyatsiya holaqitlarga juda turg`undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |