Tadqiqot masalalari
|
Mantiqiygnoseologik model komponentlari
| |
Tadqiqot natijalari
| | |
1-masala: “Muammoning nazariya va amaliyotdagi holatini o’rganish”.
|
Empirik model
|
Empirik dalillar ( pedagogik jarayon sifatini aniqlashtiruvchi sabablar va shart-sharoitlar; fanda muammoning o’rganilganlik
darajasi
|
2-masala: “Tizimni ilmiy ravishda isbotlash” yoki “Tushunchaning mazmun-mohiyatini yoritib berish”.
|
Nazariy model
|
Konseptsiya, ahloqiy tizim, tushuncha, jarayonning pedagogik modeli
|
3-masala: “Tamoyillarni aniqlashtirish” yoki “Metodik vositalarni ishlab chiqish”
|
Umumiy
me’yoriy
model
|
Prinsiplar, sharoitlar, metodlar, shakllar, metodik tizim
|
4-masala: “Metodikani ishlab chiqish va tajribada sinovdan o’tkazish”.
|
Aniq me’yoriy model(faoliyat loyihasi)
|
Metodika, texnologiya, dastur, darslik
|
1- jadval
Pedagogik tadqiqotlarning tuzilishi
E.V.Berejnova nuqtai nazaridan, pedagogik tadqiqot mantig‘i qo‘yilgan muammoni yechish maqsadida uning komponentlari qurilishi ketma-ketligidir. Umumiy holatda amaliy pedagogik tadqiqot mantig‘ini quyidagi algoritm (2-jadval) asosida ko‘rsatib berish mumkin: “Empirik model (nazariya va amaliyotda tadqiq qilinayotgan muammo holatini aks ettiruvchi pedagogik ma’lumotlar) – nazariy model (tadqiqot obyekti hisoblanadigan “borliq” modeli – falsafiy va psixologik-pedagogik bilimlar integratsiyasiga asoslangan tadqiqot obyekti haqida nazariy (ideal) tasavvur) – aksiologik model (insonparvar qadriyatlar nuqtai nazaridan amaliyotga murojaat yordamida o‘rganilayotgan obyekt haqida nazariy tasavvur bahosi) – me’yoriy model (qanday qilib tadqiqot obyektini o‘zgartirish haqidagi umumiy tasavvur, u maksimal darajada uning ideal nazariy modeli bilan mos kelishi kerak; me’yoriy bilim yoki “mos jihat haqidagi bilim”ni aks ettiruvchi prinsiplar, shart-sharoitlar, uslublar, shakllar) – pedagogik faoliyati loyihasi (faoliyatning ma’lum me’yorlari – metodikalar, texnologiyalar)”.
Do'stlaringiz bilan baham: |