Pedagogika fanining maqsad va vazifalari. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida to‘rt asosiy funksiyani bajaradi: analitik, prognostik, tashkiliy va metodologik.
Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
1-rasm. Pedagogika fanining asosiy vazifalari
Pedagog-tadqiqotchi, ilmiy-nazariy funksiyani amalga oshirar ekan, pedagogik voqelikni borligicha aks ettiradi: u yoki bu pedagogik vositalar, ta’lim modellarining samarador yoki samarasi pastligini tushuntiradi (empirik daraja); ta’lim-tarbiya, boshqa pedagogik hodisalar mohiyatini aniqlash; pedagogik qonuniyatlarni o‘rnatadi; ijtimoiy-madaniy dinamikani hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya mohiyatining komponentlari, tarkibi, darajalarini ilmiy asoslaydi; gibrid asosda yangi didaktik va tarbiya tizimlarining ilmiy asoslanishini tadqiq etadi (falsafa, yosh va pedagogik psixologiya, pedagogika va boshqa sohalardagi bilimlarni integrallash asosida). Lekin pedagogika fan sifatida nafaqat pedagogik voqelikni aks ettirish, balki uning qayta isloh etish vositalarini aks ettirishga undaydi.
Konstruktiv-texnik funksiyani amalga oshirar ekan, pedagog-tadqiqotchi “borliq haqidagi bilimlar”ga ega bo‘ladi: bilimlar – me’yorlar , bilimlar – ko‘rsatmalar (tamoyillar, usullar, shakllar, metodik qoidalar va tavsiyalar), ular pedagogik jarayon maksimal darajada natijador bo‘lishi uchun uni qanday amalga oshirilishini aks ettiradi. U yoki bu darajada ko‘plab pedagogik tadqiqotlar ilmiy-nazariy va me’yoriy funksiyani bajaradi.
Didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogikaning umumiy va me’yoriy metodikalari sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalari turli ko‘rinishdadir (deskriptiv, preskriptiv), ierarxik tuzilgan ilmiy-pedagogik bilimlar maxsus ilmiy hamda metodologik.
Do'stlaringiz bilan baham: |